Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 53
OILAVIY FAROVONLIK VA IQTISODIY
BARQARORLIK O‘ZARO ALOQASI
Namangan davlat pedagogika instituti
o‘qituvchisi
Zaynobidinova Naimaxon
Namangan davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Abduhalimov Elmurod Karimjon o’gli
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek xalqi azal-azaldan o‘z milliy qadriyatlari va
o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaga tayanib kelgan. Oilaning
mustahkamligi, oilada ma’naviy muhitning milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan
uyg‘unligini ta’minlash davlat va jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
oila, jamiyat, tarbiya, tafakur, nikoh, vijdon, milliy urf-odat, an’ana,
qadriyat, mehr-oqibat, muruvvat, maqol, matallar, rivoyatlar, hikmatlar
FAMILY WELL-BEING AND ECONOMIC STABILITY: THEIR
INTERRELATIONSHIP
Zaynobidinova Naimakhon, Lecturer,
Namangan State Pedagogical Institute
Abdukhalimov Elmurod Karimjon ogli,
student, Department of Technological Education,
Namangan State Pedagogical Institute
Annotation:
This article highlights how the Uzbek people have historically relied on
the institution of the family in shaping and enriching their national values and unique
spirituality. Ensuring family stability and harmonizing the spiritual atmosphere within the
family with national and universal values is considered one of the most important tasks of
the state and society.
Keywords:
family, society, upbringing, thinking, marriage, conscience, national
customs, tradition, values, compassion, generosity, proverbs, sayings, legends, wisdom
СЕМЕЙНОЕ БЛАГОПОЛУЧИЕ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ
СТАБИЛЬНОСТЬ: ВЗАИМОСВЯЗЬ
Зайнабидинова Наимахон, преподаватель
Наманганского государственного педагогического института
Абдухалимов Элмурод Каримжонович,
студент 1-го курса направления «Технологическое образование»
Наманганского государственного педагогического института
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 54
Аннотация:
В статье подчеркивается, что узбекский народ издавна опирался
на институт семьи при формировании и развитии своих национальных ценностей и
уникальной духовности. Обеспечение прочности семьи и гармонии духовной
атмосферы в ней с национальными и общечеловеческими ценностями считается
одной из важнейших задач государства и общества.
Ключевые слова:
семья, общество, воспитание, мышление, брак, совесть,
национальные обычаи, традиции, ценности, сострадание, милосердие, пословицы,
поговорки, предания, мудрость
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda, “Oila –
kichik vatan, oila tinch, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi”. Shu sababli ham bizning
mamlakatimizda oila – muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ishlangan. Bosh
Qomusimizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va
davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan. Shundan anglashimiz
mumkinki, oilaning mustahkamligi, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qaror
topishini ta’minlash davlatimizning asosiy hujjatida ham o‘z aksini topgan. Oila murg‘ak
vujud qalbiga eng pokiza tuyg‘ularning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoga kelgan farzand aynan oila bag‘rida bir qator dastlabki hayotiy ko‘nikmalarni
egallaydi. Darhaqiqat, qadimdan milliy urf-odat va an’analarimizni yosh avlod ongiga
singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan yеtuk, mehr-oqibatli, saxovatpesha,
o‘zgalar dardini his qila oluvchi, yiqilganga tirgak bo‘la oladigan insonlar qilib
tarbiyalashda sog‘lom oila muhiti muhim o‘rin kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda, oila
azal azaldan farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalovchi
maskan bo‘lib kelgan. “Qadriyat” atamasi inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan
millat, elat yoki qaysidir ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat
qiladigan tabiat va jamiyat ne’matlari hisoblanadi. Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy
qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib
shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Bugungi tezkor globallashuv
sharoitida ham o‘z milliy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib
rivojlantirayotgan har qanday millat o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas
qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Qadriyatlar xalqimizning bebaho
boyligi sifatida madaniy-ma’rifiy hodisalar, urf-odatlar, an’analar zamirida inson qadr-
qimmatining oshishiga xizmat qiladi. Oilada bolaga salomlashishdan tortib to‘g‘ri
ovqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida
o‘zini tutish singari ma’naviy-ma’rifiy, yurish-turish bilan bog‘liq ham milliy, ham
umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi. Bola o‘zini anglash sari qadam qo‘yganidan
tevarak-atrofni, yaqinlarini, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan ota-onalarini tanishni va ularning
xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zlashtirishni boshlaydi. O‘zbek oilalariga xos bo‘lgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 55
mehnatsevarlik, sadoqat, samimiyat, ishonch, vatanni sevmoqlik, adolat, poklik, to‘g‘rilik
singari fazilatlar shaxsiy namuna sifatida ota-onadan farzandga bevosita singdiriladi. Urf-
odat va an’analarimiz, madaniyatimizdan bahramand bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning hayot
tarziga yoshliklaridan ota-onalariga ko‘mak berish, so‘ngra esa o‘z oilalari uchun
qayg‘urish hissi singib boradi. Oilada farzand tarbiyasida nafaqat ota va ona, balki bobo
va buvilarning ham o‘rni haqida ham unutmaslik kerak. O‘zbek oilalarida istiqomat
qilayotgan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan ehtirom zamirida pir-u badavlat
onaxonlar-u otaxonlarimizni e’zozlash, ularning o‘gitlari, pand-nasihatlariga amal qilish,
keksaygan chog‘larida tayanch bo‘la olish singari qadriyatlar mavjud. Dasturxon atrofidagi
yig‘inlarda keksa avlod vakillari tomonidan xalqimizning nodir ijod namunalari maqol,
matallar, rivoyatlar-u hikmatlar orqali turli xil maishiy masalalar va muammolarga
yеchimlar ko‘rsatiladi. Keksaygan ota-onalarga kiyim yoki pul emas, balki oila
a’zolarining shirin so‘zi va tasallisi, ruhiy daldasidan, e’tiboridan ortiqroq narsaning o‘zi
yo‘q. Keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat va muruvvat oiladagi uchinchi avlod
vakillariga o‘z ota-onalarining qarilik gashtini osoyishtalik va baxtiyorlikda o‘tkazishlarini
ta’minlaydi. Zero, har birimizkamolga yеtkazgan va mislsiz muhabbat, beminnat non-tuzi
bilan siylagan volida-yu padarimiz oldida bir umr qarzdormiz. Buyuk ajdodimiz,
yеngilmas sarkarda Sohibqiron Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga asosan,
shahzodalar tarbiyasi ularning onalari zimmasida emas, balki buvi-bobolari zimmasida
bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot bo‘lsalar-da,
uning oilaviy tarbiyasi bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelgani tarixiy manbalarda
keltirilgan. Amir Temur, o‘z navbatida, bobo sifatida Mirzo Ulug‘bekning harbiy ish,
davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. Natijada
Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim, yеtuk
falakiyotshunos bo‘lib yеtishadi. Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlari, yillar silsilasida
toblangan chuqur hayotiy tajribasi yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida asrlar
davomida mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda. Afsuski, hozirgi paytda oilada, farzand
tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish bilan bog‘liq ko‘plab
qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelmoqda. Aksariyat oilalarda bugungi kunda oila
a’zolarining bir-biridan tobora uzoqlashishi va begonalashuvining guvohi bo‘lamiz.
Zamonaviy oila qiyofasi – har bir oila a’zosi televizor oldida soatlab band bo‘lib
qolayotgan yoki qo‘lida uyali aloqa vositasi bilan o‘z hududiga berkinib olishi, o‘zaro
sovuq munosabatlar, turli avlod vakillarining go‘yo bir-birini tushunmayotgani singari
tasvirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi oilalarda ota-ona ertalabdan kechgacha ro‘zg‘or
tashvishida jamiyatning turli jabhalarida ish bilan band bo‘ladi, ayrimlari maqsadsiz
ko‘chako‘yda yuradi va uyda bo‘lgan vaqtlarida ham o‘z ishlari bilan ovora bo‘lib
farzandlariga deyarli vaqt ajrata olmaydi. Tashqi ko‘rinishdan agar “oila” deb atash
mumkin bo‘lsa, bu dargohda oila ahlini shunchaki bir boshpana bog‘lab turadi, xolos.
Deyarli bir-birini tushunmaydigan, samimiy suhbatlar olib borish o‘rnini sovuqqina
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 56
ijtimoiy, zaruriy savol-javoblar bilan yakun topuvchi dialoglar egallamoqda. To‘g‘ri, biz
axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Shuni unutmasligimiz lozimki, oiladagi bu
kabi sovuq munosabatlar farzandlarimizni qo‘sh-qo‘llab yot oqimlar-u, begona
madaniyatlar ta’siriga tushib qolishlariga turtki bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, oilalarda sog‘lom ma’naviy, axloqiy muhit hukmron ekan –
jamiyat mustahkam bo‘ladi, mustahkam jamiyatda esa tinchlik, farovonlik, osoyishtalik va
to‘kinlikning barqarorligi ta’minlanadi. Jamiyatimizning osoyishtaligi va barqaror
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish esa har bir vatandoshimizning vazifasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son
qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-
qarori.
3. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. //O‘zbekiston ovozi, 2016 yil, 8-dekabr.
4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat –yengilmas kuch. – T.: “Ma'naviyat”, 2008. – 176 b.
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim atamalarining izohli lug‘ati / tuzuvchilar:
O.Musurmonova (va boshq.) – T.: Bekinmachoq-Plyus, 2011.- 260 b.