Mualliflar

  • Aʼzamova Gulzira Ozodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113849

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: kasb mehnat tasavvur tanlash muammo ruhiyat baxt maqsad psixologik yordam ruhiy jarayonlar psixika aqliy faoliyat

Annotasiya

Annotatsiya: Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli  kasbni tanlashimiz– bu hayotga qo’ygan ilk qadamimiz   hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin? Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning  natijasida baxtli yashashi mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga  eʼtibor berishi lozim.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 51

OʻQUVCHI YOSHLARNING KASB TANLASHDAGI IMKONIYATLARI,

HOHISH VA ISTAKLARINI ERTA ANIQLASHNING ZAMONAVIY

PSIXOLOGIK USULLARI

Aʼzamova Gulzira Ozodovna

Toshkent viloyati Parkent tumani

16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu

hayotga qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz
oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin?
Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi mumkin.
Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim.

Kalit so`zlar:

kasb, mehnat, tasavvur, tanlash, muammo, ruhiyat, baxt, maqsad,

psixologik yordam, ruhiy jarayonlar, psixika, aqliy faoliyat

KIRISH

Kasbni to’g’ri tanlash asosida o’z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro’yobga

chiqishlari hamda jamiyatga ko’proq naf keltirishlari mumkin. Demak, o’quvchilarni kasb
tanlashda yo’llash, kasb-xunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ijrochisi maktablarda
texnologiya fani o’qituvchisi zimmasiga tushadi. Shuning uchun kasb tanlashga yo’llash
va texnologiya fanidan dars beradigan o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars
samaradorligiga erishishi uchun albatta quyidagilarga alohida e’tiborni qaratishlari zarur:

-

zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviy-moddiy

qadriyatlari mohiyatini chuqur tushuna bilishi;
-

pedagogik va innovatsion texnologiylarning asl mohiyati va uslublarini

tushinib, qo’llay bilishi;
-

o’quvchilarni mustaqil kasb-hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit

yaratishi;

-

pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi

xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina” va b.) uslublarni o’ylab topishi,
amalda qo’llashi;

-

an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga

erishishi;

-

test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha

ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.

Umumiy

ta’lim

maktablarida

kasb-hunarga

yo’naltirish

ishlarini boshlang`ich sinflardan boshlab quyidagi talablar qo’yilishi o`rinlidir:

-

milliy g’urur – bu o’z yurtining tarixini bilish;

-

ularni erkin fikrlashga tayyorlash, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishni

shakllantirish;

-

umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lish; o’z millati va vatanini sevish, u bilan

faxrlanish, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlarni hurmat qilish;

-

milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslariga amal qilish;

-

mustaqil va ijodiy fikrlash;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 52

-

ma’naviy-ahloqiy madaniyatga ega bo’lish;

-

kasbiy-mehnat faoliyatida ekologik mas’uliyatni his qilish;

-

kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;

-

maqsadni o’z oldiga to’g’ri qo’ya bilish;

-

maqsadga erishish uchun bilim, ko’nikma va malakaga ehtiyoj sezish;

-

bilim va qobiliyatni namoyon qilishga ehtiyojni kuchaytirish;

-

o’ziga nisbatan talabchanlik, hulqi, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarga tanqidiy

manosabatda bo’lish;

-

ta’lim muassasasi faoliyati jarayonida faol ishtirok etish.

Hozirgi kunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda pedagogik-psixologik va

umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassilari olib borayotgan ishlar salmoqli o’ringa egaligi
ma`lum. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy bilimlar va ko’nikmalarini
shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish ishlari ko`proq kasb-hunarga yo’naltiruvchi
mutaxassislar, pedagog-psixologlar zimmasiga tushadi. Shu munosabat bilan
o’quvchilarni kasbhunarga yo`naltirishga mas`ul mutaxasislarning quyidagi pedagogik-
psixologik va umukasbiy tayyorgarligiga ega bo`lishi va kasb-hunarga yo’naltirish
ishlariga qo`yilgan talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan,

birinchidan

- o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltiruvchi va pedagog-

psixologlarni hamda umumtexnik va kasbiy ta’lim mutaxassislari malakasini va

saviyasini oshirib borish, ularga o’quv kursi va seminarlar tashkil qilib amaliy yordam
berish va moddiy ehtiyojlarini qondirilishi;

ikkinchidan

o’quvchilarning kasb-hunarga

qiziqishlarini, moyilliklarini kuchaytirish maqsadida har xil kasb-hunar navatorlari bilan
davra suhbatlari, baxsmunozaralar, hunarmandlar maydoniga sayohatlardan mahorat bilan
foydalanishi;

uchinchidan

-

o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda mahalla va ota-

onalarning rolini oshirish, sinf rahbarlari bilan ota-onalar hamkorlikda har oyda bir marta
“Kasbiy maslahatlar kuni”ni tashkil etib, ular bilan turli kasb-hunarlarga tayyorlashda
uchraydigan muammo va еchimlar to`g`risida davra suhbatlarini uyushtirib turish;

to’rtinchidan

– bir necha yillar davomida halol mehnat bilan elga tanilgan xalq

xunarmandlari va mehnat faxriylari bilan “Mehnat, mehnatning tagi rohat”, “Mehnat-baxt
keltiruvchi omil”, “Kasb-u kamol xusn-u jamol” kabi mavzularda uchrashuvlar tashkil
etish kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli

kasbni tanlashimiz– bu hayotga qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi.

Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu

maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin? Hayotda oʻzi xohlagan narsalarga erishishi
, buning natijasida baxtli yashashi mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam
oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim. Odam jamoat oldida oʻzini tutishi ham
muhim oʻrin egallaydi. Odamlar bilan bevosita aloqada boʻladiganlar shirinso’z va gapga
usta boʻlishi kerak. Shunda ish vaqtida har bir gapga javob topib keta oladi. Masalan,
shifokorlarni oladigan boʻlsak, ular sovuqqon boʻlishi bilan xarakterlanadi. Chunki,
shifokorda achinish tuygʻusi boʻladigan boʻlsa, bemorga toʻgʻri yordam koʻrsata olmaydi.
Oʻqituvchilarni oladigan boʻlsak, ular oʻquvchilarni darsga, oʻziga va atrofdagi narsalarga
qiziqtirib qurishi kerak. Shunda shu oʻqituvchining darsi doimo qiziqarli, mazmunli va har
doim bolalarni oʻziga jalb qiladigan boʻladi. Yoshlarni oʻzi yoqtirgan kasbga qanday jalb
qilsa boʻladi?Avvalo hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni,
kasblar haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun oʻqituvchilar koʻmagida, ishini


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 53

sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan uchrashuvlar, “ochiq eshiklar kuni”

kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish lozim. Bunda
o’qituvchilar qanday yordam berishadi? degan savol tug’ilishi tabiiydir. Suhbat o’tqazgan
ishchi xodim suhbatidan o’quvchi ruhiyatiga bog’liq bo’lgan tomonlarini aytib o’tish,
o’quvchi bilan individual ishlash va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi
yoshlarga maslahat berish kerak bo’ladi. Bu ishni ko’proq sinf rahbarlari va psixolog
o’qituvchilarga topshirish tavsiya etiladi. Negaki, o’quvchi ichidagi gaplarini hammaga
ham aytavermaydi. Agar o’quvchi bilan ko’proq suhbat o’tkazilsa, bunday hollarda
o’quvchi o’qituvchiga ishonishni boshlaydi. Buning orqasidan uning nimaga qobiliyati
bor, nimaga ko’proq qiziqadi degan savollarga javob olish mumkin, lekin shu narsani
esdan chiqarmaslik lozimki,bunday vaziyatda har bir aytilgan gap o’quvchini yo
ishontiradi yo butunlay o’z qobig’iga o’ralib olishiga sabab bo’ladi. Bu qobiqni hammaga
ham ochavermaydi. O’quvchi o’smirlik davrida hammaga narsaga tanqidiy ko’z bilan
qaraydigan, hammaga ham ishonavermaydigan bo’lib qoladi. Psixolog shunaqa
o’quvchilar bilan gaplashganda uning har bir so’ziga ishonishni boshlaydi. Shu tariqa
o’quvchi o’z qiziqishlarini bilib olishga intiladi. O’quvchi uchun hamma kasblar haqida
to’liq ma’lumot berilganda, uning fikri o’zgarib, o’zini boshqa kasblarda namoyon qilishi
aniq bo’ladi.

XULOSA

Nega biz tanlaydigan kasbimizni sevishimiz kerak; ishlasak, pul topsak, oila tebratsak

bo’ldimasmi? degan savollar o’smirlarda ko’p paydo bo’ladi. Biz o’z kasbimizni
sevishimiz orqali kasbiy toliqishni orqaga surishimiz mumkin. O’zimizga yoqadigan
kasbni egallashimiz orqali hayotdan rozi bolib yashaymiz. Ammo muammoning ikkinchi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 54

tomoni ham bor , moddiy tomondan qiynalsak, und anima bo’ladi? Tasavvur qilaylik
,oldimizda ikkita tanlov turibdi. Birinchisi sevimli kasbimiz va yana bitta kasb. Sevgan
kasbimizdan qoniqamiz, lekin moddiy tomondan qiynalishimizni bilamiz. Ikkinchi kasbda
esa sevmaymiz, lekin ishlasak bo’ladi. Moddiy tomondan ham qiynalmaymiz. Shu
vaziyatda ikkinchisini tanlab qolganiga e’tibor bermasak, tez orada, ya’ni 30-45 yoshlar
oralig’ida kasbiy toliqish paydo bo’ladi. Odam o’zini kasbini sevmaganidan keyin o’zini
ustida ishlaganini foydasi kam bo’ladi. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? To’g’ri
hozirgi tez o’zgarib ketayotgan zamonda moddiy tomondan yetishmovchilik bo’lishi ancha
orqada qolishga sababbo’lishi turgan gap. Ayniqsa hozir ko’pchilik yurishturishingga,
kiyinishingga va topayotgan daromadingga qarab muomala qilishadi. Shuning uchun bu
yerda berilgan ikkinchi kasbni tanlab, sevgan kasbimizni tashlab qo’ymasligimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.

2.

E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.

3.

Ziyo net

4.

Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.


Bibliografik manbalar

E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.

E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.

Ziyo net

Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.