Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 8
BOLALARNING RUHIY RIVOJLANISH JARAYONINI
OʻRGANISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Ziyabekova Dilorom Xanazarovna
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani
9-umumiy orta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur
operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biron predmetni olishga harakat qila olganidan
sóng, uni sinchiklab órganishida kórishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan,
kórgazmali harakatli bólib, u atrof olamdagi bog'liqliklarni órganishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
Ilk bolalik, egotsentirizm, predmetli faoliyat, óz - ózini anglash,ruhiy
rivojlanish , psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, mulohaza
KIRISH
Goʻdaklik davrida bola qóliga ushlagan narsani oddiy harakatlari bilan kuzatsa, 2 -
3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan órganganidan sóngina, óz amaliy
faoliyatida ishlata boshlaydi.1-3-yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning oʻta
ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar inson tug'ilganidan to yetuklik
davrigacha bólgan psixik rivojlanish asosining taxminan órtalari, 3 yoshga toʻg'ri keladi,
degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni órganish olamiga
qadam qóyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala - munosabatda bóla oladi va
sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydi.
Kattalar bilan bóladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida kóproq ma'lumot
oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va ózini -
ózi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bólib ham xizmat qiladi. Ilk
bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bólsa ham hali katta odamlar idrokidan
keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasi yóqligi tufayli ularning
idroklari ham anglashilmagan harakterga ega bóladi. Ular kóp narsalarga birinchi marta
duch keladi. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan kóp narsalar ularga yangilik, ya'ni
dastlabki taassurot kuchiga ega bóladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki kópincha
ixtiyorsiz harakterga ega bóladi, ya'ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni koʻzlash
hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa narsaga beixtiyor
kóchib keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bólganligi uchun ular
ózlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg'otadigan narsalarni
idrok qiladilar.
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni órab turgan predmetlarning va ular orasidagi
bog'liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va
tafakkur harakatlarining yangi kórinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 9
tizmli ravishda kórib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kózga tashlanib
turadigan belgisiga óz e'tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kóra taniydi.
Keyinchalik yangi idrok harakatlarini egallanishini bolani predmetli harakatlarini
bajarishdan kóz bilan chamalab, harakat qilishiga ótishda namoyon bóladi, endi u
predmetning bólajlarini ushlab kórmasdan,balki chamalab idrok eta oladi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari
yuzaga keladi. Buni bola biron predmetni olishga harakat qila olganidan sóng, uni
sinchiklab órganishida kórishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, kórgazmali
harakatli bólib, u atrof olamdagi bog'liqliklarni órganishga xizmat qiladi. Ózidan uzoqroq
turgan koptokni biron - bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini kórgan bola,
endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish
mumkinligini tushuna boshlaydi. Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi
marta foydalana oladi, uchinchi yoshida esa ba'zi tanish harakatlardan kontrekt masalalarni
hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani
qóli bilan solib ololmasa u vachani tóntarib olaveradi.
Ilk bolalik davri: gódaklik davridan sóng rivojlanishning yangi bosqichi - ilk bolalik
( 1 - 3 yosh ) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik,
uning kelajakdagi psixalogik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi.Bu
davrdagi rivojlanishning asosini bolaning tóg'ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli
faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va tóg'ri yura olish imkoni bolani
doimiy ravishda yangi ma'lumotlarni egallashda zamin bóladi . Bu yoshdagi bolalar óz xatti
- harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan
bóladi.Yurishni órganish bolaning jismoniy ósishi uchungina emas, balki uning psixik
taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir.Bolaning mustaqil harakat qilishi -
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 10
yurishi tufayli kóplab predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishatilishini amalda
kórib biladi va ózi ham ulardan kerakli órinda foydalana boshlaydi. Bola yurishni
órgangangach, fazoni ham bilib boradi. Kichkintoy bolalar yaqindagi fazoni qóllarining
harakati yordamida bilib oladilar,bunda kóz ham ishtirokneta boshlaydi. Bog'chagacha
yoshdagi bola uzoqdagi bolani oriyentirovka qila boshlaydi.Bola yura boshlaganda,óz
oyog'i yordamida masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish
kónilmasi vujudga keladi.
Bolaning aqliy jihatdan ósishida makon va zamon haqidagi tushunchalarni
anglashga yordam beradigan sózlarni ózlashtirib olishi muhimdir.Predmetlar órtasida
mavjud bólgan har xil fazoviy belgilarning va turli fazoviy munosabatlarning nomlarini
bilib olish natijasida bolalar predetlar órtasidagi bu munosabatlarni ajratib olishga
órganadilar. Shu tariqa,nutq predmetlarning belgilarini differensiyalash va
umumiylashtirish vositasi bólib xizmat qiladi. Lekin, shu bilan bir qatorda,sóz birinchi
signal sistemasi bilan bevosita bog'lanmog'i lozim. Ikki - uch yashar bolalardagi idrok
ózining yetarli darajada ósmaganligi va beqarorligi bilan ajralib turadi hamda bir kuzatish
obyektidan ikkinchi kuzatish obyektiga tez- tez kóchib turishi bilan harakterlanadi.
Yaltiroq, chiroyli, kózga tez tashlanadigan predmetlar bola diqqatini óziga jalb qiladi.
Ilk yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi - predmetlarni órganish, predmetlar
bilan manipulyativ harakat hisoblanadi.
ózlay boshlagan bólishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab
tushunchalarni tóg'ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yóq.
Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin - asta hosil qilib
boriladi.
Bir yoshgacha bólgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bólsa, ikki
yoshga tólgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola ósib
ulg'aygan sari uning diqqati barqarorroq bóla boshlaydi. Diqqatning ozmi - kópmi barqaror
bóla boshlagani shunda kórinadiki, bola ózini qiziqtirgan biror narsa bilan uzoq vaqt
mobaynida shug'ullana oladi. Ikki yoshga tólib, uch yoshga qadam qóygach sózlarni
tushunadi. Sóz boyligi orta borgach,bolaning óziga xos bólgan situativ tili haqiqiy tilga
aylanadi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari óziga xos xususiyatlarga hamda konkret
xarakterga ega. Ular ayni chog'da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur
qila oladilar. Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba'zan harakterli tafakkur deb ham
ataladi.
XULOSA
Shunday qilib, xulosa órnida shuni aytish lozimki, ilk bolalik davri, bola hayotidagi
eng ahamiyatli, uning kelgusi psixalogik rivojini belgiab beruvchi davr va shu bilan birga
bu davr bola rivojlanish asosini bolaning tóg'ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli
faoliyatni egallagani tashkil etadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 11
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Imonova, M. B. (2023). Causes of Suicide Tendency in Adolescents. Journal
of Discoveries in Applied and Natural Science, 1(1), 62-67.
2.
Имонова, М. Б. (2023). РОЛЬ ОТНОШЕНИЯ СИБЛИНГА В
ПРОБУЖДЕНИИ МОТИВОВ ОБУЧЕНИЯ ДЕТЕЙ. Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры, 3(10), 101-104.
3.
Имонова, М. (2023). Musiqiy tarbiya–qudratli quroldir yohud musiqiy
tarbiyaning shaxs shakllanishiga tasiri. Современные тенденции психологической
службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 35-37.
4.
Имонова, М., & Таджиева, Д. (2023). Boshlangich sinf oquvchilarida milliy
tarbiyani pedagogik va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari. Современные тенденции
психологической службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 74-76.
5.
Имонова, М. Б. (2023). ВАЖНОСТЬ СЕСТРОВЫХ ОТНОШЕНИЙ В
ЛИЧНОМ РАЗВИТИИ. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 2(22), 120-123.
6.
Имонова, М. Б. (2023). РОЛЬ ОТНОШЕНИЯ СИБЛИНГА В
ПРОБУЖДЕНИИ МОТИВОВ ОБУЧЕНИЯ ДЕТЕЙ. Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры, 3(10), 101-104.