Mualliflar

  • Rahmonova Dilfuzaxon Munavvarjon qizi
  • Parpiyev Odil Olimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113796

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: taʼlimiy diktant ot soʻz turkumi oʻquvchi usul rivojlanish darslik.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan.  Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi mavzusini o‘tishda ta’limiy diktant turlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilib, yangicha usullarni qo‘llash haqida tavsiyalar berilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 296

OTNI O‘TISHDA TA’LIMIY DIKTANT TURLARIDAN

FOYDALANISH USULLARI

Rahmonova Dilfuzaxon Munavvarjon qizi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Parpiyev Odil Olimovich

Ta’lim kafedrasi dotsent v.b.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini

o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik
faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf ona tili
darslarida ot so‘z turkumi mavzusini o‘tishda ta’limiy diktant turlaridan foydalanishning
afzalliklari yoritilib, yangicha usullarni qo‘llash haqida tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

taʼlimiy diktant, ot, soʻz turkumi, oʻquvchi, usul, rivojlanish, darslik.


O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda

qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ta’lim to‘g‘risidagi
qonunning 9-moddasida shunday deyilgan: ”Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda
umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va
ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan”

1

.

Boshlang‘ich ta’limning muhimligi shundan iboratki, bu bosqichda o‘quvchilar

uchun ta’limning poydevori qo‘yiladi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari ko‘pincha
boshlang‘ich ta’limdagi olingan bilim va ko‘nikmalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
boshlang‘ich ta’lim tizimini samarali tashkil etish, zamon talablariga moslashtirish va
o‘qituvchilarning malakasini oshirish har bir jamiyat uchun ustuvor vazifalardan biri
demakdir.

O‘zbekistonda ta’lim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa,

boshlang‘ich va o‘rta ta’limda zamonaviy metodlarni qo‘llashga katta ahamiyat
berilmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadi, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning
bilim olish jarayonini samarali tashkil etish va yosh avlodni zamon talablariga mos
ravishda tarbiyalashdan iborat. Bu vazifa, albatta, biz o‘qituvchilarga ulkan mas’uliyat
yuklaydi. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Miromonivich Mirziyoyev quyidagi
fikrlarni bildirgan: “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va
murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak
bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz

1

https://lex.uz/docs/-5013007


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 297

kerak.

2

Yurtboshimiz bildirgan bu fikrlar, albatta, o‘rinli va ahamiyatli hisoblanadi. Chunki

o‘qituvchilar jamiyatda juda katta ahamiyatga ega, negaki ular kelajak avlodni
tayyorlashga yordam beradi. O‘qituvchining ishi ko‘pincha uzoq va mehnat talab qiluvchi
bo‘lsa-da, ularning roli jamiyatning taraqqiyotida muhim hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbi
o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Har bir o‘qituvchining muhim hayotiy o‘rni, uning

o‘z ishining ustasi bo‘lishdir.

3

Bugungi kunda ta’lim sohasida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini

rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim jarayonida an’anaviy usullarni takomillashtirish va zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish dolzarb masalalardan biri demakdir. Davlatimiz rahbari
yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: “So‘nggi
yillarda boshlang‘ich sinflar uchun yangi maktab darsliklari hamda zamonaviy o‘quv
metodikasi joriy qilindi, maktablardagi kompyuter xonalari butunlay yangilanmoqda.
O‘qituvchilar paxta qulligidan mutlaqo ozod qilinib, ularning huquqlari qonun bilan
mustahkamlandi. Har qanday majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo
belgilandi”

4

.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish va

mustahkamlashda ta’limiy diktantlardan foydalanish samarali metodlardan biri
hisoblanadi. O‘tish davrida, ya’ni o‘quvchilarning yangi bosqichga moslashuvi davrida,
diktantlardan foydalanish nafaqat savodxonlikni oshirish, balki mustaqil fikrlash, tahlil
qilish va matnni anglash qobiliyatlarini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Mazkur
mavzuning dolzarbligi ta’lim tizimida o‘quvchilarning ona tili va o‘qish savodxonligi
fanlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutq madaniyatini rivojlantirish hamda
ijodiy fikrlashga undash zaruriyatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ta’limiy diktantlardan
foydalanish metodikasini ilmiy asoslash va uni amaliyotda keng tatbiq etish hozirgi zamon
pedagogikasi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu sababli ham mazkur maqolada
ta’limiy diktantlarning ona tili darslarida otni o‘tish jarayonidagi ahamiyati va ulardan
samarali foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ona
tili darslarida mustaqil soʻz turkumlaridan biri boʻlgan ot soʻz turkumi bilan tanishtirishda
taʼlimiy daktantlardan foydalanishning samarali jihatlarini koʻrib chiqamiz. Grammatik
jihatdan ot soʻz turkumi degan atama boshlangʻich sinf oʻquvchilariga 3-sinfda o‘rgatiladi.
Lekin oʻquvchilar 1- sinfdanoq ot soʻz turkumi bilan tanisha boshlaydilar. 1–2-sinflarda

2

Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik

nutqi. Toshkent, 2020.

3

PEDAGOGIK MAHORAT VA UNGA ERISHISH YO'LLARI

4

https://aniq.uz/uz/yangiliklar/saida-mirziyoeva-biz-jadidlarning-talim-borasidagi-

goyalarini-hayotda-qullashga-intilmoqchimiz


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 298

so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa
otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-
sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va
kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi.

5

Ta’limiy diktantlar — bu o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish, yozish

ko‘nikmalarini oshirish va ularning e’tiborini yaxshilashga qaratilgan vositadir.

Ta’limiy diktantning quyidagi turlai mavjud.
1. Lug‘at diktanti.
2. Saylanma diktant.
3. Ko‘rsatuv diktanti.
4. Yoddan yozuv diktanti.
5. Ta’kidiy diktant.
6. Izohli diktant.
7. Ijodiy diktant.
8. Erkin diktant.
Yuqorida keltirilgan taʼlimiy diktant turlaridan foydalangan holda ot soʻz turkumini

o‘tishda yangi usullar bilan darsni tashkil qilamiz. Masalan: Bir matn tanlab olamiz. Tanlab
olingan matnni oq lisga chiqarib olamiz. Sinf a’zolari soniga qarab, ularni guruhlarga
ajratib olamiz. Har bir guruhga matn beriladi. O‘quvchilar matnni o‘qib, undagi ot so‘z
turkumiga oid so‘zlarni tanlab yozadilar. Qaysi guruh birinchi va to‘g‘ri bajarsa, o‘sha
guruh g‘olib hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash qobiliyati, tez o‘qish
va tez fikr qabul qilish imkonyatlari oshadi va ot so‘z turkumiga oid olgan bilimlari
mustahkamlanadi. Ta’limiy diktant quyidagi matn asosida o‘tkazildi. “Halollik”

Sobir maktabga kelayotgan edi. Yo‘lda pul topib oldi. Atrofga qarasa, hech kim

yo‘q. U maktabga kelib, o‘qituvchiga aytdi. Pul Yoqub Kamolovniki ekan. Yoqub Sobirga
rahmat aytdi.

Namuna: Sobir, maktab, pul, o‘qituvchi, Yoqub Kamolov.

Diktant o‘tkazilgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagicha savol berishi

mumkin: Maktab so‘zi qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi? Kim so‘rog‘iga javob bo‘luvchi
so‘zlar qaysi?

Ta’limiy diktant turlaridan foydalanishning maqsadi va ahamiyati quyidagilardan

iborat:

1.

Yozma nutqni rivojlantirish.

2.

Imlo va grammatika qoidalarini mustahkamlash.

5

Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent: «N OSIR»

nashriyoti, 2009.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 299

3.

E’tiborni oshirish.

4.

Yozish tezligini oshirish.

5.

Lug‘at boyligini kengaytirish.

6.

Fikrni to‘g‘ri ifodalashni o‘rganish.

7.

Ko‘nikmalarni baholash.

8.

Kreativlikni rivojlantirish.

Ta’limiy diktantlar o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini

yaxshilash, imlo va grammatika qoidalarini o‘zlashtirishda muhim vositadir. Ularning
muntazam ravishda o‘tkazilishi o‘quvchilarning umumiy til madaniyati va yozish
qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ona tili darslarida taʼlimiy diktantlardan

foydalanish oʻquvchilarning ot soʻz turkumi boʻyicha bilimlarini mustahkamlashda
samarali usul hisoblanadi. Bu usulni qoʻllash orqali oʻquvchilarning nafaqat grammatik
bilimlari, balki tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatlari ham rivojlanadi. Shunday ekan,
oʻqituvchilar bu usuldan keng foydalanishlari tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Pezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va .murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan
tabrik nutqi. Toshkent, 2020.

2.

Pedagogik mahorat. A. Xoliqov. Toshkent."Iqtisod-Moliya" 2011-yil

3.

Mirziyoyeva S. “Biz jadidlarning ta’lim borasidagi g‘oyalarini hayotda qo‘llashga
intilmoqchimiz”. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/

4.

Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent: «N
OSIR» nashriyoti, 2009.

5.

DIKTANTLAR TO‘PLAMI. Q. ABDULLAYEVA, S. RAHMONBEKOVA.
Toshkent. " Vektor -Press." 2011- yil




Bibliografik manbalar

Pezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va .murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020.

Pedagogik mahorat. A. Xoliqov. Toshkent."Iqtisod-Moliya" 2011-yil

Mirziyoyeva S. “Biz jadidlarning ta’lim borasidagi g‘oyalarini hayotda qo‘llashga intilmoqchimiz”. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/

Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent: «N OSIR» nashriyoti, 2009.

DIKTANTLAR TO‘PLAMI. Q. ABDULLAYEVA, S. RAHMONBEKOVA. Toshkent. " Vektor -Press." 2011- yil