Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 264
UDK 372.862
MUHANDISLIK YO‘NALISHI TALABALARI KASBIY TAYYORGARLIGINI
INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISHDA
XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI
Eshnazarov Dilshod Azamatovich
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti,
Toshkent shahar, Shoxjahon 6-uy,
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muhandislik yo‘nalishi talabalari kasbiy
tayyorgarligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishda xorijiy davlatlarning
tajribalari o’rganilgan. Shuningdek maqolada innovatsion ta’lim texnologiyasi va uning
oʻquv jarayonini samaradorligini oshirishda va ta’lim faoliyati uchun eng yaxshi shart-
sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangilash borasida xorijda olib
borilgan tadqiqot ishlari va uning samaradorligi keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Muhandislik yo‘nalishi,
kasbiy tayyorgarlik, innovatsion yondashuv,
xorijiy tajriba, texnologiya, o’quv jarayoni, innovatsion ta’lim texnologiyasi.
Muhandislik ta’limi zamonaviy sanoat talablariga mos holda talabalarni nazariy
bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar bilan ham qurollantirish bo‘yicha tobora kuchayib
borayotgan bosimga duch kelmoqda. An’anaviy ma’ruza asosidagi ta’lim modellari
ko‘pincha muammoni hal qilish, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni
shakllantirishda samarasiz bo‘lib qolmoqda. Loyihaviy yondashuv faol va talaba markazli
o‘qitish paradigmalariga asoslangan bo‘lib, ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun istiqbolli
pedagogik yondashuv sifatida e’tirof etiladi. Ushbu maqolada PBLning didaktik asoslari
o‘rganiladi va uning muhandislik sohasidagi talabalarga ta’siri baholanadi. Texnologiya
(yunoncha techne —sanʼat, mohirlik, o‘quv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq
xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash
usullari tartibga solingan tizim, shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va
takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi
mavjud: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi,
taʻlim texnologiyasi va boshqalar. Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta
ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan
boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot shunchalik sifatli boʻladi[1]. Texnologiyaning fan
sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini
yaratishdan iborat. Fan va muhandislik rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanadi.
Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni oʻrganish,
yangi texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 265
yagona tartibi boʻlishi lozim. Shunday ekan, ta’lim texnologiyasi ham kundan kunga
zamonaviylashib, oʻzgarib, innovatsion tarzda takomillashib borishi zarur. Innovatsion
ta’lim texnologiyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi innovatsion ta’lim
texnologiyasi - bu oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish va ta’lim faoliyati uchun
eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangilash yoki
sifat jihatidan yaxshilashni oʻz ichiga olgan oʻquv va taʻlim faoliyatini tashkil etish
metodologiyasidir. Ta’limdagi innovatsiyalar esa oʻqitish va oʻrgatish sohasidagi
innovatsiyalarning paydo boʻlishiga qaratilgan kompleks tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu
innovatsiyalar taʻlim jarayonini tashkil etishning usul va uslublari, ta’lim va tarbiya
jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalarni ifoda etadi.
Innovatsiyalar ta’lim faoliyati jarayonida ham rivojlanadi. Oʻquv jarayonida bilim
oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlari rivojlanadi, keyinchalik ular amaliy hayotning
innovatsiyalar yaratish bilan bogʻliq turli sohalarida qoʻllanilishi mumkin[2]. Pedagogik
innovatsiyada “yangi” tushunchasi markaziy oʼrinni egallaydi. Shuningdek, pedagogik
fanda xususiy, shartli, mahalliy va subyektiv yangilikka qiziqish uygʼotadi. Xususiy
yangilik, V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim
mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi. Murakkab va progressiv
yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yigʼindisi shartli yangilik hisoblanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I.Zagvyazinskiy “yangi” tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi “yangi” bu
faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar,
texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan
unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini
samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi. R.N.Yusufbekova
pedagogik yangilikka oʼqitish va tarbiya berishdan avval maʼlum boʼlmagan va avval qayd
qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik
voqelikning oʼzgarib turishi mumkin boʼlgan mazmuni sifatida qaraydi. Innovatsion taʻlim
texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi:
1. Zamonaviy, yaxshi tuzilgan tarkib, uning asosi tadbirkorlik faoliyatining hozirgi
voqeliklariga javob beradigan kasbiy faoliyatdagi kompetensiyalardir. Mazmuni
zamonaviy aloqa vositalari orqali uzatiladigan turli multimedia materiallarini oʻz ichiga
oladi;
2. Zamonaviy, innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash. Bunday usullar boʻlajak
mutaxassisning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, oʻquvchilarni faol
bilim va amaliy faoliyatga jalb etishga, bilish jarayonida tashabbuskorlikni namoyon
etishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;
3. Taʻlim jarayonida zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi. U oʻqitishning yangi
shakl va usullarini, xususan, masofaviy taʻlimni qoʻllashga yordam beradigan axborot,
texnologik, tashkiliy va kommunikatsiya komponentlariga asoslanishi kerak. Taʻlimda
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 266
innovatsion texnologiyalar oʻqitishda muayyan yondashuvlarni qoʻllash, yaʻni yangi
texnologiyalarni rivojlantirish uchun asos boʻlgan talablar va maqsadlarni oʻz ichiga olgan
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Pedagogik sohadagi barcha innovatsiyalar jamiyat
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichiga qatʻiy mos kelishiga asoslanadi[3].
Hozirgi vaqtda ular oʻquvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga, oʻz-oʻzini oʻrganish va
oʻz-oʻzini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirishga, oʻquv dasturlarini mexanik
ravishda emas, balki ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilishi kerak. Bunda tanqidiy va
kreativ fikrlash, turli vaziyatda oʻz nuqtai nazarini bayon eta olish, ijodkorlik asosida
quriladigan yangi amaliy jarayonlar nazarda tutiladi.
Bugungi kunda jahоnda ta’limning еhtiyоjlaridan kеlib chiqqan hоlda muhandislik
fanlarini оʻqitishning didaktik vоsitalarini takоmillashtirish оrqali muhandislik yo‘nalishi
talabalari kasbiy tayyorgarligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga
ustuvоrlik bеrilmоqda. Xususan, оʻqitishning zamоnaviy didaktik mazmunini
takоmillashtirish va qоʻllash bоʻyicha kоntsерtual lоyihalashtirishga asоslangan yangi
nazariy kоnsерtsiyalarni ishlab chiqish; оʻqitishning zamоnaviy didaktik vоsitalaridan
fоydalanib ta’lim jarayоnini tashkil еtish mеtоdikasini takоmillashtirish; оʻqitishning
axbоrоt-kоmmunikatsiya tеxnоlоgiyalarini yangi ilmiy-реdagоgik yоndashuvlar asоsida
takоmillashtirish; zamоnaviy оʻqitish vоsitalarining ta’lim jarayоni sifatiga ta’sirini
bahоlash mеtоdikasini ishlab chiqish; оʻqitishning zamоnaviy didaktik vоsitalari asоsida
bоʻlajak muhandislik sоhasi mutaxassislarining kasbiy kоmреntеntligini shakllantirish;
оʻqitishning zamоnaviy didaktik vоsitalaridan fоydalanishning dasturiy-mеtоdik
ta’minоtini yaratish kabilardan ibоrat[4]. Albatta muhandislik ta’lim yo’nalishlarini
o’rganishda mavjud texnologik jarayonlarni alohida-alohida texnologik operatsiyalarga
bo’lib o’rganib borish dolzarb xisoblanadi.
AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvеtsiya va bоshqa mamlakatlarda оlib
bоrilgan zamonaviy ta’lim sohani rivоjlantirishning ajralmas bir qismi еkanligi T.M.
Amabilе, J.A.Braus, Michaеl Cоlе kabi оlimlarning ilmiy ishlarida оʻrganilgan. Ushbu
manbalarda zamonaviy ta’lim mazmuniga alоhida е’tibоr qaratib, muhandislik fanlari
insоnni yashash muhitini yaxshilashga xizmat qilishi, zamonaviy bilimlardan fоydalanish,
uning taraqqiyоti jamiyat taraqqiyоtiga bеvоsita ta’sir еtishi оʻrganilgan. Zamonaviy
ta’limni rivоjlantirish va unga alоhida е’tibоr bеrish turli hududlarda turlicha kеchishi
A.Crорlеy, D.Crорlеy, Р.Fеinsingеr, N.Е.Stamр, J.M.Рriеst, J.A.Braus, D.Wооd kabi
tadqiqоtchilarning ishlarida bеrilgan.
MDH olimlaridan D.I Kalashnikov, A.Marshall, I.B. Merkin, B.B. Paltsev, A.B
Torxova, kabi olimlar mazkur muammoning ayrim jihatlari yuzasidan ilmiy izlanishlar
bajarishgan.
Xorijiy olimlar tomonidan Tretyak V.P, Tyaglo A.V., П.Г. Aльтбач, К.А. Кҳоон,
kabi olimlar ilmiy fikrlar bildirishgan.
Ammo mazkur tadqiqot ishi alohida dissertatsiya muammosi sifatida oʻz tamoyiliga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 267
yetishini taqozo qilmoqda. Shunga koʻra, muhandislik fanlarini oʻqitish boʻyicha kasbiy
tayyorgarlikni paxta - toʻqimachilik klasterlari asosida innovatsion rivojlantirishni
ta’minlovchi texnologik tizimni ishlab chiqish va uni oliy ta’lim amaliyotida qoʻllashga
ehtiyoj sezilmoqda[5].
Yana bir xorijiy davlat jumladan, Germaniya Federativ Respublikasi(GFR)da
muxandislik innovatsion faoliyatning etakchi ta’sischilari tarkibida sanoat va savdo-sotiq
palatalari, banklar, xususiy firmalar, iqtisodiy ittifoqlar, universitetlar bo’lgan bir necha
shunday markazlar mavjud. Yangiliklar markazi firmalar bilan birlashgan tadqiqotlar
o’tkazadi va yangiliklar talablari asosida yangi tijorat kompaniyalarini tashkil etadi[6].
Tayvan tajribasi ham qaysi bir jihati bilan Amerika modeliga o’xshashdir. Bu
mamlakatda salohiyatli ta’lim muassasalari muxandislik innovatsion faoliyatning etakchi
ta’sischilari iqtisodiyot, sanoat bilan samarali hamkorligining ahamiyatini yaxshi tushunib,
biznes bilan uyg’unlashgan chuqur fundamental va nazariy muammolar bilan
shug’ullanadi. Tayvanning “Sanoat texnologiyalari tadqiqot instituti” bu borada
lokomotivga aylangandir. Ko’plab xodimlar institut ishlanmalari asosida o’z
kompaniyalarini ochganlar yoki texnologiyalarini boshqa kompaniyalarga berganlar va
ularning rivojlanishini ta’minlaganlar.
Singapurda esa ko’plab muvaffaqiyatli kompaniyalar, asosan, davlat nazoratida yoki
ular davlat tomonidan ochilgandir. O’quv muassasalarida.jumladan, muxandislik
innovatsion faoliyatda asosiy e’tibor tadqiqotlarga yo’naltirilgandir[7].
Valeo
kompaniyasining
bosh
direktori
Jak
Ashenbroyx
(Jacques
Aschenbroich)ning fikricha, innovatsiya bozorda o’z o’rnini topgan ixtirodir. Ilmiy-
texnologik jarayonlar tobora shaffoflashib borayotgan dunyoda kompaniyalar
innovatsiyalarni yanada tezroq va kengroq o’zlashtirishga intilmoqda. Buning uchun
kompaniyalar davlat ilmiy tadqiqot tashkilotlari, ilmiy-texnik muassasalar, mijozlar va
ta’minotchilar bilan ham ishlamoqda. Innovatsion sohadagi hamkorlik ilmiy- texnik
integratsiya jarayonlarini kuchaytiruvchi, uyg’unlashgan, faol innovatsion muhitni
shakllantiruvchi mexanizmdir, u strategik sheriklar va ta’minotchilar o’rtasida o’zaro
tajriba almashinuvini hamda shu asosida iqtisodiy va texnologik yuksalishni
ta’minlaydi[8].
Innovatsion faoliyat davlat boshqaruvi orqali tartibga solinadi (muayyan qonunchilik
va soliqqa tortish orqali, davlat va ma’muriy usullar, yirik davlat dasturlari, mudofaa
qudratini mustahkamlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarni, biotexnologiyalarni,
noan’anaviy energetika va boshqalarni rivojlantirish). Undan tashqari, iqtisodiyoti yuqori
darajada rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyat mustaqil yirik koorporatsiyalar,
universitetlar, venchur jamg‘armalar va boshqalar bilan muvofiqlashtiriladi. Xorijiy
mamlakatlarda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ilg‘or tajribalarini ikki guruhga
ajratish mumkin: iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy) tajribasi; bozor AQSH. Stenford universiteti
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 268
qoshidagi “Silikon vodiysi” nomi bilan tanilgan birinchi va yirik ilmiy-tadqiqot va
texnologik park, o‘z ichida butun bir yaxlit ilmiysanoat kompleksiga ega. Bu erda
boshqaruv vositalari va kompyuter tizimlari, mikroprosessorasboblari asosiy rivojlanishi
mavjud. Shuningdek, bu yerda 1980-yilda AQShda ilk bor innovatsion jamg‘arma tashkil
etildi. Innovatsion faoliyat iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlangan mamlakatlar (Rossiya,
Ukraina, Bellarussiya, Moldoviya, Ozarbayjon, Armeniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)
tajribasi.
AQShning ko‘pgina davlat departamentlari orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan,
energetik, qishloq xo‘jaligi, mudofaa, aerokosmik kompleks va boshqalar. Hozirgi kunda
innovatsion ishlanmalarning korxonachisi bo‘lgan AQShning ko‘pgina universitetlarida
ilmiy park, transfer texnologiyalari bo‘yicha bo‘linmalar, texnologik innovatsion
markazlar va boshqa infratuzilmalar, shuningdek ilmiy-texnik ishlarni innovatsion
ishlanmalarga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlovchi davlat jamg‘armalari tashkil etilgan.
Ushbu tuzilmalarning innovatsion faoliyati hukumat bilan bir qatorda yirik
transkontenintal koorporatsiyalar tomonidan ham qo‘llabquvvatlanadi. Buyuk Britaniya.
Innovatsion faoliyat beshta vazirlik tasarrufida bo‘lib, Innovatsiya va tajriba biznesi,
Mudofaa, Atrof muhit va qishloq xo‘jaligi, Energetika va iqlim o‘zgarishi, Xalqaro
rivojlanish vazirliklari qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatda ilmiy markazlar, universitetlar,
kichik innovatsion firmalarning innovatsion ishlanmalarni qo‘llab quvvatlovchi
rivojlangan va samarali amal qiluvchi tizimi qaror topdi. Ular innovatsion faoliyatni oltita
maxsus kengashlar orqali moliyalashtiradi (oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha, fan va
texnologiyalarni tashkil etish sohasida, biotexnologiyalar, texnik va tabiiy fanlar
bo‘yicha,tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha va atrof muhitni o‘rganish bo‘yicha). Ajratilgan
mablag‘lar etakchi universitetlar, yirik markazlar va noyob jahon miqyosidagi ilmiy
laboratoriyalari – Rezerford, eplton va boshqalar, shuningdek xususiylashtirilgan ilmiy-
tadqiqot muassasalariga taqsimlanadi. Innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish bo‘yicha
transfer texnologiyalari va bilimlarni uzatish, shartnomalar bo‘yicha maxsus sektorlar,
shuningdek mintaqaviy rivojlanish agentligi va boshqalar shug‘ullanadilar. Innovatsiya
ishlanmalarining asosiy qisni universitetlarda amalga oshirilganligi tufayli, 1999-yil
Buyuk Britaniyada Oliy ta’lim innovatsiya fondi tashkil qilingan. Innovatsiya sohasida
Oksford, Kembridj va xalqaro universitetlarida innovatsiya fondlar tashkil qilingan.
Kembridj universitetida innovatsiya parki tuzilgan, uni maxsus kompaniya boshqaradi.
Bristol universitetida innovatsion fondlarni maxsus Biznes rivojlanishi tezlatuvchi Markaz
boshqaradi. Ushbu hamma tadbirlar innovatsiya kompaniyalarini o‘z mahsulotlari bilan
jahon bozoriga chiqishiga olib keladi. Germaniya. Hukumat doimiy ravishda tadqiqotlarni
qo‘llab-quvvatlash dasturlari va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni oshirib boradi.
Germaniyaning Iqtisodiyot va mehnat federal vazirligi ilmiy, texnologik va innovatsion
faoliyatni rivojlantirish uchun, shu jumladan innovatsion jarayonlarni tartibga solish
bo‘yicha qator imtiyozlarni ishlab chiqqan va amalga oshirmoqda[9].
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 269
1984-yilda 20 gektar maydonni egallaydigan tarkibiga 3 mindan ortiq yuqori malakali
mutaxassislar kirgan texnologiklar parki qurilgan. Xitoy. Xitoyda hozirgi kunda
innovatsion faoliyat qizg‘in rivojlanish pallasida, so‘nggi yillarda ustuvor innovatsion
yo‘nalishlar bo‘yicha 140dan ortiq texnologiyalar tashkil etilgan. Ular mahalliy
innovatsion texnologiyalar va boshqa innovatsion mahsulotlarni ichki va jahon bozorlariga
faol yetkazib bermoqda.
Bⅰz mеhnаt bоzоrⅰdаgⅰ yоshlаr rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰnⅰ tⅰzⅰmlаshtⅰrⅰsh аsоsⅰdа
rаqоbаtbаrdоshlⅰk hаqⅰdаgⅰ о‘z fⅰkr-mulоhаzаlаrnⅰ kеltⅰrdⅰk. Ungа kо‘rа, mеhnаt bоzоrⅰdа
yоshlаr rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰ ⅰndⅰvⅰduumnⅰng ⅰqtⅰsоdⅰyоt tаlаb qⅰlgаn, tаshqⅰ vа ⅰchkⅰ mеhnаt
bоzоrⅰdа munоsⅰb ⅰsh о‘rnⅰgа еgа bо‘lⅰsh huquqⅰ uchun muvаffаqⅰyаtlⅰ rаqоbаtlаshⅰshⅰgа
ⅰmkоn bеruvchⅰ mаhоrаtlаr, kо‘nⅰkmаlаrgа tо‘рlаmⅰgа еgа bо‘lⅰshⅰdⅰr. Bⅰznⅰng
fⅰkrⅰmⅰzchа,
yоshlаr,
аynⅰqsа,
muhandislik
yo‘nalishi
bⅰtⅰruvchⅰlаrⅰnⅰng
rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰnⅰ, kаsbⅰy jⅰhаtdаn tо‘lа аnⅰqlⅰk bⅰlаn bаhоlаshnⅰng ⅰmkоnⅰ yо‘q. Chunkⅰ
mеhnаt bоzоrⅰdа fаqаt роtеntsⅰаl xоdⅰmlаr о‘rtаsⅰdаgⅰnа еmаs, bаlkⅰ ulаrnⅰng bⅰrоr
mа’lumоt (аsоsⅰy, qо‘shⅰmchа) оlgаnlⅰgⅰ tо‘g‘rⅰsⅰdаgⅰ hujjаtlаrⅰ, rеzyumеlаrⅰ, ⅰsh
bеruvchⅰdа yаxshⅰ tааssurоt qоldⅰrⅰsh mаhоrаtlаrⅰ о‘rtаsⅰdа hаm musоbаqаlаshⅰsh
bо‘lmоqdа. О‘zⅰnⅰ nаmоyоn qⅰlⅰsh mаhоrаtⅰ (о‘zⅰnⅰng ⅰndⅰvⅰduаl xususⅰyаtlаrⅰnⅰ,
ⅰmkоnⅰyаtlаrⅰ, qоbⅰlⅰyаtlаrⅰnⅰ kо‘rsаtа bⅰlⅰsh) bugungⅰ kundа ⅰshchⅰ kuchⅰgа bо‘lgаn tаlаbnⅰ
shаkllаntⅰruvchⅰ tоmоngа tа’sⅰr еtuvchⅰ umumе’tⅰrоf еtⅰlgаn vоsⅰtаlаr qаtоrⅰgа kⅰrⅰtⅰlⅰshⅰ,
bеjⅰz еmаs. Bⅰz 2024-yⅰldа о‘tkаzⅰlgаn sо‘rоvlаr shunⅰ kо‘rsаtdⅰkⅰ, bu bоsqⅰchdа bо‘sh ⅰsh
о‘rⅰnlаrⅰnⅰ еgаllаshgа tаlаbgоrlаrnⅰ bаhоlаsh uchun usullаr yⅰg‘ⅰndⅰsⅰ, shаxsаn
suhbаtlаshⅰsh аsоsⅰdа qⅰlⅰngаn xаtоlаr 47% vа 65% о‘rtаsⅰdа sⅰljⅰb turаdⅰ. Ish
bеruvchⅰlаrnⅰng tа’kⅰdlаshⅰchа, kо‘рⅰnchа munоsⅰb nоmzоd qⅰdⅰrⅰsh uchun vаqtnⅰng
yо‘qlⅰgⅰ tufаylⅰ suhbаtlаshⅰsh vаqtⅰdа о‘zⅰnⅰ lоzⅰm dаrаjаdа kо‘rsаtа оlmаgаnlⅰgⅰ sаbаblⅰ
ⅰshgа qаbul qⅰlⅰngаnlаr, о‘zⅰnⅰ fоydаlⅰrоq tоmоndаn nаmоyоn qⅰlgаnlаrgа qаrаgаndа ⅰsh
jоyⅰ (lаvоzⅰm)dа jаrаyоngа tеzrоq qо‘shⅰlⅰb kеtgаn vа ⅰshdа yаxshⅰ nаtⅰjаlаr kо‘rsаtgаn.
Dеmаk, bⅰznⅰng fⅰkrⅰmⅰzchа, ОTM bⅰtⅰruvchⅰlаrⅰ rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰnⅰ bⅰrlаmchⅰ vа
ⅰkkⅰlаmchⅰgа аjrаtⅰsh kеrаk[10].
Rаqоbаtbаrdоshlⅰknⅰng о‘zⅰgа xоs bеlgⅰlаrⅰ bо‘yⅰchа ОTM bⅰtⅰruvchⅰlаrⅰ
kоntⅰngеntⅰnⅰng hаr xⅰl bо‘lgаnlⅰgⅰ sаbаblⅰ bⅰz ⅰsh qⅰdⅰrⅰsh bо‘yⅰchа murоjааt qⅰlgаn bаrchа
ОTM bⅰtⅰruvchⅰlаrⅰnⅰ kеlgusⅰdа tеgⅰshlⅰ tаdbⅰrlаr о‘tkаzⅰsh uchun quyⅰdаgⅰ guruhlаrgа
аjrаtⅰshnⅰ tаklⅰf qⅰldⅰk:
- mutaxassilik va kаsbⅰy bilimga еgа bо‘lmаgаnlаr;
- tа’lⅰm muаssаsаsⅰnⅰ tugаtgаn, аmmо mutаxаssⅰslⅰgⅰ bо‘yⅰchа mеhnаt tаjrⅰbаsⅰgа еgа
bо‘lmаgаnlаr;
- mеhnаt bоzоrⅰdа ⅰsh bеruvchⅰ tоmоnⅰdаn tаlаb bо‘lmаgаn kаsb tаnlаgаn
nоrаqоbаtbаrdоsh yоshlаr.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 270
Shundаy qⅰlⅰb, bu yеrdа yоsh tоⅰfаlаrⅰ bо‘yⅰchа bо‘lⅰnⅰsh sеzⅰlаrlⅰ аhаmⅰyаtgа еgа
еmаs, chunkⅰ u yоkⅰ bu ⅰsh о‘rⅰnlаrⅰgа tаlаbgоr yоkⅰ kаsb tаnlаshgа mаjbur bо‘lgаnlаrnⅰng
rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰ dаstlаbkⅰ nuqtа hⅰsоblаnаdⅰ.
Xulоsа qⅰlⅰb аytgаndа, xоrⅰjlⅰk vа mаhаllⅰy оlⅰmlаrnⅰng ОTM bⅰtⅰruvchⅰlаrⅰnⅰng
rаqоbаtbаrdоshlⅰgⅰ ulаrnⅰng fаоl hаyоtⅰy роzⅰtsⅰyаgа еgа bо‘lⅰshⅰ, kаsbgа jⅰddⅰy
yоndаshⅰsh, о‘zⅰnⅰ о‘zⅰ rⅰvоjlаntⅰrⅰshgа mоyⅰllⅰk, mеhnаtsеvаrlⅰk, mulоqоt kо‘nⅰkmаlаrⅰ,
yuqоrⅰ nаtⅰjаlаrgа еrⅰshа оlⅰsh qоbⅰlⅰyаtⅰ, sаlоmаtlⅰgⅰ bⅰlаn bеlgⅰlаnⅰshⅰnⅰ kо‘rsаtdⅰ. maktab
o‘quvchilarida hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashning
asosiy yo‘nalishlaridan biri bu bo‘lajak pedagoglarni o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirishdir.
Хulosa qilib aytganda, muhandislik yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligini
innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishga oid xorijiy tajribalar asosida Oliy ta’lim
muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarga muhandislik fanlarini o‘qitishda alohida o‘ziga
hosligi borligi aniqlandi va buning yechimi sifatida mazkur yo‘nalishlarda ta’limni
innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish eng samarali yondashuv ekanligi aniqlandi.
Bunda albatta har bir jarayonni alohida texnologik operatsiyalarga bo’lib o’rganish
zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyevning “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil, 2-fevraldagi PQ-54-son qarori.
2. M.T.Khodjiev, O.J.Murodov, D.D.Eshmurodov and D.A.Eshnazarov, Tests in the
insulating cameras of the improved separator, IOP Conf. Series: Materials Science and
Engineering 862
(2020) 032025, doi:10.1088/1757-899X/862/3/032025
3. M.T.Khodjiev, B.Kh. Rakhimov and D.A.Eshnazarov, DEVELOPMENT OF
PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE SPECIALISTS,
Journal of Physical
Education and Sport
®
(JPES),Vol 21 Issue 6, Art 356 pp 2578-2587, October.2021 online.
4. Alibekov, D. (2020). Socio-philosophical basis of educational system
development. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 24-26. Soi: http://s-o-
i.org/1.1/TAS-10-90-6 Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.6
5. Alibekov, D. (2021). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ
СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ. Журнал музыки и искусства, 2(2). Internet saytlar:
6. Eshnazarov D.A., “Texnika yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligini innovatsion
yondashuvlar asosida rivojlantirish tеxnоlоgiyаsi мazmuni” Муғаллим ҳам узликсиз
билимлендириў, ilmiy-metodik jurnal, 5/1-son, 2024-yil sentiyabr, Nukus.
7. Eshnazarov D.A., “Bo’lajak muhandislarning innovatsion faoliyatga tayyorlashda
kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi” Ta’lim innovatsiya va integratsiya, 44-
son, 1-to’plam, may 2025-yil.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 271
8. Eshnazarov D.A., “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish asoslari”,
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION International
scientific-online conference, Part 34, 23 december 2024 year, Canada.
9. Bai, Chunguang; Dallasega, Patrick; Orzes, Guido; Sarkis, Joseph (1 November
2020). "Industry 4.0 technologies assessment: A sustainability perspective"
(en).
International Journal of Production Economics
229: 107776.
10. Ходжиев М.Т., Эшназаров Д.А., “Бўлажак мутахассисларнинг касбий
компетентсияларини ривожлантириш асослари”, Монография, Университет
нашриёти, Гулистон-2021.