Jild 75 № 1 (2025)
Maqolalar
LOGOPEDIK YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR BILAN OILAVIY ISHLASH: OTA-ONALAR BILAN MULOQOT VA MASLAHATLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada logopedik yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida ota-onalar bilan muloqot va psixopedagogik hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalarning logopedik terapiyasida ota-onalarning faol ishtiroki — mashqlarni mustahkamlash, emotsional qo‘llab-quvvatlash, motivatsiya shakllantirish va muhit yaratishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda oilaviy tarbiya uslublari, logoped-ota-ona uchlik muloqoti va maslahat berish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan oddiy va samarali mashg‘ulot turlariga ham e’tibor qaratiladi. Mazkur maqola maxsus pedagogika, logopediya va oilaviy psixologiya kesishmasidagi zamonaviy yondashuvlarga asoslanadi va amaliyotchi mutaxassislar uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
G‘AZALKENT SHAHRIDAGI TOJIK DIASPORASI: ETNIK IDENTITET VA XALQARO SIYOSIY INTEGRATSIYA KONTEKSTIDA O‘ZBEKISTON–TOJIKISTON MUNOSABATLARIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Mazkur maqolada G‘azalkent shahri hududida istiqomat qiluvchi tojik diasporasining etnik identiteti va ularning O‘zbekiston–Tojikiston o‘rtasidagi xalqaro siyosiy integratsiyadagi roli tahlil qilinadi. Etnik guruhning ijtimoiy, madaniy va siyosiy faolligi, shuningdek, ularning o‘z tarixiy ildizlariga sodiqlik darajasi zamonaviy xalqaro munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilinadi. Metod sifatida etnografik kuzatuv, yarim strukturaviy intervyular va arxiviy hujjatlar tahlilidan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari G‘azalkentdagi tojik diasporasi millatlararo totuvlik, chegaraoldi hamkorligi va madaniy diplomatiya vositasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashda vositachi rolini o‘ynayotganini ko‘rsatdi. Ushbu maqola milliy identitetning xalqaro siyosiy kontekstdagi ahamiyatini ochib berish bilan birga, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy etnik guruhlar o‘rganilishida yangi yondashuvni taklif etadi.
AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA YOZISH KOMPETENTLIGINI OSHIRISH HAMDA BU JARAYONDA QO‘LLANILADIGAN MASHG‘ULOTLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada akademik litsey o‘quvchilarining yozma nutq kompetentligini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Yozish ko‘nikmalari ta’lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qaralib, uning til bilimi, mantiqiy fikrlash, kompozitsion qurilish, grammatik to‘g‘rilik, lug‘aviy boylik va uslubiy aniqlik kabi asosiy tarkibiy qismlari yoritib beriladi. Maqolada o‘quvchilarning yozuv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar, interfaol metodlar, ijodiy topshiriqlar, modellashtirilgan yozuv vazifalari, insho, esse, bayon yozishning samarali usullari tahlil qilinadi.
IKKILAMCHI BOZORDA NOTURARJOY KO'CHMAS MULKNI BAHOLASHDA QO'LLANILADIGAN QIYOSIY YONDOSHUV
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida noturarjoy ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholashning huquqiy va metodik asoslari, baholash faoliyatining dolzarbligi, shuningdek, ikkilamchi bozorda baholashning qiyosiy yondashuvi chuqur tahlil qilingan. Qiyosiy yondashuv doirasida qo‘llaniladigan savdolarni qiyoslash usuli va yalpi ijara multiplikatori usulining afzalliklari yoritilgan hamda ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi muhokama qilingan. Mavjud baholash standartlari, baholovchilarning roli va bozor ma’lumotlarining ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.
MAKTABGACHA TA‘LIMDA INNOVATSION METODLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya:Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tadbiq etishning dolzarbligi yoritilgan. Bugungi kunda bolalarning intellektual, ijtimoiy-psixologik va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi innovatsion yondashuvlar – interaktiv o‘yinlar, zamonaviy texnologiyalar, STEAM yondashuvi, Montessori, Reggio Emilia kabi pedagogik tizimlarning qo‘llanishi muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilingan.
ELEKTR ENERGIYANI REALIZATSIYA HARAJATLARI VA YOʻQOTISHLARI KOʻRSATKICHLARINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
Annotatsiya: Maqolada elektr energiya yoʻqotishlarini amaldagi holati va 2030 yillarga borib qanday ko’rsatkichlarga ega bo’lishi xususida so’z yuritilgan. Elektr yoʻqotishlarining kelib chiqish xususiyatlariga koʻra “Elektr energiyasini yetkazib berishdagi zararlar” termini asoslangan. Elektr yoʻqotishlarini tannarx usulidagi hisobidan voz kechish hamda baholashda sotish narxi boʻyicha baholash taklif etilgan. Elektr energiyasi yoʻqotishlarini buxgalteriya hisobida hisobga olish boʻyicha namunaviy buxgalterlik oʻtkazmalari keltirilgan.
QANDLI DIABETDA PARHEZ VA OVQATLANISH TARTIBI: MUVOZANATLI MENYU ASOSLARI
Annotatsiya:Ushbu maqolada qandli diabetda parhez va ovqatlanish tartibining muhimligi, muvozanatli menyu asoslari, zamonaviy yondashuvlar va bemor hayoti sifatiga ta’siri keng yoritilgan. Gormonal va metabolik barqarorlikni saqlashda individual menyu, glyukemik indeks, porsiya nazorati va ovqatlanishning soddalashtirilgan usullari (plitalar metodi) asosiy vositalar sifatida tavsiya etiladi. Maqola O‘zbekiston sharoitida diabetik ovqatlanishni amaliylashtirish yo‘llariga bag‘ishlangan.
O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish tendensiyalari, mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda muammolar yoritilgan. Ayollar ishtirokidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining o‘sish sur’atlari tahlil qilinadi. Shuningdek, gender tengligini ta’minlash, ayollarni iqtisodiy faollikka jalb qilish yo‘lidagi strategik yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.
ANTON PAVLOVICH CHEXOV – JAMIYAT DARDI SHIFOKORI. “GAROV” HIKOYASIDA INDIVIDUALLIK VA IJTIMOIY TO‘SIQLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada rus xalqining mashhur yozuvchisi, qisqa so‘zga olam mazmun singdira oluvchi ijodkor, jamiyat dardini asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay olgan adib Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Shuningdek, yozuvchiga hikoyanavislik sohasida shuhrat keltirgan “Garov” asari mazmun-mohiyati hamda yozilish uslubi tahlil qilinadi.
ZAMONAVIY SPORT TEXNOLOGIYALAR IMKONIYATLARI VA XAVFLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy sport texnologiyalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ahamiyati, ularning samarali jihatlari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Sport texnologiyalaridan foydalanish orqali sportchilarning salomatligi, mashg‘ulot sifati va natijalari sezilarli darajada yaxshilanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, texnologiyalarning haddan tashqari qo‘llanilishi ba’zi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ham ta’kidlangan.
YUTUQQA INTILISH VA SPORTCHILARNING SHAXSIY FAZILATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada sportchilarning yutuqqa intilish motivatsiyasi va bu jarayonda muhim rol o‘ynovchi shaxsiy fazilatlar tahlil qilingan. Yutuqqa erishish yo‘lida qat’iyat, irodaviy barqarorlik, mas’uliyat, sabr-toqat kabi fazilatlarning shakllanish mexanizmlari va ularni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot sportchilarning psixologik tayyorgarligi va ularning muvaffaqiyat darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yo‘naltirilgan.
SPORT FAOLIYATIDA YETAKCHILIK VA JAMOAVIY ISH MUVOZANATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada sport jamoalarida yetakchilik va jamoaviy ish muvozanatining ahamiyati, samaradorlikka ta’siri va ularni uyg‘unlashtirishning yo‘llari tahlil qilingan. Yetakchilikning turli uslublari, sportchilarning motivatsiyasi, hamkorlik va ishonch muhitini shakllantirishdagi roli chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotda jamoa ichidagi rollar taqsimoti, murabbiy va sardorning pozitsiyasi hamda psixologik iqlim masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
YOG’ MIQDORINI KAMAYTIRISHDA AEROB VA ANAEROB MASHQLAR TAQQOSLOVI
Annotatsiya: Ushbu maqolada inson organizmidagi yog’ miqdorini kamaytirishda aerob va anaerob jismoniy mashqlar turlari o‘rtasidagi samaradorlik taqqoslab tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ikki xil jismoniy yuklama turi metabolik jarayonlarga, energiya sarfiga, mushak massasiga va yog’ yo‘qotishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi chuqur o‘rganildi.
BADIIY OBRAZ TUSHUNCHASI VA UNING TAHLIL MEZONLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyotshunoslikdagi asosiy tushunchalardan biri — badiiy obrazning mazmun-mohiyati, shakllanish xususiyatlari va ularni tahlil qilish mezonlari nazariy jihatdan yoritiladi. Badiiy asarda obraz qanday vujudga kelishi, u qanday funksiyani bajarishi va uni o‘rganishda qaysi mezonlarga asoslanish lozimligi haqidagi qarashlar tahlil qilinadi.
O‘ZBEKISTONLIK BLOGERLAR VA KONTENT YARATUVCHILARNING TURIZM TARG‘IBOTIDAGI ROLI: IJTIMOIY MEDIA SAVODXONLIGI ORQALI MILLIY BREND YARATISHNING XALQARO AMALIYOTI
Annotatsiya: So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarning kuchayishi natijasida O‘zbekistonda turizm targ‘iboti yangicha shakl va vositalar orqali amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalliy blogerlar va kontent yaratuvchilarning turizm sohasidagi roli tobora ortib bormoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonlik blogerlarning ijtimoiy media savodxonligi darajasi va bu savodxonlik milliy turistik brendni shakllantirishdagi o‘rni xalqaro tajribalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSH, Indoneziya va Turkiya kabi davlatlardagi ilg‘or tajribalarga asoslanib, mahalliy holat o‘rganildi. Metod sifatida sifatli intervyu, kontent tahlili va so‘zlashuv lingvistikasi yondashuvlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi ko‘pchilik blogerlar turizm brendini ommalashtirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda, biroq ularning media savodxonligi darajasi notekis va tizimli yondashuvga muhtoj. Xalqaro amaliyotlar asosida ishlab chiqilgan takliflar milliy blogosferada barqaror brend siyosatini shakllantirishga xizmat qilishi mumkin.
TURKIYA VA O‘ZBEKISTON YOSHLARI O‘RTASIDA AGRO-O‘RMON TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA RAQAMLI PLATFORMA YARATILISHI: EHTIYOJLAR VA IMKONIYATLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Turkiya yoshlari o‘rtasida agro-o‘rmon tizimlarini rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi raqamli platformani yaratish ehtiyoji va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Dastlab, agro-o‘rmon tizimlarining barqaror qishloq xo‘jaligidagi o‘rni va ekologik funksiyalari ko‘rib chiqiladi. So‘ngra, ikki davlatda mavjud bo‘lgan yoshlar harakati, innovatsion texnologiyalarni qabul qilishga tayyorlik darajasi hamda raqamli muhitdagi o‘zaro hamkorlik shakllari o‘rganiladi. So‘rovnoma, fokus-guruh intervyulari va SWOT tahlil orqali yig‘ilgan ma’lumotlar asosida, transmilliy yoshlar hamkorligiga yo‘naltirilgan agro-o‘rmon raqamli platformasining zarur komponentlari aniqlanadi. Maqola yakunida mazkur platforma konsepsiyasi asosida tajriba loyihasi yaratish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar keltiriladi.
“DIGITAL ANTICORRUPTION AMBASSADORS”: O‘ZBEKISTON VA TURKIYA YOSHLARI ISHTIROKIDAGI RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING INNOVATSION MODELI
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston va Turkiya yoshlarining raqamli platformalar orqali korrupsiyaga qarshi kurashishdagi innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, Telegram, Instagram, TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan “raqamli antikorrupsiya elchilari” (ya’ni yoshlar tomonidan boshqariladigan bloglar, sahifalar va jamoaviy axborot platformalari) faoliyati tadqiq etilgan. Maqola doirasida ikki mamlakat yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va yarim strukturaviy intervyular asosida raqamli faollikning korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning raqamli antikorrupsiya faoliyati korrupsiyaga qarshi ijtimoiy ong va fuqarolik faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, maqolada ikki mamlakatning raqamli siyosiy madaniyatidagi o‘xshashlik va tafovutlar ham tahlil qilingan. Yakuniy xulosalarda esa, raqamli antikorrupsiya elchilari modelini xalqaro darajada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ РЕГУЛИРОВАНИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫХ СОГЛАШЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ И СИНГАПУРЕ
Аннотация: ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси ва Сингапурда инвестиция битимларини ҳуқуқий тартибга солишнинг қиёсий таҳлили келтирилган. Тадқиқот институционал хусусиятларни, меъёрий-ҳуқуқий базани, шунингдек, иккала юрисдиктсиядаги инвесторларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш механизмларини қамраб олади. Халқаро шартномаларнинг роли, миллий ва хорижий инвесторларнинг режими ва низоларни ҳал қилишнинг арбитраж механизмларидан фойдаланишга алоҳида эътибор берилади.
MUSTAQILLIK DAVRIDA TARIXIY TADQIQОTLAR UCHUN YANGI YO’NALISHLARNING OCHILISHI
Annotatsiya. Mazkur maqolada mustaqillika erishganimizdan keyin tarixiy o’zgarishlar, tarix fanida olib borilgan islohotlar tarixiy jarayonlar bo’yicha ma’lumot beriladi.
BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA O’PKA TO’QIMALARINING GISTOSTRUKTURAVIY O’ZGARISHLARI VA UNING ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI, KLINIK MANZARASI, DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARI, KECHISHI , ASORATLARI VA UNI DAVOLASH
Annotatsiya: Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevakt nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi yigirma yil ichida astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ maʼlumotlariga qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir. Branxia lastma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari davri, avj olgan davr, xurujning ortga qaytish davri.
YOSHLAR ORASIDA STRESS VA DEPRESSIYA: ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy omillari bilan tahlil qilingan. Hamda maqolada yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy psixologik yondashuvlar — kognitiv-behevioral terapiya, art-terapiya, guruhli psixokorrektsiya mashg‘ulotlari va onlayn psixologik xizmatlar samaradorligi yoritilgan Shuningdek, mahalliy tadqiqotlar asosida yoshlar orasida stress va depressiyani erta aniqlash, oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib oʻtilgan.
SUN’IY INTELLEKT: IMKONIYATLAR, XAVF-XATARLAR VA O‘ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Anotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasining mazmuni, uning jamiyatdagi o‘rni va turli sohalarda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Texnologiyaning ijobiy jihatlari bilan birga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va muammolar ham yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasidagi amaliy harakatlar, davlat siyosati hamda yoshlarning salohiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola sun’iy intellektdan oqilona foydalanish, uni nazorat qilish va tartibga solish zaruriyatiga urg‘u beradi.
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AYOLLARDA SUITSIDGA MOYILLIK XUSUSIYATLARINI KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Hоzirgi vаqtdа zаmоnаviy jаmiyаtdа sоdir bо‘lаyоtgаn o‘zgаrishlаr insоniyаt uсhun nаfаqаt tеzlаshtirilgаn o‘zgаrishlаr sur’аtigа kо‘nikish, bаlki o‘zgаruvсhаn ijtimоiy hаyоtgа mоslаshish qоbiliyаti muаmmоsini hаm qо‘ymоqdа. Аlbаttа, jаmiyаtdаgi mаvjudlik vа hаyоt muаyyаn bilimlаrni tаlаb qilаdi. Vа bu bilim tug‘mа еmаs, bаlki insоn hаyоti jаrаyоnidа оrttirilgаn. Shundаy qilib, biоlоgik shахsdаn о‘rgаnish jаrаyоnidа о‘smir аstа-sеkin ijtimоiy mаvjudоtgа аylаnаdi vа оlimlаr bu jаrаyоnni sоtsiаlizаtsiyа dеb аtаshаdi. Birоq, insоn hаyоtining hаr qаndаy sоhаsidа sоdir bо‘lаyоtgаn o‘zgаrishlаr, shu jumlаdаn jаmiyаtimizdаgi qаdriyаtlаr iеrаrхiyаsidаgi tub o‘zgаrishlаr munоsаbаti bilаn sоtsiаlizаtsiyа muаmmоsi yаnаdа kеskinlаshmоqdа vа dоlzаrb bо‘lib bоrmоqdа. Ijtimоiy-iqtisоdiy inqirоz аhоlining еng zаif qаtlаmlаri, birinсhi nаvbаtdа, yоsh аvlоd, хususаn, vоyаgа yеtmаgаn о‘smirlаr аhvоlini yоmоnlаshtirdi. Jаmiyаt o‘zini biоlоgik vа ijtimоiy jihаtdаn yоsh аvlоd оrqаli rivоjlаntirаdi. Mа’lumki, yоshlаr mаmlаkаt kеlаjаgini ifоdаlаydi, shu bilаn bоg‘liq hоldа ulаrning kаyfiyаti, хulq-аtvоri muаyyаn jаmiyаtdаgi ijtimоiy-psiхоlоgik, siyоsiy muhitning o‘zigа хоs “о‘lсhоvi”dir. I.S.Kоn yоshlаrgа kеng quyidаgiсhа tаrif bеrаdi: “Yоshlаr - bu yоsh хususiyаtlаri, ijtimоiy mаvqеi vа mа’lum ijtimоiy-psiхоlоgik хususiyаtlаrining kоmbinаtsiyаsi аsоsidа аniqlаngаn dеmоgrаfik guruhdir. Yоshlik hаyоt tesiklining mа’lum bir bоsqiсhi sifаtidа biоlоgik mukаmmаllikdir, lеkin uning o‘zigа хоs yоsh сhеgаrаlаri, ijtimоiy mаvqеi bilаn bоg‘liq ijtimоiy-psiхоlоgik хususiyаtlаr ijtimоiy-tаriхiy хususiyаtgа еgаdir.
ARITMIYALAR TURLI SHAKILARI VA ULARNI DAVOLASH YONDASHUVLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada yurak ritmi buzilishlari – aritmiyalarning asosiy turlari, ularning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va zamonaviy davolash usullari tahlil qilinadi. Aritmiyalarning tashxis qo‘yish usullari va har bir holatga individual yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, farmakologik va invaziv muolajalar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
SINFDA TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy sinflarda texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda texnologiyalar o‘qitish jarayonini samarali qilishdagi o‘rni, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga ta’siri va yuzaga keladigan muammolar yoritiladi. Natijalarda texnologiyadan foydalanish o‘qitish sifatini oshirishga yordam berishi aniqlanadi.
PSIXOLOGIYADA EMPATIYANING YUZAGA KELISHI HAMDA INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya: Empatiya - bu boshqa insonning ichki dunyosi va holatini ongli ravishda tushunish, hamdardlik bildirish qobiliyati. Empatiya hamdardlik-antipatiya yoki rahm-shafqatdan tubdan farq qiladi, chunki u insonning qanday vaziyatda ekanligini tasavvur qilish, uning his-tuyg'ularini hukm va tanqidsiz, tushunishga urinishga hamda suhbatdoshning qiyofasiga kirishga asoslangan.
TEMURIYLARNING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN ALOQALARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temurning qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan.Maqola fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizda buyuk bobokalonimizning deyarli butun Osiyo mintaqasida olib borgan siyosati, uning davlatni adolatli idora etish borasidagi mahoratidan o’rnak olgan holda, buyuk ajdodimiz shon-shuhratini ko’z o’ngimizda yana bir qadar yuksaltirishga xizmat qiladi.
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI PLATFORMALAR
YOLG‘ON AXBOROTNING JAMIYATGA TA’SIRI
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy axborot maydonida keng tarqalgan yolg‘on xabarlarning jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Yolg‘on axborotlarning ijtimoiy ishonch inqiroziga olib kelishi, odamlar ruhiy salomatligiga ta’siri, ijtimoiy bo‘linishlar, nizolar, vahima va manipulyatsiyalar orqali jamoatchilik fikrini noto‘g‘ri shakllantirishi asoslab beriladi. Jurnalist va axborot iste’molchisining bu jarayonlardagi o‘rni, axborot savodxonligi va faktcheking amaliyotining zarurati ko‘rsatib o‘tiladi.
EKOLOGIYA MUAMMOLARIDA JURNALISTNING POZITSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada jurnalistikaning ekologik muammolarni yoritishdagi o‘rni va mas’uliyati tahlil qilinadi. Yolg‘on axborotlar, sust pozitsiya yoki befarqlik ekologik muammolarning chuqurlashishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Jurnalist ekologik inqirozlar, resurslardan noto‘g‘ri foydalanish, ifloslanish, chiqindilar muammosiga befarq bo‘lmasligi, aksincha ijtimoiy ongni uyg‘otuvchi faol pozitsiyada bo‘lishi zarurligi asoslab beriladi. O‘zbekistondagi ekologik vaziyat va Oral fojiasi misolida jurnalistlarning roli muhokama qilinadi.
JURNALISTIKA TARIXI: TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA ZAMONAVIY JURNALISTIKAGA TA’SIRI
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, qadimiy axborot almashinuvi shakllaridan tortib zamonaviy raqamli jurnalistikagacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari tahlil qilinadi. Matbuot tarixidagi muhim davrlar, G‘arb va Sharq jurnalistikasining rivojlanish farqlari, sovet davrida jurnalistikaning mafkuraviy yo‘nalishi, mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda yuz bergan tub o‘zgarishlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, jurnalistika tarixini o‘rganishning hozirgi jurnalistikaga ta’siri ochib beriladi.
ZAMONAVIY JURNALISTIKADA FOYDALANILADIGAN TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada jurnalistika sohasida keng foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar tahlil qilinadi. Matnli axborot yetkazish vositalaridan tortib, multimedia, sun’iy intellekt, mobil jurnalistika va ma’lumotlar jurnalistikasi kabi ilg‘or usullargacha bo‘lgan texnologik vositalarning jurnalistik amaliyotdagi o‘rni va ta’siri yoritib beriladi. Maqolada texnologiyalarning axborot yig‘ish, tahrirlash, nashr qilish va auditoriyaga yetkazishdagi roli, ularning afzalliklari hamda mavjud muammolari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jurnalistikaning kelajagida texnologiyalar qanday o‘rin egallashi mumkinligi borasida ilmiy-nazariy tahlil yuritiladi. Tadqiqot amaliyotchi jurnalistlar, OAV sohasi vakillari hamda jurnalistika bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
XIVA XONLIGI XVII-XX ASR BOSHLARI ROSSIYA BILAN SAVDO MUNOSABATLARI TARIXINI XORAZM TARIXCHILARI TOMONIDAN YORITILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xorazmlik mahalliy tarixchilar tomonidan Xiva xonligining XVII-XX asrlarda Rossiya bilan olib borilgan savdo va elchilik aloqalari to’g’risida ma’lumotlari tahlil qilingan. Asarlar solishtirilgan va tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Munis, Ogahiy, Eltuzarxon, Firdavs ul iqbol, Gulshani davlat.
TURK XOQONLIGI DAVLATCHILIGI TARIXI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlardagi davlatchilik tarixining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan Turk xoqonligining tashkil topishi, davlatchilik tarixi va u haqida ko‘plab ma’lumotlar aks etgan tarixiy manbalar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Turk xoqonligi, Oltoy, Bumin, Mug‘anxon, Istami yabg‘u, O‘rxun-Enasoy bitiklari, “O‘g‘uznoma”.
SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma‟lumot beriladi, va bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma‟lumot beriladi. Ushbu maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun in‟om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‟rni haqida diniy unvonlar haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati haqida so‟z boradi. Kalit so’zlar: Dargox, “siyosatnoma”, Qabo, Visoqboshi, Hojib, Sohibi haros, Xo‟jayi buzruk, Devoni vazir, Devoni sohib, Devoni mushrif, Sipoqsolar, Muqto, Iqto, G‟aribxona , Shayxulislom, Ustod,Visoqboshi, Chodir boshlig‟I, Hayilboshi, Hojib, Ariz, Devoni arz.
ASHTARXONIYLAR DAVRIDA YOZILGAN MANBALARDA ASHTARXONIYLAR DAVRNING SIYOSIY HAYOTI
Annotatsiya: Tarixiy manbashunoslikda Ashtarhoniylar (1601-1756) davri tarixini yorituvchi adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etib, ular O'zbekiston tarixining XVIII asr o'rtalariga qadar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni yoritishda xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu davrga oid turli ko'rinishdagi yozma manbalar nashr etilgan bo'lsa ham, ularda aholining etnik tarkibi masalasi nisbatan kam yoritilganligi bilan harakterlanadi. Kalit so'zlar: Ashtarxoniylar, Buxoro xonligi, “Tarixi olmaroyi Abbosiy”, “Bahr ul-asror”, “Ubaydullanoma”, “Tarixi Muqimxoniy”, “Tarixi qipchoqxoniy”, Movarounnahr, Mahmud ibn Vali, Muhammad Yusuf Munshiy, Muhammad Amin Buxoriy, Xo'jamqulibek Balxiy.
QORAXONIYLAR DAVLATIDA TA’LIM FAOLIYATI
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda birinchi musulmon turkiy davlati bo‘lgan Qoraxoniylar davrdagi manaviy ma`rifiy va ta`lim faoliyati to‘g‘risida ma`lumot berildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha turli ma`nbalar o‘rganilib, natijalari bo‘yicha kerakli ma`lumotlar tadqiqot doirasiga kiritildi. Binobarin, diniy omil (Islom dini) Qoraxoniylar ta`lim faoliyatiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadigan muhim omil hisoblanadi. Qoraxoniylar islomni qabul qilgunga qadar ularning ta`lim faoliyatlari ma`lum bir tizimli ma`rifiy faoliyati mavjud emas adi. Islomni qabul qilish bilan birga ancha tartibli va tizimli bo‘lib boradi ta`lim tizimi, ta`lim tizimining diqqat markazida madrasalar va shu davrda etishib chiqqan olimlar ayamiyatli iz qoldirganini ko‘rish mumkin. Kalit so‘zlar: Ta`lim, o‘qitish, Qoraxoniylar, madrasa, mudarris.
MAKTAB JAMOASINI BOSHQARISHDA INNOVATSIYALARNING AMALIY TADBIQLARI
Annotatsiya. Innovatsion boshqaruv tamoyillari maktab muassasalarida samaradorlik va sifatni oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Maqolada maktab rahbarlari va jamoasi faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llash mavzusi yoritiladi. Asosiy e’tibor innovatsion boshqaruv tushunchasi, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliy misollar, shuningdek, raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar asosida monitoring hamda tahlil masalalariga qaratiladi. Xulosa qismida maktab rahbarlari uchun tavsiyalar keltirilgan. Maqola so‘nggi yillarda chop etilgan ilmiy manbalarga asoslanib tayyorlandi.
THE IMPORTANCE OF IXLA (IMMUNOLUMINESCENT AUTOMATIC ANALYZER) IN LABORATORY DIAGNOSTICS
Annotation. IXLA (Immunoluminescent Automatic Analyzer) is a modern diagnostic device that utilizes immunoluminescence methods for highly accurate and automated analysis of biological samples. This analyzer is widely used in laboratory diagnostics for detecting hormones, tumor markers, infectious diseases, and other biomarkers. The key advantages of IXLA include high sensitivity, precision, fast processing time, and minimal operator intervention. This equipment significantly enhances the efficiency of medical diagnostics and provides reliable results for large-scale laboratory testing..
KITOBXONLIK MADANIYATI VA UNING INSON TAFAKKURIGA TA’SIRI
Annotatsiya.Ushbu maqolada kitobxonlik madaniyatining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, o‘quvchi shaxsini kamol toptirishdagi, tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kitob orqali bilim olish, mustaqil fikrlash, ma’naviy yetuklikka erishish jarayonida kitobxonlikning tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘qituvchilarning kitobxonlik madaniyati, badiiy-estetik didi va intellektual salohiyatining oshirilishi ta’lim sifati va inson tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Kitobxonlikning jamiyat taraqqiyotidagi roli, ayniqsa yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni keng tahlil qilingan.
JALOLIDDIN MANGUBERDI JASORATI
Annotatsiya: Maqolada Jaloliddin Manguberdi yoki Jaloliddin Menguberdi (Jalol id-Diniya vad-Din Abu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad) sо‘nggi xorazmshoh haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Xorazmshoh, G‘azna, Xuroson, Chingizxon, Parvonadagi jang, “milliy qahramon.
TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi.
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI
Annotatsiya: Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang oldi mas’uliyatini oshirishi borasidagi tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan.
AMIR TEMURNING MIN SULOLASI BILAN MUNOSABATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xitoy (Min) davlati va Amir Temur davlati o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, Amir Temurning Xitoyga qarshi harbiy yurishi davrida mo‘g‘ul shahzodasi Tayzi o‘g‘lon faoliyati xususida fikr yuritilgan
AMIR TEMUR DAVLAT BOSHQARUVIDA XALQARO MUNOSABATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi, qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan. Shu bilan birga, maqolada Temuriylarning xalqaro munosabatlarni tashkil etishi, yagona markazlashgan siyosiy tartibni yo’lga qo’yish doirasida olib borgan islohotlari yoritilgan. Maqola fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizda buyuk bobokalonimizning deyarli butun Osiyo mintaqasida olib borgan siyosati, uning davlatni adolatli idora etish borasidagi mahoratidan o’rnak olgan holda, buyuk ajdodimiz shon-shuhratini ko’z o’ngimizda yana bir qadar yuksaltirishga xizmat qiladi.
AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAKLASHISHGA VA IQTISODIY O‘SISHIDA TIJORAT BANKLARINING ROLI (“TURONBANK” ATB MISOLIDA)
Tijorat banklari mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanch institutlaridan biri hisoblanadi. Ular sarmoyalarni jalb qilish, korxonalarni moliyalashtirish, aholiga kredit berish, investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlariga kreditlar ajratish orqali ularning faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari yaratiladi.
Bandlik – bu ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning muhim mezonlaridan biri. Tijorat banklari ushbu sohada kreditlash siyosati, moliyaviy ko‘mak dasturlari va investitsion loyihalar orqali faol ishtirok etmoqda. Yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish orqali banklar nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ijtimoiy barqarorlikka ham xizmat qilmoqda.
TIJORAT BANKLARIDA MIKROZAYMLAR SIFATINI TASNIFLASH VA ULAR BO‘YICHA EHTIMOLIY YO‘QOTISHLARNI QOPLASH UCHUN ZAXIRALAR SHAKILLANTIRISH XAMDA ULARDAN FOYDALANISH HISOBI (TENGE BANK MISOLIDA)
Mikrozaymlar — bu kichik hajmdagi, odatda past daromadli shaxslar yoki kichik bizneslar uchun beriladigan kreditlar bo‘lib, ular bank tizimlarida iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va kam ta'minlangan qatlamlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning muhim vositasi hisoblanadi. Biroq, mikrozaymlar bilan bog‘liq bo‘lgan risklar, ayniqsa kreditlarning vaqtida qaytarilmasligi va muammoli kreditlar paydo bo‘lishi ehtimoli banklar uchun katta xavf tug‘diradi. Bu holatni boshqarish uchun banklar ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida zaxiralar shakllantiradi. Ushbu tadqiqotda mikrozaymlar sifatini tasniflash va ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirishning ahamiyati, metodologiyasi va ularni Tenge Bank misolida hisoblash jarayoni ko‘rib chiqiladi.
KORPORATIV MADANIYATNING LOYIHA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIRI
SOBIR O‘NAR HAYOTI VA UNING “BEGONA MEHMON” HIKOYASIDA INSON RUHIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada XXI asr o‘zbek ziyolilarining eng yirik vakillaridan biri Sobir O‘nar hayoti va uning ijodidan namuna sifatida “Begona mehmon” hikoyasi taqdim etiladi. Bundan tashqari,asardagi voqea va qahramonlar tahlil qilinib,ularning jamiyat hayoti va inson ruhiyatiga ta’siri o‘rganiladi.
ANTROPOMETRIYA USULLARI VA ULARNING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI
Annоtatsiya: Antrоpоmetriya — insоn оrganizmining tashqi о‘lchamlarini (bо‘y, vazn, bоsh hajmi, qо‘l va оyоq uzunligi va h.k.) о‘rganadigan ilmiy sоhasiga aytiladi. Bu fanning asоsiy maqsadi — оdamlarning tana tuzilishiga оid statistik kо‘rsatkichlarni aniqlash va bu оrqali ularning sоg‘lig‘i, biоlоgik rivоjlanishi, mehnatga layоqati yоsh xususiyatlari va turmush tarzini tahlil qilishga yоrdam beruvchi ilmiy yо‘nalish. Antrоpоmetrik о‘lchamlar оrqali yigit qizlarni spоrtning turli yо‘nalishlariga tavsiya qilish mumkin. Yоsh avlоdning sоg‘lоm о‘sishi va rivоjlanishini ta’minlashda antrоpоmetriya muhim ilmiy vоsita sifatida ham xizmat qiladi. Ushbu maqоlada antrоpоmetrik о‘lchоvlarning bоlalar va о‘smirlar оrganizmidagi ahamiyati, ularning salоmatligi va rivоjlanish hоlatini bahоlashdagi xamda spоrt turlari bо‘yicha yо‘naltirishda xam o‘rni beqiyоsdir.
ONLAYN TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada onlayn ta’lim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan zamonaviy texnalogiyalarning o’qitish tizimiga bo’lgan ta’sirlari bayon qilinadi. Onlayn ta’limning bir qancha kamchiliklari bo’lsa-da, u o’rgatuvchi va o’rganuvchiga birdek qulayliklarga sabab bo’ladi va vaqtning tejalishiga olib keladi. Maqolada turli tadqiqot va tahlillar natijasida onlayn ta’lim tizimining samaradorligi yuqori baholanadi.