Mualliflar

  • Toirjonova Nilufar Rustzmjo qizi
  • Abdullayeva Vazira

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113879

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Abdulla Avloniy pedagogik darsliklar didaktika ta’lim-tarbiya metodika milliy qadriyatlar ma’rifatparvarlik o‘qitish usullari.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek ma’rifatparvar olimi Abdulla Avloniy tomonidan yozilgan pedagogik darsliklarning didaktik xususiyatlari o‘rganiladi. Muallifning asarlarida aks etgan ta’lim-tarbiya tamoyillari, ularning zamonaviy pedagogik qarashlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, darsliklarning shakl va mazmun jihatidan metodik asoslari tahlil qilinadi. Avloniy ijodidagi axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalar, milliy qadriyatlarga asoslangan yondashuvlar va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi usullar alohida yoritib beriladi. Tadqiqot Adulla Avloniy merosining bugungi ta’lim jarayoniga qo‘shayotgan hissasini ochib berishga qaratilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 117

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK DARSLIKLARINING

DIDAKTIK XUSUSIYATLARI

Toirjonova Nilufar Rustzmjo qizi

Qo‘qon Universiteti Boshlang‘ich ta‘lim yo ‘nalishi talabasi

Ilmiy maslahatchi:

Abdullayeva Vazira

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘zbek ma’rifatparvar olimi Abdulla Avloniy

tomonidan yozilgan pedagogik darsliklarning didaktik xususiyatlari o‘rganiladi.
Muallifning asarlarida aks etgan ta’lim-tarbiya tamoyillari, ularning zamonaviy pedagogik
qarashlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, darsliklarning shakl va mazmun jihatidan metodik
asoslari tahlil qilinadi. Avloniy ijodidagi axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalar, milliy qadriyatlarga
asoslangan yondashuvlar va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi
usullar alohida yoritib beriladi. Tadqiqot Adulla Avloniy merosining bugungi ta’lim
jarayoniga qo‘shayotgan hissasini ochib berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Avloniy, pedagogik darsliklar, didaktika, ta’lim-tarbiya,

metodika, milliy qadriyatlar, ma’rifatparvarlik, o‘qitish usullari.

Abstract:

This article examines the didactic features of pedagogical textbooks

written by the Uzbek enlightener Abdulla Avloni. The principles of education reflected in
the author's works, their compatibility with modern pedagogical views, as well as the
methodical foundations of textbooks in terms of form and content are analyzed.

Ethical

and educational ideas, approaches based on national values and methods that increase
students' interest in learning are highlighted in Avloni's work. The research aims to reveal
the contribution of Adulla Avloni's legacy to today's educational process.

Key words: Abdulla Avloni, pedagogical textbooks, didactics, education,

methodology, national values, enlightenment, teaching methods.

Kirish.

Badiiy adabiyot namumalarining didaktik xususiyalrini aks etirishda

axloqiy-

taʼlimiy, ilmiy - falsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik
adabiyot ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi. Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan,
turkiy xalqlar adabiyotida didaktik adabiyot uzoq tarixga ega. Oʻzbek mumtoz
adabiyotidagi didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning
«Qutadgʻu bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq» dostonlari kabi pand -
nasihat ruhidagi asarlar mavjud

. Didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni

ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar.

Ma‘limki, “didaktika” soʻzi ilmiy kitoblarda qadimgi yunon tilidan olinib,

“oʻqitish”, “oʻrganish” degan ma ‘noni bildirishi toʻgrisida ma ‘lumotlar mavjud.

1

1

R.A.Mavlonova.N.Rahmonqulov va boshqalar,Umumiy pedaagogika. Toshkent.2018, 69-bet


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 118

Mazkur atamani fanga kirtilib, uning nazariyasi haqida ilk bor kitob yaratgan

pedagog chexiyalik Yan Amon Komenskiyning behad oʻrni katta boʻlganligi pedagogika
kitoblarida koʻp marotaba ta‘kidlangan.Didaktik adabiyotning ildizi xalq og‘zaki
ijodiga borib taqaladi.

O‘zbek ma’rifatparvarlik harakatining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan

Abdulla Avloniy o‘zining ibratli hayoti va boy ijodiy merosi bilan xalqimiz ma’naviy-
ma’rifiy hayotida chuqur iz qoldirgan siymolardan biridir. Avloniy nafaqat adib, publitsist
va jamiyat arbobi sifatida, balki pedagog, metodist, darslik muallifi sifatida ham e’tiborga
loyiq. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy tillar
grammatikasi

kabi darsliklari o‘z vaqtida

xalqimizni savodli qilish, milliy o‘zlikni

uyg‘otish va ma’naviy tarbiyani shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etgan. Ushbu
maqolada Abdulla Avloniy tomonidan yaratilgan pedagogik darsliklarning didaktik
xususiyatlari, ularning metodik asoslari, milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligi va bugungi
kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan jihatlari tahlil qilinadi.

Asosiy qism.

Abdulla Avloniy o‘zining pedagogik faoliyatida, avvalo, ta’lim va tarbiyani bir

butunlikda ko‘rgan. Uningcha, inson ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishi uchun nafaqat
ilm olish, balki axloqan yetuk bo‘lishi lozim. Shu nuqtayi nazardan u yaratgan darsliklar
ham har tomonlama tarbiyaviy yondashuvga asoslangan.

Abdulla Avloniy – o‘zbek ma’rifatparvar adibi, pedagog, jurnalist va jamoat arbobi

bo‘lib, o‘z asarlari orqali xalqni ilm-fanga, tarbiyaga, ma’naviy yetuklikka da’vat qilgan
buyuk siymodir. U XX asr boshlarida jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri bo‘lib,
yangi usulda ta’lim berishni, milliy uyg‘onishni targ‘ib qilgan. Avloniy o‘zining “Birinchi
muallim” va “Ikkinchi muallim” nomli asarlari orqali muallimlik kasbining
muqaddasligini, ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini chuqur falsafiy va ma’naviy
mazmunda yoritgan.

“Birinchi muallim” asari haqida

“Birinchi muallim” asarida Abdulla Avloniy maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bolani

kutib oluvchi, unga harf o‘rgatadigan, odob-axloqni tushuntiradigan muallim obrazini
yaratgan. Bu muallim bola uchun nafaqat o‘qituvchi, balki hayotdagi birinchi yo‘l
ko‘rsatuvchi, birinchi tarbiyachi hisoblanadi. Avloniy bu orqali jamiyatda ta’limning
asosiy poydevori aynan maktab va birinchi muallim orqali qo‘yilishini ta’kidlaydi. Asarda
muallimning mehribonligi, sabr-toqati, bolaning ruhiy dunyosini tushunishi, uni o‘z
bolasidek asrab-avaylashi, unga bilim bilan birga tarbiya berishi chuqur tasvirlanadi.

“Ikkinchi muallim” asari haqida

“Ikkinchi muallim” esa bola biroz ulg‘aygach, bilim olishda keyingi bosqichga

o‘tganida duch keladigan ustoz haqida. Bu muallim bolaga faqat o‘qish emas, balki hayotiy
bilimlar, kasb-hunar, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy boyliklar haqida saboq beradi. Asarda
ikkinchi muallim orqali inson kamoloti, yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lish sari


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 119

yetaklaydigan ta’lim jarayoni yoritiladi. Avloniy muallimning faqat dars beruvchi emas,
balki millat, xalq tarbiyasini yelkasiga olgan aziz zot ekanini ko‘rsatadi.

“Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” asarlari orqali Abdulla Avloniy yosh

avlodni tarbiyalashdagi ustozlarning tutgan beqiyos o‘rnini, ularning sabr-toqati, mehr-
oqibati va jamiyat taraqqiyotidagi rolini ulug‘laydi. Bu asarlar bugungi kunda ham
dolzarbligini yo‘qotmagan, muallimlik kasbining naqadar sharafli va muqaddasligini
anglatadi. Abdulla Avloniy o‘z asarlari orqali bizni muallimlarga hurmat bilan qarashga,
ularning mehnatini qadrlashga undaydi. Shu bois ham bu ikki asar har bir o‘quvchi va
pedagog uchun ibrat manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Avloniy darsliklarining didaktik xususiyatlari bir necha yo‘nalishda namoyon

bo‘ladi:

Axloqiy-tarbiyaviy yo‘nalish:

“Turkiy guliston yoxud axloq” darsligida bolalarning

axloqiy fazilatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu asarda halollik,
vatanparvarlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, mehr-shafqat, ota-onaga hurmat kabi tushunchalar
turli hikoya, she’r va maqollar orqali yoritilgan. Bu orqali o‘quvchilarda odob-axloq
me’yorlari mustahkamlanadi.

Milliylik va o‘zlikni anglash:

Avloniy o‘z darsliklarida milliy qadriyatlar va tarixiy

shaxslar haqida ma’lumot berib, o‘quvchilar ongida o‘z tarixiga, tiliga, diniga hurmat
tuyg‘usini shakllantirishga intilgan. Bu jihat ayniqsa “Maktab gulistoni” asarida yaqqol
ko‘zga tashlanadi.

Soddalik va tushunarlilik:

Avloniy bolalarga mo‘ljallangan darsliklarda o‘quv

materialini yengil, sodda va tushunarli tilda bayon etgan. Uning darsliklaridagi matnlar
bolalarning yoshiga mos ravishda tanlangan bo‘lib, ularning tafakkurini rivojlantirishga
xizmat qiladi.

Interfaol metodlardan foydalanish:

Garchi zamonaviy interfaol metodlar termin

sifatida Avloniy davrida mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, u o‘z asarlarida turli mashqlar,
savol-javoblar, munozarali matnlar orqali o‘quvchilarni faol fikrlashga undagan. Bu
bugungi kundagi zamonaviy didaktikaning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Abdulla Avloniy XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakili,

atoqli pedagog, shoir va dramaturg sifatida tanilgan. Uning pedagogik faoliyati o'zbek
milliy maktablari uchun yangi avlod darsliklarini yaratishga qaratilgan edi. Avloniyning
darsliklari o'sha davr pedagogikasi uchun ilg'or hisoblangan bir qator didaktik
xususiyatlarga ega edi:

Milliy ruh va vatanparvarlik tarbiyasi:

Avloniy o'z darsliklarida milliy qadriyatlar,

o'zbek tili va adabiyotiga muhabbat ruhini singdirishga katta e'tibor qaratgan. Uning
asarlarida Turkistonning tarixi, madaniyati va buyuk siymolari haqida ma'lumotlar
berilgan.

Ilmiylik va zamonaviylik:

Avloniyning darsliklari o'sha davrdagi fan yutuqlari

asosida yaratilgan bo'lib, o'quvchilarga zamonaviy bilimlarni berishga intilgan. U


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 120

geografiya, tarix, tabiiyot kabi fanlarni o'qitishda yangi metodlardan foydalanishni targ'ib
qilgan.

Bolalar psixologiyasini hisobga olish:

Avloniy darsliklarni bolalarning yosh

xususiyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuzgan. U o'quv
materiallarini qiziqarli va tushunarli tarzda bayon etishga harakat qilgan.

Amaliy yo'naltirilganlik:

Avloniyning darsliklarida nazariy bilimlar bilan bir

qatorda amaliy mashqlar va topshiriqlar ham o'rin olgan. Bu o'quvchilarning olgan
bilimlarini hayotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam bergan.

Tilning soddaligi va ravonligi:

Avloniy o'z darsliklarida o'quvchilar uchun

tushunarli bo'lgan sodda va ravon tildan foydalangan. Bu o'quv materiallarini
o'zlashtirishni osonlashtirgan.

Axloqiy tarbiya:

Avloniy darsliklarida axloqiy normalar, insoniylik fazilatlari,

halollik, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni singdirishga alohida e'tibor qaratgan.

Abdulla Avloniyning pedagogik darsliklari o'z davrida milliy maktablarning

rivojlanishiga katta hissa qo'shgan va keyingi avlod pedagoglari uchun muhim metodik
manba bo'lib xizmat qilgan. Uning didaktik prinsiplari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini
yo'qotmagan.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv:

Avloniy o‘quvchini faqat bilim egasi sifatida

emas, balki jamiyatning faol a’zosi, vatanparvar, mehnatsevar va axloqiy jihatdan pok
inson sifatida tarbiyalashga harakat qilgan. Uning darsliklarida har bir o‘quvchining o‘z
salohiyatini to‘liq namoyon etishiga zamin yaratuvchi yondashuvlar mavjud.

Tarbiyani ta’limdan ustun qo‘yish:

Avloniy uchun eng muhim maqsad — yosh

avlodni tarbiyalash edi. U ta’lim vositasi orqali tarbiyaviy maqsadlarga erishishni ustuvor
deb bilgan. Shu sababli, uning har bir darsligi faqat bilim emas, balki ruhiy-axloqiy ozuqa
ham bo‘lgan.

Yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan

oʻqituvchilarni tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va
majmualar yaratish uchun dasturulamal boʻladigan qoʻllanmani joriy qilish oʻta muhim
edi. Bu borada Abdulla Avloniy Turkiton jadidlarining rahnomasi boʻlgan Munavvarqori
Abdurashidxonovning ilg‘or taklif va tavsiyalariga asoslanib “Turkiy guliston yoxud
axloq” asarini yaratdi.

Abdulla Avloniy faoliyatida odob-axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan,

birinchi oʻrinda oʻquvchilarni koʻzda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish
vazifasini muallimlar zimmasiga yuklanishini alohida ta‘kiqlab oʻtadi.

Bu borada, Abdulla Avloniyning muallimlarga:

“Turkiy guliston yoxud axloq”

asarining maqsadini toʻla ifodalaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, koʻb zamonlardan beri
taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan
muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik,

g‘ayratlik

boʻlishiga

sabab

boʻladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga soʻng daraja muhtojdurki, fikrning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 121

quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog ‘lidur. Ta ‘lim ila tarbiya orasida
bir oz farq bor boʻlsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan
jon ila tan kabidur”,deb tavsiya beradi.

Abdulla Avloniy ta‘lim oluvchilarni mukammal odob-axloqiy tarbiyaga ega

boʻlishlari uchun

“Turkiy guliston yoxud axloq”

asarini buyuk mutafakkir Shayx

Muxlisiddin Sa‘diy (Sheroziy) ning

“Guliston”

asariga nazira sifatida yaratilgan

.

Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan

qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. Avloniyning pedagogika haqidagi ta ‘rifi ham
hozirgi zamon ta ‘rifiga ancha mos keladi: “Tarbiya” – “Pedagogiya”, ya‘ni bola
tarbiyasining fani demakdur”.

Abdulla

Avloniyning

“Turkiy

guliston

yoxud

axloq”

asari

2 marta, 1913 va 1917-yillarda bosmadan chiqdi. Bu asarda inson axloqi, ya ‘ni yaxshi va
yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq zamondoshlar e‘tibori inson
hayotida tarbiyaning buyuk ahamiyatiga jalb etilgan. Inson hech qachon yomon boʻlib
tug‘ilmaydi yoki yaxshi odamdangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon
odam tug‘ilmaydi, farzandning barkamol inson boʻlib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati
buyukligi ta‘kidlanadi.

Jamiyatda farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u jamiyat, davlat ahamiyatiga ega

ijtimoy ishdir.

U shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog

‘liq. Abdulla Avloniy soʻzlari bilan aytganda, “Al-hosil, tarbiya bizlar

uchun yo hayot —

yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur” deb alohida tarbiya
masalasiga urg ‘u berdi.

Abdulla Avloniy ta ‘lim-tarbiya berishda 1909-1917 – yillar davomida maxsus

maktab bolalari uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud
axloq” va “Maktab gulistoni”gari koʻplab dasliklar yaratib amaliyotda tadbiq qildi.

Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” nomli asari 1917 yilda nashr qilingan. Bu

darslikda alifbo oʻrganilganidan soʻng oʻqish uchun berilgan axloqiy hikoyalar va ibratli
she ‘rlardan tashkil topgan. Darslik Toshkentda G‘ulom Hasan Orifjonov litografiyasida
bosib chiqarilgan.

Mazkur asarda 63 ta hikoya va bitta yakuniy soʻz oʻrnida

“Bir ikki soʻz”

nomli

yakuniy soʻzdan iborat matnlardan tashkil topgan. Muallif asardagi hikoyalarni
maktabning yuqori sinf hamda adabiyotga qiziquvchi barchaga taqdim qilinganiga bayon
qilib, shu bilan oʻzining toʻrt qator she‘ri orqali pedagogik qarashlarini bayon qilishga
erishgan.


Har kun oʻluram shomg ‘acha men g ‘amga giriftor,
Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.
Hech kimsa emas bu men ahvolima voqif,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 122

Men xastayam millatim oʻlmish nega bemor.

2


Abdulla Avloniy

tarbiyaning doirasini keng qamrovda tushunadi. Uni birgina

axloq bilan chegaralab qoʻymaydi. Mohir pedagog tarbiyani bolaning sog‘lig‘i haqida
alohida e‘tiborli boʻlishni ta‘kiqlaydi. Avloniy masalaning falsafiy asosiga koʻchadi. Jism
bilan ruxning uzviy birligi haqida bayon qiladi. “Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham
yordam bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning oʻngli tersi kabidir. Agar jism tozalik ila
ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qoʻyub , astarini yuvub,
ovora boʻlmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur” deb oʻxshtma qilish bejiz
emas. Tarbiyaning oʻta muhim masala ekanligini tushuntirishga harakat qiladi.

Abdulla Avloniy

“Turkiy guliston yoxud axloq”asaridan pand-nasihat

mazmunidagi

hikoyalar mazmuni bolalarni axloqiy tarbiyani oʻzida yoshlikdan singdirib

borushni targ‘ib qiladi.

Xususan,

“Axloq”

nomli maqolada “Insonni yaxshilikg ‘a chaqirguvchi,

yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqning yaxshiligini, yomon xulqlarning
yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyeur. Axloq ilmni
oʻqub, bilub amal qilgan kishilar oʻzining kim ekanin, jinob Haq na uchun xalq qilganin.
Yer yuzida nima ish qilmak uchun yurgan bilur. Bir kishi oʻzidan xabardor boʻlmasa,
ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qinnatini
bilmas. Oʻz aybini bilub, iqror qilub tuzatmakg ‘a sa ‘y va koʻshish qilgan kishi chin
bahodir va pahlavon kishidir. Rasul akram nabiiy muhtaram afandimiz: “Mezon tarozusiga
qoʻyiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og ‘irroq i yoʻqdur.Moʻmin banda
yaxshi xulq sababli kechasi uxlamasdan , kunduzlari roʻza tutub ibodat qilgan kishilar
darajasiga yetar”,-demishlar” deya bayon qiladi.

Shu bilan suhbu bayonotni she‘riy parchalar bilan izohlashga harakat qiladi

.

Soʻylasang soʻyla yaxshi soʻzlardan,
Yoʻqsa jim turmoqing erur yaxshi.
Oʻylasang yaxshi fikrlar oʻyla,
Yoʻqsa gung boʻlmoqing erur yaxshi.
Ishlasang ishla yxshi ishlarni,
Yoʻqsa bekorligi erur yaxshi.

Ayniqsa,

“Tarbiya”

nomli maqolada bolalarning tarbiyalashda eng muhim qirralarni

koʻrsatishga harakat qilinadi.

Xususan, “

Tarbiya - “Pedagogiya

”, ya‘ni bola tarbyasining fani demakdur.Imi

axloning asosi tarbiya oʻldug ‘ndan shul xususida bir oz soʻz soʻylaymiz. Bolaning
salomati va saodat uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan

2

A.Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.Toshkent,1917.1-bet


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 123

maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni oʻrgatmak, yomon xalqlardan saqlab oʻsdurmakdur.
Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi
tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga

“yaxshi xulq”

degan davoni ichidan,

“poklik”

degan davoni ustidan berub, katta qilmoqg ‘i lozimdur”, deya tarbiya olishda

eng avvalo sog ‘liq salomatlikka alohida e ‘tibor berish masalasini qoʻyadi.Bu borada
bolalarni sog ‘lig ‘i borasida

“Badan tarbiya”

nomli maqolaning alohida orni mavjud.

“Badanning salomat va quvvatli boʻlmog ‘i insonga tng kerakli narsadur. Chunki,

oʻqumoq, oʻqumoq, oʻrganmoq va oʻrgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad
lozimdur. Sog‘ badanga ega boʻlmagan insonlar amallarinda ishlarinda, ibodatlarinda
kamchilik qilurlar...”

3

deb ta ‘kiqlaydi.

“Turkiy guliston yoxud axloq”

asarida

“Yaxshi xulqlar”

va

“Yomon

xulqlar”

tasnif qilnib oʻqituvchi va oʻquvchiga odob-axloq toʻg‘risida ta‘lim beradi.

“Yaxshi xulqlar”

maqolasida

“Yaxshi xulq:

bir qismi oʻz nafsimizga, bir qismini

bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli boʻlgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat,
islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqiyosi nafs,
vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi loson, iqtisod,
viqor, xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va
afvdur” deya, har bir yaxshi xulqlarga kirgan fazilatlarga izoh berib oʻtadi. Shu bilan birga
inson yaxsh xulq egasi boʻlishi lozimligi toʻg ‘risdia pand-nasihat qiladi.


Yaxshi birla yursa, har kim maqsadi hosil boʻlur,
Yursa nadonlar ila, kun borib qotil boʻlur.
Kattalar qilgan nasihatni kichikalr olmasa,
Oqibat xulqi buzuq bir beadab johil boʻlur.

Shu bilan birga

“Yomon xulqlar”

haqida ham tasnif berib shunday bayon qiladi:

“Insonlarni saodat abadiyatdan mahrum qiladigan, janob Haq qoshida va xalq nazrida
mazmum, hayoti jovidonimiz uchun masmum boʻlgan axloqi zamimalar: g ‘azab, shahvat,
jaholat, safohat, hamoqat, atolat, hasosat, rahovat, anoniyat, adovat, namimat, g‘iybat,
haqorat, jibonat,hasad, nifoq, tama, zulmdur.”

4

Koʻrinib turibdiki, mazkur asar boshidan oxirigacha kitobxonga didaktik

xususiyatlar toʻg ‘risida bayon qiladi. Bu haqida asar yakunida Abdulla Avloniy
quyidagicha izoh qoldirib ham oʻtadi:

“Ban bu asari nochizonami bir necha muallim brodarlarining iltijolari ila yozmoq

va nashr qilmoqg‘a g‘ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdullo va mina ikkinchi tab ‘ana-
da muvaffaq oʻldum. Chunki Turkiston maktablarida oʻz shevamizda yozilmish

3

A.Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.Toshkent,1917.3-bet

4

A.Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.Toshkent,1917.25-bet


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 124

mukammal

“Axloq”

kitobining yoʻqligi afroqi millatning shunday bir asarga tashna va

muhtoj ekanlig‘i oʻzum muallimlar jumlasida oʻldigimdan manga ham ochiq ma ‘lum
oʻldi. Shunning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻgida adibi muhtaram Shayx Sa ‘diy usulida
yozmoqni, garchi oʻg ‘ir ish boʻlsa ham , oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu
kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib koʻrdim.

Va shul maqsadga mabni har bir soʻzning oxiriga, ikki-uch band she ‘r ham yozdim

va bu yozgan she ‘rimnig orasida ba ‘zi arabiy, forsiy she ‘rlarnig tarjima va mazmuni
ham koʻrilur. Maorifparvar muallim birodarlarim meni bu asari ojizonamni iltifotsiz
qoldurmay, bu xizmati nochizonamni koʻzdan kechurub va bundan soʻng ham banim
qalamim ila nashr oʻlijanbb kitoblarni lutfan maydoni ta ‘lima qoʻymoq ila barobar tabiiy
oʻlan nuqsonlarini tanbeh va tanqid qilmakda himmati maorifparvaronalarini bandadan
darig‘ tutmasalar edi”.

Xulosa

Abdulla Avloniy yaratgan pedagogik darsliklar o‘zining didaktik mazmuni,

milliylikka asoslangan tarbiyaviy yondashuvi va shaxsga yo‘naltirilgan metodlari bilan
bugungi ta’lim tizimi uchun ham dolzarbdir. U tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv
materiallari bolalarda nafaqat bilim, balki ma’naviyat, axloq, ijtimoiy mas’uliyat hissini
shakllantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan, Avloniy merosi har doim o‘rganishga, targ‘ib
etishga va amaliyotda qo‘llashga loyiq bo‘lgan bebaho boylikdir. Uning pedagogik
qarashlarini chuqur o‘rganish va ularni zamonaviy dars jarayonlariga moslashtirish yosh
avlodni barkamol inson etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: «Fan», 1992.

2.

Avloniy A. Turkiy tillar grammatikasi. – Toshkent: «Sharq», 2006.

3.

G‘oyibnazarov S. Abdulla Avloniy va o‘zbek pedagogik tafakkuri. – Toshkent:

O‘zRFA nashriyoti, 2005.

4.

Jo‘raqulov A. Abdulla Avloniy – ma’rifatparvar pedagog // “Ta’lim va tarbiya” jurnali.

– 2018. – №2. – B. 45–50.

5.

Abdullayeva, V. (2023). XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA TURKISTONDA

TA’LIM JARAYONNI YUZAGA KELISHI VA DARSLIKLAR. QO ‘QON
UNIVERSITETI XABARNOMASI, 841-843.

6.

Abdullayeva, V. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING

DUNYOQARASHINI

SHAKLLANTIRISH

YO’LLARI. QO

‘QON

UNIVERSITETI XABARNOMASI, 888-891

7.

Quronovna, V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG ‘U BILIG” ASAR

MATNIDA

FRAZEOLOGIK

BIRLIKLARNING

QO

‘LLANILISH

SINONIMIYALARI. Международный журнал научных исследователей, 3(2)..


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 125

8.

Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological

Units in the Work” Qutadgu Bilig. International Journal of Scientific Trends, 3(5),
27-34.

9.

Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG”

ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK
BIRLIKLARNING

QOʻLLANILISHI. QO

‘QON

UNIVERSITETI

XABARNOMASI, 9, 174-179.

10.

Abdullayeva, V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG’U BILIG”

ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI
QO’LLANILISHI TADQIQI. International journal of scientific researchers (IJSR)
INDEXING, 3(2).




Bibliografik manbalar

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: «Fan», 1992.

Avloniy A. Turkiy tillar grammatikasi. – Toshkent: «Sharq», 2006.

G‘oyibnazarov S. Abdulla Avloniy va o‘zbek pedagogik tafakkuri. – Toshkent: O‘zRFA nashriyoti, 2005.

Jo‘raqulov A. Abdulla Avloniy – ma’rifatparvar pedagog // “Ta’lim va tarbiya” jurnali. – 2018. – №2. – B. 45–50.

Abdullayeva, V. (2023). XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA TURKISTONDA TA’LIM JARAYONNI YUZAGA KELISHI VA DARSLIKLAR. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 841-843.

Abdullayeva, V. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 888-891

Quronovna, V. A. (2023). YUSUF XOS HOJIBING “QUTADG ‘U BILIG” ASAR MATNIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO ‘LLANILISH SINONIMIYALARI. Международный журнал научных исследователей, 3(2)..

Quronovna, A. V. (2024). The Sematico-Paradigmatic Structure of Phraseological Units in the Work” Qutadgu Bilig. International Journal of Scientific Trends, 3(5), 27-34.

Quronovna, A. V. (2023). YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADGʻU BILIG” ASARINING OʻRGANILISHI HAMDA ASARDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QOʻLLANILISHI. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 9, 174-179.

Abdullayeva, V. Q. (2023). YUSUF HOS HOJIBNING “QUTADG’U BILIG” ASARINING TIL XUSUSIYATLARI, UNDA FRAZEOLOGIK IBORALARNI QO’LLANILISHI TADQIQI. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING, 3(2).