Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 212
BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA O’PKA TO’QIMALARINING
GISTOSTRUKTURAVIY O’ZGARISHLARI VA UNING ETIOLOGIYASI,
PATOGENEZI, KLINIK MANZARASI, DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARI,
KECHISHI , ASORATLARI VA UNI DAVOLASH
Mahmudov Hojimurod Muzaffar O’g’li
Kimsanboyev Jamshidbek Jasurbek O’g’li
Qo’qon Universiteti Andijon Filiali
Annotatsiya:
Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning
torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial
o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-bevakt
nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi yigirma yil ichida
astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ maʼlumotlariga
qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar,
insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir. Branxia lastma bilan
kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari davri, avj olgan davr,
xurujning ortga qaytish davri.
Kalit so'zlar:
Ekzogen, endogen, immun tabiatli, allergenlari, medikamentoz,
biogen,immunoglobulin IgE, PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrien, gistamin, H1
retseptor,AQB, SAMF, prostoglandin F2, bronxospazm, immunokompleks, xolinergik
retseptorlar,alfa-adrenoretseptorlar, betta- adrenoretseptorlar, status astmaticus, yengil,
o'rta og'ir,og'ir, Kurshman spirallari va Sharko- Leyden kristallari.
Bronxial astma
Bronxial astma (asthma bronchiale)- surunkali kechuvchi allergik
kasallik bo'lib, unga bronxlarning o'zgargan reaktivligi xos bo'lib, asosiy klinik
belgilaridan biri bo‘g‘ilish xurujlaridir. Uning og'irlik darajasidan qatʼiy nazar surunkali
kasallik bo'lib asosida allergik yallig'lanish yotadi. U aholi orasida ko'p uchraydigan
kasalliklar guruhiga kiradi. Turli ma’lumotlarga ko'ra Yevropa va Amerika mamlakatlarida
aholining 3-7 % ushbu kasallikka chalingan. Bu kasallikning bolalar orasidagi ko'rsatkich
ancha yuqori. Rossiyada har 10000 ta boladan 97 tasi ushbu kasallik bilan og'riydi.
Xususan Sank-Peterburgda har 10000 ta boladan 240 tasiga to'g'ri kelsa, O'zbekistonda har
10000 kishiga 17ta odam to'gri keladi.
Asosiy belgilari
:
- Xurujsimon yo'tal;
- Xansirash, qiyinlashgan nafas;
- Balg'am ajralishi;
- Nafas olganda xirillash;
- Ko'krak qafasida og'irlik.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 213
Etiologiyasi
Bronxial astmani keltirib chiqaradigan sabablariga qarab bu kasallikning ikkita asosiy
qismi tafovut qilinadi:
1) ekzogen omillar sabab bo'ladigan omillar, immun tabiatli bronxial astma;
2) endogen yo'l bilan paydo bo'ladigan, immunitetga bog'liq bo'lmagan
bronxial astma.
Kasallikni rivojlanishida eng avvalo turli ekzogen allergenlar muhim rol
o'ynaydi:
- Kelib chiqish asosi o'simliklar bo'lgan allergenlar (o'simliklar changgib va
boshqalar);
- Maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar
ozuqasi, uy hayvonlari qazg’oqi;
- Oziq-ovqat yoki nutritiv allergenlar (tuxum, sitruslilar, oziq-ovqat bo'yoqlari
va konservantlar) hozir keng tarqalgan hisoblanadi.
- Medikamentoz (doriga) alergenlar, bronxial astmaga chalingan bemorlarning
22-40 % turli xil dorilarga reaksiyalar aniqlanadi
- Biogen alergenlar: bakteriya, sodda hayvonlar, viruslar, zamburugʻlar ;
- Turli kasbiy omillar (kosmetik vositalar, dorixonada ishlash va boshqalar)
sababli yuzaga keladigan..
Bronxial astma etiologiyasida meteorologik omillar (sovuq havo), nasliy
moyillik, 40-80 % (ko'pincha bolalarda) ruhiy omillar va stress holatlar ta’sirlari
muayyan rol o'ynaydi.
Patogenezi
Immun tabiatli bronxial astmaga chalingan bemorlarning bronxlaridagi
o'zgarishlar asosida organizmning sensibilizatsiyasi yotadi. Bunda
anafilaksiya turida kechuvchi va reagenli antitelalar bilan bog'langan, IgE sinfiga
mansub I(tezkor) tipdagi allergik reaksiyalar katta ahamiyatga ega. Bu antitelalar
bronxlarning shilliq osti asosidagi semiz hujayralarda joylashgan. Allergenlar bronxlarga
qayta tushganda ular semiz hujayralardagi reagenli antitelalar bilan bog'lanib
bronxospazm, bronxlarning shilliq qavati gipersekretsiyasi va shishga olib keluvchi
biologik aktiv moddalar - gistamin, anafilaksiyaning sekin javob beruvchi substansiyasi va
boshqalar ozod bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu ketma ketligi quyidagicha sodir bo'ladi:
Organizmga 1-bor atigen tushganda plazmatik hujayralarda aynan shu antigenga nisbatan
spetsifik immunoglobulin (IgE) hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan immunoglobulinlar semiz
hujayralarga borib ularga maxsus oqsillar bilan birikadi va organizmda 1-bor tushgan
antigenga nisbatan sebsibilizatsiya yuzaga keladi. Aynash o'sha antigen organizmga 2-bor
tushganda organizmning maxsus immunoglobulini IgE bilan to'g'ridan to'g'ri birikadi. Bu
esa o'z navbatida semiz hujayralardan gistamin va proteazalar atalishiga sabab bo'ladi.
Ajralgan proteazalar bronx devoridagi qon tomir o'tkazuvchanligini oshiradi va shish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 214
paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Gistamin esa bronx devoridagi silliq muskulning H1
retseptorlariga taʼsir qilib uni qisqarishiga sabab bo'ladi va natijada bronxospazm yuzaga
keladi va qon tomirdagi H1 retseptorlariga taʼsir qilib vazodilatastsiyaga sabab bo'lib AQB
ming tushishiga sabab bo'ladi. Allergenlar takror ta’sir ko'rsatganida sensibillangan bu
hujayralar gistamin va kimyoviy jihatdan aktiv bo'ladigan boshqa mediatorlarni ajratib
chiqara boshlaydi, bularning orasida PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrienlar
hammadan muhim ahamiyatga ega, chunki bular ancha kuchli bronxokonstriktorlar
(bronxlami toraytiradigan moddalar) bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari araxidonat
kislotaning boshqa unumlari, jumladan LTB4 leykotrien (potensial xemotraktant) va
trombaksan A2, trombotsitlarni faol holga keltirib, ularning agregasiyalanishiga sabab
bo'ladigan omil ham ajralib chiqadi. Shunday qilib, allergiya reaktsiyasida semiz
hujayralar, oq qon hujayralari va trombotsitlar ishtirok etadi. Bular serotonin va ajabmaski,
kinin singari birlamchi va ikkilamchi mediatorlar ajralib chiqishini boshlab beradi.
Bronxial astma patogenezining immun halqasiga III (immunkompleks) va IV tipdagi
(sekinlashgan gipersezuvchanlik) allergik reaksiyalar ham qo'shiladi. Shuningdek,
bronxial astma patogenezida turli immun bo'lmagan mexanizmlar ham faol qatnashadi.
Kasallikka chalingan bemorlarda adashgan nerv tonusi ortib organizmning adrenergik
faolligi susayadi. Siklik nukleotidlar orasidagi mutanosiblik buzilib, bu hujayralarda
SAMF miqdorining kamayishi va SGMF konsentratsiyasining ortishi bilan namoyon
bo'ladi. Ularda glyukokortikosteroidlar yetishmovchiligi, ikkilamchi giperaldosteronizm
va boshqalar bilan namoyon bo'luvchi turli gormonal buzilishlar qayd etiladi. Bronxial
astmada prostoglandinlarning taʼsiri: Masalan aspirinli astmaga chalingan bemorlarda
araxidon kislota metabolizmi buziladi, bu yaqqol bronxospastik samara beruvchi
prostoglandin F2 sintezi ortishiga olib keladi. So'nggi yillarda bronxlarning silliq mushagi
hujayralarida bronxospastik reaksiyalarga Ca ionlarining ko'p miqdorda bo'lishiga katta
e’tibor qaratilmoqda. Immunmas tabiatli bronxial astma nafas yo'llari funksiyasini idora
etib turadigan parasimpatik nerv sistemasining funksiyasi buzilishi natijasida boshlanadi.
Ma’lumki, mayda bronxlar va bronxiolalar, shilimshiq hosil qiluvchi bezlar va
kapillyarlaming silliq muskullari avtonom (vegetativ) nerv sistemasi tomonidan idora
etilib boradi. Holinergik reseptorlar bilan alfaadrenoreseptorlaming ta’sirlanishi bronx va
bronxiolalaming spazmga uchrab, shilimshiq ishlanib chiqishi kuchayishiga olib boradi,
holbuki, betaadrenoreseptorlarning ta’sirlanishi bunga teskari natijani keltirib chiqaradi.
Demak bronxial astma uchun bronxlarning shilimshiq hosil qiluvchi hujayralaridagi
alfaadrenoreseptorlar reaktivligining kuchayishi yoki alfa- reseptorlar sonining ko'payishi
harakterlidir. Bronxial astma paydo bo'lishining shu ikkala mexanizmi o'rtasida mahkam
o'zaro bog'lanish bor.
Klinik manzarasi
Bronxial astma uchun ekspirator hansirash harak- terlidir, ana shunday hansirash
mahalida nafasni qisib qo‘yadigan xurujlar ham boshlanadi. Nafas chiqarish qiyinlashib
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 215
qolishi munosabati bilan o‘pka shishishga boshlab, shilimshiq tiqinlaridan distalroq
tomonda havo to'planib boradi. Kasallik xuruji odatda bir necha soat davom etadi va o‘z-
o‘zidan yoki bronxlarni kengaytiruvchi dorilar (bronxodilatatorlar) ishlatilganidan keyin
barham topishi mumkin. Nafas qismay turgan davrda nafas yetishmovchiligi borligini
spirometriya bilangina aniqlasa boladi. Bronxial astmaning muhim diagnostik mezoni
kasallarning balg‘amida Sharko- Leyden kristallari va eozinofillar topilishi mumkin. Nafas
odatda shovqinli bolib, kasalning xirirlayotgani nariroqda eshitilib turadi. Kamroq hollarda
status astmaticus kuzatiladi, bunda astma xuruji bir necha kun va hatto hafta mobaynida
davom etib boradi va bronxolitiklar ta’siridan to‘xtamaydi. Bunday sharoitlarda alveolalar
ventilyasiyasining uzoq muddat buzilib turishi zo‘rayib boradigan gipoksiya, giperkapniya
va respirator atsinozga olib boradi. Bu kasallikda ko‘riladigan o'lim hollarining asosiy
sababi - unga infektsiya qo'sqilishi va status astmaticus-dir.
Bronxial astma xuruji rivojlanishida uch davr farqlanadi:
1- xuruj darakchilari davri;
2-avj olgan davr;
3- xurujning ortga qaytish davri.
Xuruj darakchilari davri (prodromal davr) ko'pincha bronxial astmaning yuqumli-
allergik shakliga chalingan bemorlarda uchrab burun shilliq qavatining vazomotor
reaksiyalari (aksa urish, ko'p miqdorda suyuq ajralmalar), yo'tal, hansirash bilan namoyon
bo'ladi. Keyinchalik (ba’zan to'satdan, xabarchilar davrisiz) bemorda bemalol nafas
olishga xalaqit beruvchi ko'krak qafasida bitib qolish hissi paydo bo'ladi. Nafas olish qisqa,
nafas chiqarish esa aksincha uzoq davom etadi, masofadan eshitilib turadigan baland
tovushli hushtaksimon xirillashlar eshitiladi. Ajralishi qiyin bo'lgan yopishqoq yo'tal
paydo bo'ladi. Nafas olishni osonlashtirish maqsadida bemor tirsaklari bilan stul
suyanchig'i yoki tizzalariga tayanib tanasini oldinga bukib majburiy (ko'pincha o'tirgan)
holat oladi.
Avj olgan davrida
(xuruj paytida) yuz biroz shishgan, nafas chiqarishbosqichida
bo'yin tomirlari shishi kuzatilishi mumkin. Ko'krak qafasi maksimal nafas olish holatida
go'yo qotib qolgandek tuyuladi. Nafas olish va chiqarishda mavjud qarshilikni yengishda
ishtirok etuvchi yordamchi nafas mushaklari qatnashadi. Ko'krak qafasi perkussiyasida
quticha tovushi, o'pkaning pastki chegaralarini pastga siljishi va ularning harakatchanligini
keskin chegaralanishi qayd etiladi. O'pka ustida nafas chiqarish uzaygan kuchsiz
vezikulyar nafas va ko'p miqdordagi tarqoq quruq (aksariyat hushtak chaluvchi) xirillashlar
eshitiladi. Yurakning mutlaq to'mtoqlik kesimi o'pkaning keskin kengayishi hisobiga
sezilarli darajada kamayadi, tonlar bo'g'iqligi, taxikardiya, II tonning o'pka arteriyasi
ustidagi aksenti aniqlanadi. Xurujning ortga qaytish davrida shilliq ko'chishi yengillashadi,
o'pkada quruq xirillashlar soni kamayadi, bo'g'ilish sekin-astalik bilan o'tib ketadi. Bir
qator bemorlarda jismoniy zo'riqish yoki odatda ochiq havoda bajariladigan sport
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 216
mashg'ulotlari (chopish, tez yurish, futbol o'ynash) bronxospazm xumjlarini chaqiruvchi
omil bo'ladi. Kasallikning bunday shakli «jismoniy zo'riqish astmasi» deb ataladi.
Diagnostik tekshiruvlari
Ko'krak qafasi a’zolarining xuruj avj olgan davrida rentgen yordamida tekshirishda
o'pka chegaralarining yuqori darajadagi shaffofligi, diafragmani past turishi va kam
harakatliligi qayd etiladi. Qon tahlillarida eozinofiliya va limfotsitoz aniqlanadi. Bronxial
astma xurujidan so'ng olingan shilliq moddada eozinofillar, Kurshman spirallari va
Sharko- Leyden kristallari topiladi. Hozir bronxial astmani tashxislashda organizmning
turli allergenlarga reaksiyasini aniqlash maqsadida maxsus teri sinamalari qo'llaniladi.
Bronxial o'tkazuvchanlikni o'rganish uchun tekshirishning funksional uslublari -
spirografiya, pnevmotaxometriyadan foydalaniladi. Yondosh surunkali bronxit yoki
surunkali zotiljam aniqlanganda bronxoskopik va bronxografik tekshiruvlar o'tkaziladi.
Kechishi va asoratlari
Odatda, bronxial astma zo'rayish davrlarini remissiyaga almashinuvi bilan kechadi.
Bunda uning kechish og'irligi turlicha bo'lishi mumkin. Kechishiga ko'ra turlari:
Yengil
kechishida- xurujlar kam (1 yilda 2-3 marta) yengil o'tadi, umumiy
o'zgarishlar deyarli yo'q , o'z-o'zidan o'tib ketadi, xurujlararo davr bir necha oygacha
davom etadi.
O'rta og'ir
kechishida-xurujlar (1 byilda 3-4 marta) shifoxonada davolanishni talab
etadi.
Og'ir
kechishida- xurujlar (1 yilda 5 martadan ortiq) tez-tez uzoq davom
etadi,remissiya davri qisqa bo'lmasligi ham mumkin.
Bronxial astma ko'pincha ikkilamchi o'pkali-yurak qo'shilishi bilan kechuvchio'pka
emfizemasi bilan asoratlanadi. Astmatik holat yoxud astmatik status (status asthmaticus)
bronxial astmaning o'ta jiddiy asorati hisoblanadi. Badrenostimulyatorlarning me’yoridan
ortiq qo‘llanilishi, glyukokortikosteroidlar dozasining juda tez kamaytirilishi, allergenning
katta miqdordagi dozasi bilan aloqada bo‘lish va boshqalar uning rivojlanishiga olib kelishi
mumkin.
Astmatik statusning rivojlanishida uch bosqich ajratiladi.
I bosqich
(boshlang‘ich yoki nisbiy kompensatsiya bosqichi) 12 soatdan uzoq davom
etgan va to‘xtatib bo‘lmaydigan bo‘g‘ilish xurujidir. Bemorlarda bronxolitik dori
vositalariga rezistentlik rivojlanadi, shilliq ko‘chmay qo‘yadi. Giperventilyatsiya tufayli
gipokapniya va kompensatsiyalangan alkaloz paydo bo‘ladi.
II bosqich
(dekompensatsiya bosqichi) ga bronxlarning drenaj faoliyatini keskin
buzilishi xos. Ularning teshigi yopishqoq shilliq bilan to‘lib qoladi va shu tufayli avval
yaxshi eshitilgan quruq xirillashlar yo‘qoladi («soqov o‘pka» bosqichi yoki sindromi).
Qonning gaz miqdori buziladi, gipoksemiya vujudga keladi. (O2 bosimi 50-60 mm sim.
ust. gacha pasayadi), giperkapniya (CO2 bosimi 60 - 80 mm sim. ust. gacha ortadi).
Samarali davolash muolajalari o‘tkazilmaganda astmatik statusning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 217
III bosqich,
giperkapnik kоmа bosqichi rivojlanadi. Gipoksemiya, giperkapniya va
atsidoz zo‘rayib borishi natijasida ( kislarotning qondagi bosimi 40 mm sim. ust. dan pastga
tushadi, CO2 ming qondagi bosimi 90 mm sim. ust. dan ortadi) og‘ir nevrologik, shu
jumladan serebral va gemodinamik buzilishlar vujudga keladi hamda bemorning o'lim
bilan tugashi mumkin.
Davolash
Bemor organizmiga u yoki bu allergenlarning ta’sirini to‘xtatishga qaratilgan choralar
(masalan, bemorni muayyan o‘simliklar bilan ularni gullash davrida aloqasini cheklash,
oziq-ovqatga allergiya bo‘lganda maxsus, eliminatsiya parhezlarini qo‘llash, kasbiy
allergiya bo‘lganda ratsional ishga joylashtirish va boshqalar) ko‘riladi. Bemorning
muayyan allergenlarga reaksiyasi aniqlanganda ularga organizmning reaksiyasini
pasaytirish maqsadida o‘ziga xos giposensibilizatsiya o‘tkazishga harakat qilish.
Bo‘g‘ilish xurujlarini bartaraf qilish maqsadida hozirgi kunda bronxlarni tezkor
kengaytiruvchi selektiv b-adrenomimetik aerozollari keng qo‘llaniladi: orsiprenalin sulfat
(astmopent), terbutalin, salbutamol, fenoterol (berotek) va boshqalar. Dori vositasi dozasi
individual tanlanib ko‘pincha dozalangan aerozolni 2 ta nafas olishdan iborat. Davolash
uchun shuningdek M - xolinolitik aerozollari (ipratropium bromid yoki atrovent, berodual)
dan foydalaniladi. Shuningdek, bemorlar va vrachlar metilksantinlardan keng
foydalanadilar. Masalan, bronxospazm xurujini bartaraf etish uchun ko‘pincha sekin-
astalik bilan tomirga teofillin yuboriladi. Bo‘g‘ilish xurujlarini oldini olish uchun shu
guruhdagi uzoq ta’sir etuvchi dorilar og‘iz orqali ichishga buyuriladi. Simptomatik davo
tariqasida shilliq ajralishini yaxshilovchi hamda balg‘am ko‘chiruvchi va mukolitik
vositalar buyuriladi (termopsis, altey tomiri damlamasi, mukaltin, bromgeksin va
boshqalar). Agarda bronxial astma kechishining yomonlashishi yondosh surunkali bronxit
yoki surunkali zotiljamning zo‘rayishi bilan kechsa antibakterial vositalar tayinlanadi.
Bronxial astma og‘ir zo‘rayib boruvchi bo‘g‘ilish xurujlari bilan kechishida va boshqa dori
vositalaridan foydalanish samarasiz bo‘lganda glyukokortikosteroidlar tayinlanadi.
Bemorlarning taxminan 20 % ularga muhtoj bo‘ladi. Odatda, bir kunda o‘rtacha 15-20 mg
prednizolon, antatsid vositalar (almagel, maaloks), H2 gistamin blokatorlari va proton
pompasi ingibitorlari bilan birgalikda qo'llaniladi (ertalabki soatlarda). So‘nggi guruh
dorilari oshqozon shilliq qavatini eroziya va yarali zararlanishlardan himoyalaydi.
Samaraga erishilgandan so‘ng dori dozasi sekinastalik bilan kamaytiriladi (har 5-7 kunda
2,5 mg ga) va keyinchalik ushlab turuvchi doza qoldiriladi (kunda 5-10 mg). Shuningdek,
gormonal dori vositalarini ingalyatsiyalarda qo‘llash mumkin. Bunday yondoshish
dorilarni salbiy ta’sirini kamaytiradi hamda yaxshi samara beradi. Astmatik holatni
davolaganda oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Vena ichiga teofillin, yuqori dozalarda
glyukokortikosteroidlar (har 3-4 soatda 60-90 mg prednizolon) yuboriladi, ayni paytda 20-
30 mg dori ichishga buyuriladi. Atsidoz bilan kurashish uchun kunda 1-2 marotaba 100-
150 ml 3 % natriy gidrokarbonatdan foydalaniladi. Bronxial astmaning profilaktikasiga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 218
bemor atrofidan ehtimoliy allergenlarni yo‘qotish, kasbga bog‘liq salbiy ta’sirlar, chekish
bilan kurashish, surunkali infeksiyalarni (ayniqsa halqumdagi) sinchkovlik bilan
sanatsiyalash kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.Tibbiyot ensiklopediyasi.
2.Patalogik anatomiya Toshkent-2012 M. S. Abdullaxo'jayeva.
3.Icki kasalliklar propedevtikasi Toshkent-2012 A. Gadayev. M. Sh. Karimov. X.S.
Axmedov.
4.Patologik fizalogiya Toshkent 2009. M. M. Haqberdiyev.
5.Umumiy patologiya Toshkent 2010.B.A.Magrupov.
6. Seksion biopsiya kursi 2016. B. A. Magrupov
7.Azimov R. Q. Patafizalogiya Toshkent-2010
8.Xusinov O. A Patalogik fizalogiya
9.Medic.uz sayti