Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 287
HARRY POTTER VA HIKMATLAR TOSHI ASARI ASOSIDA PRESENT
PERFECT ZAMONIDAGI FE’LLARNING ASPEKTUAL VAZIYATLAR
TAHLILI VA ULARNING O’ZBEK TILIDA BERILISHI
Kayumova Nilufar
SamDChTI mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada “Harry Potter va Hikmatlar Toshi” asari asosida
ingliz tilidagi Present Perfect zamonida qo‘llanilgan fe‘llarning aspektual (tus)
xususiyatlari — ya’ni telik (amal yakunlangan) va atelik (amal davomiy yoki holatdagi)
fe‘llar — kontekst asosida tahlil qilinadi. Tahlil semantik va kontekstual yondashuv
asosida olib borilib, telik va atelik holatlarning grammatik ifodalanish xususiyatlari va
ularning o’zbek tilida berilish usullari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu fe’llarning o‘zbek
tiliga tarjimasida qanday grammatik vositalar (qo‘shimchalar) orqali telik yoki ateliklik
anglatilishi aniqlanadi.
Kalit so’zlar:
aspektuallik, telik / atelik, aspekt, aspektual vaziyat, perfektiv
(yakunlangan) va imperfektiv (davomli), progressiv, accomplishment.
Аннотация:
В данной статье на основе произведения «Гарри Поттер и
философский камень» анализируются аспектуальные характеристики глаголов в
английском языке, употреблённых во времени Present Perfect — а именно, телик
(действие завершено) и ателик (действие длительное или описывает состояние).
Анализ проводится на основе семантического и контекстуального подходов,
изучаются грамматические особенности выражения теликности и ателикности, а
также способы их передачи в узбекском языке. Кроме того, определяется, какими
грамматическими средствами (аффиксами) выражаются телик и ателик при
переводе этих глаголов на узбекский язык.
Ключевые слова:
аспектуальность, телик / ателик, аспект, аспектуальная
ситуация, перфектив (завершённый) и имперфектив (незавершённый), прогрессив,
результативное действие.
Abstract:
This article analyzes the aspectual properties of verbs used in the Present
Perfect tense in the English language based on the novel Harry Potter and the Philosopher’s
Stone — namely, telic (completed actions) and atelic (ongoing or stative actions) verbs —
in context. The analysis is conducted through a semantic and contextual approach,
examining the grammatical expression of telicity and atelicity, as well as their
representation in the Uzbek language. Furthermore, the study identifies the grammatical
tools (such as affixes) used to convey telic or atelic meanings when translating these verbs
into Uzbek.
Keywords:
aspectuality, telic / atelic, aspect, aspectual situation, perfective and
imperfective, progressive, accomplishment.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 288
Kirish.
Aspektologiyani tilshunoslikning grammatik tuzilishi va semantikasi
sohasidagi fan sifatida ta'riflash mumkin, u vid (tus) yoxud “butun aspektual soha”ni
o'rganadi. Bu soha tilning keng qamrovli sohalarini, shu jumladan tus farqlari bilan birga,
ma’no, funktsional va semantik munosabatlar bo'yicha vidga o'xshash yoki unga yaqin
hodisalarni ham o'z ichiga oladi. [1,23]
"Aspekt" atamasi zamon yoki mayl kabi boshqa fe’l kategoriyalariga qaraganda
kamroq ishlatiladi. Rus va boshqa slavyan tillarida perfektiv (yakunlangan) va imperfektiv
(davomli) aspektlar o‘rtasidagi farq yaqqol namoyondir. [2, 45]
Ingliz tilida
"he read", "he was reading", "he used to read"
kabi shakllar
o‘rtasidagi farq – bu ham aspektual farq bo‘lib, aspekt
ingliz tili kabi tanish til
da ham
mavjud bo‘lgan kategoriya hisoblanadi.
Ingliz tilida zamon va aspekt kategoriyalari murakkab semantik munosabatlarni o’z
ichiga oladi. Ayniqsa, Present Perfekt zamoni ko‘plab hollarda harakatning natijasini,
tajribasini yoki davomiy holatini bildiradi. [4, 211] Ushbu maqolada “Harry Potter va
Hikmatlar Toshi” asaridan olingan misollar asosida Present Perfekt zamonida qo‘llangan
fe‘llarning aspektual (telik/atelik) turlari va ularning o‘zbek tilida qanday ifodalanishi
tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi — matndagi harakatning qanday tusda ifodalanganini
aniqlab, tarjima va lingvistik tahlil uchun metodologik asos yaratishdir.
NAZARIY ASOSLAR
Perfect zamon shakllari
Ingliz tilidagi Perfect zamonlar quyidagi olti shaklda mavjud: [6,76-104], [7, 247-
271], [4, 209-268]
Shakl
Tuzilishi
Misol
Ma’nosi
Present Perfect
have/has
+
past
participle
I have read the book
Amal tugagan, natijasi bor
Past Perfect
had + past participle
She had left before I came
O‘tgan zamonda boshqa
amal oldidan
Future Perfect
will have + past
They will have finished it
Kelajakda
ma’lum
vaqtgacha tugagan amal
Present Perfect
Continuous
have/has been + V-ing
He has been working
Amal
davom
etayotgan
holatda
Past
Perfect
Continuous
had been + V-ing
She had been studying for
hours
O‘tgan zamonda davom
etgan amal
Future Perfect
Continuous
will have been + V-ing
By next month, I will have
been working here for a
year
Kelajakda ma’lum vaqt
davomida davom etgan amal
Ushbu maqola doirasida asosan Present Perfect shakliga e’tibor qaratiladi. Ammo
boshqa shakllar haqida ham nazariy jihatdan umumiy ma’lumotlar berildi. | He has been
working. | Amal davom etayotgan holatda.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 289
Aspektuallik tushunchasi
Aspektuallik (aspectuality) — fe‘l orqali ifodalangan harakatning tugallanganligi
(telik) yoki davomiyligi, holatdagi bo‘lishi (atelik) ni bildiruvchi semantik kategoriya. [2,
45]
Teliklik va ateliklik tushunchasi
Tilshunoslikda "Telik vaziyat" tushunchasi Z.Vendler (Verbs and times, 1967)
tomonidan "accomplishment" deb yuritilgan. “Telik” atamasi esa ilk bor H.B.Garey
(Verbal aspect in French, 1957) tomonidan kiritilgan bo‘lib, yunoncha telos — "yakun"
degan so‘zdan olingan. [2, 44]
Janubiy Kaliforniya universiteti tilshunosi Bernard Komri telik va ateliklikni
farqlashda juda chiroyli misol keltirgan va uni quyidagicha: John qo‘shiq aytyapti (John is
singing) va John stul yasayapti (John is making a chair) kabi ikki gapda ifodalangan
vaziyatlarning semantik aspektual xususiyatlarini taqqoslash orqali boshlashimiz mumkin.
Har ikkala holatda ham davomli (durativ) vaziyatlarga murojaat qilinmoqda, chunki
qo‘shiq aytish ham, stul yasash ham ma’lum bir vaqt davom etadigan (hatto davom etishi
shart bo‘lgan) vaziyatlardir. Bu vaziyatlar qisqa ham, uzoq ham davom etishi mumkin —
masalan, bu Johnning chidamliligi (qo‘shiq aytishda) yoki stul yasash tezligiga bog‘liq
bo‘lishi mumkin. [4, 209]
Biroq, bu ikki vaziyat ichki tuzilishi nuqtai nazaridan muhim farqqa ega.
Ikkinchi holatda (ya’ni stul yasashda) shunday bir nuqta keladiki, John stulni yasab
tugatadi, stul tayyor bo‘ladi va shu nuqtada bu vaziyat o‘z-o‘zidan nihoyasiga yetadi. Bu
tugatish nuqtasiga qadar esa, bu vaziyat to‘xtashi mumkin emas — faqat yarim yo‘lda
uzilishi mumkin.
Aksincha, John qo‘shiq aytyapti holatida bu to‘g‘ri emas: John istalgan vaqtda
qo‘shiq aytishni to‘xtatishi mumkin va shunda ham biz “John qo‘shiq aytdi” deyishimiz
mumkin — hatto u boshlagan qo‘shiqni oxirigacha aytmagan bo‘lsa ham.
Shunday qilib, stul yasash holatida harakat o‘z ichiga aniq bir yakuniy nuqtani oladi
— ya’ni, stul tugagan payt, bu vaziyat avtomatik ravishda tugaydi. Qo‘shiq aytish esa
bunday tugash nuqtasiga ega emas, bu holat cheksiz davom ettirilishi yoki istalgan vaqtda
to‘xtatilishi mumkin. Bunday aniq tugash nuqtasiga ega vaziyatlar telik (yakunli), bunday
nuqtaga ega bo‘lmaganlar esa atelik (yakunsiz) deb ataladi.
Teliklikni aniqlash usuli
Telik holatlarni quyidagicha sinab ko‘rish mumkin: agar harakatga oid progressiv
(imperfektiv) shaklda ifodalangan gapdan, shu harakatning perfektiv (ya’ni tugallangan)
shakldagi gapini kelib chiqara olsak, bu holat atelik hisoblanadi [3, 191]. Aks holda, u telik
bo‘ladi. Masalan: John is singing (John qo‘shiq aytyapti) → John has sung (John qo‘shiq
aytdi) —
bu atelik
John is making a chair (John stul yasayapti) → John has made a chair (John stul
yasadi) — bu natija avtomatik tarzda kelib chiqmaydi —
bu telik
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 290
John is singing — atelik
John is singing a song — telik (chunki qo‘shiqning oxiri bor)
John is singing songs — atelik (noaniq son)
John is singing five songs — telik (aniq sonli, yakunli vazifa)
Yoki:
John is drowning — telik
Cats drown if you put them in deep water — atelik (umumiy tendensiyani bildiradi)
Ba’zida esa kontekstga qarab boshqa holatda telik bo‘ladigan gaplar ham atelik
bo‘lishi mumkin. Masalan: John is killing Mary — odatda telik deb qaraladi, lekin agar
tibbiyotda shunday rivoj bo‘lsa-ki, odamni o‘ldirish jarayoni qayta tiklansa, bu ham atelik
holga aylanishi mumkin.
Telik va Atelik fe’llar
Aspekt
Ta’rifi
Misol (Present Perfect)
Telik
Amal yakunlangan, natijasi bor
I have broken the glass.
Atelik
Davomiy, holat ifodalaydi
I have known her for years.
Present Perfect tarjimasida o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar
Ingliz tilidagi Present Perfekt zamonidagi fe’llar o‘zbek tiliga
ko‘pincha quyidagi grammatik vositalar orqali tarjima qilinadi:
Inglizcha
shakl
O‘zbekcha shakl
Aspekt
Misol (EN)
Tarjimasi (UZ)
has gone
-di (bordi, ketdi)
Telik
He has gone
U ketdi
have seen
-gan (ko‘rgan)
Telik
I have seen it
Men uni
ko’rganman
have been
waiting
-ib turibdi / -
ayotgan edi
Atelik
I have been
waiting
Men kutib
turibman
have lived
-dan beri
yashayman
Atelik
I have lived here
for years
Men bu yerda
yillardan buyon
yashayman
have known
-ganman
taniganman
Atelik
I have known him
for ages
Men uni ancha
vaqtdan beri
taniyman
Bu qo‘shimchalar o‘zbek tilida harakatning davomiyligi yoki tugallanganligi
(telik/atelikligi) haqida ma’lumot beradi va tarjimada Present Perfekt ma’nosini
yetkazishda muhim ahamiyatga ega. "You’d think they’d be a bit more careful, but no —
even the Muggles
have noticed
something’s going on." [5, 10]
-
Ehtiyotkorona ish tutish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 291
o‘rniga, teskarisini qilishyapti... Hatto magllar ham nimadir bo‘layotganini
sezish
di”.[8,16] Ushbu misolda “have noticed” tugallanganlikni bildirib o’zbek tilida
“sezishdi” –di qo’shimchasi vositasida berilgan. Yoki “And finally, bird-watchers
everywhere
have
reported
that the nation’s owls have been behaving very unusually
today”. [5, 8]
-
Endi bugungi yangiliklarga yakun yasaydigan g‘alati bir xabar. Yurtimiz
ornitologlari tomonidan
beril
gan
ma’lumotlarga
qaraganda, bugun hamma joyda
boyqushlarning taajjubli harakati kuzatilgan” [8, 11] misolda “have repotted” bugun bir
marta sodir etilgan va o’zbek tilida -gan qo’shimchasi tugallanganlikni bildirmoqda.
Harak atga oid progressiv (imperfektiv) shaklda ifodalangan gapda biz atelik
vaziyatni ko’rib chiqamiz. Although owls normally hunt at night and are hardly ever seen
in daylight, there
have been
hundreds of
sightings
of these birds flying in every direction
since sunrise. [5, 8]
-
Ular ovga, odatda, tunda chiqib, kun yorug‘ida ko‘rinmaydi. Biroq
bugun kunduzi ushbu qushlar uchib yurgan minglab
holatlar
qayd etil
di
.
Ular erta tongdan
har tomon uchib yurishdi. [8, 11]. Bu misolimizda qushlarning odatga xilof parvozi kun
bo’yi sodir etilgan va bu holat cheksiz davom ettirilishi yoki istalgan vaqtda to‘xtatilishi
mumkin. Bu misolni biz atelik deb baholaymiz.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODIKA
Manba Tahlil uchun asosiy manba: Harry Potter and the Sorcerer’s Stone (dastlabki
10 bobdan olingan 80 ta misol).
Metodika
Present Perfect shaklida ishlatilgan barcha fe’llar tanlab olindi.
Har bir fe’l kontekst asosida tahlil qilindi.
Harakatning telik yoki atelik tusdaligi aniqlandi.
Aspektual klassifikatsiya uchun Maslov, Yu.S. (1984), Comrie (1976), Quirk et
al. (1985), Declerck (2007) ishlariga tayandik.
TAHLIL VA NATIJALAR
Telik fe’llar (yakunlangan harakat):
go – He has gone upstairs.
see – I’ve never seen anything like it.
hear – Have you heard the news?
break, write, find
kabi natijani bildiruvchi fe’llar.
Atelik fe’llar (holat yoki davomiylik):
live
– I have lived here for years.
be
– We’ve been out here for hours.
have
– I’ve had this book for a long time.
Statistik natijalar:
Umumiy misollar soni: 80
o
Telik: 74 (≈ 92%)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 292
o
Atelik: 6 (≈ 8%)
Muhokama:
Harry Potter asarida Present Perfekt zamoni asosan telik fe’llar bilan
qo‘llanilgan. Bu esa harakatning tugallanganligini, natijasini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Ayniqsa hikoya janrida bu uslub voqeani aniqlik bilan taqdim etish uchun muhim. Atelik
fe’llar esa holat, tajriba va davomiylikni ifodalovchi kontekstlarda uchraydi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Ingliz tilidagi Present Perfekt zamoni kontekst asosida telik yoki atelik tusga ega
bo‘ladi.
Tarjimada bu farqni to‘g‘ri anglash matnning aniq va tabiiy chiqishini ta’minlaydi.
O‘quvchilar uchun ushbu tahlil Present Perfekt zamonining turli semantik
xususiyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Maslov, Yu.S. Ocherki po aspektologii. – L., 1984. – 262 s.
2.
Comrie, B. (1976). Aspect: An Introduction to the Study of Verbal Aspect. Cambridge
University Press.
3.
Quirk, R. et al. (1985). A Comprehensive Grammar of the English Language.
Longman.
4.
Declerck, R. (2007). The Grammar of the English Tense System. De Gruyter Mouton.
5.
Rowling, J.K. (1997). Harry Potter and the Sorcerer’s Stone.
6.
Gapparov M. (2019). Ingliz tili grammatikasi. Toshkent.
7.
Dadaboyeva T. (2021). Ingliz tilining oltin qoidalari. Toshkent.
8.
Dolimov Sh. (2021). Garry Potter va afsonaviy tosh. Toshkent.