Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 61
OILA MUHITI BARQARORLIGIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
Namangan davlat pedagogika instituti
o‘qituvchisi
Zaynobidinova Naimaxon
Namangan davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Raxmonjonov Abdurasul Srojiddin o’g’li
Annotatsiya:
Oila muhiti bilan aloqaga kirishish jarayonida xulq-atvor me’yorlari,
ma’naviy-ijtimoiy va madaniy tushuncha hamda tasavvurlar, yangi-yangi qiziqish va
ehtiyojlar egallanib ijtimoiy muhitda rivojlanib boradi. Shaxsning ma’naviy shakllanishiga
ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida gapirilganda, birinchi navbatda, shaxsning o‘zi,
ikkinchidan, mikro muhit, uchinchidan mezo muhit va to‘rtinchi navbatda, jamiyat va
undagi siyosiy, ideologik, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy sohalarning umumiy holatini
namoyon bo‘ladi.
Kalit so’zlar:
Oila, ma’naviyat,ta’lim, tarbiya, makromuhit, dunyoqarash, ijtimoiy
ong, tafakkur, tamoyil, maqsad, muhit.
Annotation:
In the process of engaging with the family environment, behavioral
norms, moral-social and cultural concepts and perceptions, as well as new interests and
needs, are acquired and developed within the social environment. When discussing the
factors influencing the spiritual development of an individual, firstly, the individual
themself, secondly, the microenvironment, thirdly, the mesoenvironment, and fourthly, the
general condition of society and its political, ideological, cultural-educational, and
economic spheres are highlighted.
Keywords:
Family, spirituality, education, upbringing, macroenvironment,
worldview, social consciousness, thinking, principle, goal, environment
Аннотация:
В процессе взаимодействия с семейной средой усваиваются нормы
поведения, духовно-социальные и культурные представления и понятия, а также
формируются новые интересы и потребности, которые развиваются в социальной
среде. Говоря о факторах, влияющих на духовное становление личности, в первую
очередь выделяется сама личность, во-вторых — микросреда, в-третьих —
мезосреда, и в-четвёртых — общее состояние общества, включая его политическую,
идеологическую, культурно-просветительскую и экономическую сферы.
Ключевые слова:
Семья, духовность, образование, воспитание, макросреда,
мировоззрение, общественное сознание, мышление, принцип, цель, среда
Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada
milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o‘rtaga tashlamoqda.
Oiladagi ma’naviy muhit axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy axloq va tarbiyaning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 62
o‘ziga xos xususiyatini shakllantiradi. Inson va boshqa tirik jonzotlar har birining hayot
muhiti uning o‘y fazosidan boshlab ijtimoiy muhit va yashaydigan muhitigacha bo‘lgan
sharoit hisoblanadi. Muhit – bu odamlarga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi voqealarning
yig‘indisi sifatida insonni o‘rab turgan, uning dunyoqarashi, kayfiyati, ruhiyati, orzu-
umidlari va xulq-atvoriga bevosita ta’sir etadigan tashqi olam. Muayyan muhit turli
ko‘rinish va shakllarda namoyon bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o‘sha jamiyat
hayotida mavjud bo‘lgan va bo‘layotgan qonun qoidalarga asosan kamol topadi. Shu
jamiyatdagi moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklardan bahramand bo‘ladi, shuningdek,
mazkur boyliklarni yaratishda ishtirok etadi.
Jamiyatda yaratilgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklar rivojlanish darajasiga
ko‘ra shaxs kamolotiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. O‘z-o‘zidan rivojlanish yuksak bo‘lsa,
u shaxsga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi va shaxs faoliyati davomida mehnati orqali
o‘z moddiy, ma’naviy va madaniy boyligini yaratish jarayonida ongini, dunyoqarashini,
hayotini, turmush tarzini ham yaxshilab boradi. Muhit keng ma’noda (makromuhit)
ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-
qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi. Tor
ma’nodagi (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‘quv va boshqa
guruhlardan iborat. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida ijtimoiy muhit
o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgaradi. Shaxsning
jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko‘r-ko‘rona faoliyat orqali amalga oshmaydi. Inson
ijtimoiy qonunlarni, o‘z hayot sharoitlarini bilib olgandan keyin, ma’lum maqsadga
qaratilgan amaliy faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o‘zgartiruvchi
kuchga (insonga) aylanadi. Shu sababli ham shaxsning xulq-atvori, intilishlari,
imkoniyatlari, fikrlashi, qobiliyati, axloqiy tamoyillar (mehnatsevarligi, vatanparvarligi,
insonparvarligi) asosidagi faolligi, sadoqatliligi va boshqa xislat va fazilatlari shuningdek,
illatlari ular yashayotgan ijtimoiy muhitga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Insonning ta’lim-tarbiyasida uni o‘rab turgan muhit yetakchi rol o‘ynar ekan, oila,
ta’lim-tarbiya muassasalaridagi muhit sog‘lom bo‘lsa, yoshlarning ijtimoiy sifati,
tayyorgarlik darajasi va bilimi yuqori bo‘ladi. Aynan oila muhiti eng avvalo, shaxsning
xulq-atvorini shakllanishida jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Vaholanki, oilada ma’naviy-axloqiy muhit shaxs axloqiy ongi, xulq-atvori va faoliyatida
tamal toshi, hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Dastlab aynan, oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit shaxs imkoniyatlarini shakllantiradi,
uning ijtimoiy borliq bilan munosabatlarini va muloqotini yuzaga keltiradi. Shu bois ham
oilani shaxsning g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy qarashlarini shakllantiruvchi, tevarak-atrofga,
dunyoga munosabatlari tizimini, ya’ni dunyoqarashi, e’tiqodi, ehtiyojlari, qiziqishlari,
ideallari, motivlari, hayotiy maqsadi yo‘nalishini belgilovchi mikromuhit sifatida tadqiq
etiladi. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sayyoramizning ertangi kuni,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 63
farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Shu
munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida
shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir” deb qayd etar ekanlar yoshlar axloqi
ularning ma’naviy kamoloti masalasi nafaqat bugungi kun, balki ertangi porloq kelajak
garovi ekanligiga urg‘u beradi. Yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq mahalliy va global
muammolar yechimi esa, aynan oila muhiti va ungdagi ma’naviy-ma’rifiy daraja bilan
bevosita va bilvosita bog‘liq masala hisoblanadi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas
vatan sanalgan. Agar oilalar muhiti sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va
hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda
osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi milliy farovonlik asosidir.
Shu bois ham jamiyatda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy
etish, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila – sog‘lom
jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish
doirasida qaralmoqda.
Oila muhitida shakllantirilgan onglilik va xulqlilik shaxsni illatlardan saqlaydi. Shu
ma’noda, oila ma’naviy-axloqiy muhitini o‘rganishda fikr yangiligi va ma’naviy yetuklik
paradigmasi asosli bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy yetuklikka
intilish bu jamiyat hayoti va inson faoliyatida shaxsning o‘z insoniy pozisiyasiga
mustahkam ega bo‘lishi bo‘lib, u ijtimoiy-axloqiy mezonlar asosida xulq-atvorga muvofiq
yashashidir.
Inson ma’naviyatini shakllantirishning eng maqbul maskani oiladir. Oila qaysi
millatga mansub bo‘lsa, o‘sha xalqning ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirib, bir necha
asrlik tarixga ega bo‘lgan an’analarni, ma’naviyatni avloddan-avlodga yetkazadi. Zero,
shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotiy tamoyillari, ideallari,
qadriyatlari, ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila ma’naviyat
qo‘rg‘oni hisoblanib, oila qaysi millatga taalluqli bo‘lsa, o‘sha millatning ma’naviyatini
o‘zida aks ettiradi. Demak, o‘zbek oilasining o‘ziga xos milliy xarakteri, oiladagi
shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishi, turli oilaviy marosimlar, urf-odatlar,
an’analar, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz oila orqali namoyon bo‘ladi. O‘zbek
oilalaridagi o‘zaro hurmat, ehtirom, ota-onaga e’zoz, farzandlarga mehr-shafqat va
kichiklarga izzat-ikrom bu kishini barkamol inson, mukammal shaxs sifatida
shakllantiradigan, axloqiy va ma’naviy jihatdan go‘zal hamda yetuk qiladigan, insoniy
fazilatlarni rivojlantiradigan qadriyatlar bo‘lib hisoblanadi. Va bu qadriyatlarning
mazmun-mohiyati farzandlar ongiga dastlab oila muhitida tarbiya orqali singdiriladi.
Bunda insonning axloqiy ongi, xulq-atvori va faoliyati aksiologik asoslarda yo‘naltirilib
boriladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 64
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh.M. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga. www.uza.uz
2017 yil 27-iyun.
2.Tandiq bor, munosabat yo‘q. Demak hammasi to‘g‘ri ekan-da?‖- Abdulla Aripov
selektorda tashkilotlar tanqidlarga sukut saqlashi haqida gapirdi. www.kun.uz 30.07.2019
3.Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. //O‘zbekiston ovozi, 2016 yil, 8-dekabr.
4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat –yengilmas kuch. – T.: “Ma'naviyat”, 2008. – 176 b.
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim atamalarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar:
O.Musurmonova (va boshq.) – T.: Bekinmachoq-Plyus, 2011.- 260 b.