Mualliflar

  • Xakimova Xurshida Ubaydullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.113887

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza jins psixologiya shaxs yolg‘izlik agressiya korreksiya.

Annotasiya

O‘zining psixik xususiyatlarini, qobiliyatlarini anglash va o‘z-o‘zini tahlil qilish yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlar va oʻsmirlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi, ularning xususiyatlari,isteʼdodlari rivojlanadi.Yoshlar o‘zlarini anglashdek murakkab vaziyatlarni  yolg‘iz emas, balki otaona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 66

YOSHLIK DAVRLARIDA YUZAGA KELADIGAN

PSIXOLOGIK OʻZGARISHLAR

Xakimova Xurshida Ubaydullayevna

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani

23-umumiy o'rta ta'lim maktabi

amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

O‘zining psixik xususiyatlarini, qobiliyatlarini anglash va o‘z-o‘zini tahlil qilish

yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlar va oʻsmirlar hayotda
o‘z o‘rnini topishga kirishishadi, ularning xususiyatlari,isteʼdodlari rivojlanadi.Yoshlar
o‘zlarini anglashdek murakkab vaziyatlarni yolg‘iz emas, balki otaona, tengdoshlar,
o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.

Kalit so‘zlar:

ruhiy holat, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur,

mulohaza, jins, psixologiya, shaxs, yolg‘izlik, agressiya, korreksiya.

KIRISH

Emotsional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l topish sohasida yoshlar o‘z huquqlari,burchlari

va mustaqilligini himoya qiladilar. Ba’zan ular faqat qo‘rslik qilib turishadi.Lekin ancha
jiddiy masalalar – siyosiy qarashlar, dunyoqarash va kasb tanlashda ota-ona mavqei
ahamiyatliroq bo‘ladi va,odatda, tengdosh-doʻstlari ta’siridan ustunlik qiladi.Jamoa
hayotining ahamiyati o‘sib borishi bilan bir qatorda, erta yoshlikda individual do‘stlikka
talab keskin kuchayadi. Yoshlikdagi do‘stlik intimlik, emosional iliqlik, samimiyatni
birinchi o‘ringa olib chiqadi. O‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va unga xos bo‘lgan
ziddiyatlar yengib bo‘lmaydigan «ko‘ngil izhori» talabini uyg‘otadi.

Huddi mana shundan do‘stni xuddi o‘zidek tushunish paydo bo‘ladi. Bunday ehtiyoj

aynan erta yoshlikda paydo bo‘ladi. O‘g‘il bola va qiz bola o‘rtasida o‘spirinlikda
cheklangan o‘zaro munosabatlar erta yoshlikda sezilarli darajada faollashadi. Dastlabki
jiddiy qiziqish, sevgi va chuqur hissiyotlarga katta ehtiyoj paydo bo‘ladi.Erta yoshlik-
dunyoqarashning shakllanishida hal qiluvchi yosh hisoblanadi.Albatta, dunyoqarash
asoslari ancha ilgari - bolalikda quriladi. Shaxs sifatlarining ancha yuqori darajada
shakllanishiga asoslanib, hayotga nisbatan munosabatni aniqlash mumkin. Umumiy
dunyoqarash tushunchalari rejalarda aniqlashadi. Biroq yoshlar ularga yig‘ilgan bilim-
tajribani yetkazib beruvchi kattalar yordami va rahbarligiga doimo muhtoj bo‘ladilar.
Yoshlarning qobiliyatlari qanchalik inobatga olinsa va uning faollikka intilishiga
suyanilsa, tarbiya ham shunchalik samarali bo‘ladi.

Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm: mehnat

jamoasi,oila muhiti,norasmiy ulfatlar ta`sir ko`rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi
psixologik iqlim, ma`naviyat olami,ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 67

va odatlar oʻspirinning xarakterida ijobiy yoki salbiy vaziyatlarni vujudga keltirishi
mumkin.Mazkur ta`sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki
shaxsning nuqtai-nazari yo’qolishi mumkin. Mehnat jamoasiga endi qadam qoʻygan
yoshlar o’z o’rni va qadrqimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o’z
xohishlaridan sal bo’lsada chetlashishga majbur bo`ladi.Bu yo’l jamoasidagi psixologik
iqlimga moslashish maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, qarshi
qo’yilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi
yoki uning mustaqil ichki rishtalarini yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy
fikrdir.Jamoaga bo’ysunish har bir a`zoning burchidir. Ayrim hollarda ko’pchilikning
tazyiqiga uchragan yoshlarda adolatlilik singari hislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo’shashib
qoladi, natijada unda ikkilanish tuyg’usi paydo bo’ladi.

Yoshlik davrini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-

singillariga, aka-ukalariga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a`zolarining har biri
bilan to’g’ri muloqotda bo’lishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko’lami kengligi
sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi, totuvligi va
ahilligiga xalal bermaslik niyatida yoshlar vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham
majbur bo’ladilar.O`zlarining fikrlari, shaxsiy qarashlariga qarshi yo’l tutadilar.
Dilkashlik uchun har bir oila a`zosi bilan umumiy «til» topishga intiladilar. Shunga koʻra
oila muhiti ham yigit-qizlarning ruhiyati hamda ma`naviyatini oʼzgartiradigan omil
vazifasini o’taydi. Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil
ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi,
qarashlari,yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir.. Ko’ngilchanlik, do’stlar
ra`yiga qarshi bormaslik tufayli yigit va qizlar xarakterida hislar, barqaror e`tiqod, ilmiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 68

dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg’ulari namoyon
bo’ladi, ya`ni «Do’sting uchun zahar yut» qabilida ish tutiladi. Natijada ma`suliyatsizlik,
loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik va beparvolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, doʻstlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni,
amaliy ko’nikmalarni egallash imkoniyati ham yuzaga keladi.Shu boisdan ulfatchilikka
faqat maishat nuqtainazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanish
ayni muddaodir. Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga,
izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir.

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davming o‘ziga xos xususiyatlaridan

biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok
etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlaming
mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi:

1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shartsharoitiga va mehnat jamoasi

a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikish) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari
(taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada o‘z o‘mini topish va qadr-qimmatga erishish;

2) mutaxassis sifatida o‘zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish

(mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi - 3 yildan 8 yilgacha - ish staji nazarda tutiladi) yoki
kasb-korlik, mahoratini egallash;

3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish

samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi
barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini
ko‘rsatish.

Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor egalariga xos bo‘ lsada, lekin ishlab

chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida yosh jihatdan tafovut
mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigitqizlar o‘z mehnat
faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur
bosqichlami bosib o‘tishlari shart. Hozirgi mutaxassis laming ko‘pchiligi o‘quv
yurtlaridagi nazariy bilimlar 1 bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi
sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch
keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra uch xildir; ular:

a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar,

mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilaming xarakter xislatlari, ishlab chiqarish
jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo;

b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlardagi

uzilishlar,

saviyaning

cheklanganligi,

ijodiy

izlanish

faoliyatining

zaifligi,

tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar:

v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchiliklar; ishlab chiqarishning

mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi
yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 69

yetmaslik, xavfsizlik texnikasi mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik
irodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida lol qolish.

XULOSA

Bu qiyinchiliklami yengish davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va

xususiyatlarida miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi. Inson uchun psixologik
mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli,
qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi bir-biriga mos
tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngi!chanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar
xarakterida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Yuksak hislar, barqaror e’tiqod, ilmiy
dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari poymol boiadi,
ya’ni “Do‘sting uchun zahar yut” qabilida ish tutiladi. Natijada mas’uliyatsizlik, yuzakilik,
loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlami ishbilarmonlikni, amaliy
ko‘nikmalami egallash imkoniyati ham boʼladi. Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat
nuqtai nazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat
qilish ayni muddaodir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.G‘.E.G‘oziyev Ontogenez psixologiysi.Toshkent 2020-yil
2.Sh.A.Dustmuxamedova,

Z.T.Nishanova,

S.X.Jalilova,

Sh.T.Karimova,

Sh.T.Alimbaeva Yosh davrlari pa pedagogik psixologiya. Toshkent, TDPU 3.

Sharafullaeva, S. (2023). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADULT
PERIOD. World Bulletin of Social Sciences, 29, 49-51.

4. Ziyo.net






Bibliografik manbalar

G‘.E.G‘oziyev Ontogenez psixologiysi.Toshkent 2020-yil

Sh.A.Dustmuxamedova, Z.T.Nishanova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova,

Sh.T.Alimbaeva Yosh davrlari pa pedagogik psixologiya. Toshkent, TDPU 3. Sharafullaeva, S. (2023). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADULT PERIOD. World Bulletin of Social Sciences, 29, 49-51.

Ziyo.net