Mualliflar

  • Salayeva Aziza Muhammadmurodovna
  • Hakimova Muyassar Rashidovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113863

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Yosh-avlod milliy qadriyatlar axloq tarbiya mehmondo‘stlik milliylik o‘zlikni anglash umuminsoniy qadriyatlar tinchlik millatlararo totuvlik.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh-avlod dunyoqarashida milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizning tutgan o‘rni, shuningdek, umuminsoniy qadriyalar va milliy qadriyatlarimiz uyg‘ unligida yosh -avlodni tarbiyalash xususida so‘z boradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 57

YOSHLAR DUNYOQARASHIDA MILLIY VA

UMUMINSONIY QADRIYATLAR

Salayeva Aziza Muhammadmurodovna

Termiz davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi

3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Hakimova Muyassar Rashidovna

Falsafa, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh-avlod dunyoqarashida milliy

o‘zligimizni namoyon etuvchi milliy qadriyatlarimizning tutgan o‘rni, shuningdek,
umuminsoniy qadriyalar va milliy qadriyatlarimiz uyg‘ unligida yosh -avlodni tarbiyalash
xususida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar

: Yosh-avlod, milliy qadriyatlar, axloq, tarbiya, mehmondo‘stlik,

milliylik, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik, millatlararo totuvlik

.


Dunyoda mamlakatlar ko‘p, ularning har birida o‘ziga xos mentalitet, qadriyatlar, urf-

odatlar va an`analari bor. Ushbu urf-odat, qadriyat va an`analarda bir xalqning necha ming
yillik o‘tmishi, tarixi namoyon bo‘ ladi. Biz xohlaymizmi yo‘qmi, ko‘p qadriyatlar, urf`-
odatlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga monand o‘zgarib, yangilanib boradi, ammo ular
butunlay yo‘qolib ketmaydi, ularni saqlab qolishning, kelgusi avlodga yetkazishning
imkoniyati mavjud. Bugungi kundagi turli zararli ta’ sirlardan saqlanish, har qanday
sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo‘lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi
bo‘lib qolishimizda qadimiy an`ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib
yashash o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, biror bir narsaning an`anaga, ayniqsa qadriyatga aylanishi uzoq davrni
talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar
va avlodlar sinovidan o‘tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan
qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an`ana va
qadriyat deb atash mumkin bo‘ladi. Xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat
ko‘rsatish, mehmondo‘stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo‘lish, hayo, ibo va mehr-
oqibat, ahli ayolini, oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari
an`ana va qadriyatlari hayotning uzoq sinovlaridan o‘tgan, o‘lmas ma’ naviy merosimiz
sanaladi.

Hozirgi kunda yurtimizda ta’ lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy

barkamol avlodni shakllantirish muhim vazifalardan biri etib belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 15-iyun kuni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 58

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’ minlash, muqaddas dinimizning
sofligini asrash-davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh-avlod
tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir
muhim masala bu- yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda,
dunyoqarashi bilan bog‘ liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni
hammadan ham ko‘proq his etadigan kim-yoshlardir. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari
bilan uyg‘ un bo‘lsin. Lekin, ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday
ulug‘zotlarning avlodimiz, degan da’ vat ularning qalbida doimo aks sado berib, o‘zligiga
sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va
faqat tarbiya hisobidan’’

1

,deya ta’kidladi Prezidentimiz.

O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati barkamol avlod, dunyoqarashi keng

shaxslarni tarbiyalash hamda komil inson g‘ oyasi-milliy va umumbashariy mohiyatga ega
bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’ naviy ezgulikka undaydigan olijanob shaxsni
tarbiyalashga qaratilgandir.

Asosiy qism

Bugungi kunda biz hech ikkilanmasdan ayta olamizki, yurtimiz– xavfsizligi ta’

minlangan, tinch, osmoni musaffo, har jabhada rivojlanayotgan o‘lkalardan biri. Bunday
tinch yurtda yashayotganimizga shukurlar bo‘lsin. Fan, ta’ lim, san`at, adabiyot,
madaniyat, tibbiyot, sanoat umumam har bir sohada bugun yangi-yangi innovatsiyalar,
yangilanishlar aytib adog‘ iga yeta olmaymiz. Xalqimizning buyuk istiqlol kurashchilari
bo‘lgan jadidlarimiz orzu qilgan kunlarda biz bugun yashayapmiz. Biz mustaqillik
sharofati bilan eski tuzumning kommunistik mafkurasidan halos bo‘ldik, o‘zimizning
o‘zligimizni ota-bobolarimizning kim ekanligini bildik. Qiyinchiliklar ila biz o‘z tilimiz,
madaniyatimizni toptalishlardan xalos etilishiga erishdik. Milliyligimizni tarannum
etuvchi asl qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni angladik.

Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati va

ma’ naviyati, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Milliy qadriyatlarimiz istiqlol
madaniyatini yaratishimizda negiz bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu hol milliy mafkuramizda
ham o‘z ifodasini topib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Qaysi mamlakatda bo‘lmasin, jamiyatdagi yangilanish doimo madaniy merosning

uyg‘onishiga olib keladi. Yoshlarni o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan
hayotiy-milliy qadriyatlarga,s og‘ lom dunyoqarashga, mustaqil irodali, boy ma’ naviyatga
ega insonlar qilib, har qanday mafkuraviy tazyiq va ma’ naviy tahdidlarga zarba berishda
tayyor etib tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yoshlarda jamiyatning ma’ naviy
hayotini kelajak-avlod ruhi bilan bog‘ lab shakllantirish, ularning ma’ naviy olamida

1

Sh.Mirziyoyev-``Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz``.Toshkent,``O`zbekiston``-2017.157-

158-betlar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 59

bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘ lom hayot tarzi, milliy va
umummilliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz
zarur. Jamiyat tayanchi bo‘lgan oila bolalar, murg‘ ak qalblar uchun qadriyatlarga bo‘lgan
dastlabki tasavvurlarni shakllantirishda mayoq vazifasini o‘taydi.

Milliy qadriyatlarimizning biri bo‘lgan ota-onani ardoqlash, salom berish, kattalarni

hurmat qilish kabilar ilk bora oilada shakllanadi. Eng avvalo, ota-onaning bu boradagi
xizmati katta. Ollohning insonga baxsh etgan ilk ne`mati -ota-ona muhabbati bo‘ladi. Kishi
millati yoki dinidan qat`i nazar yaratganni seva olsa, ota-onasini xorlab qo‘ymaydi,
ularning qadriga yetadi. Sharqona tarbiyaning asosini ham eng avvalo, ota-onaga bo‘lgan
hurmat, e`zoz-ardoq tashkil etadi. Turkiy adabiyotning yetuk vakillaridan biri bo‘lmish
Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida bu xususda quyidagi fikrlarni bildirgan. “O‘z
farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday
bo‘lg‘ il, nedinkim, sen ota-onangga nima ish qilsang, farzanding ham sening haqingda
shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur”

2

. Ko‘rinib

turibdiki, ota-onani qadrlash qadimdan ham farzandlar uchun eng muhim vazifa bo‘lib
kelgan.

Afsuski, ayrim yoshlarning ushbu muqaddas qadriyatimizga nisbatan e`tiborsizligi

ko‘zga tashlanmoqda. Go‘yoki, ular birdan kamolga kelib qolgandek, ota-onasiga ovozini
ko‘tarib gapirish, ularning tanbehlarini noo‘rin tushunib, jerkib berish holatlari tez-tez
uchrab turibdi. Ko‘pchilik yoshlarning bunday muomalaga ega bo‘lib qolishlariga yoshlar
dunyoqarashining sayozligi, turli xil axborot oqimlarining ko‘payib ketishi, ijtimoiy
tarmoqlarda ko‘rayotgan milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan videoroliklar, zo‘ravonlik,
agressivlikni rag‘ batlantiruvchi jangari filmlar va hattoki behayo klip va musiqalar ham
sabab bo‘lmoqda. Yevropaning ayrim mamlakatlaridagi yashash g‘ oyasi bo‘lgan
individuallikni bizning yoshlarimiz ko‘r-ko‘rona qabul qilishmoqda, buning oqibatida
jamoaviylikni rad etishib, faqat o‘zini o‘ylash, egoistik mafkuralar bilan yashashlari
jamiyatda befarqlikni yuzaga keltirmoqda. Bunday holatlar ko‘plab yoshlarni oila deb
atalmish muqaddas maskanni, oila a’ zolarini yetarlicha ardoqlamasliklari,
qadrlamasliklariga sabab bo‘lmoqda, desak, mubolag‘ a bo‘lmaydi.

Eng muhim qadriyatlarimizdan biri bu-salom berish odobidir. Salom berish -sunnat,

alik olish vojib sanalishi hammamizga ma’ lum. Salom bu o‘ziga xos duo, ibodatdir. Bu
Qur’oni Karimda ham o‘z aksini topgan. Zero, Payg‘ambarimiz alayhissalomdan ham
“qaysi amal eng yaxshi amaldir” deb so‘raganlarida “tanigan va tanimaganga taom va
salom bermog‘ ing,”

3

deb javob berganlar. Salom berish va alik olish orqali insonning

2

Kaykovus.,,Qobusnoma,,asari ,,O‘ qituvchi,, nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent -2006.36-bet

3

Tohir Malik ,,Odamiylik Mulki,,Sharq nashriyoti Toshkent 2014.565-bet


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 60

odob-axloqi namoyon bo‘ladi. Salom berishning shaklida, tashqi ko‘rinishda har qaysi
millatning o‘zigagina xos tomonlari bo‘lishi mumkin. Bizda o‘ng qo‘lni chap ko‘ksiga
qo‘yib, tavoze bilan salomlashishning go‘zal odobi mavjud. Salom berish faqat yaxshi
odob, xulq yoki axloqni ko‘rsatib qolmasdan, odamlar bilan o‘zaro yaxshi aloqa
o‘rnatishda ham muhim qadriyat sanaladi. Odobning boshi salom deb ham bejizga
aytilmagan.

Bugungi kunda yoshlar xorijliklarning kiyinishi, yurish-turishi, muomala

madaniyatini ko‘r-ko‘rona o‘zlashtirib olayotganligi, milliyligimizga salbiy ta’ sir
o‘tkazishi mumkinligi xavotirlidir. Aslida yoshlar o‘z milliy kiyinishimizni, zamon ruhi va
talabi ehtiyojidan kelib chiqqan holda rivojlantirish va uni jahonda ommalashuviga o‘z
hissalarini qo‘shishlari zarur. Mamlakatimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish,
yosh-avlod ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga o‘zbekona mentalitet
me`yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida turli xil milliy
liboslar festivali va shu ko‘rinishdagi tadbirlarning tashkil etilayotgani ham yoshlarda
milliy iftixor. milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini jo‘sh urdirishga zamin yaratadi.

Milliy qadriyalar takomillashib, sayqal topib umuminsoniy qadriyatlarga ham

aylanib boradi. Shu o‘rinda umuminsoniy qadriyatlarga to‘xtalib o‘tsak.

Umuminsoniy qadriyatlar-jahondagi barcha odamlar, xalqlar va davlatlar uchun

umumiy qadrlash mezoni hisoblangan, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar
tizmini ifoda etadigan tushuncha. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng ko‘lamli va
serqirra tushunchadir. U ozodlik, erkinlik, tinchlik, baxt-saodat kabi umumijtimoiy ma’no-
mazmun kasb etadigan tushunchalardangina iborat emas. Umuminsoniy qadriyatlarning
mohiyati shundaki, u barcha xalqlar uchun bir bo‘lgan yashash qoidalari, tamoyillarini
o‘rgatadi. Bugungi kunda umuminsoniy qadriyatlar barcha uchun umumiy mezon bo‘ lib
qolganining bir qator sabablari bor: sayyoramizning dunyodagi barcha kishilar uchun,
ularning irqi, millati, e`tiqodi va boshqa tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy belgilaridan qat`i
nazar, eng umumiy va shu bilan birga, cheksiz koinotdagi mo‘jazgina makon ekani tobora
yaqqolroq his etila boshlangani, dunyodagi ijtimoiy xilma xillik, siyosiy va mafkuraviy
rang-baranglik, turli xil ehtiyoj, qiziqish, maqsad, intilish, xatti-harakat, umumiy ma’naviy
mezonlarga muhtojlik sezila boshlagani, dahshatli qirg‘ in qurollari, yadro urushi,
ekologik bo‘hron va ma’naviy tanazzul kabi tahdidlar bilan yuzma-yuz kelishi natijasida
sayyoramiz aholisi umumiy genofondining taqdiri xavf ostida qolgani, kishilarning
qanday ijtimoiy tuzum va davlatlarda yashashidan qat`i nazar, hamma joyda eng asosiy
maqsad inson, uning hayoti, manfaatlari, haq-huquq va erkinliklari, odamlar uchun
mazmunli , to‘kin va farovon turmushni ta’minlashda butun jahon ahamiyatiga molik
universal texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, umumsayyoraviy hamkorlik zarurligi tobora
ko‘proq anglab olinayotgani bilan izohlanadi.

Yosh-avlodni milliy va ummuminsoniy qadriyatlar og‘ushida tarbiyalashni bugungi

shiddat bilan rivojlanayotgan davrimiz taqazo etmoqda. Shu o‘rinda Mortimer Adlerning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 61

quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir. “Biz agar yuqori qadriyatlarga intilmasak,
pastkilari bizni ezib qo‘yadi”

4

. Ya’niki, biz umuminsoniy qadriyatlar negizida milliy

qadriyatlarimizni boyitishimiz zarur.

Xulosa

Xulosa qilib shu narsani ta’kidlamoqchimizki, biz yoshlar internetdagi turli

chorlovlarga ishonsak, chet elning jangari va axloqiy buzuq filmlarini tomosha qilsak, asab
va qonni junbushga keltiruvchi ajnabiy musiqalarni tinglasak, o‘zligimizdan yiroqlashib
boraveramiz. Aksincha, o‘z bilimlarimizni doimiy ravishda mustaqil ta’lim hisobiga
oshirib borsak, boy ma’naviy merosimiz, an`analarimiz, qadriyatlarimizni chuqur
o‘rgansak, ularni keng targ‘ib qilsak vatanimiz, millatimiz, xalqimiz oldidagi farzandlik
burchimizni ado etgan bo‘lamiz

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.Mirziyoyev ”Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz” Toshkent, “O‘zbekiston” -2017.157-158-betlar

2.

Kaykovus. “Qobusnoma” “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent -
2006.36-bet

3.

Tohir Malik “Odamiylik Mulki” Sharq nashriyoti, Toshkent 2014.565-bet

4.

https://hikmatlar.uz/tag/qadriyat

5.

Hakimova, M. (2025). Ikkinchi jahon urushi davrida Surxon vohasi ayollarining
maorif va madaniyat sohasiga qo ‘shgan munosib hissalari.

MAKTABGACHA VA

MAKTAB TA’LIMI JURNALI

,

3

(6).

4

Mortimer Adler

Bibliografik manbalar

Sh.Mirziyoyev ”Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” Toshkent, “O‘zbekiston” -2017.157-158-betlar

Kaykovus. “Qobusnoma” “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent -2006.36-bet

Tohir Malik “Odamiylik Mulki” Sharq nashriyoti, Toshkent 2014.565-bet

Hakimova, M. (2025). Ikkinchi jahon urushi davrida Surxon vohasi ayollarining maorif va madaniyat sohasiga qo ‘shgan munosib hissalari. MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI, 3(6).