Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 35
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING
FIKRLASH QOBILIYATINI OʻSTIRISH
Normamatova Sevinch
Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining intellektual
salohiyatini rivojlantirish masalasi yoritilgan bo‘lib, fikrlash turlarini o‘stirish, xotirani
mustahkamlash va tafakkurni faollashtirishga xizmat qiluvchi topshiriq hamda
yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, intellektual rivojlanishga xizmat qiluvchi
metodik usullar, neyro-mashqlar, gamifikatsiya va metakognitiv texnikalar orqali
bolalarda mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatini shakllantirish yo‘llari
tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar :
fikrlash, rivojlanish, tanqidiy fikrlash, metodikalar, oʻyinlar, testlar,
xotira, muammolar, boshlangʻich taʼlim, ijodiy fikrlash, pedagogik tafakkur.
Kirish.
Bugungi ta’lim tizimida “aqlli bola” tushunchasi yangicha talqin qilinmoqda.
Endi bu atama faqat darsda “besh” oladigan emas, balki mustaqil fikrlay oladigan, xotirasi
kuchli, ijodiy yondasha oladigan bolani bildiradi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’lim
bosqichidayoq bolalarning intellektual koeffitsienti (IQ) ni shakllantirish – nafaqat zarurat,
balki davr talabi hamdir. An’anaviy darslik va topshiriqlar ko‘pincha reproduktiv
fikrlashni – ya’ni yodlab olish va qayta aytishni talab qiladi [1]. Ammo IQ o‘sishi uchun
bolani tahlil qilishga, solishtirishga, sabab-oqibatni ko‘rishga o‘rgatish muhim. Shunday
topshiriqlar ishlab chiqish kerakki, ular: Ko‘p bosqichli fikrlashni talab qilsin. (Masalan:
“Agar Sen bilan Men bog‘da bo‘lsak, lekin faqat bittamiz olma topgan bo‘lsak, bu qaysi
holatda mumkin?”). Mantiqiy zanjirlarni qurishga majbur qilsin. (Jumlani to‘ldiring:
“Agar mushuk sichqon tutsa, it ___?”).Noan’anaviy savollar orqali ijodiy fikrni
rag‘batlantirsin. (Masalan: “Agar sen soatni ixtiro qilgan bo‘lsang, uni qanday ishlashini
tushuntirgan bo‘larding?”) . Boshlang‘ich yoshdagi o‘quvchilar – intellektual
salohiyatning eng faol shakllanadigan davrida bo‘lishadi [2]. Ularning tafakkurini
jonlantirish, xotirasini mustahkamlash, fikrlash doirasini kengaytirish uchun o‘yin,
mantiqiy topshiriq va hayotiy kontekstdagi savollar asosida yaratilgan yangi avlod didaktik
kitoblari zarur. Bunday kitob – bu kelajakdagi aql bilan qurollangan avlodning
qo‘llanmasidir. Har bir sahifasi bolaning miyasi uchun “fikr yugurishi”, har bir mashqi –
intellektual sakrash! IQ (intellektual koeffitsient) ko‘p jihatlardan iborat:
Mantiqiy tafakkur
Xotira hajmi va sifati
Diqqatni jamlash qobiliyati
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 36
Ijodiy fikrlash
Muammoni hal qilish tezligi
Shuning uchun faqat “aqlli savollar” emas, balki ko‘p funksiyali topshiriqlar bilan
ishlash muhim. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning miyasi har kuni kichik
yangiliklar bilan shug‘ullansa, neyron aloqalar kuchayadi [3]. Buni ta'minlash uchun ishlab
chiqilishi kerak boʻlgan kitobga: “Bugun miyangni sinab ko‘r!” bo‘limi kiritish mumkin.
Masalan: “O‘ng qo‘ling bilan ism-sharifingni yoz, keyin chap qo‘ling bilan yozib ko‘r –
farqni his et! “Neyro-yugurish”: qarama-qarshi topshiriqlar – “O‘ng qo‘ling bilan chap
qulog‘ingni ushla, keyin teskari harakatni qil. Bu kichik mashqlar xotira, koordinatsiya va
fikrlashni mustahkamlaydi.
Intellekt - faqat bilim emas, imkoniyatlar to‘plami. Ko‘p hollarda intellekt deyilganda
faqat bilimlar yig‘indisi tushuniladi. Aslida esa intellekt – bu muammoni hal qilish, tahlil
qilish, xulosalash, strategik fikrlash qobiliyatidir. “Aqlli bola – bu yod olgan bola emas,
balki o‘rganganini real hayotda qo‘llay oladigan boladir.” Boshlang‘ich yoshda bolaning
miyasida neyron aloqalar tez shakllanadi. Bu davrda berilgan to‘g‘ri fikrlash yuki
keyinchalik katta intellektual salohiyatga asos bo‘ladi. Fikrlash – miyadagi faoliyat shakli.
Fikrlash bu – miyadagi taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, sabab-topish kabi aqliy
harakatlar yig‘indisidir [4]. Amaliy tajribalar va kuzatuvlar ham fikrlashni rivojlantirishda
katta rol o‘ynaydi. Oddiy ilmiy eksperimentlar yoki hayotiy muammolarni yechish orqali
o‘quvchilar mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini oshiradi. Shuningdek, mantiqiy o‘yinlar,
jumboqlar, shaxmat va sudoku kabi faoliyatlar bolalarning diqqatini jamlash va
muammolarni hal qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Boshlang‘ich maktab yoshidagi
o‘quvchilarda fikrlash ko‘plab turlarga ega bo‘lib, ular orasida analitik fikrlash, ijodiy
fikrlash, tanqidiy fikrlash va mantiqiy fikrlash muhim o‘rin tutadi [5]. Analitik fikrlash
muammoni qismlarga bo‘lib tahlil qilishga, ijodiy fikrlash esa yangi va original g‘oyalar
yaratishga yordam beradi. Tanqidiy fikrlash ma’lumotlarni baholash va to‘g‘ri qarorlar
qabul qilishga imkon yaratadi, mantiqiy fikrlash esa sabab-oqibat munosabatlarini
tushunishga yo‘naltirilgan. Undan quyidagi asosiy turlarini ajratish mumkin:
Mantiqiy fikrlash
O‘xshashlik va farqlarni aniqlash
Sabab-oqibat aloqalarini tushunish
Muammoni bosqichma-bosqich hal qilish
Masalan: “Agar bugun bulutli bo‘lsa, yomg‘ir yog‘adimi?” savoli bolaning mantiqiy
zanjir qurishini talab qiladi. Yaratilayotgan kitob hara taraflama boʻlishi kerak. Undan
foydalanayotgan har qanday 7 yoshdan toki 11-12 yoshli bolaning xotirasi mustahkam va
fikrlashi tez boʻlib borishi kerak. Maqsad ham shu. Unda :
1.
Ko‘p tomonlama topshiriqlar: faqat testlar emas, balki ochiq savollar, “nima
bo‘lsa?”, “nima uchun?” kabi topshiriqlar.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 37
2.
Muhokama va dialog: bola o‘z fikrini og‘zaki ifoda qilgan sayin, fikrlash
aniqlashadi.
3.
Harakatga bog‘liq fikrlash: LEGO, qurish, chizish, modellashtirish – bular
harakat orqali tafakkurni rivojlantiradi.
4.
Vizual-mantiqiy rivojlantirish: suratlar, sxemalar, diagrammalar asosida
topshiriqlar bolalarning ko‘ruv tafakkurini oshiradi.
5.
Savollarni o‘rgatish: faqat javob topishga emas, savol berishga ham o‘rgatish
kerak. “Nega?”, “Qanday qilib?”, “Agar... bo‘lsa, nima bo‘ladi?” — bu savollar tafakkur
kalitidir.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bu bola shaxs sifatida shakllanishining poydevori
bo‘lib, aynan shu davrda uning fikrlash qobiliyati, aqliy salohiyati va intellektual
yondashuvi shakllana boshlaydi [6]. Bolaning miyasi bu davrda o‘ziga xos “ochiq
platforma” bo‘lib, unga qanday dastur yozilsa, kelajakdagi tafakkuri, qaror qabul qilish
uslubi va muammoni hal etish qobiliyati shunga asoslanadi. IQ va fikrlash qobiliyati faqat
tug‘ma emas, balki insonning atrof-muhit ta’siri va muntazam mashqlar orqali o‘sadi.
Hatto stress yoki uyqusizlik sabab fikrlash qobiliyati pasaygan bo‘lsa ham, ongli aqliy
mashqlar va meditatsiya yordamida bu yo‘qotilgan qobiliyatlarni tiklash mumkin. Bu
jarayon miyadagi “aqliy plastiklik” deb ataladigan qobiliyat bilan bog‘liq bo‘lib, yoshdan
qat’iy nazar har kim yangi fikrlash usullarini o‘zlashtirishi va miyani qayta shakllantirishi
mumkin. Ko‘pchilik odamlar fikrlashni oshirish uchun uzoq vaqt uzluksiz ishlash yoki
o‘qishni afzal ko‘rishadi, ammo miyaga muntazam tanaffuslar berish, qisqa meditatsiyalar
yoki yurishlar qilish fikrlash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shu bilan birga,
multitasking – bir vaqtda bir nechta vazifani bajarishga harakat qilish – fikrlash
samaradorligini kamaytiradi, chunki miyaning diqqatni bir joyga jamlashi va chuqur
fikrlashga kirishi IQni oshirishda muhimdir. Zamonaviy texnologiyalar fikrlashni
rivojlantirish uchun qulay vosita bo‘lsa-da, ularni me’yorida va ongli ravishda ishlatish
muhimdir, aks holda ortiqcha foydalanish salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib,
boshlang‘ich ta’limda fikrlash va IQni rivojlantirish kompleks yondashuvni talab qiladi.
Muammoli o‘qitish, amaliy mashqlar, metakognitiv yondashuv, sog‘lom turmush tarzi va
emotsional barqarorlik birgalikda bolalarni tafakkurli, ijodkor va muvaffaqiyatli shaxs
sifatida shakllantiradi.
Intellektual koeffitsientni rivojlantirish – bu faqat bilim berish emas, balki bolaning
fikrlash mexanizmlarini ishga solish, ularni faol holatda tutishdir. Har bir savol, har bir
topshiriq, har bir kitob sahifasi bolaning ongiga nafaqat ma’lumot, balki mustaqil fikrlash
imkoniyatini singdirishi zarur.
Zamonaviy dunyo doimiy o‘zgarishda. Yaqin kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lish
uchun bola tayyor javoblarni emas, savollarni qanday qo‘yishni, muammoni qanday tahlil
qilishni, o‘z fikrini asoslab ayta olishni va eng muhimi, yangicha qarashni o‘rganishi kerak
[7]. Ana shunda u o‘quvchi emas, fikrlovchi inson sifatida shakllanadi. Shunday ekan,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 38
boshlang‘ich ta’limda intellektual rivojlanishga qaratilgan topshiriqlar, kitoblar, uslublar
va metodikalar – bu oddiy dars qurollari emas, balki bolalar ongida nurli tafakkur yo‘lini
ochuvchi kalitlardir.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va IQ darajasini
rivojlantirish ularning nafaqat akademik muvaffaqiyatlari, balki kelajakdagi shaxsiy va
ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatlari uchun ham juda muhimdir. Fikrlash va intellektual
rivojlanish faqatgina tug‘ma omillarga bog‘liq emas, balki atrof-muhit, tarbiya, o‘qitish
metodlari va bolalarning kundalik hayot tarzi bilan bevosita bog‘liq jarayonlardir. IQni
oshirish va fikrlashni chuqurlashtirish uchun bolalarni mustaqil, ijodiy va tanqidiy
fikrlashga rag‘batlantirish zarur. Bunda muammoli vaziyatlar yaratish, savol-javob
metodlaridan foydalanish, mantiqiy o‘yinlar va interaktiv mashqlar muhim ahamiyatga
ega. Shu bilan birga, bolalarning diqqatini jamlash, multitaskingdan saqlanish va
muntazam tanaffuslar qilish kabi ongli strategiyalar fikrlash sifatini oshiradi.
Emotsional barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi va meditatsiya kabi
usullar esa miyaning samarali ishlashiga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalarni
to‘g‘ri va me’yorida qo‘llash orqali ta’lim jarayonini yanada samarali qilish mumkin.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, IQ va fikrlashni rivojlantirish kompleks va uzluksiz
jarayon bo‘lib, uni bolalarning individual xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlarini
hisobga olgan holda shakllantirish lozim. Bu yo‘lda o‘qituvchilar, ota-onalar va ta’lim
muassasalari hamkorligi muhim rol o‘ynaydi, chunki ular birgalikda bola uchun eng qulay
va rag‘batlantiruvchi muhit yaratishi kerak. Natijada, bunday yondashuv yosh avlodni
yanada tafakkurli, ijodkor va muvaffaqiyatli shaxs sifatida tarbiyalashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagog mahorati. – Toshkent: «Fan
va texnologiya», 2020.
2.
Hasanboeva O. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: TDPU, 2019.
3.
Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Moskva: Pedagogika, 1983.
4.
Anderson L.W., Krathwohl D.R. Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A
Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. – New York: Longman,
2001.
5.
Marzano R.J. The Art and Science of Teaching. – ASCD, 2007.
6.
Xolmurodova M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: “Ziyonashr”, 2021.
7.
Jononov R. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi. – Andijon:
AndMIU, 2022.