Mualliflar

  • Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi
  • Zamira Bilolova Baxtiyarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.124251

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: stress depressiya kognitiv-behivioral terapiya art-terapiya guruhli psixokorreksiya Gans Selye perfektsionizm xavotir yoshlar markazlari O’zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy omillari bilan tahlil qilingan. Hamda maqolada yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy psixologik yondashuvlar — kognitiv-behevioral terapiya, art-terapiya, guruhli psixokorrektsiya mashg‘ulotlari va onlayn psixologik xizmatlar samaradorligi yoritilgan Shuningdek, mahalliy tadqiqotlar asosida yoshlar orasida stress va depressiyani erta aniqlash, oldini olish va yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berib oʻtilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 207

YOSHLAR ORASIDA STRESS VA DEPRESSIYA:

ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi

Alfraganus Universiteti, Pedagogika fakulteti,

Psixologiya (faoliyat turlari ) yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Zamira Bilolova Baxtiyarovna

“Alfraganus Universiteti”

Pedagogika fakulteti, Psixologiya fanlari doktori, Phd

Annotatsiya:

Ushbu maqolada stress va depressiya haqida umumiy tushuncha, va

bularni bugungi kunda yoshlar orasida koʻpayib borayotganligining psixologik va ijtimoiy
omillari bilan tahlil qilingan. Hamda maqolada yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash va
mustahkamlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy psixologik yondashuvlar — kognitiv-
behevioral terapiya, art-terapiya, guruhli psixokorrektsiya mashg‘ulotlari va onlayn
psixologik xizmatlar samaradorligi yoritilgan Shuningdek, mahalliy tadqiqotlar asosida
yoshlar orasida stress va depressiyani erta aniqlash, oldini olish va yengillashtirish
bo‘yicha tavsiyalar berib oʻtilgan.

Kalit so’zlar

: stress, depressiya, kognitiv-behivioral terapiya, art-terapiya, guruhli

psixokorreksiya, Gans Selye, perfektsionizm, xavotir, yoshlar markazlari, O’zbekiston
Psixologlar Assotsiatsiyasi,


Zamonaviy davrda yosh avlod oldida turgan muammolar soni ortib bormoqda.

Texnologik taraqqiyot, informatsion oqimlar, ta’limdagi bosim, oilaviy va ijtimoiy
muammolar – bularning barchasi yoshlar psixikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi
yillarda yoshlar orasida stress va depressiyaga chalinish holatlari ortib borayotgani
kuzatilmoqda. Hozirgi kunda insonning salomatligi deb aytilganda faqatgina jismoniy
salomatligi emas, balki ruhiy salomatliklari ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Hozirgi axborot va texnologiya davrida ijtimoiy bosim va hayotiy sinovlar inson
ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib bormoqda. Bunday omillar natijasida stress va depressiya
kabi holatlar tobora keng tarqalmoqda.

Stress

— bu organizmga tahdid soluvchi omillarga organizmning qarshi javob

reaksiyasi hisoblanadi. Uni 1936-yilda kanadalik olim

Gans Selye birinchi

bo‘lib ilmiy

jihatdan izohlab bergan. U stressni uch bosqichli modelda tasvirlagan:

1. Alarm bosqichi – tananing favqulodda holatga tayyorlanishi;
2. Qarshilik bosqichi – organizm stressga moslashadi;
3. Charchoq bosqichi – uzoq davom etgan stress salomatlikka zarar yetkazadi.
Stress ijobiy yoki salbiy holatlarda bo‘lishi mumkin. Ijobiy stress insonni harakatga

undasa, salbiy stress esa uni ruhiy va jismoniy jihatdan charchatib qoʻyadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 208

Depressiya

esa bu uzoq davom etuvchi ruhiy tushkunlik holati bo‘lib, odatda,

insonning kundalik faoliyatiga, ishiga va ijtimoiy munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti depressiyani XXI asrning eng keng tarqalgan ruhiy
kasalliklaridan biri deb e’tirof etgan.

Depressiya quyidagi turlarda namoyon bo‘lishi mumkin:
Yengil depressiya – qisqa muddatli, ammo qaytuvchi holat;
Klinik depressiya – tibbiy yordam talab qiluvchi jiddiy bosqich;
Post-travmatik depressiya – ruhiy jarohatdan keyin paydo bo‘ladi;
Yoshga oid depressiya – o‘smirlik yoki qarilik davrida yuzaga keladi.
Stress va depressiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Uzoq davom etgan stress

holatlari insonni ruhiy jihatdan zaiflashtiradi, bu esa depressiyaga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa, insonni jamiyat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yetishmasligi, shaxsiy
muammolari va o‘tmishdagi travmalar ushbu jarayonni tezlashtiradi.

Yoshlar oʻrtasida Stress va depressiyani koʻpayishiga bir qator psixologik va ijtimoiy

omillarni sabab qilib koʻrsatish mumkin.

Har bir insonning psixologik o‘ziga xosliklari bular;
O‘zini past baholash;
Ijtimoiy qo‘rquv yaʼni omma oldida, sahna oldida gapirishdan qo‘rqish,

baholanishdan cho‘chish;

Ota-onaning haddan tashqari talabchanligi;
Perfektsionizm yani har narsani mukammal qilish istagi.
Emotsional yetuklikning yetishmasligi
Emotsiyalarni nazorat qila olmaslik;
Salbiy fikrlarga berilish;
O‘z muammosini boshqalar bilan bo‘lishishni xohlamaslik.
O‘zini anglashdagi va maqsadlar yoʻlidagi qiyinchiliklar yani;
Hayotiy yo‘nalishni topa olmaslik;
Kelajakka nisbatan ishonchsizlik kabilar kiradi.
Stress va depressiyaga sabab boʻluvchi ijtimoiy omillarga esa;
Oila muhitining yomonligi
Oilaviy ajralishlar, ziddiyatlar;
Ota-onaning befarqligi yoki qattiq nazoratchi bo‘lishi;
Emotsional qo‘llab-quvvatlov yetishmasligi kabilar kiradi.
Bundan tashqari yoshlar orasida stress va depressiyani kelib chiqishida ta’lim

tizimidagi bosim ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Imtihonlar va reyting tizimi natijasida yuzaga keladigan stress;
Ustozlar va tengdoshlar bilan munosabatdagi ziddiyatlar;
Raqobatbardoshlik bosimi.
Eng dolzarb hisoblanadigan esa internet va ijtimoiy tarmoqlar ta’siri hisoblanadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 209

Virtual dunyodagi ideal hayot obrazlari bilan solishtirish;
Kiberzo‘ravonlik;
Haddan tashqari ko‘p vaqtni ekran qarshisida o‘tkazish natijasida psixik charchash.
Yana bir stressga sabab boʻluvchi vaziyatlarga do‘stlar va jamoadagi o‘rin ham

hisoblanadi.

Ijtimoiy izolyatsiya yoki e’tiborsizlik;
Tashqi guruhlarga qo‘shilish istagi va unga moslasha olmaslik.
Bularning barchasi insonni stress va depressiyaga tushirib, ruhiy zoʻriqish

qiynalishlarga sababchi boʻladi. Shuning uchun doim har qanday yoshdagi inson vaziyatni
toʻgʻri baholay olib, to’g’ri joyda toʻgʻri davrada toʻgʻri vaziyatda boʻlishligi, quvnoq
kayfiyatni koʻtaradigan joylar yoki tabiat qoʻynidagi koʻp sayrlar bular oz boʻlsada stress
va depressiyani oldini olishga yoki ulardan keladigan taʼsirni kamaytirishga sababchi
boʻlishi mumkin.

Yoshlar jamiyatning eng faol va istiqbolli qatlamidir. Yoshlarni zamonaviy

texnikalarga boʻlgan talabi, munosabsti tufayli stress va depressiya kundan kunga ortib
borayotgan davrda ularga turli yechim va yoʻllar izlanmoqda. Psixologiyada ayniqsa
zamonaviy, amaliy natija beradigan yondashuvlar — kognitiv-behevioral terapiya, art-
terapiya, guruhli psixokorrektsiya va onlayn psixologik xizmatlar dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.

Kognitiv-behevioral terapiya

— bu insonning salbiy fikrlash shakllarini aniqlab,

ularni konstruktiv fikrlarga aylantirishga qaratilgan yondashuvdir.

Uning samaradorligi quyidagicha; Stress, xavotir va depressiyani kamaytirishga

yordam beradi;

Yoshlarni muammolarni real baholash va yechim topishga o‘rgatadi;
O‘z-o‘zini nazorat qilish va ijobiy o‘zgarishga erishish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Art-terapiya

— inson ichki kechinmalarini rasm, haykaltaroshlik, musiqa, drama

orqali ifoda etish va bartaraf qilish usuli hisoblanadi.

Uning yoshlarga samaradorligi emotsional blokirovkalarni yechishga yordam beradi;
Qisqa vaqt ichida ruhiy bosimni kamaytiradi;
Ichki muammolarni ong osti darajasida ochib beradi.

Guruhli psixokorrektsiya bu

— psixolog rahbarligida o‘tkaziladigan va

ishtirokchilar o‘zaro muloqot orqali ruhiy muammolarini yengillashtiradigan
mashg‘ulotlardir.

Buning natijasida guruh orqali insonga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hissini beriladi;
Komanda ko‘nikmalarini rivojlantiriladi;
O‘ziga ishonchni mustahkamlaydi.

Bugungi kunda yoshlar orasida eng ommalashgan va qulay yondashuvlardan biri —

masofaviy yaʼni onlayn psixologik xizmatlar hisoblanadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 210

U orqali maxfiylikka erishiladi, juda qulay hisoblanadi.
Online qo‘llab-quvvatlovchi maslahatlar depressiya va stressni sezilarli darajada

kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Stress va depressiyani erta aniqlashga qaratilgan tavsiyalar
Sinf rahbarlari va pedagoglarning psixologik savodxonligini oshirish lozim,
Har oyda seminar treninglar sonini koʻpaytirish va bu o‘tkaziladigan seminar-

treninglar orqali o‘qituvchilar yoshlarning ruhiy holatini kuzatib borishadi.

Mahalla psixologlari institutini faollashtirish kerak.
Stress va depressiyani Oldini olish bo‘yicha tavsiyalar
Sport, musiqa va san’at to‘garaklari orqali emotsional bo‘shashishni ta’minlashga

erishiladi,

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida “Yoshlar markazlari”

faoliyatini kengaytirish.

Yoshlar orasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov tarmog‘ini rivojlantirish,
“Yosh psixologlar klubi”, “Ochiq muloqot” haftalik mashg‘ulotlari.
Oilaviy psixologik maslahat xizmatlarini takomillashtirish,
Oilada stress manbalarini bartaraf qilish uchun ota-onalar bilan ishlash,
Stress va depressiyani yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
Psixokorrektsion guruh mashg‘ulotlari:
O‘zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi tomonidan turli oliygohlarda o‘tkazilayotgan

“Stressni yengish strategiyalari” kurslari.

Art-terapiya va musiqa terapiyasi:
Toshkentdagi “Ijtimoiy psixologiya markazi” tajribasi asosida stress va depressiyani

kamaytirish uchun keng qo‘llanilmoqda.

Diniy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash:
O‘zbekiston Islom Sivilizatsiyasi Markazi hamkorligida yoshlar orasida sabr, umid

va hayotga ijobiy qarashni targ‘ib qilish dasturlari.

Bularning barchasi yoshlarni Stress va depressiyadan asrash yoki undan halos qilib

mustaqil sogʻlom hayotga yoʻnaltirishga hizmat qiladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yoshlarni psixik holatiga hech qachon befarq

qaramaslik lozim. Ularni doim nazoratda saqlash ularni kayfiyati yoki ruhiy tomonlaridagi
oʻzgarishlariga doimiy etibor berish har bir insonni kelajagi, yaxshi va samarali hayoti
uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Stress va depressiya natijasida yoshlar orasida
suitsid yani oʻz joniga qasd qilish, yoki tan jarohatlari yetkazish kabi koʻngilsizliklar
yuzaga kelishi mumkin. Bularni oldini olish uchun esa doimo eʼtiborli boʻlmoqlik lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Ismoilov Z.S. "Yoshlar psixologiyasi", Toshkent: Fan, 2020.

2.

O‘zbekiston Respublikasi SSV: “Yoshlar salomatligi konsepsiyasi”, 2023.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 211

3.

Tursunova D. “Kognitiv-behavioral terapiyaning yoshlar bilan ishlashda
samaradorligi”, Psixologiya va hayot, №3. 2022.

4.

Boboyeva M., Abdullayeva S. – “Stressga qarshi psixologik yondashuvlar”, Ma’rifat,
2022.

5.

A. Mahmudov – “Ijtimoiy psixologiya”, Toshkent, 2021.

6.

Karimova Z.M. – “Yoshlar psixologiyasi”, Toshkent, 2020.

7.

Rasulova N. “Psixologik xizmatlarda art-terapiya usullarining qo‘llanilishi”,
O‘zbekiston psixologiyasi, №4. 2021

8.

Qodirova M. “Ruhiy salomatlik va stressga qarshi kurash”, 2022.

9.

Bek A. “Depressiyani davolash nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2019.

10.

Selye G. “Stress nazariyasi”, Moskva, 1977.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi materiallari, 2023.

Bibliografik manbalar

Ismoilov Z.S. "Yoshlar psixologiyasi", Toshkent: Fan, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi SSV: “Yoshlar salomatligi konsepsiyasi”, 2023.

Tursunova D. “Kognitiv-behavioral terapiyaning yoshlar bilan ishlashda samaradorligi”, Psixologiya va hayot, №3. 2022.

Boboyeva M., Abdullayeva S. – “Stressga qarshi psixologik yondashuvlar”, Ma’rifat, 2022.

A. Mahmudov – “Ijtimoiy psixologiya”, Toshkent, 2021.

Karimova Z.M. – “Yoshlar psixologiyasi”, Toshkent, 2020.

Rasulova N. “Psixologik xizmatlarda art-terapiya usullarining qo‘llanilishi”, O‘zbekiston psixologiyasi, №4. 2021

Qodirova M. “Ruhiy salomatlik va stressga qarshi kurash”, 2022.

Bek A. “Depressiyani davolash nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2019.

Selye G. “Stress nazariyasi”, Moskva, 1977.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi materiallari, 2023.