Mualliflar

  • Begmatova Yulduz Nuraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113833

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Kasb kasb psixologiyasi kasbiy faoliyat bilish jarayonlari nutq xotira kasbiy mahorat kasb etikasi qiziqish qobiliyat maqsad psixologik yordam ruhiy jarayonlar

Annotasiya

Annotatsiya: Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 103

OʻQUVCHILARNI KASB TANLASH JARAYONIDA ZAMONAVIY

KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK

IMKONIYATLARI

Begmatova Yulduz Nuraliyevna

Surxondaryo viloyati Denov tumani

43-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk

avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma”
asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql –
boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha
foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z
qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni
tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar.

Kalit so’zlar:

Kasb, kasb psixologiyasi, kasbiy faoliyat, bilish jarayonlari, nutq,

xotira,kasbiy mahorat, kasb etikasi, qiziqish, qobiliyat, maqsad, psixologik yordam, ruhiy
jarayonlar

KIRISH

Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorligi

uning faqarolarining aqliy jihatdan yetukligi va axloqiy salohiytining yuksak darajada
rivojlanganligiga bog’liq. Asrlar davomida saqlanib kelinayotgan xalqning boy intelektual
merosi hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida madaniyat, ma’rifat, fan-texnologiya va
iqtisodiyotning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni
tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir.

Shu jumladan ta’lim, ilm-fan sohasida ham bir qator o’zgarishtirishlar kiritilmoqda.

Bu o’zgartirishlar bevosita kelajak avlodning barkamol shaxs bo’lib yetishishiga xizmat
qiladi.Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o’quvchi yoshlarda umumiy o’rta ta’limni
davom ettirish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, ko’nikma va malakalar asosida
shakllantirish, ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalrning zaruriy hajmini
berish,u
larda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida barcha
shart-sharoitlar yaratilgan. Kasblar bo’yicha birlamchi bilim, ko’nikmalarni shakllantirish
uchun professional tashxislash va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha choralar amalga
oshirilmoqda

Bu borada respublikamizda “ O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-

pedagogik tashxis markazi” tashkil etilgan. Bu markaz O’zbekiston Republikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarida ko’zda tutilgan jamiyat ehtiyoji va mehnat bozori talablari
asosida o’quvchilarning o’z qiziqishlari, qobiliyatlari va sog’liqlariga mos bo’lgan kasb-


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 104

hunarlarni tanlashlariga ko’maklashadi. Ushbu markaz o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga
yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab
chiqish va o’rnatilgan tartibga amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining kasb-hunarga yo’naltirish respublika tizimini tashkiliy, ilmiy-metodik,
axborot- ma’lumot va dasturiy ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Kasb-hunarga
yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlari holatini nazorat qilish, uni
takomillashtirish choralarini ko’rish, tegishli dasturlar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar
ishlab chiqish; mamlakatimizdagi va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini
umumlashtirish, ommalashtirish va hayotga tadbiq etish; barcha bosqichdagi o’quvchilarni
kasbhunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis markazlari va ta’lim
muassalaridagi kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi yuklatilgan mutaxassislarning
malakasini oshirish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish; umumiy o’rta ta’lim maktablari
o’quvchilarining hayotiy va kasbiy o’zligini anglash borasidagi ustuvor dasturlar va
muammolar bilan ishlash respublika tashxis markazining eng muhim vazifalaridan

hisoblanadi

O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi qonunda ham o’quvchi yoshlarning

kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda o’zlari tanlagan kasb va mutaxasislik
asosida ta’lim olishi belgilab qo’yilgan. So’nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya
va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlarga,
ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning
kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “ O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim, tarbiya va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to’grisida” gi farmoniga asosan 2021-2022


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 105

o’quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o’z iqtidori va qiziqishlariga
mos kasbni tanlab olishi, jamiyatda munosib o’z o’rnini topishi, kasbiy faoliyatda
muvaffaqiyat qozonishi uchun “ Kasbga yo’naltirish tizimi” joriy etilgan.

Mazkur farmonda 7-8-9 sinfdan boshlab o’quvchilar o’rtasida interaktiv

so’rovnomalar o’tkazish, kasb- hunarga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash, o’quvchilar bilan
birgalikda har oyda bir marta “ kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar olib
borilishi to’g’risida aytilgan. Interaktiv so’rovnomalar orqali o’quvchilarning qiziqish
sohalari o’rganilib, tahlil qilinadi va shu asnoda kasbga yo’naltirib boriladi. Kasb tanlash
– inson hayotidagi eng muhim qadamdir. Interaktiv so’rovnomalar va amaliy
mashg’ulotlar orqali o’quvchilar kasb tushunchasi va kasblar haqidagi savollarga javob
topadilar. Kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasblari haqida tasavvurga ega bo’la
boshlaydilar. Shuningdek, “kasb” so’zining ma’nosi insonlarning hunari, faoliyat turi va
hayot kechirishi uchun manba bo’lib xizmat qiladigan mashg’ulot demakdir. Va bu
mashg’ulot sevimli bo’lsa, inson albatta hayotidan zavq oladi.

Kasb- bu ongli ravishda tanlangan faoliyat yo’lidir.O’quvchilarning tanlagan

kasblari ularning qobiliyatlari, qiziqishlari, xarakter xususiyatlariga mos bo’lishi lozim.
Chunki tanlangan kasb faqat ularning o’zlarigagina emas, balki jamiyatga ham foyda
keltirishi kerak.Ye.A.Klimov o'z ishlarida bu borada bir necha ta'riflarni ilgari suradi.Ta'rif
quyidagicha " Kasb jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib, bunda insondan jismoniy
va ruhiy kuch talab etadi",- bu kuchlar unga sarflangan mehnat o’rniga yashashi va
rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo’ladi.

Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktab muassasalarida faoliyat olib borayotgan

amaliyotchi psixologlar maktab o’quvchilari bilan kasb tanlash, kasbga yo’naltirish
borasida turli xil so’rovnomalar, masalan, “ maktabdagi kasblar”, “ mening kelajagim”
nomli so’rovnomalar, “ kasb tiplarini aniqlash” savolnomalari, “ kasblar zanjiri” kabi
amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda. Shular bilan bir qatorda, maktab o’quvchilariga
tanlangan kasbga shaxsning moyilligi, layoqati va zarur bo’lgan sifatlariga oid
ma’lumotlar ham berib boriladi.

Yuqori sinf o’quvchilari bilan ham kasbga yo’naltirishga doir bir qancha

mashg’ulotlar ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.“
o’quvchilarqiziqishlarini aniqlash” so’rovnomsi, “ kasblar va insonning kasbga
yaroqliligi’, “ maktab o’quvchisining kasbiy o’zligini anglash’, “ kasbga yo’naltirish
alifbosi” kabi mashg’ulotlar maktab psixologlar tomonidan o’tkaziladi, qiziqish
qobiliyatlari aniqlanib, o’quvchilarning har birlari bilan individual shug’ullanib kerakli
tavsiyalar berib borishadi. “ Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-trening
mashg’ulotlari olib boriladi. Seminar davomida o’quvchilarni kelajakda egallamoqchi
bo’lgan kasblarga yo’naltirib boriladi. O’quvchilarning kasblarga doir fikrlari tinglaniladi.
Bundan tashqari o’quvchilarning kasbiy moyilligi bo’yicha o’tkazilgan pedagogic-
psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq kasblar bo’yicha kasb maktablarida


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 106

ta’lim olishi mumkin bo’lgan o’quvchilar o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlari olib
borilmoqda. O'smirlarni o'rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida
ularning

e'tiborligini

ifodalaydigan

materiallarni

tavsiflaydigan

holatlar

kuzatiladi.Shuningdek kasbiga qiziqishini shakllantirishni ta'minlaydigan intelektual
komponentlarning tarkibiy qismlarini aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor berish
lozim:

Analiz va sintez;

Diqqat va kuzatuvchanlik;

Ajratish va umumlashtirish;

Klassifikatsiyalash va isbotlash

Hozirgi

paytda,

Harrison

Assessments

usuli

bo’yicha

kasbga

yo’naltirishO’zbekistondagi birinchi va noyob kasbga yo’naltirish usuli bo’lib, u sizga
farzandingiz uchun qaysi mutaxassislikni tanlashni va qaysi kuchli tomonlarini
rivojlantirishni aniqlashga yordam beradi.

Bu test usuliorqali biz:
— O’zimizni kuchli tomonlarimizni tahlil qila olamiz;
— Biz uchun muvaffaqiyatli bo’ladigan kasblar ro’yxatini bila olamiz;
— Yetakchilik fazilatlarimizni tahlil qila olamiz;
—Hayotimizda oldindan aniq reja tuza olamiz;
—Umrimizni behuda sarflanadigan vaqti va mablag’laridan asrab qolamiz;
— Psixolog va mutaxassislar bilan individual suhbat va maslahat olamiz.
Kasb - kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi, muayyan ish turini

malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasb inson
uchun zarur bôlgan,bôsh vaqtida shug'ullanadigan,Vatani uchun xizmat qiladigan
ishdir.Kasblarni hamma ham egallay olmaydi.Kasb ôrganish uchun eng avvalo ôqish va
bilim olish zarurdir.Bilim olish igna bilan quduq qazishdek gap.Agar insonda bilim
bôlmasa u ôzi istagan biror bir kasbni egallay olmaydi. Hayotda kasblar shunchalik
kôpki,ular orasidan bittasini tanlash shunchalik qiyin.Shunga qaramasdan inson ôzi
yoqtirgan,kasbli kishilarni kôrib shu kasbni yoqtirib qolib shu kasbni egallashga harakat
qiladi. Kasb qanchalik muvaffaqiyatli tanlansa,inson ôzini shunchalik baxtli his
qiladi.Ammo har qanday muttaxassislikni egallash uchun yaxshi ôqish va tanlanga kasbga
kôproq qiziqish kerak.

Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o’rganish ham

fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi. O’z-o’zini
anglashning chegaralanganligi bu-erkinlikni chegaralanishi hisoblanadi. Agarda mutaxasis
o’zini chuqur bilsa, boshqalarni ham chuqur tushuna oladi. Shaxsiy ma’suliyatlilikni qabul
qilish ham muhim sifatlardan hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini
boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda.
Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat, boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 107

ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach,
ya’ni insoniyat madaniyatlashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan maxsulotlarni
ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga
va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan.
Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar
esa yaxshi yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va
bilimlarni to‘plaganlar. Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab
etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda
amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri
bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan:
chilangar kasbida – remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi
yo‘nalishlar mavjud. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming)
O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud.

[1]

SHuni aytish joyizki jamiyat

rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi. SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul
qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi.

Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z

asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday
yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan,
suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va
hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib
chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z
hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni
tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim
bo‘laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqtidor
shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko‘lab savollar yoshlarni
o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular ko‘plab kuzatadilar, hayotdan ma’lum
bir malakalar olishga intiladilar.

XULOSA

Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab borish

zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday tanlanadi”
kitobida shunday ko‘rsatib beradi. Xilma – xil va qiziqarli kasblarni tanlashning asosiy
maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi. O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan
kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq bilishga olib keladi. Insonda
kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha belgilaydi. Insonda ma’lum kasbga,
uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay
olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga
olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo‘ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadni
shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o‘z
maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga erishadi. Bunda bolaBunda bolada paydo


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 108

bo‘luvchi xavas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov so‘zlarini
tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish, odamlarni uning mahoratini maqtashlari, bu
insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonga
o‘xshashga xavasni uyg‘otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va xafsala paydo bo‘ladi.
Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib uni o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishning xissiyotlari, irodalari bilan bog‘liq
jarayondir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. А.Jalalov kasb qanday tanlanadi. 2010 Y. 62 b.
2.I.A.Karimov

Barkamol

avlod

– O'zbekiston

taraqqiyotining

poydevori.1998.17b
3.Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.
4. Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED
IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES. Open
Access Repository, 9(11), 106-113




Bibliografik manbalar

А.Jalalov kasb qanday tanlanadi. 2010 Y. 62 b.

I.A.Karimov Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining

poydevori.1998.17b

Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.

Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED

IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES. Open

Access Repository, 9(11), 106-113