910
O‘YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI
O‘QUVCHILARNING DARSDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH
Sanayeva Lola Olimjon qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda
o‘yin texnologiyasidan foydalanish va o‘quvchilar ongida o‘yinning ta’siri haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar.
O‘yin texnologiyasi, nutq o‘stirish, boshqotirmalar, didaktik o‘yinli
texnologiyalar.
OYUN TEKNOLOJİLERİNİ KULLANARAK ÖĞRENCİLERİN
SINIFTAKİ AKTİVİTELERİNİN ARTIRILMASI
Sanayeva Lola Olimjon’un kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Özet.
Bu makalede öğrencilerin derse olan ilgilerini artırmak için oyun teknolojisinin
kullanımından ve oyunların öğrencilerin zihinleri üzerindeki etkisinden bahsedilmektedir.
Anahtar kelimeler.
Oyun teknolojisi, konuşma tanıma, bulmacalar, didaktik oyun
teknolojileri.
ПОВЫШЕНИЕ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА КЛАССЕ
С ПОМОЩЬЮ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Санаевой Лолы Олимджон кызы,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье говорится об использовании игровых технологий для
повышения интереса учащихся к уроку и влиянии игры на сознание учащихся.
Ключевые слова.
Игровые технологии, распознавание речи, головоломки,
дидактические игровые технологии.
INCREASING THE ACTIVITY OF STUDENTS IN THE CLASS
BY USING GAME TECHNOLOGIES
Sanayeva Lola Olimjon’s daughter,
student of Uzbekistan-Finland pedagogical institute
Abstract.
This article discusses the use of game technology to increase students' interest in
the lesson and the impact of games on students' minds.
Keywords.
Game technology, speech enhancement, puzzles, didactic game technologies.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan katta hajmdagi
investitsiyalar O‘zbekistonning eng ilg‘or mamlakatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratmoqda.
O‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo‘lishiga hissa qo‘shadigan ijodkor yoshlarni
yetishtirishda boshlang‘ich ta'lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
asosiy maqsadi – ta'lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan
savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Bolaning ongi va
tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilarning mahorati, ularning
911
zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga samarali tadbiq eta olishi, ilg‘or pedagogik
tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta’lim berishning yangi va zamonaviy usullarni ishlatishi
juda muhim ahamiyat kasb etadi [1;19 b.].
Boshlang‘ich sinf darslarida bolalarni darsga qiziqtirishimiz uchun turli ta'limiy o‘yinlardan
foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bola o‘yin orqali fanga qiziqib boradi va shu fanni
yaxshi o‘zlashtiradi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining
qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. Bola o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid
qiladi. O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi. Hayotiy faollik
yaratiladi. Birdamlilik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Boshqa faoliyat turlari bo‘lgani singari
o‘yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti va
ta'sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, o‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‘z
bilimlarini yuzaga chiqarib bera oladi [2; 50 b.].
Ko‘pincha bolalar murakkab yoki katta hajmli materialni o‘rganishda e'tiborlarini tarqatib
yuborishadi va darsga diqqatini jamlay olmaydilar. Aynan shunday hollarda qiziqarli voqea yoki
o‘yin lahzalari bilan ularning e'tiborini jalb qilish kerak. Bu bolalarning diqqatini o‘rganilayotgan
materialga qaratishga, muammoli, izlanish va tadqiqot usullarini birlashtirgan ishlarni mustaqil
bajarishga yordam beradi.
Har bir o‘qituvchi o‘yinlardan faqat darsning u yoki bu bosqichida foydalanish mumkin.
O‘yin texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish
o‘qituvchilar uchun zamonaviy va samarali usullardan biridir. Bunday yondashuv o‘quv
materiallarini qiziqarli va tushunarli qilib, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi. O‘yin
texnologiyalari o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va yangi
ma'lumotlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
1. Interaktiv o‘yinlar
Edukativ o‘yinlar: Fanlarga oid mavzularni o‘z ichiga olgan o‘yinlar o‘quvchilarning
mavzuni chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. Kvestlar va sarguzasht o‘yinlari: Ma'lum bir
mavzu atrofida guruhlarda yoki individual ravishda bajariladigan topshiriqlar o‘quvchilarning faol
ishtirokini talab qiladi.
2. Qo‘llanma va mobil ilovalar.
Ta’lim ilovalari: Matematika, til o‘rganish, fan va boshqa sohalar bo‘yicha ilovalar o‘quv
materiallarini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Interaktiv doska va ilovalar: Darslarni yanada interaktiv
va jozibali qilib, o‘quvchilarning qatnashishini oshiradi.
3. Rol o‘ynash va simulyatsiyalar.
Rolli o‘yinlar: O‘quvchilar berilgan vazifalarni turli rollarda bajarish orqali o‘rganishadi, bu
esa ijtimoiy ko‘nikmalar va jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Simulyatsiya o‘yinlari: Real
hayot vaziyatlarini o‘yin shaklida modellashtirish, murakkab konsepsiyalarni amaliy mashg‘ulotlar
orqali tushunishga yordam beradi.
4. Gimifikatsiya.
Rag‘batlantirish tizimlari: Ballar, yulduzlar, medallar kabi rag‘batlantirish elementlari
o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undaydi. Reyting va tanlovlar: O‘quvchilarning
o‘zaro raqobati va muvaffaqiyatlarini ta'kidlash, ularni yanada ko‘proq harakat qilishga ruhlantiradi.
O‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, ularning
o‘qishga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin. O‘qituvchilar turli o‘yinlar va
gimifikatsiya elementlarini muntazam ravishda dars jarayoniga kiritib, ta'lim samaradorligini
oshirishlari mumkin. [3; 200 b.]
.
Didaktik o‘yinli ta'lim texnologiyasining o‘ziga xos jihati, an'anaviy ta'limdagidan farq qilib,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqilligi va o‘quv fani faoliyatini ta'qiqlamasdan, balki
belgilangan maqsadga yo‘naltirish o‘quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etishni talab etadi.
Darsning barcha bosqichlarida o‘yin usullaridan foydalanish majburiy emas. Darslarda turli ta'limiy
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Masalan, o‘qish savodxonligi darsida o‘quvchilarning o‘qish
tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlarni amalga oshiramiz.
912
Dars boshlangunga qadar doskaga bugun o‘qiladigan matndagi ayrim gap va so‘zlarni
bosma harflar bilan yozib, uni vaqtincha berkitib qo‘yamiz. O‘quvchilar kitoblarni ochib bugungi
o‘qiladigan matnni ko‘zdan kechiradilar va doskada yozilgan so‘z yoki gapni matndan tez topishga
harakat qiladilar. Partaga avvaldan savol yoki topshiriqlari bor kartochkalar tarqatiladi.
O‘qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol- topshiriqlarni o‘qiydilar va
matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar.
“Tez o‘qish musobaqasi”ni
o‘tkazish bolalarga alohida qiziqish uyg‘atadi. Bunda har qaysi
bolaning matnni bir vaqtda o‘qishni boshlashi, matnni oxirigacha ma'lum vaqtda bola matnni ichida
o‘qib tugatishi lozimligi aytiladi. Birinchi bo‘lib o‘qib bo‘lgan belgilab boriladi va o‘qiganlarini
og‘zaki gapirib berishga tayyorlanib o‘tiradi. Musobaqada g‘olib bo‘lganlar yulduzcha bilan
taqdirlanadi. Bu o‘yin o‘quvchilarni o‘qish tezligini oshirishga yordam beradi.
2-3-sinflarda matematika fanidan misollarni tez fikrlash hamda natijani chiqara olish,
og‘zaki hisob- kitob ishlarini hech qanday cho‘plarsiz, yordamsiz olib borish. Masalan, o‘qituvchi
240 sonini aytsa, o‘quvchilar 8 bilan 30 ning ko‘paytmasi ekanligini aytishi, va shu zaylda 10 bilan
200 ning ko‘paytmasi, 140 bilan 50 sonining yig‘indisi kabi og‘zaki misollar beradi. Shu tariqa
o‘quvchilar sonning to‘ldiruvchilarini aytishlari mumkin. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarda sonning
tarkibi
bo‘yicha
bilim
va
og‘zaki
qo‘shish-ayirish,
bo‘lish-ko‘paytirish
ko‘nikmalari
mustahkamlanadi. Bolalarni e’tibori tarqoqligi sababli ularning diqqatini jamlash maqsadida yana
bir o‘yinimizni ham amalga oshirish mumkin.
Bu
“Tez javob o‘yini“
bunda o‘qituvchi qator oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi
va qandaydir nomni aytadi. O‘quvchi shu turga kiruvchi javob topib aytishi lozim. Javob uchgacha
sanagunga qadar aytilishi kerak. Javob berolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Masalan, o‘qituvchi
biror geometrik figura nomini aytsa, o‘quvchilar ham geometrik figuralarga misollar keltirishi
kerak. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakalari
rivojlanadi, ular atrof-muhitni sinchikovlik bilan kuzatishni o‘rganadi, atrofdagi bo‘layotgan voqea-
hodisalarga qiziqishi ortadi.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirishda o‘yin texnologiyasining roli katta. O‘yinlar o‘quvchilarning ijodiy tafakkurni
rivojlantirishga, o‘z-o‘zini boshqarishga, o‘z-o‘zini anglashga, o‘z fikrini bayon eta olishga zamin
yaratadi. Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar ta’limiy o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni
darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Yana
shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, o‘yin rivojlantiruvchi amaliyot, sababi: bolalar o‘yin jarayonida
rivojlanadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
«Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun. 2020. 9-modda.
2.
A.Zikiryayev va boshq. O‘quvchilar bilimini tekshirishda innovatsion texnologiyalar. «Xalq
ta'limi» jurnali, 2001, 6-son. 19-bet.
3.
O.D.Raximov, O.M.Turg‘unov, Q.O.Mustafaev, H.J.Ro‘ziev Zamonaviy ta’lim texnologiyalari
/Toshkent, “Fan va texnologiya nashriyoti”, 2013y., 200 bet.
4.
G.Mardonova «Boshlang‘ich sinflarda ta'lim-tarbiya takomillashtirish» , «Sharq» 1998.
6.
www.ziyonet.com