Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 3
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI INNOVATSION TAYYORGARLIKLARINI
RIVOJLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI
Mamasidikov Akramjon Muxtor o‘g’li
Namangan davlat universiteti “Pedagogika nazariyasi va tarixi”
kafedrasi tayanch doktoranti.
Anotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini
rivojlantirishning shart-sharoitlari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh
ta’lim tizimi sharoitida pedagoglarning kreativlik, innovatsion texnologiyalarni egallash
va yangilikka intilish kabi kasbiy sifatlarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan.
Maqolada innovatsion o‘quv muhitini yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy
etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ustoz-shogird tizimini rivojlantirishning
ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
bo‘lajak pedagog, innovatsion tayyorgarlik, pedagogik texnologiyalar,
kreativlik, raqamli ta’lim, innovatsion muhit, kasbiy rivojlanish.
УСЛОВИЯ РАЗВИТИЯ ИННОВАЦИОННОЙ
ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
Аннотация:
В статье рассматриваются условия формирования инновационной
подготовки будущих учителей. В условиях современной глобализации и
конкурентной системы образования обосновывается необходимость формирования
таких профессиональных качеств педагогов, как креативность, владение
инновационными технологиями и стремление к инновациям. В статье
подчеркивается важность создания инновационной среды обучения, внедрения
передовых педагогических технологий, стимулирования научно-исследовательской
деятельности и развития системы «учитель-ученик».
Ключевые
слова:
будущий
учитель,
инновационная
подготовка,
педагогические технологии, креативность, цифровое образование, инновационная
среда, профессиональное развитие.
CONDITIONS FOR DEVELOPING INNOVATIVE
TRAINING OF FUTURE TEACHERS
Abstract:
This article discusses the conditions for developing innovative training of
future teachers. In the conditions of today's globalization and competitive education
system, the need to form such professional qualities of teachers as creativity, mastery of
innovative technologies and striving for innovation is justified. The article highlights the
importance of creating an innovative learning environment, introducing advanced
pedagogical technologies, stimulating research activities and developing the teacher-
student system.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 4
Key words:
future teacher, innovative training, pedagogical technologies, creativity,
digital education, innovative environment, professional development.
«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga
davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini
belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng
ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir» -deb ta’kidlaydi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev (Yangi O‘zbekiston Strategiyasi) asaridan. Iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq
safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni
muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega
va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani
modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash” to‘g‘risidagi farmoni joriy etildi[1].
Mazkur Konsepsiyani amalga oshirishdagi asosiy prinsiplardan biri - bu ta’lim
tizimi tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchi va murabbiylarni qayta
tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim
muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni,
pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi. Ammo ilg‘or pedagogik
texnologiyalar va innovatsiyalar o‘z-o‘zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o‘qituvchi
faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq jarayon. O‘qituvchi faoliyatini o‘zgartirmay
turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib
bo‘lmaydi. Ilmiy faoliyat ijtimoiy hodisa bo‘lib, shaxsiy, guruhiy, milliy yoki
umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsadlar sari yo‘naltirilgan harakat
hisoblanadi. Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Masalan, ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik faoliyati, o‘quv-
biluv faoliyati, boshqaruv faoliyati va innovatsion faoliyat kabilar. Faoliyatning mazmuni,
shart- sharoitlari, vositalari o‘zgarib borishi natijasida insonning ahloqiy madaniyati
takomillashib boradi[7].
Bugungi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va jahondagi
o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimlar egasi etib tarbiyalash bugungi
kunning dolzarb masalasiga aylangandir. Yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar yosh avlodni
ta’lim-tarbiya olishida o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. O‘sib kelayotgan yosh
avlodga har qaysi ta’lim yoshida o‘ziga xos e‘tibor qaratilishi yoshlar tarbiyasi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilganidan darak beradi. Millatimizga xos bo‘lgan ilm olishga
qiziqish, intilish, jo‘shqinlik, qat‘iyatlilik, shijoatkorlik, yuksak salohiyat avlodlar
davomiyligini ta’minlovchi sifatlar hisoblanadi.Chunki barkamol yoshlar yurtning ertangi
kunini belgilaydi. Yoshlar tarbiyasi ularga kasb-hunar o‘rgatish sirlari haqida so‘z borar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 5
ekan, bu еrda o‘qituvchi murabbiylar, pedagoglarning xizmati va ularning kasbiy mahorati
alohida o‘rin tutadi[2].
Azal-azaldan xalqimiz farzandlarini bilimli, jonkuyar, tajribali murabbiylar qo‘liga
topshirishni farz deb bilgan bo‘lsa, bugungi globallashuv va texnalogiyalar davrida ham
pedagogning jamiyatdagi o‘rni va mavqei mustahkamlanib, uning mahoratiga qo‘yiladigan
talablar oshib bormoqda. Innovatsion kompetensiya - bu insonning yangi va foydali
ideyalarni yaratish, ularni amalga oshirish va jamiyatda yangiliklar kiritishga murojaat
qilishga qodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tayyorlik va malakalardir. Bu, o‘rganish,
muhokama qilish, ishlab chiqish va tatbiq etish, tahlil qilish, tajriba olish va muammolariga
samarali еchim topish, hamda muassasalar orasida innovatsiyalar o‘rnatishga bo‘lgan
qodirliklarni o‘z ichiga oladi[3].
Innovatsion kompetensiyalar, mavzularning orasidagi bog‘liqlikni tushunish,
muammolarni kreativlik bilan hal qilish, riskni olg‘a bermaslik va yangi yondashuvlarga
bo‘lgan ochiqlikni o‘z ichiga oladi. Bu tayyorliklar, boshqa so‘z bilan, insonni o‘z
faoliyati, kasbiy rivojlanishi va jamiyat bilan hamkorlikda yangi vaqtli yondashuvlarni
topish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalardir. Xo‘sh bugungi
axborotlashgan va globallashgan davrda o‘qituvchilar kompetensiyasini rivojlantirish qay
darajda muhim. O‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish uchun
quyidagi harakatlar muhim bo‘ladi:
Bugungi globallashuv va raqobatbardosh jamiyat sharoitida ta’lim tizimidan
innovatsion yondashuvlarni faol qo‘llay oladigan, kreativ fikrlaydigan, zamonaviy
texnologiyalarni egallagan pedagoglarni tayyorlash talabi ortib bormoqda. Shu bois
bo‘lajak pedagoglarning innovatsion tayyorgarlik darajasini oshirish, bu boradagi shart-
sharoitlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion
tayyorgarlik bo‘lajak pedagoglarning professional o‘sishida asosiy omillardan biri bo‘lib,
ularning kasbiy salohiyatini, kreativ fikrlashini va o‘qitish sifatini belgilaydi[8].
Pedagogika sohasidagi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, bugungi kunda ta’lim
tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagoglarni
tayyorlash jarayonida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, nafaqat o‘qituvchilarning
malakalarini oshirish, balki ularning o‘quvchilarga ta’lim berish usullarini modernizatsiya
qilishga xizmat qiladi. Bu maqolada innovatsion texnologiyalarni bo‘lajak pedagoglarni
tayyorlashda qanday qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yuritiladi[4].
Innovatsion texnologiyalarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi asosiy ro‘li
zamonaviy pedagogika va o‘qitish usullarini yangilashga yordam beradi. Kompyuterlar,
internet, interaktiv doskalar, raqamli resurslar va virtual o‘quv muhitlari kabi
texnologiyalar, o‘quv jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish imkonini beradi. Shu
bilan birga, pedagoglarga bilimlarni uzatishning yangi va samarali usullarini o‘rganish
imkonini yaratadi. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda texnologiyalarni qo‘llashning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 6
quidagicha asosiy yondashuvlari mavjud.Innovatsion texnologiyalar yordamida bo‘lajak
pedagoglar uchun o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli qilish mumkin.
Masalan, onlayn kurslar, vebinarlar va virtual sinflar orqali pedagoglar zamonaviy
o‘quv metodlari bilan tanishishadi va o‘z tajribalarini oshiradilar. Shu bilan birga,
interaktiv dasturlar va o‘yinlar pedagoglarni o‘quvchilarni qiziqtiruvchi, motivatsion
usullar bilan ishlashga o‘rgatadi[3].
An'anaviy va onlayn ta’limni birlashtirish, pedagoglarni o‘quvchilarga o‘quv
materiallarini samarali yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarga o‘rgatadi. Bu
texnologiya orqali pedagoglar, nafaqat ma’ruza o‘tish, balki o‘quvchilarning bilimini
onlayn platformalar orqali ham baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar[5].
Talim jarayonini sun'iy intellekt yordamida individualizatsiya qilish mumkin.
Bo‘lajak pedagoglar, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga qarab ta’lim usullarini
moslashtirishni o‘rganadilar. Sun'iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar, o‘quvchilarning
yutuqlarini tahlil qilib, pedagoglarga o‘quv jarayonini optimallashtirishda yordam beradi.
Virtual va augmented reality texnologiyalari pedagoglarga o‘quvchilarga murakkab
mavzularni aniq va jonli tarzda tushuntirishda yordam beradi. Masalan, bo‘lajak
pedagoglar, VR va AR texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarga tarixiy voqealar,
biologiya tajribalari yoki geometriya predmetlarini hayotga yaqin tarzda taqdim etish
imkonini oladilar[5].
Innovatsion texnologiyalarni pedagogika ta’limiga ntegratsiya qilishning
afzalliklari: Texnologiyalar pedagoglarning o‘quvchilarga ta’lim berish usullarini
rivojlantirish va ularni yanada samarali qilish imkonini beradi. Yangi texnologiyalar
yordamida ta’lim jarayoni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashadi va ularni aktiv
ravishda o‘rgatish imkonini yaratadi. Innovatsion texnologiyalar orqali pedagoglar har bir
o‘quvchining bilim darajasini aniqlab, o‘zlashtirishga qaratilgan individual yondashuvni
amalga
oshirishi
mumkin.
Bu
esa
o‘quvchilarning
muvaffaqiyatlarini
oshiradi.Texnologiyalar, pedagoglarning o‘quvchilarga kreativ fikrlash va innovatsion
yondashuvlarni o‘rgatishlariga yordam beradi. Yangi texnologiyalar bilan tanishgan
pedagoglar o‘z darslarini yaratishda yangi g‘oyalar va texnikalarni qo‘llashga tayyor
bo‘lishadi[4].
Xulosa; Bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini rivojlantirish ta’lim
sifatini oshirishga, raqobatbardosh, yangilik yaratishga qodir o‘qituvchilarni tayyorlashga
xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratadi. Innovatsion
tayyorgarlikni rivojlantirish uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalar, ilmiy-
tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni kengaytirish va innovatsion muhitni
shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi[6].
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
O‘zbekiston Resрublikasi Рrezidentining РF-5847-son “O‘zbekiston Resрublikasi
oliу ta’lim tizimini 2030 уilgacha rivojlantirish konseрsiуasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliу bazasi 09.10.2019-у., 06/19/5847/3887-
son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4310-son qarori
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
3. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining rasmiy sayti.
4. Abdullaeva G., Xodjaeva N. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2020.
5. Karimov U. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2019.
6. Xolboev Q. Pedagogik mahorat va innovatsiyalar. – Samarqand: Zarafshon, 2018.
7. Xoldorov M. Pedagogik innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan,
2020.
8. Jo‘rayev N., Qodirov A. Innovatsion pedagog texnologiyalar. – Toshkent: TDPU,
2019.