Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 92
BOLALARDA YOSH XUSUSIYATLARI DOIRASIDA PSIXOLOGIK
INQIROZNING VUJUDGA KELISHI HAMDA BARTARAF
ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Taylaqova Saida Lapasovna
Jizzax viloyati Zomin tumani
29-maktab amaliyotchi psixologi
Аnnotatsiya.
Inqiroz - rivojlanishdan orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’yekt
o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish
bosqichlaridan o‘tadi.
Kalit so'zlar:
inqiroz,
krizis, go‘daklik,
ilk bolalalik
,
maktabgacha yosh, kichik
maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik,ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar, muloqot, ong,
tafakkur, mulohaza
KIRISH
.
Inqiroz
- rivojlanishdan orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’yekt o‘zining
rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan
o‘tadi. Har qanday tizim (ob’yekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan
quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqiroz davri deyiladi.
Bola o‘sishi davomida bir davrdan boshqasiga o‘tayotganda inqiroz (krizis) bosqichini
boshidan kechiradi.
Ko‘pchilik psixologlarning fikriga ko‘ra, bu tabiiy holat va
o‘z harakatlaridan o‘zi aziyat chekadi, lekin o‘zini boshqara olmaydi.
Mutaxassislarning aytishicha, bu davr uzoq davom etmaydi. Psixologlarning aksari bu bola
rivojlanishi uchun zarur davr deb ta’kidlashadi.
Chunki bu davrda bolalar o‘z fikrlarini o‘tkazishni o‘rganishadi.
•
11-15 yosh inqirozi (o‘smirlik davri)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 93
Shu paytgacha bola o‘zini ota-onasi bilan bir butun deb his qilgan bo‘lsa, endi
unda o‘z “men”i shakllanayapti.
O
‘
z
i
q
a
d
a
m
t
a
s
h
l
a
b
y
u
r
a
y
a
p
t
i
,
o
‘
Masalan, “shirguruch yemayman”, “uxlamayman” deya qilinayotgan
to‘polonlar bolaning hayotida yangi palla boshlanayotganligidan darak bo‘lishi mumkin.
y
o
s
h
i
n
q
i
r
o
z
i
Bolalarning ongida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, harf taniy boshlashadi atrof-
muhit haqidagi ma’lumotlardan boxabar, maktabga chiqqan, kundalik jadvali o‘zgargan
O‘zgarishlar yangiliklar ta’sirida esa qaysargina bo‘lib qolgan bo‘lishadi.
yosh inqirozi (o‘smirlik davri):
O‘smirlar bola bo‘lib bola, katta odam bo‘lib katta odam emas.
Fiziologik jumladan, gormonal hamda psixologik o‘zgarishlar o‘smirlik
kekksalikka o‘tish davri.
Sochlarga oq oralagan, “hastaliklar” “eshik qoqishni” boshlagan davr.
Biz bilamizki, bugungi kundagi ta`lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi va
tarbiyachilarga juda katta talablarni qo‘yilmoqda. Hozirgi davrida ota-onalarning o‘z
farzandlari bilan munosabatida bir qancha muammolarning yuzaga kelishi yosh
davrlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda ma’lum davrlarda inqiroz davrlarini
bilmasliklari sabab bo‘lmoqda. Har bir yosh davrdan keyingi davrga o‘tishda bola shaxsida
inqirozli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Buni tarbiyachi va o‘qituvchilar yaxshi bilishi,
ularning individual xususiyatlariga mos xolatda bola shaxsi bilan munosabatda bo‘lishi
zarur, ayniqsa ma`lum davrdagi inqirozlar boshqa davrlarga nisbatan har bir bolalarda bir
muncha og‘irroq kechadi.
Psixolog olimlar tomonidan inqiroz davrlarini “qiyin davr”, “psixik rivojlanishdagi
krizis”, “o‘tish davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan o‘rganilib, bola
shaxsi to‘g‘ilgan vaqtidan boshlab to balog‘at yoshigacha bo‘lgan davrdagi inqirozli xolat
va o‘zgarishlarni rus psixolog olimi L.S.Vigotskiy ishlarida ko‘rsatib berilgan.
L.S.Vigotskiy rivojlanish davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1.
Chaqaloqlik davri inqirozi.
2.
Go'daklik davri - 2 oylikdan 1yoshgacha. Bir yoshdagidagi iqiroz.
3.
Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
4.
Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
5.
Maktab rivojlanishi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 94
6.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan18 yoshgacha, 17 yoshdagi
inqiroz.
Yuqorida ko‘rsatilgan rivojlanishdagi inqirozli vaziyatlardan kelib chiqib har bir
davrda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni quyidagicha izohlab ko‘rsatamiz.
1.
Chaqaloqlik davri inqirozi (0-2 oygacha).
Tug‘ilish arafasida bolaning
tashqi muhitga moslashuvi. Ichki (biologik) va tashqi (ijtimoiy) omillar keskin o‘zgaradi.
Inqiroz holatlarda emish, nafas olish, yig‘lash kabi reflekslar o‘zgaradi. Tashqi muhitga
sezgirlik ortadi, sensor faoliyat boshlanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning psixologik
hayotidagi inqirozning xarakterli tomoni kulgu bilan ko‘z kontakti gavdalanadi va shu
bilan birga chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi.
Bolaning ona qornidalik davriga nisbatan atmosferadagi hayot bola uchun qiyinchiliklarni
keltirib chiqaradi. Bu davrni L.S.Vigotskiy tomonidan “Tug‘ilish inqirozi” deb atagan.
Bola burun, quloq, o‘g‘iz umuman terilarda ona qornidagi suyuqliklar mavjud bo‘ladi.
Tashqi dunyoga moslashish jarayoni bolaning qay darajadagi sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lib,
tashqi dunyoda bola yaqinlari bilan yig‘i orqali, emotsional munosabat muloqotga
kirishadi. Shartsiz reflekslar shartli refleksga aylanishga yaqinlarini tanish orqali yuzaga
keladi. Bola yaqinlariga bo‘lgan munosabatni turli emosional holatlar orqali ifoda etadi.
Bunday xolatlarda bolaning tana vazni tug‘ilganiga nisbatan pasayib tashqi dunyoga
moslashish yuzaga keladi. Bu xolatda ota-ona bolaga mehr, iliqlik berishi bolaning
ishonchli kontaktni rivojlantirish (teriga tegish, gapirish) zarur.
2.
Go‘daklik davri inqirozi (2 oydan 1 yoshgacha)
. Bola hayotdagi 1 yosh
bo‘lgan davr ham inqirozli davr hisoblanadi. Chunki bir yoshga to‘lgan bola yurishni
boshlashi, undagi fazoni idrok etish jarayonining o‘zgarib borishi, inqirozni vujudga
keltiradi. Harakat, sezgi, nutqning dastlabki shakllari paydo bo‘ladi. Ijtimoiy muloqot
kuchayadi. Inqiroz holatlarda: Bola mustaqil ravishda harakat qilishi, emotsional
portlashlar (yig‘lash, injiqlik) kuchayadi. Ota –ona bola bilan birga harakat qilish
imkoniyatini berish (emaklashga, yurishga yordam). Oddiy so‘zlar, ismlar bilan muloqot
qilish.
3.
Ilk bolalik davri inqirozi (1-3 yoshgacha)
Ilk bolalalik davri inqirozi 3
yoshdagi inqiroz: bola hayotidagi keyingi inqiroz davri 3 yoshgacha inqirozdir. Birinchi
navbatda 3 yoshdagi inqirozni ijtimoiy aloqalarga bog‘liqligini L.S.Vigotskiy o‘z ishlarida
ko‘rsatib o‘tgan. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlari xarakter xislati,
atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat xulq-atvor, tafakkur va ong kabi psixik aks
ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratiladi. 3 yoshda bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va
kattalar qilishi mumkin bo‘lgan, ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. Bola
o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda “o‘zim qilaman”
boshlanadi va bu yana qaysarlik, o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. Bu davrdagi inqiroz bola
shaxsining ma’lum darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 95
olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda,
layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi. Bu
davrda bola bajaradigan ishlarni o‘ziga xos tarzda bajartirish inqirozni bir muncha osonroq
kechishini taminlaydi. 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va
kattalar qilishi mumkin bo‘lgan, ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. Ilk
bolalik davrida bolaning “Meni” shakillana boshlaydi. O’zini boshqalarga taqqoslay
boshlaydi va o’zini baholaydi. Inqiroz holatlari: "O‘zim qilaman" fazasi — qarshilik,
injiqliklar ko‘payadi. Ota-onaga qarshi chiqish, mustaqil harakat qilish istagi bilan
namoyon bo’ladi. Tavsiyalar: sabrli bo‘lish, bolani mustaqil harakat qilishga ro‘xsat
berish. Cheklovlar o‘rniga imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq. Sabablar: nutqning
rivojlanishi, mustaqillik istagi, harakatlari kuchayadi.
4.
Maktabgacha davr inqirozi (3-7 yoshgacha)
Maktabgacha yosh davri
inqirozi Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi haqida Maktabgacha
yosh davrida bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil individ sifatida anglashdan, o‘z
hissiyotlari va kechinmalarini anglashgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Bu hissiyotlar aniq
faoliyat turi bilan bog‘liq. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini umumlashtirish asosida
o‘z-o‘ziga munosabatda bo‘la boshlaydi. Shu bilan birga uyda quyidagi xulq-atvorni
namoyon etadi:
bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bo‘lishi
(“o‘zini eshitmaganday tutishi”, “yuz marta qaytarish kerak”);
ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish; “quloq solmaslik”
odatiy ishlarni va burchlarini bajarishdan bosh tortish sifatida;
“kichkina boladay” ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyimiga qattiq
e’tibor berish.
Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta eslatish, tanqidni
ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish kabi xulq - atvor shakllari ham kuzatiladi.
Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin: kattalar bilan
muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularning mohiyati (siyosat, boshqa mamlakatlar va
planetalardagi hayot, maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida); shaxsiy qaroriga ko‘ra
o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda va sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishdagi
mustaqillik bilan bog‘liq. Xulq-atvordagi bunday xususiyatlarining psixologik mazmuni
shundaki, bolaning o‘zi tomonidan mustaqil tashkil etilgan harakatlarning ichki
qadrliligini oshirish, qoidalarni anglashdan iborat. Eng muhim tuzilmalardan biri muhim
ijtimoiy mavqeni egallash qobiliyati, ijtimoiy harakat qilish ehtiyojidir. Sabablar: ijtimoiy
rollar aniqlanadi, imitatsiya (o‘yin, taqlid) rivojlanadi. Axloqiy me’yorlar shakllana
boshlaydi. Inqiroz holatlarda: ko‘p savollar, fantaziya kuchayadi. Ruxiy to‘qnashuvlarda
yolg‘on gapirish, bo‘ysunmaslik. Tavsiyalar: rolli o‘yinlarni rag‘batlantirish asosida
axloqiy tushunchalarni oddiy sabablar orqali tushuntirish zarur.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 96
5.
Maktab davri inqirozi (7-12 yosh).
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7
yoshda bo‘ladigan keyingi fiziologik inqiroz bilan mos keladi. L.S.Vigotskiy bu yoshdagi
inqrozni 7 yosh inqirozi deb atagan va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi o‘zgarishlarni
ko‘rsatib o‘tgan. Bolaning xulq-atvorida bolalarcha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning
belgilari sifatida jarohatlaydigan kechinmalardan (travmalardan) himoya qilish
funksiyasini bajaradigan harakatlarning ko‘pligi, qiliq qilish, masxarabozlik qilishda
namoyon bo‘ladi. Bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning
kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ruy
beradi. L.S.Vigotskiy ishlarida ko‘rsatilishicha bu yoshdagi inqirozni 2 ta asosiy ko‘rinish
bilan ajralib turishi izohlanadi. Bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishining
sub’yektiv jihati shundan iboratki, uning maktabda o‘qishga xohishi, intilishi, katta
yoshdagi odamlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davrda bola maktab jamoasi a’zolarining
ma’suliyatli vazifalarini anglaydi va ularga itoat qilishga, ularning ko‘rsatmalarini
bajarishga moyil bo‘ladi, lekin bolalarning hammasi bir xil emasligi sababli ular o‘rtasida
muhim farqlar vujudga keladi. Ba’zi bolalar maktabga butun vujudi bilan talpinadi, boshqa
bir bola esa maktabdan qatiy voz kechishga borib yetadi. O‘qishga salbiy munosabat
ko‘pincha kattalarning qo‘rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Bola bog‘cha sharoitidan
maktab sharoitiga ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Ularda endi darsga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish
talab qilinadi. Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar
uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib,
boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini
taqozo etadi. Bunda bolaga uning imkoniyatlariga asoslanib munosabatda bo‘lish bu
inqirozni bartaraf etishda yordam beradi. Sabablar: bilim olish ehtiyoji ortadi, o‘qish va
mehnat faoliyati markaziy o‘rinni egallaydi.
Inqiroz holatlari: O‘ziga past baho berish, o‘zaro solishtirish, o‘qishga qiziqish
yo‘qolishi yoki bosimga sezuvchanlik yuzaga keladi.
Tavsiyalar: maqtov va qo‘lab-quvvatlash orqali motivatsiyani oshirish. Shaxsiy
yutuqlarni tan olish.
6.
Pubertat (o‘smirlik) davri inqirozi (12-18 yosh)
O‘smirlik davri o‘z nomi
bilan “o‘tish davri”, “krizis davr”, “qiyin davr” deb nomlanadi. Bu yoshdagi o‘smirlarning
xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik
portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday xolatni “psixik
rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan.
O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini
tan olmaslik, urishqoqlik kabi xususiyatlar xosdir. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan
qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek mavjud fikrlarining bugun unda sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi.
Unda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi xolatlar kuzatiladi. Bu esa o‘smirda o‘zi
haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 97
atrofdagilar, kattalar shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay
olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi
va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Inqiroz boladagi mavjud tushkunlik, yodg‘izlikka
intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy
munosabatlarning yuzaga kelishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy
o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bunday paytlarda u
o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot
qilishga katta ehtiyoj sezadi. O‘smirga uning yonidagi o‘rtog‘ini ta’siri katta ahamiyatga
ega bo‘lib, uning yomon yoki yaxshi kishilarga qo‘shilishi va axloqiy qiyofasi shu
o‘rtog‘ining munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
O’smirlik davri inqirozi rivojlanishning eng muhim va murakkab bosqich bo‘lib,
an’naviy ravishda uch bosqichdan iborat:
1)
avvalgi eski odatlar, stereotiplar, tuzilmalarni qulashi;
2)
inqirozning avj nuqtasi (o’smirlik davrida - bu 13 yosh, lekin bu shartli);
3)
inqirozdan keyingi bosqich, ya’ni yangi tuzilmalarning shakllanish va yangi
munosabatlarni o’rnatish davri.
Katta o‘smirlar o‘zlariga beradigan baho bilan atrofdigilarni ularga beradigan
bahosini qiyosiy tahlili natijasida o’zlarini ob’ektivroq baholay boshlaydi. Bu o‘smirlik
davridagi psixik yangilanishning ko’rinishi o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun zarur. O‘z
taqdirini o‘zi belgilashga psixologik tayyorlikda, shubhasiz, o‘z-o‘zini anglash yetakchi
rol o‘ynaydi: o‘z fazilatlarini anglash va ularni baholash, o‘zining haqiqiy va orzu qilingan
“Men”i haqidagi tasavvurlar. Avvaliga o‘zining erkinligi, istak va intilishlarining
cheklanishiga nisbatan yashirin, keyin esa ochiq norozilik bildiriladi. Bu xuddi ilgari
ko’rsatilgan itoatkorlik uchun qasos sifatida boshlanadi. Shaxs ichidagi nizoni
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sabablar: jinsiy va shaxsiy identifikatsiya kuchayadi.
Mustaqillikka intilish, hayotiy maqsadlarni shakllantirish zarur. Inqiroz holatlari:
Otaonalar bilan ziddiyatlar, ko‘ngilsizlik, o‘ziga ishonchsizlik, rad etish hissi, boshqalar
bilan munosabatdagi muammolar yuzaga keladi.
Tavsiyalar: Suhbatlar orqali dardini eshitish, mustaqillikka rag‘bat, lekin chegaralarni
belgilash. Ota-onalar, o‘qituvchilarga o‘smir bilan munosabatda quyidagi tavsiyalarni
taklif etamiz. 1. O‘smir bilan munosabatda unga boladek emas balki kattalarga qilanadigan
munosabatni yuzaga keltirish;
2.
O‘smirning bekorchi bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
3.
O‘smir shaxsining qiziqishlarini albatta hisobga olish;
4.
Ma’suliyatli vazifalarni yuklash.
5.
Har bir ota- ona o‘smir bilan munosabatda dilkash bo‘lishi. Uning rejalari
qiladigan ishlarini doimo so‘rab turishi noto‘g‘ri qilgan ishlarini asoslab taxlil qilish; 6.
O‘smir shaxsini o‘zini-o‘zi tarbiyalashga o‘rgatish yaxshi natija beradi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 98
XULOSA
L.S. Vigotskiy inson psixik rivojlanishini izchil va tizimli jarayon deb qaraydi. U har
bir rivojlanish bosqichida yuzaga keladigan inqiroz holatlarini tabiy, zaruriy o‘zgarishlar
deb hisoblaydi. Bu inqirozlar: bola ichki va tashqi muhitga moslashayotganidan, yangi
psixologik
fazilatlar
shaklanayotganidan,
mustaqilikka,
ijtimoiylikka
intilish
kuchayayotganidan dalolat beradi deb ko‘rsatadi. Shunday inqiroz holatlariga to‘g‘ri
yondashuv bolaning sog‘lom shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun
ota-onalar va pedagoglar har bir bosqichning xususiyatini tushunishi, bolaga mehr bilan
yondashishi, sabrlilik, munosabatda iliqlik va ijobiy qo‘llab-quvvatlash orqali yordam
berishi lozim. Bu yondashuv nafaqat rivojlanishdagi qiyinchiliklarni yengishda, balki
bolada sog‘lom psixik rivojlanishni, ijtimoiylashuv va mustaqillikni shakllantirishda
asosiy omil bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Тошкент, Noshir., T 2010.
2.
Do‘stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova,
Sh.T.Alimbayeva “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” Toshkent. Fan va
texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2013.
3.
Ниетбаева, Гульмира, and Диляром Салиева. "ВЛИЯНИЕ ВНУТРЕННЕЙ И
ВНЕШНЕЙ МОТИВАЦИИ НА УРОВЕНЬ САМОСТОЯТЕЛЬНОСТИ
ШКОЛЬНИКА." Вестник КазНПУ имени Абая. Серия: Психология 78.1 (2024).
4.
Рахмонова, О. О., Д. А. Салиева, and Г. Б. Ниетбаева. "Psychological aspects of
directing students to professions in the educational process." Вестник КазНПУ
имени Абая серия «Специальная педагогика» 71.4 (2022): 126-130.