Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 242
OʻQUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUV JARAYONIDA OILAVIY
MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK TAʼSIRI
Xolmurodova Nargiza Xakimovna
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
38-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom
etadi, ammo bu ayniqsa bolalik davrida intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o’sha
paytda shaxsning ma’naviy rivojlanishining poydevori yaratiladi, bu ta’lim sifatining
ahamiyatini oshiradi, jamiyat mas’uliyatini oshiradi, bu ta’lim jarayoni uchun ma’lum
koordinatalar tizimini belgilaydi, bu umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan
dunyoqarashni shakllantirishni o’z ichiga oladi; ijodiy fikrlashni rivojlantirish; yangi
narsalarga intilish va nostandart vaziyatlarda hayotiy muammolarni maqbul yechimini
topish qobiliyati, yuqori ijtimoiy faollikni, fidoiylikni, jamoada ishlash qobiliyatini
rivojlantirish; doimiy o’z-o’zini tarbiyalash va kasbiy fazilatlarni shakllantirish zarurati;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi.
Kalit so’zlar:
Ijtimoiylashuv, shaxs, rivojlanish, psixologiya, pedagogika, jamiyat,
oila, ota-ona, munosabat, ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar, muloqot ong, psixika,
sogʻlom muhit, sogʻlom fikr, qobiliyat
KIRISH
Oila- kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarsi,
axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.Oila mikromuhit
sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotirlanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik
yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik - bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi.
Bu xislatlar bola maktabga chiqqunicha shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt
ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi.Chunki
aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy me’yorlar
shakllanadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo`yish bilan
cheklanmasdan, balki uning so`nggi g`ishti qo`yilgunicha javobgardir. Negaki, oila omili
insonga butun umri davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy
maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi.
Ma’lumki, dunyoga kelgan go’dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga
oshadi. Aynan shu maskan quchog’ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy me’yorlar
va qadriyatlarni o’zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi. Farzand oilada
kamol topar ekan, u oila a’zolarining o’zaro munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Keyin
bolalar bog’chasi, maktab va ko’cha kabi ijtimoiy muassasalar inson hayotiga kiradi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 243
Shular zaminida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini o’rganib, farqlay
boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda bo’lishining usul va shakllarini
o’rganib boradi va bu tushunchalari uning o’smirlik va balog’at yillarida ham saqlanib
qoladi.
Oilada olib boriladigan ijtimoiy ta’lim jarayoni ham ikkita asosiy yo’nalishda o’tadi.
Bir tomondan, ijtimoiy tajribani egallash bolaning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari
bilan to’g’ridan-to’g’ri o’zaro munosabati jarayonida yuzaga keladi. Ikkinchi tomondan,
ijtimoiylashuv boshqa oila a’zalarining bir-biri bilan ijtimoiy o’zaro ta’sirining
xususiyatlarini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Bolaga nisbatan ota-onalar xatti-harakatlarining to’rtta parametrlari o’rganilgan:
nazorat, yetuklik talabi, aloqa, yaxshi niyat. Nazorat: ya’ni bolaning faoliyatiga ta’sir
ko’rsatishga urinish. Bolaning ota-onalarning talablariga bo’ysunish darajasi aniqlash.
Yetuklikka
talab: Ota-onalar bolalarni aqliy qobiliyatlari chegarasida, yuqori ijtimoiy va
hissiy darajada harakat qilishiga majburlash unga bosim o’tkazish. Aloqa: ota-onalar
tomonidan boladan imtiyoz olish, uning fikrini yoki biror narsaga munosabatini
tushuntirish uchun e’tiqodlardan foydalanish. Yaxshi niyat: ota-onalar bolaga qanchalik
qiziqish ko’rsatish ya’ni maqtov, uning muvaffaqiyatlaridan xursandchilik, iliqlik, sevgi,
g’amxo’rlik va unga mehr qo’yish kabilar.
Oilaning roli bolani jamiyatga bosqichma-bosqich kiritishdan iborat bo’lib, uning
rivojlanishi insonning tabiatiga va u tug’ilgan mamlakat madaniyatiga mos keladi. Bolaga
insoniyat to’plagan ijtimoiy vazifani, u tug’ilib o’sgan mamlakat madaniyatini, uning
axloqiy me’yorlari va xalq urf-odatlarini o’rganish otaonalarning bevosita vazifasidir.
Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o’rni va funksiyalarini, qadr-qimmatini
anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib Vatan tuyg’usini
tom ma’noda his qila olmaydi. Aynan har bir inson, “Vatan”, “xalq” tushunchalarining
mohiyatini dastlab ana shu maskanda o’zlashtiradilar.
Binobarin, oilaning o’zi Vatanning bir bo’lagidir. Oila sha’nini himoya qilish , uni
saqlash to’g’risidagi qayg’urishning Vatanning sha’nini, el-yurt manfaati uchun kurashish
tuyg’ulari bilan uzviy bog’liq bo’lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy
tarbiyaning asosi bo’lishi lozim. Bu ish asosan har bir o’zbek oilasidagi tarbiya an’analari
va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush tarzining ajralmas bo’lagiga
aylantirish, muloqot madaniyatining sharqona ko’rinishlari bilan zamonaviy shakllarini
uyg’unlashtirish, mehnat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turmush kechirishining
muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish mumkin.
Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-onalar turli tarbiya
vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantirishadi, jazolashadi, uning uchun namuna
bo‘lishga harakat qilishadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq va sovuq
ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash va taqiqlashga nisbatan
maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 244
qilish mumkin. Bolani boshqa yo‘1 bilan amalda o‘zgartirib bo’lmaganida jazolashdan
ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehtiyoj tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini
oshirish uchun iloji boricha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash
adolatli, lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo‘rquv paydo
qilishi mumkin. Bolaning qilgan xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali
bo‘ladi. Ko‘proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoqlashadi, emotsional
befarq bo‘lib qoladi hamda yuqori agressivlikni namoyon etadi. Oila sharoitida
uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir.Ommoviy axborot vositalari
orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko’rsatuv
eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan
g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlarbolalarda huquqiy tasavvur, idrok,
savodxonlik, tafakkur, faillik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to’grisidagi ma’lumotlarni berib borish, o’z
navbatida huquqlaridan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samara
bera oladi. Bolalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabati ularni mashq qilish va ijtimoiy
ko’nikmalarni takomillashtirishga imkon beradi, keyinchalik bu tengdoshlari bilan
muloqotda juda foydali bo’ladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan,
shaxs katta, mustaqil hayotga , jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi. O’ziga yarasha
sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi. Ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol,
aqlli, sog’ va salomat shaxs bo’lib yetishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni, oila va uning
sog’lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga o’ziga o’xshash shaxslar bilan
murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo’lish, muomalada axloq-odob
me’yorlariga bo’ysunishga o’rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi
Har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni
psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb ataladi. Ijtimoiylashuv- bu shaxs o’z
hayoti davomida o’zi tegishli bo’lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy
qadriyatlarini o’zlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuvning maqsadi- bola egallashi kerak
bo’lgan shaxsiy xususiyatlar va u o’rganishi kerak bo’lgan ijtimoiy xatti-
harakatlardir.Ijtimoiylashuv ob’ekti-bu shaxs. Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib,
u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan
boshqalardan ajralib turadi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib
boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish-oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski
sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining
yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab
harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 245
kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan
falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak,
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni birbiridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga
boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Shunday qilib, inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham
psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida
o’ziga munosib o’rin egallaydi. Shaxsning ma’naviy sifatlariga ega bo’lishi, unda
ma’naviy bilimlarnin egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila
asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning
yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. Chunki
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato
baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Ota-onalar o’zlarining
ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga uni tashkil etuvchilarga
nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali
mehnatga, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal
qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z
shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini ta’minlash
borasida har tomonlama ijobiy ibrat na’munasini ko’rsatadi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning
ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni
ham akslantiradiki, bunday hislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar
to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munasabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanlik
qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u
xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlaridan biridi.Bugungi kunda jamiyatimizda olib
borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri-barkamol avlodni tarbiyalashdir.
O’zbekiston Respublikasi 1Prezidenti I.A.Karimov va hukumatimiz oilani jamiyat negizi
sifatida bilib, unga nisbatan g’amxo’rlik qilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi uchun
butun imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan, yurtboshimiz oilaning jamiyatda tutgan
o’rni va ahamiyati to’g’risida shunday deydi: «Bola tug’ilgan kundan boshlab oila
muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini
shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini
anglaydi, his etadi».
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, insonning kelajakdagi shaxsiyati, demak, uning
kelajakdagi hayoti oilaning qay darajada ijtomoiy jihatdan farovon bo’lishiga, oilada
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 246
farzand bilan shug’ullanish darajasiga bog’liq. Shunday qilib, insonning hayotidagi
oilaning ta’sirini tahlil qilar ekanmiz, shuni ko’rmoqdamizki, oila bu ijtomoiy institut,
hayotga kirgan insonning shakllanishi sodir bo’ladigan jamiyatning hujayrasi, u inson
o’sib-ulg’aygan va birinchi hayot saboqlarini olgan birinchi uyga aylanadi. Oilada shaxs
qo’llab-quvvatlash va yordam oladi, u yerda dunyoni va odamlarni sevishni o’rganadi va
bu haqida butun hayoti davomida eng mehribon va eng yorqin xotiralarni eslaydi,
hayotning eng qiyin daqaiqalarida yuragini isitadi va yorqin irodasini kuchaytiradi.
Shunday ekan insonning kelajakdagi shaxsiyati, uning kelajakdagi hayoti oilaning qay
darajada ijtimoiy jihatdan faravon bo’lishiga, oila farzand bilan shug’ullanish darajasiga
bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Karimov I.A. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir». Т., Sharq,
1997-y.
2.
Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Т., O'qituvchi. 1994.
3.
Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T., 2003.
4.
Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. T., Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston
Milliy kutubxonasi. 2009.
5.
Ziyo.net