Mualliflar

  • Rayimberganova Dilxiroj Ravshonbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113866

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar inklyuziv yondashuv saylov O‘zbekiston siyosiy tenglik elektron ro‘yxat demokratik ishtirok.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va inklyuziv yondashuvlar orqali saylov jarayonida teng ishtirokni ta’minlash imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, O‘zbekiston misolida mavjud infratuzilma, huquqiy baza va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tengsizliklarni bartaraf etishdagi raqamli texnologiyalarning o‘rni va ta’siri ko‘rib chiqiladi. Statistika va ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda muallif raqamli saylov texnologiyalari, masalan, biometrik identifikatsiya, elektron ovoz berish tizimlari va mobil ilovalar orqali nogironlar, ayollar va chekka hududlardagi aholi qatlamlarining saylov jarayonida faol ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini yoritadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 43

INKLYUZIV YONDASHUVLAR ASOSISDA SAYLOVDA

TENG TENG ISHTIRIOKNI TA’MINLASH

Rayimberganova Dilxiroj Ravshonbek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va inklyuziv yondashuvlar

orqali saylov jarayonida teng ishtirokni ta’minlash imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi.
Ayniqsa, O‘zbekiston misolida mavjud infratuzilma, huquqiy baza va ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi tengsizliklarni bartaraf etishdagi raqamli texnologiyalarning o‘rni va ta’siri
ko‘rib chiqiladi. Statistika va ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda muallif raqamli
saylov texnologiyalari, masalan, biometrik identifikatsiya, elektron ovoz berish tizimlari
va mobil ilovalar orqali nogironlar, ayollar va chekka hududlardagi aholi qatlamlarining
saylov jarayonida faol ishtirokini ta’minlash imkoniyatlarini yoritadi.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiyalar, inklyuziv yondashuv, saylov, O‘zbekiston,

siyosiy tenglik, elektron ro‘yxat, demokratik ishtirok.

Аннотация

. В данной статье проводится глубокий анализ возможностей

обеспечения равного участия в избирательном процессе за счёт цифровых
технологий и инклюзивных подходов. На примере Узбекистана рассматриваются
текущая инфраструктура, правовая база и роль цифровых решений в преодолении
неравенства среди различных социальных групп. На основе статистики и передового
зарубежного опыта автор освещает, как цифровые технологии, такие как
биометрическая идентификация, электронное голосование и мобильные
приложения, могут способствовать активному участию в выборах лиц с
инвалидностью, женщин и населения отдалённых регионов.

Ключевые слова:

цифровые технологии, инклюзивный подход, выборы,

Узбекистан, политическое равенство, электронная регистрация, демократическое
участие.

KIRISH

Demokratiyaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu – fuqarolarning siyosiy

jarayonlarda teng va erkin ishtirok etishidir. Saylovlar esa ana shu ishtirokning amaliy
ifodasidir. Har bir fuqaroning o‘z ovozini bemalol, hech qanday to‘siqlarsiz, adolatli tarzda
berish imkoniyatiga ega bo‘lishi inson huquqlarining fundamental tamoyillaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, har bir fuqaroning saylash va
saylanish huquqi qonuniy asosda kafolatlangan.

Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, jamiyatdagi ayrim guruhlar, masalan,

nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, yoshlar, chekka hudud aholisi yoki chet elda
vaqtincha yashayotgan fuqarolar saylov jarayonida to‘liq ishtirok eta olmay qolmoqda. Bu


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 44

holat ularning huquqiy imkoniyatlarini cheklashi bilan birga, saylov natijalarining
umumxalq vakillik darajasiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Shu sababli, zamonaviy texnologiyalar, xususan raqamli platformalar orqali siyosiy

ishtirokni qulay, samarali va adolatli qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, inklyuziv yondashuv – ya’ni jamiyatdagi har bir toifadagi fuqarolar ehtiyojini
inobatga olish orqali teng imkoniyatlarni

Inklyuzivlik barcha nogironlar saylov texnologiyalaridan, jumladan, elektron

texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi. Saylovlarda teng
ishtirok etish imkoniyatini yaratish – fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biridir.
“Zamonaviy raqamli texnologiyalar va inklyuziv yondashuvlar ana shu maqsadga
erishishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Elektron ovoz berish saylovchilarga
dunyoning istalgan joyidan turib ovoz berish imkonini berib, saylovlarda ishtirok
darajasini oshirishi mumkin”

1

. Jamiyatimizda qulaylik haqida gap ketganda, ko‘pincha

panduslar — nogironligi bo‘lgan shaxslar va harakatlanishda qiynaladigan fuqarolar uchun
mo‘ljallangan jismoniy infratuzilma yodga olinadi. Biroq qulaylik faqat jismoniy emas,
balki raqamli makonda ham bo‘lishi kerak. Bu degani, onlayn xizmatlar turli xil nogironlik
shakllariga ega insonlar, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda qo‘shimcha
yordamga muhtoj bo‘lganlar uchun ham qulay va tushunarli bo‘lishi lozim.

“Estoniyada 2005-yildan beri joriy etilgan

i-Voting

elektron tizimi orqali fuqarolar

har bir umumxalq saylovida masofadan turib ovoz berishlari mumkin bo‘lib, so‘nggi
saylovda eston saylovchilarining 30% dan ortig‘i ana shunday onlayn ovoz berdi”

2

.

Tadqiqotlarga ko‘ra, internet orqali ovoz berish imkoniyati saylovchilarning taxminan 20
foizini aks holda ovoz bermaslikdan qaytarib, umumiy ishtirokni 2–3% ga oshirishga
xizmat qilgan. Estoniya tajribasi elektron ovoz berish tizimlari xavfsizlik talablari to‘liq
bajarilganda xavf-xatarsiz va qulay yechim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. 2002-yilda
qabul qilingan “Amerikada ovoz berishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun”
(HAVA) ilk bor nogironligi bo‘lgan saylovchilarga aniq huquqlarni taqdim etdi. Ushbu
qonunda saylov tizimlari uchun tadqiqotlar va texnik standartlar zarurligi belgilandi.
Xususan, quyidagilar talab etiladi: “…nogironlar, jumladan, ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati
cheklangan shaxslar uchun saylov uskunalarini to‘liq qulay qilish, ularga mustaqil va
maxfiy tarzda ovoz berish imkonini ta’minlash, hamda ingliz tilini yetarli bilmaydiganlar
uchun til jihatdan mos muqobil imkoniyatlarni yaratish”

3

. Ushbu qonun qabul

qilinmaguncha, saylov tizimlari uchun aniq talablar bo‘lmagan va nogironlar uchun
imkoniyatlar deyarli nazarda tutilmagan edi. 1990-yilda Davlat saylov direktorlarining

1

Kyl, Jon; Feith, Douglas; Fonte, John (2013). „The War of Law“.

Foreign Affairs

. 92-jild. 115–125-

bet.

JSTOR

23526912

.

OCLC

854752178

.

2

Statistics Estonia.

https://unstats.un.org/unsd/dnss/print.aspx?docID=507

3

consistent with the requirements of the Voting Rights Act of 1965)” – HAVA Section 271, Section 281, Section 301


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 45

Milliy Assotsiatsiyasi va Federal Saylov Komissiyasi tomonidan chop etilgan Saylov
tizimlari standartlari faqatgina shunday deb belgilagan: “Saylov kabinalari jismoniy
nogironligi bo‘lmagan saylovchilar uchun qulay bo‘lishi kerak”, “Inson muhandisligi
yondashuvlari qo‘llanilishi lozim, nogironlar uchun kirish imkoniyatlarini hisobga olgan
holda”, “Chunki aksariyat dizayn standartlari nogironlarni inobatga olmaydi, tizim ishlab
chiquvchilari ko‘rish, eshitish, nutq yoki harakatlanish qobiliyati cheklangan
foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalashtirishlari tavsiya qilinadi”

4

.

Shundan so‘ng, “2005-yilda HAVA asosida ishlab chiqilgan “Ko‘ngilli Saylov

Tizimlari Yo‘riqnomasi” (VVSG 1.0) ilk marotaba foydalanish qulayligi va nogironlar
uchun kirish imkoniyati borasidagi talablarni joriy qildi. Bu har bir saylovchiga mustaqil
va maxfiy tarzda ovoz berish imkonini yaratdi. 2021-yilda esa VVSG 2.0 versiyasi qabul
qilindi. Hozirda yangi tizimlar shu yangilangan standartlar asosida sertifikatlash jarayonini
boshlagan. Bu nimani anglatadi? Amaldagi ko‘pgina saylov tizimlari hali ham smartfon va
mobil qurilmalar ommalashishidan oldin ishlab chiqilgan talablarga asoslangan. Pew
Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilga kelib AQSh kattalarining 85 foizi smartfonga
egalik qilgan (bu 2011-yilda atigi 35% edi), va 93% internetdan foydalanadi. Biroq bu
texnologiyalar asosan yoshlar, oliy ma’lumotlilar va daromadi yuqori aholida keng
tarqalgan. Nogironlar, yoshi katta shaxslar yoki qishloq joylardagi aholida esa internet va
aloqa xizmatlari cheklangan. Shunga qaramay, bu holat amerikaliklarning texnik vositalar
bilan muloqoti va saylov haqida ma’lumot olish uslublariga bo‘lgan kutilmalar
o‘zgarganini anglatadi. Saylov komissiyalari saylov joylari, transport imkoniyatlari va
ovoz berish usullari haqida ko‘proq moslashuvchan, qulay va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot
berish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ijroiya farmoyish 14019 (Ovoz berish imkoniyatini
oshirish bo‘yicha) asosida tayyorlangan NIST maxsus hisobotida (Buchanan va boshq.,
2022) saylovdagi to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu
hisobot saylov tizimidagi tizimli muammolarni — saylovchilarni ro‘yxatga olish, pochta
orqali ovoz berish, texnologik vositalar, saylov uchastkalari va saylov xodimlari
tayyorgarligi — bo‘yicha tahlil qiladi. Tahlil nashr etilgan ilmiy maqolalar, jamoatchilik
fikri, nogironlar huquqlari himoyachilari va boshqa manfaatdor tomonlar mulohazalari
asosida tayyorlangan. Tavsiyalar amaldagi qonunlar, standartlar va tartiblarni yaxshilash
orqali mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan. Bundan tashqari, nogironlar uchun
qulay saylovni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosatlar, ilg‘or tajribalar va yangi ilmiy
izlanishlar zarurligi ta’kidlanadi”

5

.

4

Help America Vote Act of 2002 (HAVA), Pub. L. No. 107- 252, 116 Stat. 1666- 1730. https://www.govinfo.gov/content/

pkg/PLAW-107publ252/pdf/PLAW-107publ252.pdf

5

Syed, I., Bishop, M., Brannon, S., Hudson, E., & Lee, K. (2022). Designing Accessible Elections: Recommendations from

Disability Voting Rights Advocates. Election Law Journal: Rules, Politics, and Policy, 21(1), 60-83.
https://doi.org/10.1089/elj.2020.0677


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 46

“AQShda ishlab chiqilgan

ExpressVote XL

universial qurilmasi 32-dyuymli

sensor ekranda byulleteni yirik shriftlarda yoki yuqori kontrastli ranglarda ko‘rsatib, bir
vaqtning o‘zida ovozli ma’lumot berishi mumkin. Qurilma naushnik, Braille yozuvli
audiotaktik klaviatura, qo‘lda boshqariladigan joystik tugma va hatto og‘iz bilan
boshqariladigan

sip-and-puff

moslama kabi ko‘plab yordamchi qurilmalarni ulashni

qo‘llab-quvvatlaydi”

6

. Bu turdagi texnologiyalar saylovchilarga yordamchisiz, maxfiy va

mustaqil ravishda ovoz berish imkonini yaratadi.

Universal dizayn

tamoyiliga muvofiq, bunday qurilma nogironligi bor yoki

yo‘qligidan qat’i nazar barcha fuqarolarga bir xil kabinada ovoz berish imkonini beradi,
natijada alohida “nogironlar kabinasi” so‘rab oladigan noqulay holatlarga ehtiyoj
qolmaydi. Raqamli texnologiyalar saylovchilarga axborot olish va ovoz berishda yangi
qulayliklar yaratmoqda. “AQShning ayrim shtatlarida nogironligi bo‘lgan saylovchilar va
xorijdagi fuqarolar uchun maxsus mobil ilovalar orqali masofadan ovoz berish imkoniyati
sinovdan o‘tkazilgan. G‘arbiy Virjiniya shtatida 2018–2020-yillarda blockchain
texnologiyasiga asoslangan mobil ilova orqali ayrim saylovchilarga smartfonidan turib
ovoz berishga ruxsat berildi. 2020-yilda shtat qonunchiligi nogironlar uchun elektron
byulletenlarni onlayn olish va to‘ldirish imkonini beruvchi tizim joriy etilishini belgiladi.

Xavfsizlik xavotirlari bois to‘liq mobil ovoz berishdan vaqtincha voz kechilsa-da,

bu tajriba kelajakda mobil ilovalar yordamida ovoz berish texnologik jihatdan
mumkinligini ko‘rsatdi”

7

.

Germaniyada esa saylovchilarga taalluqli ma’lumotlarni inklyuziv tarzda

yetkazishga alohida e’tibor beriladi.

“Bundeswahlleiter

(Markaziy saylov komissiyasi) va

BPB

(Federal siyosiy ma’rifat agentligi) saytlarida Yevropa Parlamenti sayloviga doir

einfach POLITIK: Europa wählt

nomli materiallar oddiy tilda matn va audio

formatlarda taqdim etilgan bo‘lib, bu yondashuv axborotni murakkab matnlarni o‘qiy
olmaydigan yoki ko‘ra olmaydigan fuqarolar uchun ham tushunarli qiladi. Shu bilan birga,
Germaniyada barcha saylov uchastkalari va veb-platformalar

BITV 2.0

kabi veb-

dostupnost standartlariga moslashtirilmoqda”

8

.

6

Sherry, Mark. „The Promise of Human Rights for Disabled People“ in

Disability, Human Rights and the Limits of

Humanitarianism

Edited by Michael Gill and Cathy J. Schlund-Vials. London: Routledge, 2016

7

Naseem S. Miller,Barriers to voting for people with disabilities: An explainer and research roundup

Voters with disabilities face a range of barriers, while compliance with disability access laws at polling sites is under-

enforced.February 6, 2024

https://journalistsresource.org/home/barriers-to-voting-for-people-with-disabilities-an-

explainer-and-research-roundup

8

Bundeswahlgesetz [BWG] [Federal Elections Act], Jul. 23, 1993, BUNDESGESETZBLATT, TEIL I [BGBL. I] at 1288, as

amended, § 13, para. 2 (Ger.), translated in Federal Elections Act (BWG), BUNDESWAHLLEITER,
http://www.bundeswahlleiter.de/en/bundestagswahlen/downloads/rechtsgrundlage n/bundeswahlgesetz_engl.pdf (last visited
Oct. 5, 2014). The official German legislation uses the male form (“his”) but refers to both male and female. In the interest of


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 47

Uydan turib onlayn yoki pochta orqali ovoz berish-

ba’zi mamlakatlarda

saylovchi uchastkaga kelmasdan turib ovoz berishi uchun maxsus tartiblar joriy etilgan.

Kanada

da istalgan fuqaro sabab ko‘rsatmasdan

maxsus pochta byulleteni

(mail-in

ballot) orqali ovoz berishi mumkin – buning uchun saylovdan oldin maxsus byulleten
so‘rab olish kifoya, shuningdek, agar saylovchi sog‘lig‘i yoki nogironligi tufayli mutlaqo
uydan chiqa olmasa, saylov komissiyasi xodimlari

uyga kelib ovoz oldirish xizmati

ni

ham ko‘rsatadi”

9

. Bunday masofaviy ovoz berish usullari,ilgaridan mavjud bo‘lsa ham ,

xususan, COVID-19 pandemiyasi davrida millionlab kanadaliklar tomonidan qo‘llanilib,
saylovda hech kim ortda qolmasligini ta’minlashga xizmat qildi.

O‘zbekiston saylov tizimini bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar bilan

boyitishda ularning inklyuziv bo‘lishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Xususan,
kelgusida joriy etilishi mumkin bo‘lgan

elektron ovoz berish

yoki

onlayn ovoz berish

tizimlari mahalliy sharoit va ehtiyojlarga mos ravishda adaptatsiya qilinishi kerak – bu
borada Estoniya kabi davlatlarning tajribasi muhim namuna bo‘la oladi. “Estoniyada milliy
elektron identifikatsiya tizimi (ID-karta) orqali himoyalangan onlayn ovoz berish yo‘lga
qo‘yilgani ko‘plab fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratdi va saylovdagi ishtirokni
oshirishga xizmat qildi”

10

. O‘zbekistonda ham raqamli infratuzilma rivojlanib borar ekan,

saylovlarda ayrim innovatsion usullarni sinab ko‘rish maqsadga muvofiq. Bunda, albatta,
texnologiyalar

kirishlilik standarti

asosida joriy etilishi – sayt yoki ilovalarning dizayni

nogiron foydalanuvchilarga mosligi, ularning foydalanish bo‘yicha fikr-mulohazalari
inobatga olingan holda takomillashtirilishi zarur.

“my.gov.uz” singari portallarni

inklyuziv qilish orqali

Elektron hukumat va davlat xizmatlari portallari fuqarolarga

ko‘plab huquq va xizmatlardan masofadan foydalanish imkonini bermoqda. Shunday ekan,
bunday platformalar barcha fuqarolar uchun teng darajada qulay bo‘lishi shart. Xususan,
O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

– my.gov.uz –

imkoniyati

cheklangan foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ham moslashtirilishi kerak. Raqamli
texnologiyalar vazirligi bu borada portalning inklyuzivligini oshirish maqsadida maxsus
so‘rovnoma o‘tkazib, foydalanuvchilardan fikr to‘plamoqda – nogironligi bo‘lgan
fuqarolar ham ushbu jarayonda faol qatnashib, o‘z ehtiyoj va takliflarini bildirishga da’vat
etilgan. Kelgusida my.gov.uz va shu kabi barcha davlat veb-platformalari

“WCAG 2.1”

11

simplicity, this article will similarly use “his” to refer to both males and females, unless otherwise stated. See id. (using both
“his” and “her” in the English translation)

9

Nancy Holmes, Legislative Summary: Bill C-78: An Act to Amend Certain Acts with Respect to Persons with Disabilities,

Library of Parliament, LS-135E (1992)

10

Régis Dandoy:Electronic Voting in Practice:Comparative Insights from Four CountriesAustralia, Belgium, France and

Paraguay, 2024- December.

11

WCAG 2.1:Web Content Accessibility Guidelines (WCAG) 2.1W3C Recommendation 06 May 2025


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 48

kabi xalqaro veb-kirishlilik standartlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Bu
esa saylovlarda ham bevosita ahamiyatga ega – masalan, saylovchilarni ro‘yxatdan
o‘tkazish, saylovoldi axborotlarni tarqatish kabi jarayonlar onlayn maydonga ko‘chgan
sari, ularning hamma uchun, shu jumladan nogiron foydalanuvchilar uchun ishlashi talab
etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Kyl, Jon; Feith, Douglas; Fonte, John (2013). „The War of Law“. Foreign Affairs. 92-
jild. 115–125-bet. JSTOR 23526912. OCLC 854752178.

2.

Statistics Estonia. https://unstats.un.org/unsd/dnss/print.aspx?docID=507

3.

WCAG

2.1:Web

Content

Accessibility

Guidelines

(WCAG)

2.1W3C

Recommendation 06 May 2025

4.

Bundeswahlgesetz

[BWG]

[Federal

Elections

Act],

Jul.

23,

1993,

BUNDESGESETZBLATT, TEIL I [BGBL. I] at 1288, as amended, § 13, para. 2
(Ger.),

translated

in

Federal

Elections

Act

(BWG),

BUNDESWAHLLEITERhttp://www.bundeswahlleiter.de/en/bundestagswahlen/do
wnloads/rechtsgrundlage n/bundeswahlgesetz_engl.pdf (last visited Oct. 5, 2014).
The official German legislation uses the male form (“his”) but refers to both male and
female. In the interest of simplicity, this article will similarly use “his” to refer to both
males and females, unless otherwise stated. See id. (using both “his” and “her” in the
English translation)

5.

Nancy Holmes, Legislative Summary: Bill C-78: An Act to Amend Certain Acts with
Respect to Persons with Disabilities, Library of Parliament, LS-135E (1992)

6.

Régis Dandoy:Electronic Voting in Practice:Comparative Insights from Four
CountriesAustralia, Belgium, France and Paraguay, 2024- December.

7.

Sherry, Mark. „The Promise of Human Rights for Disabled People“ in Disability,
Human Rights and the Limits of Humanitarianism Edited by Michael Gill and Cathy
J. Schlund-Vials. London: Routledge, 2016

8.

Naseem S. Miller,Barriers to voting for people with disabilities: An explainer and
research roundup

9.

Voters with disabilities face a range of barriers, while compliance with disability
access

laws

at

polling

sites

is

under-enforced.February

6,

2024

https://journalistsresource.org/home/barriers-to-voting-for-people-with-disabilities-
an-explainer-and-research-roundup

10.

Syed, I., Bishop, M., Brannon, S., Hudson, E., & Lee, K. (2022). Designing
Accessible Elections: Recommendations from Disability Voting Rights Advocates.
Election

Law

Journal:

Rules,

Politics,

and

Policy,

21(1),

60-83.

https://doi.org/10.1089/elj.2020.0677

11.

consistent with the requirements of the Voting Rights Act of 1965)” – HAVA Section
271, Section 281, Section 301

12.

Help America Vote Act of 2002 (HAVA), Pub. L. No. 107- 252, 116 Stat. 1666- 1730.
https://www.govinfo.gov/content/

pkg/PLAW-107publ252/pdf/PLAW-

107publ252.pdf

Bibliografik manbalar

Kyl, Jon; Feith, Douglas; Fonte, John (2013). „The War of Law“. Foreign Affairs. 92-jild. 115–125-bet. JSTOR 23526912. OCLC 854752178.

WCAG 2.1:Web Content Accessibility Guidelines (WCAG) 2.1W3C Recommendation 06 May 2025

Bundeswahlgesetz [BWG] [Federal Elections Act], Jul. 23, 1993, BUNDESGESETZBLATT, TEIL I [BGBL. I] at 1288, as amended, § 13, para. 2 (Ger.), translated in Federal Elections Act (BWG), BUNDESWAHLLEITERhttp://www.bundeswahlleiter.de/en/bundestagswahlen/downloads/rechtsgrundlage n/bundeswahlgesetz_engl.pdf (last visited Oct. 5, 2014). The official German legislation uses the male form (“his”) but refers to both male and female. In the interest of simplicity, this article will similarly use “his” to refer to both males and females, unless otherwise stated. See id. (using both “his” and “her” in the English translation)

Nancy Holmes, Legislative Summary: Bill C-78: An Act to Amend Certain Acts with Respect to Persons with Disabilities, Library of Parliament, LS-135E (1992)

Régis Dandoy:Electronic Voting in Practice:Comparative Insights from Four CountriesAustralia, Belgium, France and Paraguay, 2024- December.

Sherry, Mark. „The Promise of Human Rights for Disabled People“ in Disability, Human Rights and the Limits of Humanitarianism Edited by Michael Gill and Cathy J. Schlund-Vials. London: Routledge, 2016

Naseem S. Miller,Barriers to voting for people with disabilities: An explainer and research roundup

Voters with disabilities face a range of barriers, while compliance with disability access laws at polling sites is under-enforced.February 6, 2024 https://journalistsresource.org/home/barriers-to-voting-for-people-with-disabilities-an-explainer-and-research-roundup

Syed, I., Bishop, M., Brannon, S., Hudson, E., & Lee, K. (2022). Designing Accessible Elections: Recommendations from Disability Voting Rights Advocates. Election Law Journal: Rules, Politics, and Policy, 21(1), 60-83. https://doi.org/10.1089/elj.2020.0677

consistent with the requirements of the Voting Rights Act of 1965)” – HAVA Section 271, Section 281, Section 301

Help America Vote Act of 2002 (HAVA), Pub. L. No. 107- 252, 116 Stat. 1666- 1730. https://www.govinfo.gov/content/ pkg/PLAW-107publ252/pdf/PLAW-107publ252.pdf