Mualliflar

  • Joʻrayev Javlonbek Norboboyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113873

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ijro intizomi normativ hujjat “Ijro.gov.uz” subektlar moddiy resurslar ijrochilarning manfatlari ijrochilarni tanlash yagona elektron tizim elektron raqamli imzo.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qabul qilinayotgan hujjatlarning ular faoliyatidagi ahamiyati, ularning turlari va hujjatlarga qoʼyiladigan talablar boʼyicha tushunchalar, oʼziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari, normativ hujjatlarning ijrosi boʼyicha hisobdorlikni tashkil qilishning ahamiyati, ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan hujjatlar, faoliyatdagi muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf yetish boʼyicha bir kator takliflar, xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi hamda milliy qonunchiligimizdan farqli hamda oʼxshash tomonlari, shuningdek, ushbu faoliyatni takomilashtirish yoʼnalishlari yoritib berilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 147

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI

ORGANLARIDA ISH YURITISH VA IJRO NAZORATINI TASHKIL ETISHDA

ZAMONAVIY YONDASHUVLARNI JORIY ETISH MASALALARI

Joʻrayev Javlonbek Norboboyevich

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi

mail: javlon-juraev@mail.ru

Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida qabul

qilinayotgan hujjatlarning ular faoliyatidagi ahamiyati, ularning turlari va hujjatlarga
qoʼyiladigan talablar boʼyicha tushunchalar, oʼziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari, normativ hujjatlarning ijrosi boʼyicha hisobdorlikni tashkil

qilishning ahamiyati, ushbu faoliyat doirasida yuritiladigan hujjatlar, faoliyatdagi
muammo va kamchiliklar, shuningdek, ayrim turdagi mavjud muammo va kamchiliklarni
bartaraf yetish boʼyicha bir kator takliflar, xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi hamda
milliy qonunchiligimizdan farqli hamda oʼxshash tomonlari, shuningdek, ushbu faoliyatni
takomilashtirish yoʼnalishlari yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

ijro intizomi, normativ hujjat, “Ijro.gov.uz” subektlar, moddiy

resurslar, ijrochilarning manfatlari, ijrochilarni tanlash, yagona elektron tizim, elektron
raqamli imzo.


Qonunlarga qatʼiy rioya qilish Oʼzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-maʼnaviy va

maʼrifiy, umuman olganda jamiyatning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qoʼlga
kiritishga imkon beradi. Qonunning kuchi, obroʼsi, taʼsiri, amaliy ahamiyati hayotda uning
odilona tatbiq etilishidadir.

Har qanday hujjat loyihasini tayyorlash
va qabul qilish borasida bajarilgan ishlardan soʼng boshqaruv subʼekti uning ijrosini

tashkil qilish boʼyicha har tomonlama

va murakkab ishni amalaga oshirishi kerak.
Normativ hujjat ijrosini tashkil qilish qabul qilingan hujjatni muqarrar, aniq va oʼz

vaqtida hayotga joriy etishga qaratilgan boshqaruv siklining asosiy bosqichi hisoblanadi.

“Qonun ijrosi bilan kuchli” degan iboraga urgʼu beradigan boʼlsak, demokratik

huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunchilik hujjatlarini ijro etishda halollik, adolat
asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad hisoblanib, jamiyat, xalq va Vatan
oldidagi buyuk insoniy burch hamda yuksak masʼuliyat boʼlmogʼi lozim.

Davlat boshqaruvi organlarida qonunchilik hujjatlari
va topshiriqlarning ijro etilishini “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona

elektron tizimi orqali nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 148

hujjatlar toʼgʼrisida” 2021 yil 20 apreldagi OʼRQ-682-son Qonuni, Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini
samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʼshimcha chora-
tadbirlar toʼgʼrisida” PF-6166-son Farmoni hamda 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro
intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlashga
qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-5132-son Qaroriga asosan amalga
oshiriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son

Farmoni bilan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo
yangi tizimi joriy qilindi. Yangi tizimning samaradorligi oʼz navbatida qonunchilik
hujjatlari va topshiriqlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda
boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi nazorat olib boriladigan “Ijro.gov.uz” ijro
intizomi idoralararo yagona elektron tizimini takomillashtirish bilan chambarchas bogʼliq.
Idoralararo hujjat aylanish tizimi “Ijro.gov.uz” Ijro intizomi idoralararo yagona elektron
tizimi negizida ishlab chiqilgan boʼlib, tashkilotda elektron ish yuritishga yordam beradi.

Tizim imkoniyatlari:
1. Maʼlumotlarni saqlanish tartibi. Elektron arxivda hujjatlarni markazlashtirilgan,

turkumlashtirgan

va tizimlashtirilgan holatda saqlanishi.
2. Xarajatlarning qisqarishi. Qogʼoz hujjatlarni chop etish, pochta joʼnatish va saqlash

xarajatlarini kamaytirish.

3. Tizimning umumiyligi. Hujjatni shakllantirish va qayta ishlash (roʼyxatga olish,

tasdiqlash va boshqalar) tartiblariga yagona yondashuv.

4. Vaqt tejalishi:
a) hujjatlarni yetkazib berish, rasmiylashtirish va kelishish vaqtini qisqartirish;
b) hujjatlarni tez imzolanishi.
5. 24/7.
Onlayn rejimda hujjatlar bilan har qanday amallarni: qidirish, yuklab olish, chop

etish, tekshirish, rad etish, shuningdek ularning harakatini kuzatish imkoniyatlaridan
uzluksiz foydalanish mumkin.

6. Qidirish.
Hujjatlar qidiruvining tezkorligi. Ushbu platformaning yana bir qancha afzalliklarga

ega boʼlib, har bir hujjat elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.

Maʼlumot uchun: elektron raqamli imzo (ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron

hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus
oʼzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʼqligini aniqlash va elektron raqamli
imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 149

Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solishning samarasi va unumdorligi koʼp

jihatdan huquqni toʼgʼri amalga oshirishga bogʼliq. Аgar huquq tadbiq etilmasa, insonlar
hatti harakatida oʼzining mujassam ifodasini topmasa ijtimoiy tartibga soluvchi vosita
sifatidagi qiymatini yoʼqotadi.

Shu oʼrinda aytish mumkinki qonunlarning qadriyati sifatidagi mantigʼi –uning

insonlarning ongi va irodasiga tasir oʼtkaza olish qobiliyatidadir.

Аynan shu narsa qonunning harakatlanishi masalasini dolzarb mavzuga aylantiradi.

Qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishda ijrochilar oʼzlarining burchlari va
masuliyatiga odilona yondashib Vatan, davlat manfati va xalq taqdirini oʼzlari uchun oliy
maqsad deb hisoblab, qabul qilingan boshqaruv qarorlarni turmushda adolatli qoʼllasalar
bundan davlat va jamiyat hamda xalq ham naf koʼradi.

Shu oʼrinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev takidlaganidek, “Аsosiy masala-

qonunlarning mazmun mohiyatini xalqimizga va masʼul ijrochilarga oʼz vaqtida yetkazish,
ularning ijrosini toʼgʼri tashkil etish hamda qonun talablariga qatʼiy amal qilishni
taʼminlashdan iboratdir.

Boshqaruv qarorlarini ijrosini tashkil qilish davlat hokimiyati va bshqaruvi organlari

xodimlarining oldida turgan maqsadlarga erishilishini, ularning zimmasidagi vazifa va
funktsiyalarini samarali amalga oshirilishini belgilab beradi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil

etish yuqorida koʼrsatib oʼtilgan normativ hujjatlardan tashqari quyidagilar bilan, xususan
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʼgʼrisida”gi 2017 yil 7
sentyabrdagi OʼRQ-443-son qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro
intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017
yil
9 avgustdagi F-5017-son farmoyishi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-
son, “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish yuritish
va ijro nazoratini tashkil etish boʼyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 1999 yil
29 martdagi 140-son, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga
yoʼnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʼrish toʼgʼrisida”gi 2015 yil 6 noyabrdagi 320-
son hamda “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʼshimchalar
kiritish haqida”gi 2017 yil 30 oktyabrdagi 881-son qarorlari bilan tartibga solingan.

Bulardan tashqari boshqaruv subektlari tashkiliy ishlarni zarur darajada boʼlishini

taminlash maqsadida hujjatlar ijrosini tashkil qilishga qoʼyiladigan bir qator talablarga
rioya etishlari kerak. Ushbu talablarning asosiylari quyidagilardan iborat:

– hujjatlar ijrosini tashkil qilishning maʼmuriy va ilmiy usullarini birlashtirish –ushbu

talab boshqaruvning ilmiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 150

va maʼmuriy usullari oʼzaro chambarchas bogʼliqligini va ularning ilmiy

asoslanganligi bilan bogʼliqligini aks ettiradi;

– hujjtlar ijrosini tashkil qilishning samaradorligi
va maqbulligi bu – davlat boshqaruvi oaganlari markaziy apparatlari va masʼul

xodimlarining imkoniyatlaridan eng kam vaqt va moddiy resurslarni sarflagan holda
erishadigan qilib foydalanish orqali taminlashdir;

– hujjat ijrosini bajarishga tashabbus va masuliyat bilan yondashish bu – ularning

ijrosini taʼminlash jarayonida rahbarlar

va boshqa xodimlarning tashabbuskorligi hamda masʼuliyatini, shaxsiy intizomini

uygʼunlashtirish orqali amalga oshirish;

– tashkiliy ishning aniqligi va uning mohiyati rahbarning ijrochilar uchun vazifalarni

aniq va tushunarli ifodalashda, hujjat ijrosini taʼminlashni, uni bajarishning aniq yoʼllari,
vositalari

va usullari, shuningdek aniq muddatlarini belgilashdan iboratligida namoyon boʼladi;
– ijrochilar mehnati va ish faoliyatini ragʼbatlantirish-ushbu talab xodimlarning hujjat

bilan belgilangan vazifalar va qoʼyilgan maqsadlarga erishishdan manfaatdorligi hamda
masʼuliyatini koʼtarish uchun zarur sharoitlar yaratish orqali taʼminlanadi.

Har qanday qonunchilik hujjati ijrosini tashkil qilish bosqichi quyidagi toʼrtta

umumiy elementni oʼz ichiga oladi:

-ijrochilarni tanlash;
-ijrochilar faoliyati uchun kerakli va zarur sharoitlarni taminlash;
-ijroni nazorat qilish, tuzatishlar kiritish va tartibga solish;
-qaror ijrosining yakunlarini chiqarish.
Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, qaerda qonun xukmronlik qilsa shu yerda

erkinlik boʼladi deganlaridek, jamiyatda qabul qilinayotgan qonunlar va normativ
hujjatlarni xalqimizga va masʼul ijrochilarga oʼz vaqtida yetkazish har birimizning asosiy
vazifamiz boʼlishi lozim.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytganidek, 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik,

lekin xalqchil boʼlsin, xalqimizga xizmat qilsin degan soʼzlari ham bejizga emas.

Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:

1.

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun, https://lex.uz/docs/-5378966

2.

Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida,

https://lex.uz/docs/-3329163

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali

tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”

PF-6166-son Farmoni,

https://lex.uz/docs/-5279413


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 151

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo

yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”

PQ-5132-son Qarori,

https://lex.uz/docs/-5439350

5.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona

elektron

tizimini

joriy

etish

chora-tadbirlari

toʼgʼrisida”

2017

yil

9 avgustdagi F-5017-son farmoyishi.

6.

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari

toʼgʼrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori, https://lex.uz/docs/262832.

7.

Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va

boshqaruvi organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʼyicha normativ
hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 1999 yil 29 martdagi 140-son qarori,
https://lex.uz/docs/863120.

8.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining

ochiqligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga
yoʼnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʼrish toʼgʼrisida”gi 2015 yil 6 noyabrdagi 320-
son qarori, https://lex.uz/docs/-2809591.

9.

Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga qoʼshimchalar kiritish haqida”gi 2017 yil 30 oktyabrdagi 881-son qarori,
https://lex.uz/docs/3397655.

Bibliografik manbalar

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun, https://lex.uz/docs/-5378966

Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida, https://lex.uz/docs/-3329163

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6166-son Farmoni, https://lex.uz/docs/-5279413

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5132-son Qarori, https://lex.uz/docs/-5439350

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017 yil

avgustdagi F-5017-son farmoyishi.

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori, https://lex.uz/docs/262832.

Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʼyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 1999 yil 29 martdagi 140-son qarori, https://lex.uz/docs/863120.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʼnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʼrish toʼgʼrisida”gi 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son qarori, https://lex.uz/docs/-2809591.

Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʼshimchalar kiritish haqida”gi 2017 yil 30 oktyabrdagi 881-son qarori, https://lex.uz/docs/3397655.