Mualliflar

  • Umarov Murodbek
  • Raxmonjonov Abdurasul Srojiddin o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112709

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Oila jamiyat qadriyat muhit tarbiya komil inson salohiyat an’ana or-nomus andisha xulq-atvor e’tiqod-iymon yurish-turish fikr-mulohaza intizom.

Annotasiya

Annotatsiya: Oilani muqaddas maskan sifatida e’zozlash, oilada tinchlik-osoyishtalik, farovonlik muhitini qaror toptirish xalqimizga azaldan xos bo‘lgan fazilatlardir. Oila va oilaviy qadriyatlar har qanday inson hayotida quriladigan eng muhim poydevor hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi oilada boshlanadi.Oilaviy qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdiradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 57

OILA FAROVONLIGI – MILLIY FAROVONLIK ASOSIDIR

Namangan davlat pedagogika instituti

o‘qituvchisi

Umarov Murodbek

Namangan davlat pedagogika instituti

Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Raxmonjonov Abdurasul Srojiddin o’g’li


Annotatsiya:

Oilani muqaddas maskan sifatida e’zozlash, oilada tinchlik-

osoyishtalik, farovonlik muhitini qaror toptirish xalqimizga azaldan xos bo‘lgan
fazilatlardir. Oila va oilaviy qadriyatlar har qanday inson hayotida quriladigan eng muhim
poydevor hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi oilada boshlanadi.Oilaviy qadriyatlar yaxlit
tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur ko‘nikmalarni singdiradi.

Kalit so’zlar:

Oila,jamiyat, qadriyat, muhit, tarbiya, komil inson, salohiyat, an’ana,

or-nomus, andisha, xulq-atvor, e’tiqod-iymon, yurish-turish, fikr-mulohaza, intizom.

БЛАГОПОЛУЧИЕ СЕМЬИ — ОСНОВА НАЦИОНАЛЬНОГО

ПРОЦВЕТАНИЯ


Аннотация:

Почитание семьи как священного очага, установление в ней

атмосферы мира, спокойствия и благополучия издавна являются присущими
нашему народу добродетелями. Семья и семейные ценности являются важнейшим
фундаментом в жизни каждого человека. Формирование личности начинается в
семье. Семейные ценности прививают необходимые навыки для гармоничного
развития целостной натуры.

Ключевые слова:

Семья, общество, ценности, среда, воспитание, всесторонне

развитая личность, потенциал, традиция, честь и достоинство, совесть, поведение,
вера и убеждение, манеры, мышление, дисциплина

FAMILY WELL-BEING IS THE FOUNDATION

OF NATIONAL PROSPERITY


Annotation:

Respecting the family as a sacred institution and ensuring peace,

tranquility, and prosperity within the family environment have long been valued virtues in
our nation. The family and family values form the most important foundation in every
person's life. The development of an individual begins in the family. Family values instill
essential skills necessary for the harmonious development of a holistic nature.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 58

Keywords:

Family, society, values, environment, upbringing, well-rounded person,

potential, tradition, honor and dignity, conscience, behavior, faith and belief, manners,
thinking, discipline.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “...yosh avlod tarbiyasi

hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib
bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, tarbiya
mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi”. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti ongli ravishda o‘z oldiga Uchinchi
Renessans poydevorini yaratishni ta’lim-tarbiya islohoti va yoshlar salohiyati orqali
amalga oshirishni maqsad qilib oldi. Demak, tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarab,
tarbiya jamiyat manfaatlarini ko‘zlab va uning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ravishda
amalga oshirilishi lozim. Xo‘sh nima uchun tarbiyaga ijtimoiy hodisa sifatida qarashimiz
kerak degan o‘rinli savol tug‘iladi albatta. Chunki tarbiyaning mohiyatida ijtimoiylik,
jamoatchilik mavjud bo‘lib birinchidan oila muhitidagi tarbiyaning o‘zi ham ota-ona, katta
avlod, qarindosh urug‘lar, (bobo-buvi, amma-xola, tog‘a-amaki, opa-akalar), qo‘ni-
qo‘shnilar, mahalla tomonidan, farzandlarimizni, ijtimoiy hayotga tayyorlashni, ikkinchi
tomondan, esa jamiyat muhitining o‘zi ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’lum
yo‘nalishda tarbiyalashga ko‘maklashadigan tizim sifatida tashkil etilishida o‘z ifodasini
topadi. Unda ijtimoiy voqelikdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqadorlik,
boshqarish, nazorat qilish va ijtimoiylashtirish kabi bir qator ijtimoiy omillar mavjud.

Oilada eng muhimi nima? Bu savolga hech kim aniq javob bera olishi qiyin.

G‘amxo‘rlik va ishonchmi? Fidoyilik va mehnatsevarlik? Oilaviy an’analarga rioya
qilishmi? Balkim Sevgidir? Oila va oilaviy qadriyatlar doimo chambarchas bog‘liq va bir-
birisiz mavjud emas. Agar oila bo‘lmasa, oilaviy qadriyatlar tabiy ravishda o‘z ma’nosini
yo‘qotadi. An’anaviy oilaviy qadriyatlar g‘amxo‘rlik va sevgiga asoslanadi. Oilaning bosh
sarboni ota bo‘lsa, ona oilaning tinchligini mustahkamlovchi, unda voyaga yetayotgan
farzandlarlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi, mehr-muhabbat ulashuvchi muqaddas zot
sanaladi. Azaldan oila-muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sanaladi. Oila
mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon
bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi,
tichlik, hotirjamlik yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar
tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.

Hayot juda murakkab jarayon bo‘lib, unda turli holatlar uchrab turadi. Gohi shodlik,

gohi g‘am deganlariday oilada er va xotin o‘rtasida ham turli sabablar ila
kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Shoshqaloqlik, jahlning tez chiqishi, qanoatsizlik,
manmanlik, tirnoq ostidan kir qidirmoqlik oilaviy munosabatlarga putur yetkazadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 59

Ma’naviy jihatdan bir-biriga sabr qilish lozim bo‘lganiday, moddiy jihatdan ham

qanoatli va sabrli bo‘lish juda muhimdir. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli bo‘lishligida
er-xotinning har ikkisi ham oiladagi o‘z burchlarini astoydil ado etishga intilishlari
muhimdir. Mustahkam va saodatli oilada er-xotin o‘zaro totuv yashashi bir-birining yaxshi
va yomon jihatlarini ko‘tarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch va totuv yashashi
lozim. Oilada erkak kishining mas’uliyati alohida qayd etilgan. Sharqda qadim-qadimdan
oila muqaddas go‘sha sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada
tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina,
davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.

Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng qimmatli an’analar: halollik,

rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy
fazilatlar, eng avvalo oilada shakllangan. Bugungi kunda ham ana shu an’analarni davom
ettirib, o‘zbek oilalari oilaning sog‘lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati
sharoitida, oila bag‘rida farzandlarini el-yurtining munosib o‘g‘il-qizlari bo‘lib unib
o‘sishlarida astaoydil jon kuydirmoqdalar. Har bir oila muhitida saxovat, yaxshilik,
karamlilik, halimlik shakllantirilsa, bu istiqbolda jamiyat muhiti moʻtadilligini, istiqbolini
ta’minlaydi. Bilamizki, karamli inson nafaqat yaxshi xulqlar bilan bezanadi, balki el
manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ya oladi. Oila muhitida shakllantirilgan halimlik
asosida shaxs-xulq atvorida afv (kechirimlilik); murosa (kelishuvchanlik); muloyimlik
(moʻtadillik) kabi hulqiy sifatlar shakllantiriladi. Demak, o‘zligida halimlik fazilati
bo‘lgan kishi ruhan kuchli inson hisoblanadi. Halimlik shaxs-xulq atvoridagi nodonlikka
qarshi xushxulqlikdir va ushbu fazilat kishini tinchliksevar inson sifatida voyaga
yetkazadi. Or-nomus va andisha insonning xulq-atvorida, e’tiqod-iymonida, yurish-
turishida, fikr-mulohazasida namoyon bo‘ladi. Or-nomusli va andishali kishi qat’iy
intizom egasi bo‘ladi.

Ma’naviy-axloqiy faoliyat kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-

turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi ma’naviy
yuksak norma hamda qoidalarni ifodalaydi. Jamiyatdagi munosabatlar ma’naviy-axloqiy
tamoyillar asosida shakllanadi, ijtimoiy rivojlanishning muhim jihati sifatida namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun ham jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning dastlabki
bosqichidayoq kishilarning tafakkurini uyg‘otish, tashabbuskorligini, faolligini oshirish
ma’naviy islohot asosini tashkil etadi, chunki, hurfikrlik tamoyillariga ko‘ra,
rivojlanayotgan mamlakatlarda fikrlar erkinligi va ongli faoliyat, axloqiylik jamiyat
taraqqiyotining omilidir. Jamiyat taraqqiy etgan sari axloqiy munosabatlarga e’tiborni
kuchaytirish ehtiyoji tug‘ilishi aniq. Rivojlanish, o‘sish, taraqqiy etish uchun tarbiyaviy
jarayon, tarbiyaviy faoliyat, fidoyilik va vatanparvarlik kerak. Tarbiya, tarbiyaviy faoliyat
esa axloqiy fazilatlarni singdirishdan, ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish va
shakllantirishdan boshlanadi. Inson ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat
ko‘rsatish yo‘li bilan jamiyatni o‘zgarturuvchi kuchga aylanadi va sog‘lom ma’naviy-


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 60

axloqiy muhitni yaratadi. Inson faqat tarixiy sharoit va uning mahsuligina bo‘lib qolmay,
balki shunday sharoitlarning yaratuvchisi hamdir. Ijtimoiy hayot har bir shaxsning o‘z
burchini ko‘r-ko‘rona bajarish emas, balki unga ongli munosabatda axloqiy tamoyillar
asosida yondoshishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Тафаккур” журнали. 2002 йил, феврал сони. 2. Мусурманова О. Оила маънавияти
– миллий ғурур. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2000. – Б. 60.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat –yengilmas kuch. – T.: “Ma'naviyat”, 2008. – 176 b.
3. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim atamalarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar:
O.Musurmonova (va boshq.) – T.: Bekinmachoq-Plyus, 2011.- 260 b.
4. Shoumarov B., Haydarov I. O., Sog'inov N . A., Akramova F. A., Solihova
G.,Niyozmetova G. - Oila psixologiyasi, O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2008.
5. Muminova D.R. Oila psixologiyasi: Er-xotin baxtli bo'lish siri

Bibliografik manbalar

“Тафаккур” журнали. 2002 йил, феврал сони. 2. Мусурманова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2000. – Б. 60.

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat –yengilmas kuch. – T.: “Ma'naviyat”, 2008. – 176 b.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim atamalarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar: O.Musurmonova (va boshq.) – T.: Bekinmachoq-Plyus, 2011.- 260 b.

Shoumarov B., Haydarov I. O., Sog'inov N . A., Akramova F. A., Solihova G.,Niyozmetova G. - Oila psixologiyasi, O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2008.

Muminova D.R. Oila psixologiyasi: Er-xotin baxtli bo'lish siri

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Umarov Murodbek, Abduhalimov Elmurod Karimjon o’gli, OILANING IJTIMOIY-MA’NAVIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI , Ustozlar uchun: Jild 74 № 1 (2025)

Zaynobidinova Naimaxon, Raxmonjonov Abdurasul Srojiddin o’g’li, OILA MUHITI BARQARORLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA , Ustozlar uchun: Jild 74 № 1 (2025)