Mualliflar

  • Suyunova Nazira Valijon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112673

Kalit so‘zlar:

Tayanch so‘zlar. Matn darslik semantik analitik tushunish INSERT klister usul AKT.

Annotasiya

Annotatsiya.Ushbu maqolada ona tili ta’limida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini 
shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda metodik asoslari tahlil etiladi. Maqolada o‘qib 
tushunishning asosiy komponentlari  haqida so‘z yuritilib, uni rivojlantirishga yordam beradigan 
metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 


background image

872

ONA TILI TA’LIMIDA O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI

SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Suyunova Nazira Valijon qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

nazirasuyunova24@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ona tili ta’limida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini

shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda metodik asoslari tahlil etiladi. Maqolada o‘qib
tushunishning asosiy komponentlari haqida so‘z yuritilib, uni rivojlantirishga yordam beradigan
metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Tayanch so‘zlar.

Matn, darslik, semantik, analitik tushunish, INSERT, klister usul, AKT.



ANA DİLİ EĞİTİMİNDE OKUYARAK ANLAMA YETENEĞİNİN

GELİŞTİRİLMESİNİN METODİK TEMELLERİ

Suyunova Nazira Valijon kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi


Özet.

Bu makalede, ana dili eğitimi kapsamında öğrencilerin okuduğunu anlama becerisini

geliştirme ve şekillendirmenin teorik ve metodolojik temelleri ele alınmaktadır. Makalede,
okuduğunu anlamanın temel bileşenleri ele alınarak, bu becerilerin gelişimine katkı sağlayacak
yöntemler hakkında öneriler sunulmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Metin, ders kitabı, anlamsal ve analitik anlama, INSERT yöntemi, küme

yöntemi, BİT.

МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКА ЧТЕНИЯ

И ПОНИМАНИЯ В УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА

Суюнова Назира Валиджоновна,

магистрантка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В данной статье рассматриваются теоретические и методические

основы формирования и развития навыков чтения с пониманием у учащихся в процессе
обучения родному языку. В статье анализируются основные компоненты понимания
текста, а также даются рекомендации по использованию методов, способствующих их
развитию.

Ключевые слова

. Текст, учебник, семантическое и аналитическое понимание, метод

INSERT, метод кластеров, ИКТ.

METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING READING

COMPREHENSION SKILLS IN MOTHER TONGUE EDUCATION

Suyunova Nazira Valijonovna,

master's student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Abstract.

This article examines the theoretical and methodological foundations of developing

and shaping students' reading comprehension skills in native language education. The article


background image

873

discusses the key components of reading comprehension and provides recommendations on using
methods that contribute to their development.

Keywords.

Text, textbook, semantic and analytical understanding, INSERT method, cluster

method, ICT.

Insoniyat shakllanishi va rivojlanishida ilmiy manbalarni ajdodlardan avlodlarga meros qilib

qoldirish zaruriy unsurlardan biri hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun birdan – bir imkoniyat
matn va ilm bilan shug‘ullanishdir. Yosh avlodni barkamol, mustaqil, keng fikrli, o‘z so‘ziga va
qaroriga ega shaxs qilib shakllantirishda ona tili ta’limining o‘rni katta. Odamzotning taraqqiyoti
uchun zarur bo‘lgan yozma madaniyat aynan shu fan doirasida o‘rganiladi va o‘rgatiladi.

Matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va shakllantirish ham ona tili fanining

oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biridir. Zero, bir matn yaratilishi bu o‘quvchi tafakkurining
voqealanishi, bir mazmunning tugallanib, yuzaga chiqishidir. Bugungi kunda o‘quvchilarni
mustaqil va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishimiz lozim. Bu borada darsliklarda katta o‘zgarishlar olib
borilmoqda. Ma’lumki, eski tartibdagi darsliklarda o‘quvchi qoida asosida topshiriq va mashqlarni
bajarar edi. Bunda u mantiqiy fikrlamas, berilgan topshiriqnigina ishlardi. O‘zbek tilshunosligida
psixolingvistika, lingvodidaktika, lingvokulturologiya sohalarining taraqqiyoti darsliklarda ham o‘z
aksini ko‘rsatib, ularda berilgan topshiriqlarda matnni o‘qib tushunish, tinglab tushunish, leksik,
grammatik savodxonlikni, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga qaratilgan. Shulardan o‘qib
tushunish ko‘nikmasi o‘quvchini o‘ylashga, fikrlashga undaydi.

O‘qib tushunish – bu matnni diqqat bilan o‘qish, uning mazmunini anglash, asosiy g‘oyalar

va muhim tafsilotlarni ajratish, matn mantiqiy tuzilishini tushunish va uni tahlil qilish jarayonidir.
Bu ko‘nikma o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

O‘qib tushunish quyidagi asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi: leksik tushunish,

grammatik tushunish, semantik tushunish (matn mazmunini idrok qilish), analitik tushunish
(muallif fikrini, asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish). Ona tili ta’limida quyidagi
usullar o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi:

Matn tahlili – matnning mavzusini aniqlash, asosiy g‘oyalarni ajratish;
Klaster usuli – matnning asosiy mazmuni asosida fikrlar xaritasini yaratish;
INSERT (o‘qish va qayta ishlash strategiyasi) – matnni o‘qish jarayonida belgilash, savollar

berish va asosiy fikrlarni ajratish;

Muammoli ta’lim – matndagi muammolarni topish va ularga yechim taklif qilish;
Grafik organayzerlar – diagrammalar, jadvallar va sxemalar orqali matn mazmunini

vizuallashtirish.

Zamonaviy texnologiyalardan foyalanish ham o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda

muhim rol o‘ynaydi. Masalan, raqamli ta’lim resurslari (Kahoot, Quizlet, Google classroom),
interfaol metodlar, AKT vositalari (elektron darsliklar, audio va video materiallar, onlayn test,
taqdimotlar)dan foydalanish ham o‘qib tushunish qobiliyatini oshirishga yordam beradi va matn
bilan ishlash ko‘nikmasini shakllanishiga turtki beradi. Bulardan tashqari hozirgi kunda sun’iy
intellektdan foydalanish imkoniyati ham oshib bormoqda va bu ham ta’lim tizimimizga kirib
kelmoqda.

O‘qib tushunish – matnni mazmunini anglashga doir nutqiy faoliyat turi. Shuningdek,

eshitish organlaridan ko‘ra ko‘rish organlari ancha layoqatli, shuning uchun matn shaklidagi xabar
eshitilgan xabardan ancha ishonchliroqdir. Matnni o‘qish davomida ijodkor aytmoqchi bo‘lgan
tagma’noni sezishimiz va unga o‘zimiz hukm chiqarib, xulosa bera olishimiz kerak.

Matn bilan ishlayotganda darslik tuzuvchilar ham, o‘qituvchilar ham e’tibor beradigan

asosiy nuqta bu bolalarning yosh kesimi. Berilayotgan matn, albatta, o‘quvchining yoshiga mos
bo‘lishi, kontekstda berilayotgan mazmunni o‘quvchi anglab yeta olishi lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning

til bilimi, fikrlash qobiliyati va muloqot madaniyatini rivojlan- tirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar zamonaviy metodlarni qo‘llash, interfaol darslarni tashkil etish va o‘quvchilarning o‘z


background image

874

fikrlarini mustaqil bayon qilishlariga sharoit yaratishlari lozim. Zero, o‘qib tushunish
ko‘nikmasining shakllanishi ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, u nafaqat til
o‘rganish, balki keng qamrovli tafakkur rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi veb-sayti: www.natlib.uz

2.

Fayzullayeva N. Matnni o‘qib tushunish orqali mantiqiy fikrlashni o‘stirish. – “Sciense and
education” scientific journal, may 2023. 1010-1013 b.

3.

Hasanboyeva Q. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi. – Toshkent: “Sharq”, 2020. 87-90 b.

4.

Qodirov N., Mahmudov N. Nutq madaniyati va o‘qish savodxonligi. – Toshkent: “Fan”, 2021.
112-114 b.

6.

Turaev Sh. Tilshunoslik va o‘qitish metodikasi" – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2017. 45-46 b.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Ona tili ta’limining davlat standarti va o‘quv
dasturi”. – Toshkent, 2023.

8.

G‘ofurov U., Yo‘ldoshev M. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019. 56-
57 b.


Bibliografik manbalar

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi veb-sayti: www.natlib.uz

Fayzullayeva N. Matnni o‘qib tushunish orqali mantiqiy fikrlashni o‘stirish. – “Sciense and

education” scientific journal, may 2023. 1010-1013 b.

Hasanboyeva Q. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi. – Toshkent: “Sharq”, 2020. 87-90 b.

Qodirov N., Mahmudov N. Nutq madaniyati va o‘qish savodxonligi. – Toshkent: “Fan”, 2021.

-114 b.

Turaev Sh. Tilshunoslik va o‘qitish metodikasi" – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2017. 45-46 b.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Ona tili ta’limining davlat standarti va o‘quv

dasturi”. – Toshkent, 2023.

G‘ofurov U., Yo‘ldoshev M. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019. 56-

b.