Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 114
ANTON PAVLOVICH CHEXOV – JAMIYAT DARDI SHIFOKORI.
“GAROV” HIKOYASIDA INDIVIDUALLIK VA IJTIMOIY TO‘SIQLAR
Raimberdiyeva Gulnora Husan qizi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Ilmiy maslahatchi:
A. To‘xtanazarov
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rus xalqining mashhur yozuvchisi, qisqa so‘zga olam
mazmun singdira oluvchi ijodkor, jamiyat dardini asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay
olgan adib Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Shuningdek,
yozuvchiga hikoyanavislik sohasida shuhrat keltirgan “Garov” asari mazmun-mohiyati
hamda yozilish uslubi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
janr, pafos, fantaziya, individual xislatlar, ijtimoiy pillapoya,
hikoyanavislik, proza, biografiya.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, shaxsiy erkinlik va ijtimoiy majburiyatlar
to‘qnashuvi har bir davrda adabiyot uchun dolzarb masala bo‘lib kelgan. Ayniqsa, XIX asr
oxiri – XX asr boshlarida bu muammolar rus adabiyotida alohida e’tibor markaziga
aylandi. Bu davrda ijod qilgan
Anton Pavlovich Chexov
o‘zining qisqa hajmli, ammo
mazmun jihatidan chuqur hikoyalari orqali inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini tahlil
qildi, jamiyatda mavjud bo‘lgan
axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy
to‘siqlarni ko‘rsatib berdi.
Chexov
ning
“Garov”
hikoyasi aynan shunday muammolarni yorituvchi asarlardan
biri sifatida ahamiyat kasb etadi. Unda insoniy qadriyatlarning iqtisodiy manfaatlar bilan
to‘qnashuvi, shaxsiy erkinlikning jamiyat tamoyillari bilan ziddiyatga kirishi murakkab
psixologik holatlar orqali aks ettiriladi. Asardagi obrazlar orqali
Chexov
nafaqat o‘z davr
jamiyatini tanqid qiladi, balki o‘quvchini chuqur tafakkurga, insoniylik haqida qayta
o‘ylashga undaydi.
“Hayot san’atkori” deya ulug‘langan mashhur rus yozuvchisi
Anton Pavlovich
Chexov
o‘zining
25 yillik
adabiy faoliyati davomida
yuzdan ortiq
turli janrdagi asarlar,
qisqa kulgili hikoyalar, jiddiy qissalar va sahna uchun pyesalar yaratgan. Uning asarlari
ko‘plab tillarga tarjima qilingan.
1860-yilda
Rossiyaning
Taganrog
shahrida savdogar oilasida tavallud topgan
Chexov
ning bolaligi faqat bugungi kunini o‘ylaydigan, hayotga faqat kun kechirish
maqsadida yashaydigan insonlar muhitida o‘tadi. Otasi ro‘zg‘or tashvishi bilan band, onasi
esa
olti
nafar farzandni tarbiyalash g‘ami bilan yashagan bu oilada
Anton
ham akalari
singari sahar beshda uyg‘onib, uy va do‘kondagi yumushlarda yordam berardi. Oddiy
qishloq ayoli bo‘lgan onasidan u zaiflarga yordam ko‘rsatish, odamlarni hurmat qilish,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 115
odob va farosatning insoniy fazilatlar ichida alohida o‘rin tutishini o‘rgangan.
Chexov
tez-
tez
“Men bolalik nima ekanini bilmaganman”
, deya aytib yurardi[2;51]. Uning yuragiga
taskin beruvchi yagona narsa esa
kitoblar
va
teatr
edi.
Doimiy mutolaa va spektakllarni tomosha qilish orqali uning dunyoqarashi kengayib,
o‘z fikrlarini yozma tarzda ifoda etishga kirishadi. Gimnaziya yillaridayoq dastlabki
hikoya va qissalarni yozishni boshlaydi.
Bir kuni o‘z o‘quvchisining adabiyotga kuchli qiziqishini sezgan ustoz
Fyoder
Pokrovskiy
unga
“Chexonte”
taxallusini asar so‘nggida yozishni tavsiya qiladi[3;89].
Shundan so‘ng u yozgan hikoyalarini turli jurnal tahririyatlariga yubora boshlaydi, biroq
noshirlar uni tezda chop etishga rozi bo‘lavermaydi.
Otasi moliyaviy muammolar sababli barcha mulkini, jumladan, uyini ham sotishga
majbur bo‘lib, oilasi bilan
Moskva
ga ko‘chib o‘tadi.
Anton
esa Taganrogda hech vaqosiz,
yolg‘iz qoladi. Ammo u bo‘sh turmasdan,
repetitorlik
orqali kun ko‘radi. Chexovning
tarjimai holi bilan tanishgan har qanday kishi, uning qisqa, ammo mazmunli umri adabiyot
bilan yo‘g‘rilganini anglaydi.
1879-yilda
Chexov
hayotida katta burilish yuz beradi – u
Moskva universitetining
tibbiyot fakulteti
ga qabul qilinadi. Biroq u bu shaharda yashash va tirikchilik qilish oson
bo‘lmasligini tezda anglaydi. Shu sababdan o‘zining qoralamalari evaziga topgan qalam
haqi bilan kun kechira boshlaydi. U
“Bemori yo‘q shifokor”, “Akamning ukasi”, “Shiller
Shekspirovich Gyote”, “Bir kimsa”
kabi
50 ga yaqin
nom ostida yozishda davom etadi
[1;72].
“Antosha Chexonte”
nomi bilan yozilgan hazil-mutoyibaga boy hikoyalari asta-
sekin ommalashadi.
Moskvadagi
“Budilnik”, “Tomoshabin”
jurnallarida bosilgan asarlari, shuningdek,
“Peterburg gazetasi”
bilan hamkorligi natijasida
1885-yilda
Chexov
kutilmagan
mashhurlikka erishadi — u kichik hajmli hikoyalar muallifi sifatida tanila boshlaydi. Adib
Dmitriy Grigoryevich
unga o‘z salohiyatini befoyda sarflamaslikni, jiddiyroq asarlar
yozishni maslahat beradi.
“Yangi vaqt”
jurnalining noshiri, taniqli tanqidchi
Aleksey Suvorin
ning bergan
yaxshi gonorari evaziga Chexov ro‘zg‘orni o‘ylamay,
“Dushmanlar”, “Agafya”
va
“Dahshat”
nomli hikoyalarni yaratadi[4;90].
U moddiy jihatdan qiynalayotgan, kasali og‘ir bemorlardan haq olishni o‘ziga
munosib deb bilmaydi. Adiblik bilan birga,
Imperator akademiyasining og‘zaki va yozma
nafis adabiyot bo‘yicha faxriy a’zosi
etib saylangan
Chexov
haqida gap borganda, ayrimlar
uning shifokorlik faoliyati yozuvchilik iste’dodiga xalaqit berganini ta’kidlashadi. Ammo,
agar tibbiyot unga begona bo‘lganida, ehtimol, Chexov dardning asl mohiyatini
tushunmagan, qahramonlarining ruhiy kechinmalarini tasvirlay olmagan va asarlari
bugungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotardi.
Chexov
da sil kasalligiga xos belgilar ilk bor
24
yoshida kuzatilgan[5;79]. Ayrim
manbalarda bu dard unga bolaligida tashxis qo‘yilgan deyilgan bo‘lsa, boshqa manbalarda
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 116
esa u kasallikni qishloq shifokori bo‘lib ishlagan paytda yuqtirib olgani, Saxalin oroliga
safar qilganida esa holati og‘irlashgani aytiladi. Qaysi taxmin to‘g‘ri bo‘lishidan qat’i
nazar, Chexov o‘z sog‘lig‘iga unchalik jiddiy yondashmagan — u oilasidagilarni xavotirga
solmaslik uchun kasallik bilan bog‘liq salbiy o‘zgarishlarni yashirib yurgan. Vaqt o‘tib esa
holati og‘irlashib, shifoxonaga yotishga majbur bo‘ladi.
O‘zini yaxshi his qilmasa-da, ijodiy ilhom bilan yashagan Chexov, shifokorlarning
roziligini olib, uyga ketishga harakat qiladi. Hattoki, qon aralash yo‘talini ham yashirib
yuradi. Uning doimiy hamrohi bo‘lgan kasallik va ichki iztirob asarlarida ham o‘z aksini
topadi. Bu holat ayniqsa,
“Noma’lum odam haqidagi hikoya”
da yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Chexov
1904-yili
Badenvayler
shahrida
sil
kasalligi tufayli olamdan o‘tadi.
Asl kasbi shifokor bo‘lgan yozuvchi, bir tomondan insonlarning badanini davolagan
bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘z asarlari orqali ruhlariga malham bo‘la oldi. U avvalgi va
zamondosh ijodkorlar qatorida roman yozmagan bo‘lsa-da, qisqalikni ustun ko‘rib, o‘z
asarlarida jamiyatdagi turli muammolar va odamlardagi oddiylikka, maishiylikka
sho‘ng‘ib ketish holatini obrazlar orqali mahorat bilan yoritdi.
Chexov
har bir asarida
odamlarni ruhiy uyqudan uyg‘otishga intiladi. Uning ishonchiga ko‘ra, insonlar inson
bo‘lishi bilangina jamiyat rivojlanadi.
Xususan, uning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lmish “
Garov
” asarida
bankir
bilan
yosh yurist
o‘rtasidagi
o‘lim jazosi
va
umrbod qamoq
borasidagi qarama-qarshi
fikrlar tasvirlanadi. Mazkur hikoyada hayot mohiyati, yoshlik davrining qadri, moddiy
boylikning haqiqiy ahamiyatiga urg‘u beriladi. Hayot har doim go‘zal bo‘lib kelgan,
ayniqsa, to‘kis va ma’noli umr kechirish har bir insonning orzusidir. Bunday hayotga
erishishda faqat cheksiz mol-mulkning o‘zi kifoya emas. Minglab kitoblarni mutolaa qilish
ham bu maqsadga yetaklamaydi, agar o‘qilgan kitoblar amaliyotdan uzilgan bo‘lsa. Asosiy
jihat — anglash va tushunishdir. O‘qilgan adabiyotlar inson hayoti va jamiyat bilan
bog‘lanib, uni komillik sari yetaklamog‘i lozim. Shu nuqtai nazardan, hikoya davomida
bankir doimo o‘z boyliklarini yo‘qotish tahdidi ostida qoladi. Axir, o‘zi uchun ahamiyatsiz
bo‘lgan garov o‘yini aslida nima maqsadda kerak edi?
Hikoya rivojiga qisqacha nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Garov” asarida voqea
bankir bilan yosh yuridik bilim egasi o‘rtasidagi bahsdan boshlanadi. Bankir fikricha,
inson uchun o‘lim jazosi umrbod qamoqqa qaraganda yengilroq, deya baholaydi. Ammo
yigit buning aksi — abadiy qamoq hayot umidining davomiyligini anglatadi, degan fikrda
turadi. Shuning ortidan ular o‘zaro bahsga kirishib, yigit
o‘n besh yil
davomida yakka
qamoqda yashashga rozi bo‘ladi. Agar u bunga bardosh bera olsa, bankir unga
ikki million
rubl
berishni va’da qiladi.
Yurist bankirning hovlisida joylashgan alohida joyda qat’iy nazorat ostida
yashaydi. U xohlagancha kitob, musiqa asboblari, sharob va tamaki buyurtma qilishi
mumkin, ammo og‘zaki muloqot qilish man etilgan, inson tovushini eshitish ham
taqiqlangan. U faqat yozma tarzda muloqot qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 117
Ushbu
o‘n besh yillik
qamoq muddati turlicha bosqichlardan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqichda
– Yigit ruhiy tushkunlikka tushib qoladi, yakka qolish unga og‘ir
botadi.
Keyingi davrda
– U juda ko‘p kitoblarni o‘qiydi, bir necha tillarni o‘rganadi.
Jumladan,
u
bankirga
yozgan
xatida
quyidagicha
so‘zlarni
bitadi:
“Aziz birodar! Sizga ushbu maktubni olti xorijiy tilda yozmoqdaman. Iltimos qilamanki,
ularni tegishli mutaxassislarga ko‘rsating. Agar ular mening yozganlarimdan nuqson topa
olmasalar, bog‘ingizda miltiqdan ikki marta o‘q uzib, bu holatni tasdiqlab qo‘yinglar.
Demak, qilgan mehnatim bekor ketmagan bo‘ladi. Ilgari buyuk allomalar turli tillarda ijod
qilgan bo‘lsalar-da, qalblarida yagona g‘oya bilan yashaganlar. Kamina ham o‘sha ulug‘
insonlarga yaqin turganimni his qilmoqda!”
Bankir ushbu xatga binoan bog‘ida miltiqdan
ikki marta o‘q uzdiradi.
So‘nggi yillarda
– Mahbus hayotning asl mohiyatini tushunib, nafs istaklaridan voz
kechadi.
Hikoyaning avvalida bankirni bir savol qiynaydi. U savolga o‘zicha quyidagicha
javob beradi:
“Bu ish tamomila bema’nilikdan boshqa narsa emas. Menda bu — boy
kishining bekorchilikdan chiqargan sarguzashti bo‘lsa, yigit uchun — pulga hirs qo‘yish,
xolos...”
deb o‘zicha xulosa qiladi. Vaqt o‘tgan sayin bankirning moliyaviy ahvoli
yomonlashadi, hatto qarzga botadi. Oqibatda,
ikki million rubl
ini saqlab qolish maqsadida
mahbusni o‘ldirish rejasini tuzadi.
“Har qanday holatda ham yashash – o‘limdan afzal”
degan g‘oyani isbotlash uchun qamoq jazosiga rozi bo‘lgan huquqshunos nihoyat, o‘z
hayotiga boshqacha nazar bilan qaraydi, uni baholaydi va o‘z qarashlarini qog‘ozga
tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirganida, charchagan va hushsiz yotgan mahbusning
yonida aynan mana shu maktubni topadi. Maktubda yurist shunday deydi:
“Men hozir
sizlardan har tomonlama ustunroqman...”
U dunyoviy boyliklarni vaqtinchalik deb biladi,
baxtga erishish uchun faqat mol-dunyo yetarli emasligini tushunadi. Shu boisdan, puldan
o‘z ixtiyori bilan voz kechib, garov shartlarini buzish uchun qamoqxonani qasddan tark
etadi. Ushbu xat bankirga ham kuchli ta’sir qiladi, u o‘z xatti-harakatlaridan uyaladi.
A. P. Chexov
ning
“Garov”
hikoyasi hayot, erkinlik, kitob o‘qish, o‘z ustida ishlash,
bilimning foydasi, ma’naviy yuksalish va boshqa muhim mavzular ustida fikr yuritishga
undaydi. Aynan shu hikoya mazmuniga sharqona odob-axloq mezonlari nuqtai nazaridan
qaralganda,
“ikki dunyo saodati”
degan tushuncha paydo bo‘ladi. Go‘yoki mahbus o‘zini
tarbiyalab, ruhiy poklanishga erishgan. Ammo inson bu dunyo bilan cheklanib qolmasligi,
shuningdek, u dunyo deb bu dunyodan yuz o‘girmasligi lozim. Hikoya shu muhim
haqiqatga ham e’tibor qaratadi.
Xulosa qilib aytganda,
Anton Pavlovich Chexov
ning
“Garov”
hikoyasi
insoniylik,
erkinlik
va
jamiyat talablari o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlar
ni badiiy chuqurlik bilan aks
ettirgan asarlardan biridir.
Chexov
bu hikoya orqali inson ruhiyatidagi nozikliklar, shaxsiy
tanlov va axloqiy mas’uliyat muammolarini o‘rtaga tashlab, o‘quvchini zamon va
makondan qat’i nazar doimo dolzarb bo‘lgan savollar ustida o‘ylashga chorlaydi. Asarda
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 118
pul, foyda va manfaat yo‘lida inson qadriyatlari qanday poymol etilishi, shaxsiylikning
jamiyat tomonidan qanday cheklanilishi tasvirlangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
https://classicalintrovert.blogspot.com/2021/11/the-bet-discussion-analysis-
and.html?m=1
2.
Sosnovskaja I. V., Romanicheva S. E. Vvedenie v metodikuobuchenija literature:
uchebnoe posobie. – Moskva: Flinta: Nauka, 2012. – 202 s.
3.
Л.Л. Дроботова, Т.В. Лыкова. Притчевый характер рассказа А.П. Чехова “Пари”.
- Специальный выпуск № 2. Гуманитарные наукию
4.
Проект по русской литературе. Становление личности в рассказе А.П. Чехова
“Пари”.
5.
Словарь современного русского литературного языка: в 17 т. М.; Л.: АН СССР,
1950-1965.
