Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 251
SHAXSLARDAGI STRESSLI VAZIYATLAR KORREKSIYASI
HAMDA PSIXODIAGNOSTIKASI
Xojiyeva Muazzam Toxirovna
Toshkent viloyati Parkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimi tasarrufidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Stress
- inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy
emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson
organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi.
Kalit so‘zlar:
xulq-atvor,ruhiy holat, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong,
psixika ruhiy holat,psixologik yordam, depressiya
KIRISH
Stress
- inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki
oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim
izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma
uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi,
stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana
zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi.
Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning paydo
bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning
gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq.Shuni ta’kidlash kerakki, og’ir
stresslar sog’liqqa ta’sir qiladi. Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga
sabab bo’ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli
vaziyatga qarshi tura olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.
Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish uchun stressning asosiy
alomatlarini ko’rib chiqamiz:
Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday
sabablarsiz yuzaga keladi.
Yomon, notinch uyqu.
Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og’rig’i, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.
Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar
va fikrlash jarayonining sekinlashishi.
Dam olish, ish va muammolarni bir chetga chetga surib qo’ya olmaslik.
Boshqalarga, hatto eng yaxshi do’stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning
yo’qligi.
Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh to’kish, xafagarchilik, umidsizlik, o’z-
o’ziga achinish hissi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 252
Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi va
hokazo. Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.
Agar siz stress holatda bo’lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz
qandaydir tashqi ta’sirga javob reaktsiyasini qaytardi.Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi
qo’zg’atuvchining o’ziga tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab
bo’lmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.Kimyoviy stress
tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.Ruhiy stress o’ta salbiy
yoki ijobiy his-tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.Jarohatlar, virusli kasalliklar,
mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik stressdir.
Natijasiga qarab psixologiyada
quyidagi turdagi stresslar ajratiladi:
Eustresslar
(
«foydali» stresslar). Muvaffaqiyatli yashash uchun har birimiz stressning
biroz miqdoriga muhtojmiz. Bu bizning rivojlanishimizning asosiy omili. Bu holatni
«uyg’onish reaktsiyasi» deb atash mumkin. Bu uyqudan uyg’onish kabidir. Ertalab
ishlashga borish uchun avvalo yotoqdan turish va uyg’onishingiz kerak. Ish faolligiga
erishish uchun sizga turtki — kichik dozada adrenalin kerak. Eustress aynan shu
vazifalarni bajaradi.
“Stress bu - inson bilan yuz beruvchi holat, uning ichidagi sabablar
yig‘indisi yoki simptomlar yig‘indisi emas”, deb e’tirof etadilar. Stress har doim optimal
sharoitlardan og‘ish yuz berganda va inson bu og‘ishni yenga olmagan holatlarda yoki
qiyinchilik bilan yenganida yuzaga keladi.Stress analiziga stimulli yondashuvda ko‘proq
ergonomik tadqiqotlarga xosdir. Qo‘zg‘alishning psixofiziologik tushunchasini qo‘llagan
holda bu yondashuv tashqi muhitning faoliyatni bajarish darajasiga ta’sirini tahlil qilish
uchun ishlatiladi. Ushbu yondashuv tarafdorlarining tadqiqotlarida psixofiziologik va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 253
ijtimoiy-psixologik usullar yordamida insonga zo‘riqish (stress) ta’siri tadqiq etilgan.
Qarab chiqilayotgan yondashuv doirasida “stressogen” deb tasniflangan 8 ta vaziyat tiplari
ajratib ko‘rsatiladi: axborotni qayta ishlashning katta tezligi; guruhiy bosim; frustratsiya,
zararli tashqi ta’sirlar; boshdan kechirilayotgan xavf-xatar; fiziologik faoliyatning
buzilishi; izolyatsiya; to‘siqlar.
Stimulli modellarda tasdiqlanishicha, hayotiy voqealar guruhi ko‘rinishidagi stress,
stress simptomlari, ko‘pincha, kasalliklarga olib keladi. Shunday qilib, stimulli modelda
asosiy diqqat- e’tibor stress omillarini yoki stressorlarni tadqiq etishga qaratiladi.
Stressning transakt modellari o‘z navbatida stressni shaxs va atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir deb qaraydilar. Stress xarakteristikasini talqin eta turib, ular fiziologik va psixik
stress holatlarini ajratadilar, bu holatlarni tafovutlovchi asosiy xususiyat psixik stress
yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan xavf-xatarni idrok qilishdir. Bu zvenoning kiritilishi
stimulni baholash kognitiv jarayonlarining qatnashuvi yordamida xavf-xatar soluvchi
omillarni anglashni, bo‘lajak xavfni oldindan ko‘ra oluvchi ma’lum vaziyatda xavf-
xatarni his qilishning shaxs xususiyatlari va avvalgi tajribaga bog‘liqligini taqozo etadi.
Transakt model namoyandalari inson faolligini aniqlashda uning kognitiv qobiliyati hal
qiluvchi rol o‘ynashini alohida ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, stress vaziyatida faqat,
shaxsda emas, balki atrof-muhit va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv yuz beradi.
Koping shartli stress - inson holati, noma’qul ta’sirotlarga javob sifatida yuzaga
keladigan fiziologik, psixologik va xulq-atvor darajasidagi noan’anaviy javob
reaksiyasidir. Binobarin, yengish stressli vaziyat bilan o‘zaro ta’sirga kirishishning
individual usuli bo‘lib, o‘zgaruvchan va uch omilga, ya’ni sub’ekt shaxsi, real vaziyat va
qo‘llab quvvatlash bilan bog‘liq yengishga yo‘nalgan kuchdir. Kopingning inson
hayotidagi psixologik ahamiyati shundaki, insonning vaziyat talablariga samarali
moslashishi uchun, uni egallashi uchun, bu talablarni zaiflashtirishi yoki yumshatishi,
ulardan qochishi yoki ularga adaptatsiyaga harakat qilishi va shu tariqa vaziyatning stressli
ta’sirini asta-sekin yo‘qotishi lozim. Koping-xulq-atvor ikkita funksiyani bajaradi:
muammoli vaziyatda, shaxs va muhit o‘rtasidagi stressli buzilishda diqqatni to‘plash
hamda emotsional distressni boshqarishga yo‘naltirilgan emotsiyalarda diqqatni jamlash
hisoblanadi. Shunday qilib, kopingning asosiy vazifasi - inson muvaffaqiyatini, jismoniy
va ruhiy salomatligi hamda ijtimoiy munosabatlarini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashdir.
Chunonchi, asab tizimi tipi ancha kuchli bo‘lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi
kishilar esa boshqa xil vazifalarni bir muncha oson hal qiladilar. Asab tizimining kuchi
bo‘yicha farqlanadigan kishilar bir xildagi vazifani hal etishga ko‘pincha har xil yo‘llar
bilan borishlari kerakligini N.S.Leytes o‘z asarlarida har tomonlama asoslab berdiki, bu
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya uchun muhim jarayondir. Zero, faoliyat
unumdorligi insonning o‘z potensial imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanishning
ma’sulidir. E.A.Klimov, V.S.Merlin, V.M.Rusalov, B.M.Teplov tadqiqotlarida ham shaxs
temperamenti asosida uning mashg‘ul bo‘lgan u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 254
bajarishdagi individual uslubning belgilanishi zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi
ma’lumotlar bor. Jumladan, E.A.Klimovning empirik ma’lumotlari bir necha stanokda
ishlashda asab tizimidagi "harakatchan tip"dagi xodimlar ham, "harakatsiz tip"dagi
xodimlar ham birdek yuqori darajadagi ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga erishish
mumkinligini tasdiqlaydi. Buning asosiy sababi esa, bir xil mehnat vaziyatida turlicha
harakat yo‘nalishini tanlay bilish va amalga oshirishdir.
Umuman, yuqorida qayd etilgan olimlarning umumiy fikr-mulohazalariga ko‘ra
individual uslubning shaxsda darrov paydo bo‘lmasligi, balki ko‘pincha stixiyali tarzda
(ya’ni, individual-hissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo‘lishi qayd etiladi. Demak, har
bir shaxsga psixologik xizmat davomida o‘z imkoniyatlari va faoliyat talabi uyg‘unligini
ta’minlash yo‘llarini izlash asosida yondashilsa, mazkur shaxs faoliyatidagi individual
uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib, takomillashib boradi. Bu esa, o‘z navbatida
shaxs va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etmay qolmaydi.V.M.Rusalov
tadqiqotlarida ijtimoiy psixologiya uchun muhim bo‘lgan hamkorlik faoliyati
muvaffaqiyati ma’lum jihatlari bilan individual uslub imkoniyatlariga ham bog‘liq
ekanligi qayd etilib, "xolerik" temperamentli kishi bilan sherik bo‘lib ishlaganga
qaraganda “flegmatik” va" melanxolik" bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali
bo‘lishi empirik ma’lumotlar asosida tadqiq qilinadi. Mazkur tadqiqotlar har bir shaxsni
faoliyatdagi muvaffaqiyatsizliklarga nisbatan himoyalanish quroli sifatida har bir shaxs
uchun xarakterli bo‘lgan individual uslub mezonlarini ishlab chiqish va uning psixologik
xizmat jarayonida yanada takomillashtirish yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Psixologik
himoya muhim komponent hisoblangan shaxs individual farqlanishining ijtimoiy
qimmatini tadqiq qilish muammosi K.K.Platonov asarlarida bir qadar kengroq ko‘lamda
qayd etiladi.
K.K.Platonovning ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya bilan bog‘liq ijtimoiy-
psixologik individuallik muammosini inson individual olami namoyon bo‘lishining eng
yuqori darajasi sifatida tadqiq qildi va psixologik himoya mohiyatini tasavvur qilish uchun
muhim bo‘lgan shaxsni nafaqat o‘zining individual xususiyatlari asosida, balki bu
individual xususiyatlarning ijtimoiy mazmuni o‘zini o‘zi adekvat baholash va
rivojlantirishga asoslangan shart-sharoitlarni yaratish bilan kamol toptirish muqararligini
ilmiy jihatdan asoslab berdi.”
XULOSA
Psixologik himoya metodologiyasini yaratishda "Ustanovka", "Ijtimoiy ustanovka"
muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlar ham muhim o‘rin tutadi. Chunki, psixologik
xizmat jarayonining psixologik himoya vositasi sifatidagi asosiy vazifalarini ijtimoiy
ustanovka tadqiqisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.Binobarin, ustanovka (psixologiyada)
shaxsning muayyan faolligini (idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va hokazo)
bajarishga qaratilgan, avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi, kishining uni
muayyan tarzda harakatga undovchi tayyorgarlik formasi hisoblanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 255
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Olimov L.Ya., Nazarov A.M.. Xulqi o`gishgan bolalar psixologiyasi. O‘quv
qo‘llanma. “Tafakkur avlodi” nashriyoti. Buxoro. 2020. -B. 490.
2.
Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya.
o`quv qo`llanma. O‘quv qo‘llanma. “Turon zamin ziyo” nashriyoti. T. 2020. -B. 820.
3.
Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O`smirlarda ekstremal vaziyatlarda psixologik
himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. “Buxoro viloyat bosmaxonasi
MChJ” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.
4.
Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Psychodiagnostics. O‘quv qo‘llanma. “Turon zamin
ziyo” nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.
5.
Ziyo.net