Mualliflar

  • Karjanbayeva Zamira Anarbayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113794

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: rang psixologiya dizayn rangshunoslik ruhiy rivojlanis psixik jarayonlar muloqot idrok qobiliyat rangtasvir

Annotasiya

Annotatsiya: Rang psixologiyasini shakllantiradigan asosiy tamoyillardan biri shundaki, har bir rangning ma'nosi bor. Bu ma'nolarni o'rganish mumkin bo'lsa-da, ular ba'zan biologik tug'ma bo'lishi mumkin. Ranglar avtomatik ravishda odamga ta'sir qiladi. Ranglarni idrok etish insonni baholashga olib keladi, bu esa o'z navbatida rang bilan bog'liq xatti-harakatlarga olib keladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 305

MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI SHAKLLANTIRISHDA

RANG PSIXOLOGIYASINING OʻRNI HAMDA AHAMIYATI

Karjanbayeva Zamira Anarbayevna

Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani MMTBga qarashli

48-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Rang psixologiyasini shakllantiradigan asosiy tamoyillardan biri

shundaki, har bir rangning ma'nosi bor. Bu ma'nolarni o'rganish mumkin bo'lsa-da, ular
ba'zan biologik tug'ma bo'lishi mumkin. Ranglar avtomatik ravishda odamga ta'sir qiladi.
Ranglarni idrok etish insonni baholashga olib keladi, bu esa o'z navbatida rang bilan
bog'liq xatti-harakatlarga olib keladi.

Kalit so‘zlar:

rang, psixologiya, dizayn, rangshunoslik,ruhiy rivojlanis, psixik

jarayonlar, muloqot,idrok,

qobiliyat , rangtasvir

KIRISH

So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra rang inson ongi va xatti-harakatlariga muhim

ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, ranglardan
ta’sirlanish yosh, jins, madaniyatga qarab farq qilishi mumkin.[5] Ilmiy tadqiqotlardan
olingan natijalarga ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu masalani qamrab olgan
tadqiqotlarda ko‘rsatilgan natijalar qayta tekshirishdan so‘ng o‘zgarib boradi. Shunga
qaramasdan umumiy quyidagi xulosalarni ko‘rish mumkin. Issiq ranglar yurak tezligini
oshiradi va ochlik hissini kuchaytiradi. Bu ularni tez ovqatlanish restoranlari dizayn
uslubida asosiy ranga aylantiradi.

Ulardan o‘t o‘chirish mashinalari, tormoz chiroqlari, xavfli moddalarni

ogohlantiruvchi belgilarning rangi sifatida foydalaniladi. Har bir rangning insonga ta’siri
aloxida o‘rganilgan bo‘lib, qizil rang eng ko‘p o‘rganilgan va baxsli ranglar qatoriga
kiradi. Sovuq ranglar tinchlantiruvchi va odatda ko‘proq yoqimli hisoblanadi. Ko‘k rang
qizil rang bilan barcha xususiyatlar bilan qarama-qarshi farq qilib, qon bosimni
kamaytiradi, ijodga undaydi va ochlik hissini bosadi. Banu Manav ranglarning inson his-
tuyg‘ulariga ta’siri bo‘yicha 50 nafar ishtirokchi orasida tajriba o‘tkazgan.Tajribadan
quyidagi natijalarni olgan.

Qizil - zerikarli, charchoq, ajabtovur, depressiv.
Yashil - ajoyib, qo'rqinchli, charchoq, xavotirli.
Ko‘k - sovuq, zerikarli, tinch.
Olga Golubeva kompozitsiya asoslari nomli darsligida ranglarning insonga ta’sirini

quyidagicha belgilagan.

Qizil - jumbushga keltiruvchi,

issituvchi, faol, quvvatli.

Organizmning barcha

funksiyalarini faollashtiradi, qon bosimni oshiradi, nafas maromoni tezlashtiradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 306

Zarg‘aldoq - quvvatlantiruvchi. Qizil kabi ta’sir ko‘rsatadi faqat kuchsizroq.
Sariq - fiziologik maqbul, kam toliqtiruvchi. Ko‘rish va asab tizimi faoliyatini

stimullashtiruvchi.

Yashil - fiziologik maqbul, ko‘rish a’zosi uchun eng odatiy, qon bosimini tushiradi

va kapilyarni kengaytiradi, asabni tinchlantiruvchi, uzoq muddatga mushaklarning ish
quvvatini oshiradi.

Zangori - tinchlantiruvchi. Mushaklarni tinchlantiradi va qon bosimni pasaytiradi,

nafas maromini sekinlashtiradi va pulsni turg‘unlashtiradi.

Ko‘k - tinchlantiruvchi ta’sirdan bezovtaga o‘tkaziladi. Insonning fizologik

funksiyalarini sekinlashtirishga ko‘maklashadi.

Binafsha - ko‘k va qizil ta’sirini mujassamlaydi. Asab tizimiga ezuvchi ta’sir

ko‘rsatadi.

Yuqrida asosiy raglarni mustaqil alohida ta’siri ko‘rib chiqildi, ammo ranglar

munosabati murakkab bo‘lib, ular bir biri bilan turli munosabatga kiradi. Ushbu holatni
tushunish uchun visual illyuzialar misolida ko‘rib chiqish mumkin.

Vizual illyuziyalar yoki psevdoskopiya - vizual ta’sirda paydo bo‘ladigan

obyektlarining shakli, o‘lchami, rangi va makondagi joylashuvi haqidagi noto‘g‘ri
taassurot.

Ularni keltirib chiqaruvchi sabablarga ko‘ra vizual illyuziyalarni quyidagilarga

bo‘lish mumkin:

1.

Inson ko‘rish apparatining optik xususiyatlaridan kelib chiquvchi;

2.

Inson ruhiyatida, ma’lum taassurot, uni keltirib chiqaruvchi hodisa bilan

bog‘lashga asoslangan beixtiyor taqqoslashlar.

Ko‘pincha ikkala sabab ham optik illyuziya shakllanishiga yordam beradi. Ularning

oqibatida, bizga mavjud bo‘lmagan narsalar ko‘rinishi yoki mavjud bo‘lganlarning tasviri
va holatini buzilishi mumkin.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 307

Ko‘rish illyuziyalar psixofizik hodisalar bo‘lib, subyektivligi va xilma-xilligi tufayli

ilmiy jihatdan o‘rganish juda qiyin. Optik-geometrik illyuziyalar libos dizaynida, grafik
dizayn obyektlarini ishlab chiqishda, arxitekturada, amaliy san’atda, to‘qimachilik
sanoatida, grafik reklamada, interyer dizaynida qo‘llanilishi mumkin. Rang psixologiyasi
masalalari nisbatan yosh bo‘lib, hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Asosiy amaliy
izlanishlar marketing masalalarini hal qilishga qaratilgan.

Har bir inson ranglarni o‘zgacha ko‘radi. Bir inson ikkinchi inson ranglarni qanday

ko‘rayotganligini hech qachon bilolmaydi. Siz ko‘rayotgan qizil rang do‘stingiz
ko‘rayotgan qizil rangdan farq qiladi. Bu holat fiziologiya va psixologiya fanlar doirasida
o‘rganiladi. Rang kuchli psixologik vositadir. O'zimizni his qilishimiz va narsalarni qanday
qabul qilishimizga ta'sir qilishdan tashqari, kimningdir sevimli ranglari ham uning
shaxsiyati haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Rang ham kuchli aloqa vositasidir.
U harakatga ishora qilishi yoki kayfiyat va hatto fiziologik reaktsiyalarga ta'sir qilish uchun
ishlatilishi mumkin.

Ingliz olimi ser Isaak Nyuton sof oq yorug'lik prizmadan o'tganda barcha ko'rinadigan

ranglarga bo'linishini aniqladi. Nyuton, shuningdek, har bir rang bitta to'lqin uzunligidan
iborat ekanligini va uni boshqa ranglarga ajratish mumkin emasligini aniqladi. Keyingi
tajribalar shuni ko'rsatdiki, yorug'lik boshqa ranglarni yaratish uchun birlashtirilishi
mumkin. Misol uchun, barchamizga ma'lumki, sariq bilan aralashgan qizil sabzirang hosil
qiladi, yashil va siyohrang kabi ba'zi ranglar aralashganda bir-birini bekor qiladi, natijada
oq rangga aylanadi.

Rang psixologiyasini shakllantiradigan asosiy tamoyillardan biri shundaki, har bir

rangning ma'nosi bor. Bu ma'nolarni o'rganish mumkin bo'lsa-da, ular ba'zan biologik
tug'ma bo'lishi mumkin. Ranglar avtomatik ravishda odamga ta'sir qiladi. Ranglarni idrok
etish insonni baholashga olib keladi, bu esa o'z navbatida rang bilan bog'liq xatti-
harakatlarga olib keladi. Rang psixologiyasi shunchalik kuchliki, u hatto bizga jismoniy
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ba'zi rang ohanglari qon bosimini
oshiradi va metabolizmni tezlashtiradi.

Fiziologiya va psixologiyada rang - fizik, fiziologik va psixologik omillarga bog‘liq

ongli vizual sezish asosida aniqlaniladigan optik diapozondagi elektromagnit nurlarining
subyektiv tavsifidir.

Rang insoniyatning dunyo haqidagi tasavvurini shakllantiradi va odamlarning atrof-

muhit bilan munosabatlarini o‘zgartirib, hayoti davomida idroki, afzalliklari va
psixologiyasiga ta‘sir qiladi. Rang afzalliklari chaqaloqlarda uch oylik yoshda paydo
bo‘lib, odatda yoshga qarab o‘zgarib boradi. Rangga bo‘lgan ayrim munosabat tug‘ma
bo‘lishi mumkin, ba’zilari esa tabiatdan yoki madaniyatdan shakllanishi mumkin.

XULOSA

Rang insonning kundalik hayotida muhim rol o‘ynaydi va inson uchun rang muhim

vizual vositalardan biridir. Abstrakt san’atda rang - rassomning g‘oyasi va hissiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 308

kechinmalarini tomoshabinga yetkazishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq, ranglar kamdan-kam hollarda yakka holda qabul qilinadi, aksincha, ular boshqa
ranglar bilan birga uyg‘unlikda foydalaniladi. Rangning inson ruhiyatiga ta’siri bo‘yicha
ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan. Iogann Gyote ranglarni manfiy va musbat guruhlarga
bo‘lgan. Musbat guruhga sariq, sariq-qizil (zarg‘aldoq), qizil-sariq ranglarni ajratib, ularni
hayajonga keltiruvchi, jonli, intiluvchi kabi hususiyatlar bilan tasniflagan. Manfiy guruhga
ko‘k, ko‘k-qizil, qizil-ko‘k ranglarni kiritib, ularni xavotirlik, qayg‘u, itoatkorlik kabi
hususiyatlar bilan tasniflagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Whitfield T. W., Whiltshire T. J. Color psychology: a critical review //Genetic, social,
and general psychology monographs. - 1990.

2.

O'connor Z. Colour psychology and colour therapy: Caveat emptor //Color Research
& Application. - 2011. - Т. 36. - №. 3. - С. 229-234.

3.

О.Л.Голубева. Основы композиции. -М. : Изд. дом Искусство. 2004. - 19 с: илл.

4.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

Whitfield T. W., Whiltshire T. J. Color psychology: a critical review //Genetic, social, and general psychology monographs. - 1990.

O'connor Z. Colour psychology and colour therapy: Caveat emptor //Color Research & Application. - 2011. - Т. 36. - №. 3. - С. 229-234.

О.Л.Голубева. Основы композиции. -М. : Изд. дом Искусство. 2004. - 19 с: илл.

Ziyo.net