Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 99
OILADA BOLALAR XARAKTERINING RIVOJLANISHIDA
PSIXOLOGIK MUNOSABATLARNING AHAMIYATI
Mirzanazarova Dilfuza Qurbonovna
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
12-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan)
xulq-atvor ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi
turli jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini, ularga
xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi tufayli
jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi, natijada, ilmiy
asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini
ochib berishligini taqozo etadi.
Kalit so’zlar:
shaxs, an’ana, urf-odat, munosabat, ota-ona, xarakter, muhit, tarbiya,
ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar, muloqot, depressiv xulq, tarbiya, psixologik
koʻnikmalar
KIRISH
Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga kelishi
va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham xatti-
harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr mavjud.
Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik yoshida
xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib qolish” tarzida
ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan munosabatning
murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la boshlaydi. Shaxs
xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va nizoli munosabatlarni
vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida aktsentuatsiya xususiyatlari,
jumladan, emansipatsiya reaktsiyasi kattalar qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari
bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik
qiladi. Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri tashkil
etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga befarq,
loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini, ularga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 100
xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi tufayli
jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi, natijada, ilmiy
asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini
ochib berishligini taqozo etadi. To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv
jarayonlarining kuchayishi munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi
milliy barqarorlik susayib, zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Bu fikrga V.V.Boyko ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi
zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko’rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos ijtimoiypsixologik
muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo munosabatlarning qisqa
zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga ta’sir etish vositalari
chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va vaziyatlar ham kam
shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida bolalarning
ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi. Ota-onalar
xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar ijtimoiy-tipik
xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham individual
xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, zamonaviy
oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun insonparvarlik
tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi. Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar,
katta kishilar va boshqa shaxslarga nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 101
sifatlari yetarlicha o’z aksini topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot
almashinish chegaralangan, to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy
axborot vositalari bilan aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz»
tushunchasi va unga munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina
holatlar oqibati sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila
davrasida bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini
ta’kidlash, o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish,
ularning qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq
foydalanmaslik orqali namoyon bo’lmoqda.
Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim
shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Ayni vaqtda oilada shakllangan oila
a’zolarining begonalashishi bolalarning boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab
axborot vositalari bilan band bo’lishiga olib kelmoqda. Oiladagi o’ta qat’iy
chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda, ota – onalarning o’ta talabchanligi,
bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z
navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil
bo’lishiga olib keladi. O’zaro munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga
nisbatan bemehrlilik, qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik
reaktsiyasini uyg’otadi va o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga
sabab bo’lishini kuchaytiradi.
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi bolalar
kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda boladan
noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi boladada o’z
navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan tashqari jamoalarda
himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini chetga tortishiga, o’z-o’zini
himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob qaytara olmaslik holatiga va o’zini
tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi. Bolalarrning bunday xulq atvori ota-onalari va
atrofdagilar uni boshqarishiga, boshqalarga tobe bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga,
mustaqil bo’la olmasligiga sabab bo’ladi. Ketma-ket bo’lmagan munosabatlar. Bunda ota-
onalarning bola tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi va bolaga nisbatan talabchan
bo’lmasligi bilan ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo’yilgan noto’g’ri talablar yo o’zini
oqlamagan yoki o’ta yumshoq ko’rinishda bo’lib, muayyan bir harakati uchun bir safar
jazolasalar, keyingi safar e’tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday holatlarda bolalar
xulq-atvor normalarida, burch, ma’suliyat hissi kabi tushunchalar haqida o’ylamaydi va
muayyan tasavvurlarga ega bo’lmaydi. Bolaning oilada shaxs sifatida shakllanishiga
kuchli ta’sir etuvchi omillarning asosiysi bevosita muhit va mikromuhitdir. Avvalo, bu
bolaning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, xarakterini shakllantiruvchi jamoa, uning ota-
onasi, qarindoshlari, tengdoshlari, maktabgacha ta’lim muassasasasi tarbiyachilari,
maktab pedagoglar jamoasi va boshqalardir. Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 102
yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter
xislatlari, shuningdek, millatimizga xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni
e’zozlash, kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi
oilada shakillanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, oiladagi turli tuman tarbiya usullarini qoʼllash
tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar, tarbiyachilar
bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya usullarini va
shakllarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o‘quv
qo‘llanma M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1974. – 194 s.
2.
Dostmuhammedova Sh.A., Tillashayxova X.A., Baykunsova G., Ziyavitdinova G.
“Umumiy psixologiya”. Toshken, 2020-yil
3.
Ziyo.net