Mualliflar

  • Muxtorova Lobar Zohir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112680

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Abdulla Oripov ta’lim texnologiyalari interaktiv ta'lim poetik tafakkur adabiyot o‘qitish metodikasi didaktik o‘yinlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqola  shoir  Abdulla  Oripovning  adabiy  merosini  zamonaviy  ta'lim 
texnologiyalari asosida o‘rganishning metodik jihatlari yoritiladi. Maqolada ta'lim texnologiyalari 
orqali o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada 
A.Oripov  asarlarining  poetik  qatlamlarini  anglashda  innovatsion  yondashuvlar,  raqamli 
texnologiyalar,  multimediali  metodlar  va  interaktiv  mashg‘ulotlarning  o‘rni  tahlil  qilinadi  
Shuningdek, didaktik o‘yinlar, interaktiv taqdimotlar va multimediali resurslardan foydalanishning 
afzalliklari yoritib beriladi.. 


background image

838

ABDULLA ORIPOV ASARLARINI O‘QITISHDA TA’LIM

TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Muxtorova Lobar Zohir qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

Usarova Laylo Ibragimovna, ilmiy rahbar, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

muxtorovalobar316@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola shoir Abdulla Oripovning adabiy merosini zamonaviy ta'lim

texnologiyalari asosida o‘rganishning metodik jihatlari yoritiladi. Maqolada ta'lim texnologiyalari
orqali o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada
A.Oripov asarlarining poetik qatlamlarini anglashda innovatsion yondashuvlar, raqamli
texnologiyalar, multimediali metodlar va interaktiv mashg‘ulotlarning o‘rni tahlil qilinadi
Shuningdek, didaktik o‘yinlar, interaktiv taqdimotlar va multimediali resurslardan foydalanishning
afzalliklari yoritib beriladi..

Kalit so‘zlar.

Abdulla Oripov, ta’lim texnologiyalari, interaktiv ta'lim, poetik tafakkur,

adabiyot o‘qitish metodikasi, didaktik o‘yinlar.

ABDULLA ORİPOV'UN ESERLERİNİN ÖĞRETİMİNDE EĞİTİM

TEKNOLOJİLERİNİN ROLÜ

Muxtorova Lobar Zohir qizi,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi,

Usarova Laylo İbragimovna, bilimsel danışman,

filoloji bilimleri doktoru, doçent

Özet.

Bu makalede, şair Abdulla Oripov'un edebi mirasının modern eğitim teknolojileri

temelinde incelenmesinin yöntemsel yönleri ele alınmaktadır. Eğitim teknolojileri aracılığıyla
öğrencilerin edebiyatla ilgilerini artırma, metin analiz becerilerini geliştirme ve yaratıcı düşünme
yeteneklerini şekillendirme yolları tartışılmaktadır. Makalede, A.Oripov’un eserlerinin şiirsel
katmanlarını anlamada yenilikçi yaklaşımların, dijital teknolojilerin, multimedya yöntemlerinin ve
interaktif derslerin rolü analiz edilmektedir. Ayrıca, didaktik oyunlar, interaktif sunumlar ve
multimedya kaynaklarının kullanımının avantajları ele alınmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Abdulla Oripov, eğitim teknolojileri, interaktif eğitim, şiirsel düşünme,

edebiyat öğretim yöntemi, didaktik oyunlar.

РОЛЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ

ПРОИЗВЕДЕНИЙ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА

Мухторова Лобар Зохир кызы,

магистрантка Узбекско-Финского педагогического института

Усарова Лайло Ибрагимовна, научный руководитель,

кандидат филологических наук, доцент


Аннотация.

В данной статье рассматриваются методические аспекты изучения

литературного наследия поэта Абдуллы Орипова на основе современных образовательных
технологий. Отражены пути повышения интереса учащихся к литературе, развития
навыков анализа текста и формирования творческого мышления с помощью технологий
обучения. Анализируется роль инновационных подходов, цифровых технологий,
мультимедийных методов и интерактивных занятий в понимании поэтических слоев


background image

839

произведений А. Орипова. Также освещаются преимущества использования дидактических
игр, интерактивных презентаций и мультимедийных ресурсов.

Ключевые слова.

Абдулла Орипов, образовательные технологии, интерактивное

обучение, поэтическое мышление, методика преподавания литературы, дидактические
игры.

THE ROLE OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES

IN TEACHING THE WORKS OF ABDULLA ORIPOV

Muxtorova Lobar Zohir qizi,

master's student’s of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Usarova Laylo Ibragimovna, scientific advisor,

candidate of philological sciences, associate professor

Abstract.

This article explores the methodological aspects of studying the literary heritage

of the poet Abdulla Oripov based on modern educational technologies. It highlights the ways to
enhance students’ interest in literature, develop text analysis skills, and foster creative thinking
through educational technologies. The article analyzes the role of innovative approaches, digital
technologies, multimedia methods, and interactive lessons in understanding the poetic layers of A.
Oripov’s works. Additionally, the advantages of using didactic games, interactive presentations,
and multimedia resources are discussed.

Keywords.

Abdulla Oripov, educational technologies, interactive learning, poetic thinking,

literature teaching methodology, didactic games.


XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla

Oripovning serqirra ijodi o‘zbek xalqining ma’naviy boyligiga beqiyos hissa qo‘shgan. Shoirning
vatanparvarlik, insonparvarlik, tabiatga muhabbat, hayot va o‘lim haqidagi falsafiy mushohadalari
bilan yo‘g‘rilgan asarlari yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi o‘qituvchilarga
Abdulla Oripov asarlarini o‘quvchilarga yanada qiziqarli va samarali tarzda yetkazish imkoniyatini
yaratmoqda. Shu bois, ushbu maqolada Abdulla Oripov asarlarini o‘qitishda ta'lim
texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati, ulardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil
qilinadi.

Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ovozga ega shoir sifatida tanilgan. Uning

she'rlarida teran falsafiy mushohadalar, hayotiy kuzatishlar va insoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini
topgan. Shoirning "O‘zbekiston", "Ona tili", "Genetika", "Yurtim shamoli" kabi asarlari o‘zbek
xalqining milliy g‘ururini, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi. Abdulla Oripov
asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, mavzulari va janrlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. U
o‘z ijodida lirika, doston, drama kabi janrlarda samarali ijod qilgan. Shoirning o‘zbek adabiyotiga
qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U o‘z she'rlari bilan o‘zbek adabiyotining mavzu doirasini kengaytirdi,
unga yangi badiiy uslublar va obrazlar olib kirdi. A.Oripov she’riyatida obraz tasviriy badiiy vosita
sifatida xizmat qilib, o‘quvchining tasavvurini kengaytiradi. Shoir o‘z obrazlarini tabiat
manzaralari, inson kechinmalari va falsafiy mushohadalar orqali yaratadi. Kuz, bahor, tun, quyosh,
lola, daraxt, kabi tasvirlar orqali inson hayotining turli bosqichlari va ruhiy kechinmalari
ifodalanadi. Masalan, kuzning xazonlari nafaqat tabiatning bir qismi, balki, inson qalbidagi
o‘zgargan holatlar, his tuyg‘ularni ham aks ettiradi. Bunday usul bilan yaratilgan obrazlar chuqur
ma’noni ochib berishga xizmat qilishini yaxshi bilamiz. Shuning uchun ham shoir asarlarini
o‘quvchilarga o‘rgatishda, asarlar ularning murg‘ak qalblaridan ta’sirli joy olishi, hamda ularda
badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatning ortishiga hissa qo‘shish uchun turli xil metodlardan
foydalanishni tavsiya qilamiz [3: 55].

Adabiyot fanining asosiy maqsadi shunchaki fakt va voqealarni yodlash emas, balki

shaxsning ichki dunyosini boyitish, estetik tafakkurni rivojlantirishdir. Abdulla Oripov she’riyatida


background image

840

estetik ideal, go‘zallik mezonlari, haqiqat va ezgulik singari tushunchalar badiiy vositalar orqali
ochib beriladi. Bularni o‘quvchiga yetkazishda interaktiv drama usullari, ssenariy asosida ishlash,
rolli o‘yinlar katta samara beradi.

A.Oripov asarlarining poetik qatlamlarini o‘rganishda innovatsion yondashuvlar.

Abdulla Oripovning adabiy merosi o‘zining boy poetik qatlamlari va chuqur ma'nolari bilan ajralib
turadi. Uning she'rlari nafaqat zamonaviy o‘zbek adabiyotining yuksak namunalaridan biri, balki
o‘quvchilarda estetik va intellektual fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan adabiy asarlardir.
Shu bois, Oripovning asarlarini o‘rganishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, o‘quvchilarga poetik qatlamlarni chuqurroq va kengroq tushunishga yordam beradi.

Innovatsion yondashuvlar orasida raqamli texnologiyalar va multimediali metodlarni

qo‘llash samarali usul bo‘lib, bu o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, tushunchalarni yaxshiroq
tushunish va yaratgan tasavvurlarni mustahkamlashga yordam beradi. Misol uchun, Oripovning
she'riy asarlarini interaktiv tarzda tahlil qilish, audio va video materiallar orqali ularning ma'nolarini
ochib berish, she'rlarni turli badiiy obrazlar bilan tasvirlash o‘quvchilarga poetik qatlamlarning
murakkabligini yaxshiroq anglash imkonini yaratadi [2: 273].

Shuningdek, didaktik o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali Oripovning asarlaridagi

syujet, obrazlar va til elementlarini o‘rgatish mumkin. Bu metodlar o‘quvchilarda adabiyotga
bo‘lgan qiziqishni oshiradi va ularni o‘qishga rag‘batlantiradi. O‘quvchilar she'rlaridagi
tasavvurlarni yaratishda va ularga yangi ma'nolar yuklashda o‘z ijodiy fikrlarini shakllantirishlari
uchun innovatsion texnologiyalar yordam beradi. A.Oripov asarlarining poetik qatlamlarini
o‘rganishda yana bir muhim jihat shundaki, multimedia resurslari yordamida she'rlarni o‘qish va
tahlil qilish jarayonini yanada jozibador va interaktiv qilish mumkin. Multimediali taqdimotlar,
interaktiv platformalar orqali she'rlarni tahlil qilish va ularning ko‘plab qatlamlarini ko‘rsatish
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi.

Shu tarzda Abdulla Oripovning asarlarini zamonaviy ta'lim texnologiyalari yordamida

o‘rganish o‘quvchilarga faqatgina adabiy asarlarni o‘rganish emas, balki ularning ichki mohiyatini,
ruhiy qatlamlarini chuqurroq tushunishga imkoniyat yaratadi. Innovatsion yondashuvlar orqali
she'rlarda yotgan chuqur ma'no va tasavvurlarni anglash, o‘quvchilar ijodiy va intellektual
rivojlanishga yordam beradi.

Abdulla Oripov asarlarini o‘qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari.

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari Abdulla Oripov asarlarini o‘qitish jarayonini yanada qiziqarli,
interaktiv va samarali qilish imkonini beradi.

Interaktiv doskalardan foydalanish. Interaktiv doskalar yordamida o‘quvchilar she'rlarni

tahlil qilish, mavzularni vizualizatsiya qilish, she'rning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini aniqlash
kabi vazifalarni bajarishlari mumkin. Masalan, o‘qituvchi "o‘zbekiston" she'rining asosiy g‘oyasini
interaktiv doskada aks ettirishi, o‘quvchilardan she'rdagi vatan madhini ifodalovchi misralarni
topishni so‘rashi mumkin.

Multimediali taqdimotlar. Multimediali taqdimotlar shoir hayoti va ijodi haqida ma'lumot

berish, asarlarini sahnalashtirish, she'rlarga musiqiy va vizual illyustratsiyalar yaratish uchun qulay
vositadir. o‘qituvchi Abdulla Oripovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotni tayyorlab,
o‘quvchilarga shoirning bolaligi, o‘qish davri, ijodiy faoliyati va adabiy merosi haqida ma'lumot
berishi mumkin. Shuningdek, she'rlarni o‘quvchilar tomonidan sahnalashtirish orqali ularning
asarga bo‘lgan qiziqishini oshirish mumkin.

Onlayn resurslar. Internetda Abdulla Oripovning asarlari, uning hayoti va ijodiga

bag‘ishlangan turli materiallar, virtual muzeylar va elektron kutubxonalar mavjud. o‘qituvchi ushbu
resurslardan dars jarayonida foydalanishi, o‘quvchilarga uy vazifasi sifatida berishi mumkin.

Didaktik o‘yinlar va viktorinalar. Didaktik o‘yinlar va viktorinalar o‘quvchilarning Abdulla

Oripov asarlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirish, ularning bilimini mustahkamlash va darsga
bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun samarali vositadir. Masalan, "Kim ziyrak?", "She'rni davom
ettir", "Topqirlar bellashuvi" kabi o‘yinlar orqali o‘quvchilarning asarlarni yod olish, ularning
mazmunini tushunish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin [5: 134].


background image

841

Ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish.

Abdulla Oripov asarlarini o‘qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish

o‘quvchilarning quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi:

Ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

ta'lim texnologiyalari o‘quvchilarga insholar yozish,

she'rlarga sharhlar yaratish, asarlar asosida sahna ko‘rinishlari tayyorlash kabi ijodiy vazifalarni
bajarish imkonini beradi.

Matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish

: Interaktiv doskalar va onlayn resurslar

o‘quvchilarga asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy vositalarni topish, obrazlar tizimini tahlil qilish
kabi vazifalarni bajarishda yordam beradi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish

ta'lim texnologiyalari o‘quvchilarga

onlayn resurslardan foydalanish, taqdimotlar yaratish, multimediya materiallari bilan ishlash kabi
ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.

Abdulla Oripov asarlarini o‘qitishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning

adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish,
axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
o‘qituvchilar dars jarayonida interaktiv doskalar, multimediyali taqdimotlar, onlayn resurslar va
didaktik o‘yinlardan samarali foydalanishlari, o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga undashlari lozim.
Kelgusida ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish, ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning
yangi metodlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oripov A. Tanlangan asarlar. – T.: “Sharq”, 2000. – 120-b

.

2.

Temirova M. Abdulla Oripov lirikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish. // Ilm-fan
taraqqiyotida muhim omillar va izlanishlar, 2025. 1(1), – 278-b.

3.

Qo‘shjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. - Toshkent: “Ma'naviyat", 2000. – 55-b.

4.

“Oripov Abdulla”. Uzbek Soviet Encyclopedia (in Uzbek). Vol. 8. Tashkent: Uzbek Soviet
Encyclopedia. 1976. – 281-b.

5.

Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2007. – 134-b.

6.

Ибрагимовна, УЛ (2024). Абдулла Ориповнинг «Сохибкирон» драмаси мардонаворлик
ва жасурлик г'ойаларининг улугланиши. Теория современных научных исследований в
области педагогики

7.

Mavluda, A., Gulbonu, T., & Ibragimovna, U. L. (2024). Masalchilik va Ezop
masallari. Intellectual education technological solutions and innovative digital tools, 3(32), 99-
100.

8.

Ibragimovna, U. L. (2024). “Jannatga yo’l’’dostonidagi obrazlarga xos insoniy fazilatlar. The
theory of recent scientific research in the field of pedagogy, 3(27), 170-171.


Bibliografik manbalar

Oripov A. Tanlangan asarlar. – T.: “Sharq”, 2000. – 120-b.

Temirova M. Abdulla Oripov lirikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish. // Ilm-fan

taraqqiyotida muhim omillar va izlanishlar, 2025. 1(1), – 278-b.

Qo‘shjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. - Toshkent: “Ma'naviyat", 2000. – 55-b.

“Oripov Abdulla”. Uzbek Soviet Encyclopedia (in Uzbek). Vol. 8. Tashkent: Uzbek Soviet

Encyclopedia. 1976. – 281-b.

Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2007. – 134-b.

Ибрагимовна, УЛ (2024). Абдулла Ориповнинг «Сохибкирон» драмаси мардонаворлик

ва жасурлик г'ойаларининг улугланиши. Теория современных научных исследований в

области педагогики

Mavluda, A., Gulbonu, T., & Ibragimovna, U. L. (2024). Masalchilik va Ezop

masallari. Intellectual education technological solutions and innovative digital tools, 3(32), 99-

Ibragimovna, U. L. (2024). “Jannatga yo’l’’dostonidagi obrazlarga xos insoniy fazilatlar. The

theory of recent scientific research in the field of pedagogy, 3(27), 170-171.