Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 103
ONLAYN TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI.
Tursunova Mushtariy Akmaljon qizi
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili
va adabiyoti fakulteti 104-guruh talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada onlayn ta’lim tizimining foydali tomonlari va zararli
jihatlari tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan zamonaviy texnalogiyalarning o’qitish
tizimiga bo’lgan ta’sirlari bayon qilinadi. Onlayn ta’limning bir qancha kamchiliklari
bo’lsa-da, u o’rgatuvchi va o’rganuvchiga birdek qulayliklarga sabab bo’ladi va vaqtning
tejalishiga olib keladi. Maqolada turli tadqiqot va tahlillar natijasida onlayn ta’lim
tizimining samaradorligi yuqori baholanadi.
Kalit so’zlar:
onlayn tizim, ta’lim texnalogiyalari, raqamli savodxonlik, texnik
vositalar, ta’lim sifati.
Kirish:
Zamonaviy texnalogiyalar taraqqiyoti jamiyat hayotining deyarli barcha
jabhalariga chuqur kirib kelmoqda. Ayniqsa, so’nggi yillarda ta’lim tizimida onlayn yoki
masofaviy o’qitish shakli katta ahamiyat kasb eta boshladi. Dastlab eksperimental tarzda
joriy etilgan bu tizim pandemiya davrida keng miqyosda qo’llanildi va hozirgi kunda ham
turli bosqichlarda davom ettirilmoqda. Onlayn ta’lim – bu o’qituvchi va o’quvchining
fizika jihatdan bir joyda bo’lmasdan , internet orqali o’quv jarayonida ishtirok etishi
demakdir. Ushbu maqolada onlayn ta’limning afzalliklari va kamchiliklari yoritib beriladi.
Onlayn ta’limning afzalliklari:
1.
Geografik cheklovlarning yo’qligi .
Onlayn ta’lim har qanday joyda , har qanday vaqtda bilim olish imkonini yaratadi.
Ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi yoshlar uchun but eng ta’lim olish huquqini
ta’minlaydi. Dunyoning istalgan universiteti yoki o’qituvchisi bilan bog’lanish imkoniyati
mavjud. Masalan, Coursera, edX , Udemy kabi platformalar orqali o’zbekistonlik talabalar
xorijiy oliy o’quv yurtlarining kurslarini tugatishlari mumkin.
2.
Moslashuvchanlik va mustaqil o’qish.
O’quvchi darslarni o’z vaqtida ko’rib chiqishi, ularni qayta ko’rishi va o’z tezligida
o’rganishi mumkin. Bu esa individual o’quv uslubini shakllantiradi va mustaqil fikrlashni
rivojlantiradi.
3.
Resurslarning kengligi.
Internet orqali taqdim etilayotgan video darslar, testlar, maqolalar, elektron kitoblar
va interaktiv simulyatsiyalar o’quv jarayonini boyitadi. Bu esa an’anaviy ta’limdan farqli
o’laroq , o’rgatish usullarini diversifikatsiya qiladi.
4.
Moliyaviy tejamkorlik.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 104
Onlayn ta’lim ko’pincha an’anaviy ta’limdan arzonroq bo’ladi, transport, yashash ,
qog’oz vositalari kabi xarajatlar kamayadi. Bu kam imkoniyatli oila farzandlari uchun katta
imkoniyat yaratadi.
Onlayn ta’limning kamchiliklari:
1.
Internet va texnik vositalarning cheklanganligi.
Ko’plab hududlarda internet sifatsiz , qimmat yoki umuman mavjud emas. Bundan
tashqari, ko’pchilikda kompyuter , planshet yoki zamonaviy telefon yo’qligi onlayn
ta’limni to’liq olishga to’sqinlik qiladi.
2.
Jonli muloqotning yetishmasligi.
An’anaviy ta’limda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi bevosita muloqot muhim rol
o’ynaydi. Onlayn muhitda esa savol-javoblar , tushunmovchiliklarni aniqlashtirish,
emotsional aloqa va motivatsiya pasayadi.
3.
Diqqatni jamlash muammosi.
Uyda o’tirib o’qish chog’ida o’quvchi atrof-muhitdagi chalg’ituvchi omillar – telefon
, ijtimoiy tarmoqlar, shovqin- sababli darsga to’liq e’tibot qarata olmasligi mumkin.
4.
Jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’siri.
Uzoq vaqt ekranga qarash ko’rish qobiliyatiga zarar yetkazadi. Harakatsizlik,
yolg’izlik, stress va uyqu buzilishi kabi salbiy holatlar kuzatiladi.
Bundan tashqari, laboratoriya ishi , tibbiy mashg’ulotlar yoki texnik mutaxassisliklar
kabi sohalarda onlayn ta’lim yetarli darajada samarali emas. Chunki bunday yo’nalishlar
ko’proq amaliy tajribaga asoslanadi.
Xulosa:
Onlayn ta’lim- zamon talabi. U orqali ta’lim jarayoni yangi bosqichga o’tdi.
Afzalliklari bilan birga , kamchiliklari ham mavjud bo’lib , bu tizim ustida ishlash va uni
doimiy rivojlantirish zarur. Texnalogiya imkoniyatlaridan to’g’ri va oqilona foydalanilsa,
onlayn ta’lim jamiyatning ta’limiy salohiyatini oshirishda muhim omil bo’lib qoladi.
Yangi davrda bilim olish- faqat sinfxonalarida emas, balki butun dunyo orqali amalga
oshmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimova . M – “Onlayn ta’lim va uning zamonaviy shakllari.” 2021-yil.
2.
Islomov .A – Masofaviy ta’lim samaradorligi va pedagogik yondashuvlar . “
O’zbekiston pedagogika jurnali”. 2022-yil.
3.
UNESCO. (2020, July 15) Education in a post- covid world: Nine ideas for public
action.
4.
Coursera. “ Online courses from top universities”. https:// www.coursera.org.
