883
ADABIYOT DARSLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI
RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Umurova Farangiz Askarboy qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kundagi talabalar nutqidagi muammolarning
sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari, adabiyot darslaridagi mavzularning nutqiy
ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli misollar bilan ko‘rsatilganligi, nutqning ravon va
ta’sirchanligi o‘qituvchi faoliyatining muhim unsurlaridan biri ekanligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar.
Nutqiy qobiliyat, tizimli, nafas, badiiy asar, talaffuz, o‘quv-topshiriq, mantiqiy
fikrlash, so‘z boyligi.
EDEBİYAT DERSLERİNDE KONUŞMA BECERİLERİNİN
GELİŞTİRİLMESİNDEKİ SORUNLAR
Umurova Farangiz Askarboy qizi,
Özbek-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü temel doktora öğrencisi
Özet.
Bu makalede günümüzde öğrencilerin konuşmalarında yaşanan sorunların nedenleri
ve bunların üstesinden gelme yolları ele alınmakta, edebiyat derslerinde işlenen konuların konuşma
becerilerinin oluşumundaki rolü örneklerle gösterilmekte, akıcı ve etkili konuşmanın öğretmenin
işinin önemli unsurlarından biri olduğu vurgulanmaktadır.
Anahtar kelimeler.
Konuşma becerisi, sistematik, nefes alma, sanatsal çalışma, telaffuz,
eğitim görevi, mantıksal düşünme, kelime bilgisi.
ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ РЕЧЕВЫХ НАВЫКОВ
НА УРОКАХ ЛИТЕРАТУРЫ
Умурова Фарангиз Аскарбой кизи,
докторант Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В статье рассматриваются причины возникновения проблем в речи
учащихся сегодня и пути их преодоления, на примерах иллюстрируется роль тем на уроках
литературы в формировании речевых навыков, а также то, что беглая и эффектная речь
является одним из важных элементов работы учителя.
Ключевые слова.
Речевая способность, системность, дыхание, художественное
творчество, произношение, учебная задача, логическое мышление, словарный запас.
PROBLEMS OF DEVELOPING SPEECH SKILLS IN LITERATURE LESSONS
Umurova Farangiz Askarboy qizi,
doctoral student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Abstract.
The article examines the causes of problems in students' speech today and ways to
overcome them, examples illustrate the role of topics in literature lessons in the formation of speech
skills, as well as the fact that fluent and effective speech is one of the important elements of a
teacher's work.
Keywords.
Speech ability, systematicity, breathing, artistic creativity, pronunciation,
educational task, logical thinking, vocabulary
.
884
Barchamizga ma’lumki, inson nutqi orqali ommaga ta’sir etadi va aynan nutq orqali ularni
orqasidan ergashtira oladi. Bugungi kunda ko‘plab yoshlar orasida nutqini tizimli qilib yetkazib
bera olmasligini, kuchli hayajon sababli omma oldida nutq qilishdan tortinishi va ovozdagi titroq,
nafas yetishmovchiligi kabi muammolarni ko‘rishimiz mumkin. Bilimi yetarli bo‘lsa ham xató
qilishdan qo‘rqishadi, fikrlarini tizimlashtirolmaydi. Bunga asosiy sabab yoshligida kattalar
tomonidan ko‘p narsalarga aynan gapirishga bo‘lgan cheklovlarning me’yoridan oshib ketganligi va
omma oldida ko‘p gapirmaganligi( tajribaning yo‘qligi)dir.
Yuqoridagi sabablardan kelib chiqib, maktab o‘quvchilarining nutqini yaxshilash uchun
Oliy ta’lim talabalarining nutqiga birinchi navbatda e’tibor qaratishni lozim topdik, chunki
maktabga aynan mana shu talabalar ta’lim berishadi. O‘qituvchi o‘zi nutqqa oid nazariy va amaliy
bilimlarga ega bo‘lsagina o‘quvchi nutqiga e’tibor beradi, uni rivojlantirishga harakat qiladi.
Bilamizki, pedagogning asosiy qurollaridan biri bu – uning nutqidir. Nutq orqali u o‘quvchilarga
ta’sir o‘tkaza oladi, nutq orqali ularni mavzuga, fanga qiziqtira oladi. Inson nutqi qachon
rivojlanadi? Qachonki, u badiiy asar o‘qisa. Ilmiy asar emas, publitsistik maqola emas aynan badiiy
asar o‘qiganda, chuni badiiy asarda sinonimlar bor, so‘z qochrimlari bor, tasviriylik, ifodalilik
kuchli. Bunday asarlar o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirishda, ularning tasavvur olamini jozibador
qilib, dunyoqarashini kenggaytirishda yordam beradi. Shu sababli adabiyot darslarini ona tili
darslari bilan integratsiya qilish orqali talabalar nutqiga e’tibor qaratish dolzarb muammolardan
biridir. Mana shunday muammolarni bugungi kundagi tadqiqotlarda ham ko‘rishimiz mumkin:
G‘.Dustmurodov o‘z tadqiqot ishida “Nutq tovushlari bilan bog‘liq tipik kamchiliklarni tuzatish
orqali talabalar talaffuz madaniyatini oshirish, orfoepiya o‘qitish metodikasini shakllantirish lozim.
Biroq, orfoepiyani maktab va universitetda o‘qitish amaliyotida orfoepik ko‘nikma va qobiliyatlarni
shakllantirish uzoq va murakkab jarayon ekanligi yetarlicha hisobga olinmaydi” [1, 14 b]. Bizning
fikrimizcha ham, aynan orfoepik qoidalar maktab ta’limidan o‘quvchilarga nazariy va amaliy
topshiriqlar orqali o‘rgatilishi va dastur va rejalarga orfoepiyaga va nutqni rivojlantirishga
bag‘ishlangan maxsus soatlar kiritilishi lozim, shundagina adabiy talaffuz me’yorlari maktab
yoshidan yaxshi rivojlanadi, ko‘nikma hosil bo‘ladi.
Oldingi nashrlardagi ona tili va adabiyot darsliklarida mantiqiy fikrlash, nutqiy
qobiliyatlarni o‘stirish kabi jihatlardan ko‘ra ko‘proq grammatika, qoidaga asoslangan edi. Oliy
ta’limga kirish imtihonlaridagi testlar ham shu qoidaga asoslanib tuzilganligi bois, o‘quvchilarda
erkin ijodiy fikrlash, og‘zaki nutqiy qobiliyatlar orqada qolganligini ko‘p kuzatdik. Lekin bugungi
kundagi yangi nashrdagi darsliklarda mantiqiy fikrlashga undaydigan, turli sohalardagi bilimlar
jamlangan qisqa matn hikoyalar, qiziqarli topshiriqlar o‘rin olgan darsliklar o‘quvchilarning darsga
qiziqishlariga, tanqidiy tafakkurlarini rivojlantirishlarida muhim dasturil amal bo‘la oladi. Shu bilan
birga kirish imtihonlari va Milliy sertifikat imtihonidagi testlar mazmuni ham ancha o‘zgargan,
mantiqiy fikrlashga undaydigan saviyada tuzilgan. Tanqidiy fikrlashi yaxshi bo‘lgan insonlarning
nutqi ham qolganlarga nisbatan ravon bo‘ladi.
Bizning tadqiqot obyektimiz talabalar bo‘lganligi sababli, bugungi kundagi talabalar oldingi
nashrdagi maktab darsliklarini o‘zlashtirishganligi bois, ular qoida va test ishlashga moslashib
qolishgan, shu sababdan nutqlarida muammosi borlari ko‘p kuzatiladi. Bunday muammolarga
qanday yechim topiladi? Nutqiy ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish mumkin? Bu kabi savolarga
javob, bizningcha, avvalambor, badiiy asar o‘qish orqali so‘z boyligini oshirish eng muhim
qadamlardandir. Masalan, L.Muhammadjonova ham o‘zining “Ritorika” asarida ushbu masalaga
to‘xtalib: “Nutqning til madaniyati lug‘at madaniyatini egallashni talab qiladi. Bunda notiqning
individual lug‘ati faol ravishda kengayib borishi, nutq so‘zlarining to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari
ahamiyatining ortib borishi ko‘zda tutiladi [2, 85 b]”. bizningcha ham so‘z boyligi ko‘p bo‘lgan
inson nutqda ham qiynalmay, nutq vaziyatiga mos ravishda til birliklaridan o‘rinli foydalana oladi.
Bunday vaziyatlarda bizga adabiyot darslaridagi mavzulardan: she’riy, nasriy, mumtoz asarlardan
foydalanish ancha qo‘l keladi.
Masalan:
885
1. She’riy asarlarni o‘qitayotganda o‘quvchi uni shunchaki ifodali o‘qib berishi emas, balki
unga o‘qituvchi tomonidan qaysi so‘zga urg‘u qo‘yilishi (bilamizki, urg‘uning noto‘g‘ri qo‘yilishi
ham gap ma’nosiga ta’sir qiladi), to‘xtam(pauza) ham nutq ta’sirchangligini oshiruvchi vosita, shu
sababli kerakli joylarda ularni ishlata bilish kerakligi o‘rgatilishi va o‘quvchilar talaffuzida qaysi
harflar to‘g‘ri talaffuz qilinyapti qaysilari noto‘g‘ri, tovushlarning ichga yutib yuborish hodisasi
kuzatilyaptimi kabi muammolar o‘rganilib, har bitta o‘quvchiga individual yondashilsa (imkon
boricha, albatta) o‘quvchilarda nutqiy bilimlar va ularni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar
hosil bo‘lib boraveradi.
2. Nasriy asarlarni o‘qish nafaqat so‘z boyligini oshiradi, balki o‘quvchilarni ijodiy-tanqidiy
fikrlashga, tasavvur olamini kengaytirishga ham xizmat qilishini yaxshi bilamiz. Nasriy asarlardan
keyin aynan, nutqni o‘stirishga qaratilgan qiziqarli o‘quv-topshiriqlari ishlab chiqish orqali
o‘quvchilarni ham asarlarga qiziqishini oshirish ham nutqiy ko‘nikmalarini o‘stirishga yordam
berish mumkin. Doim biz- o‘qituvchilar qanday mavzu o‘tishimizdan qatiy nazar o‘quvchilarni shu
mavzuga qiziqtira olsakkina darsdan ko‘zlangan maqsadga erishamiz va bu maqsadga esa
o‘qituvchining ta’sirchan nutqi va to‘g‘ri tanlangan metodi olib boradi.
3. O‘quvchilar talaffuzini tiniqlashtirishga xizmat qiladigan usullardan biri – tillari
moslashmagan tillarda she’r yod olish yoki ovoz chiqarib matn o‘qish. Mana shu usulni qo‘llashda
aynan adabiyot darslarida bizga mumtoz asarlarimiz yordamga keladi. Bugungi texnologiyalar
rivojlandgan davrda zamon bilan hamnafas bo‘lib, ushbu mumtoz matnlarning audio yoki video
matnini tayyorlash vazifasi ularda ham qiziqishni oshiradi ham talaffuzini tiniqlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi rivojlangan davrda nafaqat o‘qituvchilar, balki har bir kasb
egasi uchun nutqiy qobiliyat zarur. O‘z fikrini xoh ommaga xoh bir insonga ta’sirchan, qiziqarli,
tizimli qilib yetkazmasa undan hamma tez zerikadi. O‘qituvchining esa darsdagi asosiy qurollaridan
biri bu uning – nutqidir. Zamonaviy o‘qituvchi bo‘lish uchun ham o‘z nutqi ustida ishlashi kerak.
Ta’sirchan nutqi orqali o‘quvchilarni fanga qiziqtira oladi, ilmiy-nazariy bilimlarni yetkaza oladi va
asosiysi ularni o‘z ortidan ergashtira oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Mirzayeva Z., Jalilov K.. Adabiyot 7-sinf darslik. Toshkent – 2022.
2.
Dustmurodov G‘, Bo‘lajak ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining adabiy talaffuz ko‘nikmasini
rivojlantirish metodikasi. Ped.fan.nom-di…diss. Toshkent – 2024, 137 bet.
3.
Muhammadjonova L, Ritorika. – Toshkent, 2019.170 bet.
4.
Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.
JournalNX
, 514-516.
5.
Utkirovna, E. S. (2023). Badiiy matnni shakllantirishda funksional ko‘makchilarning
o‘rni.
Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси http://mamun. uz/uz/page/56
,
4
, 43-45.
6.
Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In
International Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol. 10,
pp. 55-56).