Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 22
DEVIANT XULQLI OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH HAMDA ULARNING
RUHIYATINI OʻRGANISHNING MUHIM VAZIFALARI
Asadov Abdurahmon Eshmo‘minovich
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
26-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O’smirlar yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimsiz oshib
borishi maktab amaliyotchi psixologi oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari,
texnalogiyalarini ishlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi.
Kalit so’zlar:
ruhiyat, xulq-atvor, barkomal avlod, oʻsmirlik davri, deviant,psixik
jarayonlar, muloqot, depressiv xulq, tarbiya,reabilitatsiya.
KIRISH.
Deviant xulq-atvor shakllarining xilma-xilligidan psixologlar alohida guruhlarni
ajratadilar. Birinchidan, bunday xatti-harakatni shaxs darajasida, kichik ijtimoiy
guruhlardagi shaxslararo munosabatlar doirasida ko’rib chiqish mumkin. Misol uchun
qishloq uyida yolg’iz yashovchi er-xotin barcha bo’sh vaqtlarini turli mamlakatlarda olib
kelingan yavvoyi hayvonlarni parvarish qilish bilan o’tkaziladi. Ammo deviant xulq-
atvorning shakllari va namoyon bo’lishini farqlash uchun eng ko’p ishlatiladigan asosiy
narsa bu olib keladigan oqibatlardir.Unga olib keluvchi yo’llarni aniqlash zarur
hisoblanadi. Alkogolizm insonning shaxsiyatiga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Inson tanasida
spirtli ichiliklarni tez-tez ishlatishdan ta’sirlanmaydigan biron-bir organ yo’q. Spirtli
ichimliklar inson asab tizimiga ta’sir qiladi, miya hujaylarini yo’q qiladi, psixikani
o’zgartiradi (tahlil qilish qobiliyati yo’qoladi, nutq buziladi, xotira susayadi). Uzoq
muddatli surunkali alkogolli zaharlanishdan so’ng, odam mutloq harakatsizlikka keladi. U
atrofdagi voqealikni zaif idrok etadi va ``vegetativ`` turmush tarzini olib borishni
boshlaydi. Bunda u turli xil o’zgarishlarni mujassam qiladi, sog’lig’i tez buziladi, markaziy
nerv sistemasida o’zgarishlar bo’ladi, qon aylanishi buzilib insonda turli xil o’zgarishlar
yuzaga keladi.
Deviantologiya kursining asosiy maqsadi o’quvchilardan shaxs maqsadi,
o’quvchilardan shaxs og’ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy
asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko’nikadi. Og’ishgan
xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik konsepsiyalar qiymatini tan olgan holda
asosida kognitiv-axloqiy yondashuv yotuvchi konsepsiyani ustuvor sifatida ko’ramiz.
Og’ishgan xulq tushunchasini keng ma’noda tushuntiriladi. Jamiyatda bu fanning
shakllanishi keng tarmoqda foydalaniladi.
Deviant xulq-atvorli yoshlar jamiyat``kasalligi``dir. Bu ``kasallik`` esa o’smir
yoshdagilarga boshqalarga nisbatan tez yuqib, butun jamiyatni oxir-oqibat yo’q qilish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 23
xususiyatiga ega. Oqilona yuritilayotgan siyosat va islohatlar bu muammoning avj olishiga
mustahkam devor bo’la oladi deb o’ylayman. Deviantlikning jamoatchilik bo’ylab
tarqalishi, jamiyatda bunday shaxslarning sonining ortib borishi va ularning xulqini
yaxshilashga, jamiyatga tez moslashishiga yordam chora tadbirlarining oshirilishiga keng
yo’l ochilgan.Bu islohatlar natijasida yurtimizda deviantlikning kamayishi asosiy mavzu
hisoblanadi.
Yoshlar ko’pincha adolatsizlik natijasida ham isyonlar ko’tarib deviantlik
xususiyatlarini o’zida mujassam qiladi.Axloqiy me’yorlardan izdan chiqadi.Bu asosan
bola va o’smirlar nafaqat yosh ``inqilobiy,,ga, balki butun jamiyatga zarar keltiradigan o’ta
xavfli shakllar yuzaga keladi.O’smirlar yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimsiz
oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari,
texnalogiyalarini ishlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi.Ilmiy nazariy va
amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.Bular
o’smirlarni o’tish davrida ijtimoiy,tibbiy,tashkiliy,tarbiyaviy o’tishda xulqda madaniy
normani o’zlashtirishi,turli xil odob-axloqni singdirish,qonun-qoida normalaridan
chiqmaslik,muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan bolalarni ijtimoiy
qo’llabquvvatlash zarur hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvantlik, o’z-o’zini
o’ldirish(suitsit),fohishabozlik,tajavuzkorlik,mayda huquqbuzarliklar,jinoyatchilik kabilar
kiradi.Bular turli xil biologik,psixologik,ijtimoiy muammolar natijasida kelib
chiqadi.Psixologiyada deviantlikning 3ta asosiy belgisi aniqlangan:
1.Deviant xulq-atvor tajovuzkorlik,o’g’irlik,huquqbuzarliklar,o’smirlar o’qishga
qiziqishni yo’qotishi mumkin,yosh bolalar o’z onalarini o’ziga xos ideal deb bilishadi.
2.Xulq-atvorning giyohvandlik shakli psixologik va fiziologik qaramlik bilan
tavsiflanadi.Bu toifaga sezgir va zaif odamlar kiradi.Ular osongina yomon ta’sirga tushib
qolishlari yoki yolg’izlik tufayli tushkunlikka tushishlari mumkin.
3.Buzg’unchi
variant
o’ziga
va
boshqalarga
nisbatan
tajavuzning
mavjudligi,zo’ravonlik,o’z joniga qasd qilish va ob’ektlarga zarar yetkazish ehtimoli bilan
tavsiflanadi.
Zamonaviy dunyoda tatuirovka(terisiga turli xil rasmlarni chizish)prinsipining
rivojlanishini, psixologlarning zargarlik buyumlariga haddan tashqari muhabbatini
deviant xatti-harakatlarning yangi turiga bog’ladilar.Deviant xulqlilar bu prinspni yuqori
darajada rivojlantirgan.Jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan
bunday prinsiplar deviantlikning kengayishiga zamin yaratadi.Misol uchun bu tatuirovkani
ko’rgan qiziqqan bola buni o’zida ham paydo qilishga harakat qiladi.Unda qiziqish paydo
buladi. Bitta insonda deviantlikning paydo bo’lishiga zamin yaratiladi.Bunda ijtimoiy
ishchi asosiy tushuntirish ishlarini olib boradi. Bolaga to’g’ri psixologik tushuncha
beriladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 24
Ma’lumki, insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ijtimoiy deviantlik va xulqatvor
og’ishining yuz berish jarayonlari axloqsizlik sifatida qaralgan va asosan diniy me’yorlar
orqali tartibga keltirib turilgan.Turon xalqlari ham qadim-qadimdan ijtimoiy deviantlik
holatlariga salbiy munosabatda bo’lishgan va ushbu munosabat zardushtiylik, budda va
boshqa qadimgi Turonda mavjud boshqa diniy ta’limotlarda aks etgan.Ushbu davrlarda
ham deviantlikni to’xtatish uning rivojlanishini kamaytish asosiy muammolardan biri
bo’lgan.Ijtimoiy ishning shakllanishi o’sha davrlardan boshlangan bo’lib xozirda judal
rivojlanmoqda.
Deviant xulq atvor turlaridan biri bu fohishabozlik. Bu fanda rasmiy nikohsiz jinsiy
aloqa ikkita turga bo’lib o’rganiladi.
1.Konkubinat-nikohsiz birga yashash
2.Fohishabozlik-pul uchun o’z tanasini sotish.
G’arbda asosan ikkinchisi qoralansada,Sharqda ikkala holatga ham me’yordan
og’ish sifatida qaraladi. Chunki sharqda madaniyat, sharm-hayo, axloq-odob juda ulug’
qadarlanadi.
Bulardan tashqari xalqimizda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik,
boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham me’yordan chiqishning ko’rinishlari
hisoblanadi.Deviant xarakterga ega bo’lgan yoshlar ko’pincha maktabdagi darsga
bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik qiladilar, tilanchilik bilan shug’ullanadilar,
ichkilik ichadilar, giyohvand moddalarni is’temol qiladilar,o’g’rilik qiladi. Natijada
qonunbuzarlikka moyil bo’lib, jinoyatga qo’l uradilar. Hayotini qaytadan boshlashlari
uchun ijtimoiy ishchi chuqur bilib, malaka va ko’nikmaga ega ega bo’lishlari zarur. Imkoni
boricha reabilitatsiya qilinishi tibbiy, psixologik, ijtimoiy yordamlar ko’rsatilishi kerak.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 25
XVIII asrlarga kelib yangi davr mutaffakirlari ijtimoiy me’yor deviant holatlar
muammosini yanada chuqurroq tahlil qiladilar.Ularning barchasi deviantlikni jamiyatdagi
qonun-qoidalardan chetga chiqish, doimiy dolzarb muammo bo’lgan.Klassik yo’nalish
vakillari garchi deviant xulq-atvorni sotsiologik tushuntirishda ancha ilgarilab ketishgan
bo’lsa ham , bu nazariyalar amaliy tadqiqotlar bilan mustahkamlanmaganligi sababli,
ularning nazariyalari XIX asrlarga kelib biologik yo’nalish vakillari tomonidan osongina
inkor qilina boshladi.
Me’yordan og’ish va me’yorning o’zi ko’pincha o’zi ko’pincha eksperimental usullar
yordamida aniqlanadi. Biroq og’ayotgan xulq-atvorning barcha ko’rsatgichlarini nazariy
jihatdan talqin qilish va o’lchashning imkoni yo’q. Shunday hollarda deviantlikning barcha
sabablari aniqlanadi, uning oldini olish chora tadbirlari yuzaga keladi.Deviant xulqlilar
toifasiga quyidagi oʻquvchilarni kiritish mumkin:
1.Chekishga moyilligi bo’lgan bolalar.
2.Spirtli ichimliklarga moyilligi bo’lgan bolalar.
3.O’g’irlikka,yolg’onlikka moyilligi bo’lgan bolalar.
4.Intizomsiz,ish yoqmas, dangasallikka moyilligi bo’lgan bolalar.
5.Psixotrop moddalarga moyilligi bo’lgan bolalar.
6.Narkomaniyaga moyilligi bo’lgan bolalar.
7.Axloqiy va maishiy buzuqlikka moyilligi bo’lgan bolalar.
8.Poraxo’rlikka moyilligi bo’lgan bolalar.
9.Diniy eksterimizmga moyilligi bo’lgan bolalar.
10.Fanatizmga moyilligi bo’lgan bolalar.
11.Agressiv, millatchilikka moyillik.
12.Mahalliychilikka moyillik.
13.Narkobiznesga moyillik.
XULOSA
Deviant xulq-atvor mikroijtimoiy munosabatlar (oilalar, maktabdagi munosabatlar)
va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy me’yorlar va xulqatvor turlaridan
biridir. Bu xulq-atvorni ``g’ayriintizomiy`` deb atasak ham bo’ladi. Deviant xulq-
atvorning yorqin namoyon bo’lishiga ,agressiya, o’qishdan qochish va daydilik, bolalar va
o’smirlar orasidagi aroqxo’rlik, giyohvandlik va u bilan bog’liq g’ayriijtimoiy harakatlar
yuza keladi. Ularning shakllanishi keng tarqalmoqda. Bunda o’smirda ichki-shaxsiy xulq-
atvorda nafaqat biologik, balki psixologik o’zgarishlar ham namoyon bo’ladi. Jamiyatda
umume’tirof etilgan me’yorlar va odamlarning xulq-atvorini ana shu me’yorlarga muvofiq
tartibga solishga mo’ljallangan ijtimoiy nazorat tizimi mavjud.Odamlarning xulq-atvori
normalarga mos kelmaydigan holatlar kam uchraydi.Bunday xatti-harakatlar deviant deb
ataladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Qayumova, Y., & Urmonova, D. (2023). EXCLAVAS OF UZBEKISTAN -
COMPARATIVE ANALYSIS OF THE ICHTIOFAUNALS OF SHAHIMARDAN
AND SOKH.
2.
Qayumova , Y., & Komilova , X. (2023). ON THE COMPARATIVE ANALYSIS OF
THE MORPHOMETRIC CHARACTERISTICS OF THE TURKISH SAND FISH
GOBIO LEPIDOLAEMUS (K.KESSLER1872). Scientific Journal of the Fergana
State University, (3), 156. Retrieved from
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/2622
3.
Ziyo.net