Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 22
IJTIMOIY ISH GLOBALIZATSIYASI
Samarqand davlat universiteti
Kattaqo`rg`on filiali
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Ijtimoiy ish yo`nalishi talabasi
Isoqulova Durdona Jahongir qizi
Ilmiy rahbar
: Ishmuradov Bunyod Farhodovich
Samarqand davlat universiteti
Kattaqo`rg`on filiali o`qituvchisi
Kalit so‘zlar:
global dunyo, globallaShuv, taraqqiyot, qochoqlar, xavflar,
tashkilotlar, xizmatlar, ijtimoiy xodimlar xalqaro uyushmalari, ijtimoiy xodimlar milliy
uyushmalari, ijtimoiy xodim axloq Kodeksi.
Ключевые слова:
глобальный мир, глобализация, развитие, беженцы, риски,
организации, службы, международные ассоциации социальных работников,
национальные ассоциации социальных работников, Кодекс этики социальных
работников.
Key words:
global world, globalization, development, refugees, risks, organizations,
services, international associations of social workers, national associations of social
workers, Code of Ethics for Social Workers.
Global dunyo va globallaShuv. Birinchi marotaba “globallaShuv” atamasi amerikalik
iqtisodchi Teodor Levitt (Theodore Levitt) tomonidan 1983 yilda kiritilgan. GloballaShuv
ostida T.Levitt yirik xalqaro kompaniyalarning mahsulotlarini sotishning alohida
bozorlarini birlashtirilishini tuShunadi.
Bugungi kunning global muammolari ostida sivilizatsiyaning kelgusidagi mavjudligi
hal etilishiga bog‘liq bo‘lgan muammolar majmuini tuShunish hisoblanadi. Insoniyatning
global muammolari - bu koinotning butun aholisining hayot bilan bog‘liq manfaatlariga
oid bo‘lgan va hal etilishi uchun dunyoning barcha davlatlarining kuchlarini talab etuvchi
muammolardir.
XXI asr - bu global dunyo. Er sayyorasining barcha qit'alari, davlatlari va xalqlari eng
turli o‘zaro uzviy aloqalar bilan birlashtirilgan. Avvalambor, bular iqtisodiy aloqalar.
Bugungi kunda har bir mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari, hattoki buni o‘zi
bilmasa-da, global bozor tizimiga qamrab olingan. Ko‘p tarmoqli transport
kommunikatsiyalari va etkazib berish xizmatlari tufayli ishlab chiqarilgan mahsulotlar
sayyoramizning istalgan nuqtasiga etkazib berilishi mumkin.
Ommaviy axborotning elektron vositalari taraqqiyoti, Shuningdek mobil telefon
aloqalari va Internet global tarmog‘ining rivojlanishi XXI asrda odamlar oldida
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 23
sayyoramizning istalgan uzoq nuqtalarida nima voqealar sodir bo‘layotganini bir ondayoq
bilib olish imkoniyatini yaratdi. Bu millionlab va milliardlab odamlar telepriemnikni
masofadan boshqarish pultidagi tugmani bir marotaba bosishlari bilan yagona axborot
maydoniga tushib qolishlari mumkin ekanligini anglatadi. Va ular eng fojiali hodisalarning
guvohiga aylanadilar - xuddi 2001 yil 11 sentyabrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda terrorchilar
tomonidan egallab olingan samolyot Nyu-Yorkdagi butunjahon savdo Markazining bitta
minorasiga kelib urilishini kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan.
GloballaShuv dunyoni haqiqatan ham bir butunga aylantiradi, bu kabi bir butunlik
hattoki urush kabi favqulodda vaziyatlarda ham saqlanib qoladi. Bugungi kunda hech bir
urush bir yoki ikki davlatning shaxsiy ishi, deb hisoblanmaydi. Ular albatta xalqaro
hamjamiyatning e'tiborini jalb qiladi va xalqaro tinchlik o‘rnatishga qaratilgan kuchlar
kattaroq ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Biroq dunyoning global bir butunlikka aylanish
jarayonida insoniyat yangi tahdidlarga duch keladi. Giyohvand moddalar, qurol-yarog‘
savdosining global tarmoqlarini tashkillashtiruvchi, noqonuniy migratsiya kanallarini
yurituvchi xalqaro jinoiy sindikatlari vujudga keldi. Butun sayyoramizdagi odamlarga
ommaviy viruslar va grippning yangi turlari ham tahdid soladi. Ekologlar atmosferaga
katta miqdordagi karbonat angidrid gazining chiqarilishi, tropik hududlarda o‘rmonlarning
ommaviy kesilishi, Jahon okeanlarining neft mahsulotlari va og‘ir metallar tuzlari bilan
ifloslantirilishi natijasida vujudga kelgan “issiqxona effekti” natijasida global halokat yuz
berishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Insoniyatning alohida xavotirlari ommaviy yo‘q qilish (OYQ) qurollarining va
birinchi navbatda yadroviy qurollarni nazoratsiz tarqatilishi bilan bog‘liq. Bugungi kunda
tobora ko‘p mamlakatlar qurol uchun shaxsiy sanoatni yo‘lga qo‘ygan holda “yadroviy”
mamlakatga aylanmoqdalar. Shu munosabat bilan qurolning bu kabi turi, Shuningdek,
biologik va kimyoviy qurollar xalqaro terrorchi tashkilotlar uchun oson o‘ljaga
aylanmoqdalar. Bu esa sayyoraning har bir aholisiga tahdid soladi, chunki terrorchilarning
maqsadi xalqlar va hukumatlarni hech bir aybi bo‘lmagan yuzlab, minglab odamlarning
fojiali o‘limiga sabab bo‘luvchi ommaviy teraktlar yordamida qo‘rqitishdan iborat.
Adabiyotlarda “global muammolar” tuShunchasini ta'riflashning ikkita asosiy nuqtai
nazari ajratib ko‘rsatiladi. Birinchi qarashga muvofiq, bu kabi muammolarning sonini
cheksiz kengaytirish mumkin. Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra global muammolar
tuShunchasi mohiyatini toraytirishga intilish mavjud. Global muammolar ro‘yxatini
shakllantirish uchun, butunjahon muammolari toifasiga kiruvchi muammolarni ajratib
ko‘rsatishda asos bo‘la oluvchi mezonlarni aniqlab olish lozim.
Muammo quyidagi hollarda global bo‘lishi mumkin:
•butun insoniyat manfaatlariga tegishli, jamiyat rivojlanishining ob'ektiv omili
sifatida namoyon bo‘ladi;
•insoniyat kelajagi uchun tahdid tug‘diradi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada
rivojlanishiga tanazzul bilan tahdid soladi;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 24
•hal etilishi uchun butun insoniyat harakatini talab etadi.
Bugungi kunda alohida jamiyatlarni bir-biri bilan bog‘lovchi siyosiy, iqtisodiy va
madaniy munosabatlarning global tuzilmasi to‘g‘risida gapirish mumkin.
Globallashtirish muammolari teng darajada nafaqat iqtisodiy, balki demografik,
xomashyo, bolalarning dunyodagi o‘rni, kambag‘allik, qurolli nizolar, qochoqlar, OITS
kabi xavfli kasalliklarning tarqalishi ijtimoiy muammolarga ham tegishli.
2. Bolalarning jahondagi o‘rni. Qochoqlar global muammo sifatida. Bolalar va inson
huquqlari. YUNISEF (2006) ma'lumotlariga ko‘ra, millionlab odamlar tahqirlashning turli
shakllariga, kamsitishga, tashlab ketish holatlariga duchor bo‘ladilar va aholining ijtimoiy
muhofazaga muhtoj qatlamlaridan biri hisoblanadi.
Ular uchun hayot yashab qolish uchun har kunlik kurashdan iborat. Bolalar
insonlarning ko‘plab huquqlariga amal qilinmasligidan, turli suiste'mollardan aziyat
chekadilar, ular kattalarga nisbatan ko‘proq tobe va himoyasizdirlar. YOmon munosabatda
bo‘lish misollari quyidagilarni qamrab oladi:
• noqonuniy yoki ixtiyoriy ravishda ushlab turish;
• qurolli nizolar tufayli majburan o‘z uylaridan qochish;
• ijtimoiy yoki etnik tozalash maqsadida o‘lim yoki suiste'mol qilish;
• ekspluatatsiya sharoitida ishlash;
• bolalar bilan savdo qilish va fohishalikka majburlash;
• oila a'zolari tomonidan tahdidlar yoki zo‘ravonlik.
YUNISEF (2006) ma'lumotlariga ko‘ra, qurolli nizolar, OITS butun dunyo bo‘yicha
bolalikka asosiy tahdid soluvchi xavflar orasida yuqori o‘rinlarni egallab turadi.
Millionlab bolalar har kuni harbiy harakatlar sharoitida hayot kechiradilar. Ko‘plar
uchun - bu mavjudlikning ular bilgan yagona turi. Boshqalari esa qochishga va oxir-oqibat
ular qochoqlar yoki ko‘chmanchi shaxslar sifatida ko‘pincha o‘z oilalaridan uzoqda hayot
kechirishga majburdir.
Butun dunyo bo‘ylab 15 million bolalar ota-onalaridan birini yoki har ikkisini ham
OITS tufayli yo‘qotganlar. Milliondan ortiq bolalar zaiflashib qolgan, chunki kasallik
salomatlik va oilalar, uyushmalar, hududlar va hattoki butun bir millat uchun muammo
tug‘diradi.
Ota-onalarining, vasiylarining cho‘zilib ketgan kasalligi, ko‘pincha kattalarni
parvarishlash va qo‘llab-quvvatlash rolini o‘z zimmasiga olgan bolalarga katta bosim
to‘g‘diradi. Aka-ukalar va opa-singillar o‘z jamiyatlarida stigmatizatsiya va tahqirlashga
duch keladilar, zo‘ravonlik, yomon munosabat va eksrluatatsiyaga duch keladilar1.
Bolalar oldida turgan boshqa xavflar. Butun dunyodagi bolalar dalada,
fabrikada, konlarda, Shu kabi ular o‘z huquqlaridan mahrum qilingan xavfli va
salomatlik uchun zararli bo‘lgan muhitlarda ishlashga majburdirlar. Ularning ko‘pchilishi
ish joylarida majburiy mehnat bilan Shug‘ullanadilar.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 25
Noqonuniy transportirovka va odamlarni qullikka sotish inson huquqlarini jiddiy
ravishda buzish hisoblanadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab ayollar va qizlar
o‘g‘irlanadi, sotib yuboriladi, majburiy nikohga olinadi.
Mutaxassislarning baholariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 100 millionlab bolalar
ko‘chalarda ishlaydilar, sadaqa so‘raydilar. Ularning ko‘p qismi ota-ona nazoratisiz qolgan
bolalar, etimlar yoki uyidan qochib ketgan bolalar1.
Himoyasiz qolgan har bir shaxs, hech bo‘lmaganda bitta millat dunyo hamjamiyati
uchun muammo hisoblanadi. Davlat va ko‘ngillilar tashkilotlaridagi qochoqlar bilan ish
olib boruvchi ijtimoiy xodimlar muammoni oldini olish, himoya qilish, xizmat ko‘rsatish,
reabilitatsiya va qayta tiklash bilan Shug‘ullanadilar. YUNISEF (2006) ma'lumotlariga
ko‘ra, millionlab odamlar tahqirlashning turli shakllariga, kamsitishga, tashlab ketish
holatlariga duchor bo‘ladilar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlaridan biri
hisoblanadi.
Ular uchun hayot yashab qolish uchun har kunlik kurashdan iborat. Bolalar
insonlarning ko‘plab huquqlariga amal qilinmasligidan, turli suiste'mollardan aziyat
chekadilar, ular kattalarga nisbatan ko‘proq tobe va himoyasizdirlar. YOmon munosabatda
bo‘lish misollari quyidagilarni qamrab oladi:
• noqonuniy yoki ixtiyoriy ravishda ushlab turish;
• qurolli nizolar tufayli majburan o‘z uylaridan qochish;
• ijtimoiy yoki etnik tozalash maqsadida o‘lim yoki suiste'mol qilish;
• ekspluatatsiya sharoitida ishlash;
• bolalar bilan savdo qilish va fohishalikka majburlash;
• oila a'zolari tomonidan tahdidlar yoki zo‘ravonlik.
YUNISEF (2006) ma'lumotlariga ko‘ra, qurolli nizolar, OITS butun dunyo bo‘yicha
bolalikka asosiy tahdid soluvchi xavflar orasida yuqori o‘rinlarni egallab turadi.
Millionlab bolalar har kuni harbiy harakatlar sharoitida hayot kechiradilar. Ko‘plar
uchun - bu mavjudlikning ular bilgan yagona turi. Boshqalari esa qochishga va oxir-oqibat
ular qochoqlar yoki ko‘chmanchi shaxslar sifatida ko‘pincha o‘z oilalaridan uzoqda hayot
kechirishga majburdir.
Butun dunyo bo‘ylab 15 million bolalar ota-onalaridan birini yoki har ikkisini ham
OITS tufayli yo‘qotganlar. Milliondan ortiq bolalar zaiflashib qolgan, chunki kasallik
salomatlik va oilalar, uyushmalar, hududlar va hattoki butun bir millat uchun muammo
tug‘diradi.
Ota-onalarining, vasiylarining cho‘zilib ketgan kasalligi, ko‘pincha kattalarni
parvarishlash va qo‘llab-quvvatlash rolini o‘z zimmasiga olgan bolalarga katta bosim
to‘g‘diradi. Aka-ukalar va opa-singillar o‘z jamiyatlarida stigmatizatsiya va tahqirlashga
duch keladilar, zo‘ravonlik, yomon munosabat va eksrluatatsiyaga duch keladilar1.
Bolalar oldida turgan boshqa xavflar. Butun dunyodagi bolalar dalada,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 26
fabrikada, konlarda, Shu kabi ular o‘z huquqlaridan mahrum qilingan xavfli va
salomatlik uchun zararli bo‘lgan muhitlarda ishlashga majburdirlar. Ularning ko‘pchilishi
ish joylarida majburiy mehnat bilan Shug‘ullanadilar.
Noqonuniy transportirovka va odamlarni qullikka sotish inson huquqlarini jiddiy
ravishda buzish hisoblanadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab ayollar va qizlar
o‘g‘irlanadi, sotib yuboriladi, majburiy nikohga olinadi.
Mutaxassislarning baholariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 100 millionlab bolalar
ko‘chalarda ishlaydilar, sadaqa so‘raydilar. Ularning ko‘p qismi ota-ona nazoratisiz qolgan
bolalar, etimlar yoki uyidan qochib ketgan bolalar1.
Himoyasiz qolgan har bir shaxs, hech bo‘lmaganda bitta millat dunyo hamjamiyati
uchun muammo hisoblanadi. Davlat va ko‘ngillilar tashkilotlaridagi qochoqlar bilan ish
olib boruvchi ijtimoiy xodimlar muammoni oldini olish, himoya qilish, xizmat ko‘rsatish,
reabilitatsiya va qayta tiklash bilan Shug‘ullanadilar.
JAHON TAJRIBASI
Xalqaro ijtimoiy ish: tashkilotlar va xizmatlar. Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro
Federatsiyasi (IXXF) 1928 yilda Parijda asoslangan Ijtimoiy xodimlar Xalqaro Doimiy
Sekretariatining vorisi hisoblanadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida xalqaro hamkorlik
bo‘yicha barcha harakatlar yo‘q qilingan. Biroq 1950 yilga kelib 7 mamlakat professional
uyushmalarining ijtimoiy xodimlari Ijtimoiy Xodimlarning Xalqaro Federatsiyasi
faoliyatini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdilar. 1956 yil 5 avgustdan 10 avgustga qadar
Myunxenda bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy xodimlar xalqaro konferensiyasi alohida hodisa bo‘lgan,
mazkur konferensiya va 7 uyushmaning maxsus tayyorgarliklaridan so‘ng 1956 yil 9
avgustda to‘laqonli ravishda Ijtimoiy Xodimlarning Xalqaro Federatsiyasi tashkil topdi
(IXXF).
Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya,
Niderlandiya, SHveysariya va AQSH kabi davlatlar tashkilot ta'sischilariga aylandilar.
Bugungi kunda IXXFning butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy xodimlarning 80ga yaqin
a'zo uyushmalari mavjud. Xalqaro konferensiya IXXF tashkil topganidan so‘ng muntazam
ravishda bir yilda bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda. Har uch yilda konferensiya turli
regionlarda o‘tkaziladi.
IXXF (2006) maqsadlari quyidagilardan iborat:
• ijtimoiy ishga kasb sifatida ayniqsa, kasbiy qadriyatlar, standartlar, etika, inson
huquqlari, tan olish, ta'lim berish va sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan xalqaro hamkorlik
orqali imkoniyat yaratish;
• ijtimoiy xodimlarning milliy tashkilotlari yoki ijtimoiy xodimlarning maxsus
ittifoqlarini tashkil etishga va zarurat tug‘ilganda ular mavjud bo‘lgan milliy
muvofiqlashtiruvchi organlarni tashkil etishga imkoniyat yaratish;
• ijtimoiy tashkilotlarni ijtimoiy xodimlarning ijtimoiy rejalashtirishda va milliy va
xalqaro darajalarda ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda ishtirokini ilgari surish, ijtimoiy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 27
ishni tan olish, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish, Shuningdek, ijtimoiy ish
qadriyatlari va kasbiy standartlarini takomillashtirish.
Bu kabi maqsadlarga erishish uchun (IXXF, 2006) Federatsiya faoliyatning quyidagi
turlarida ishtirok etadi:
• barcha mamlakatlar ijtimoiy xodimlari o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantiradi;
• muhokama qilish va g‘oyalar, tajriba almashinuvi imkoniyatlarini majlislar,
taniShuv safarlari, ilmiy-tadqiqot loyihalarini tashkil etish, maqolalar chop etish yo‘li bilan
engillashtiradi;
• ijtimoiy ish tashkilotlari va ularning a'zolari, ijtimoiy rivojlanish va farovonlikka
aloqador bo‘lgan xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar o‘rnatadi va ularni qo‘llab-
quvvatlaydi1.
Ijtimoiy xodim axloq kodeksi. “Ijtimoiy xodim axloq kodeksi” Ijtimoiy xodimlar
xalqaro federatsiyasi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks ijtimoiy ishning ijtimoiy
soha mutaxassislari tomonidan o‘z kasbiy majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan asosiy, bazaviy prinsiplari va qadriyatlari bayon qilingan hujjatni aks ettiradi.
“Ijtimoiy xodim axloq kodeksi”ning asosiy maqsadi - inson(mijoz)ning,
mutaxassis(ijtimoiy xodim)ning va jamiyat(sotsiumning turli institutlari)ni mijozning
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdagi o‘zaro munosabatlari jarayonida axloqiy prinsiplari va
ma'naviy (axloqiy) qarashlarini ta'riflash va aniqlashdan iborat.
Ijtimoiy ish maktablari xalqaro uyushmasining (IIMXU) faoliyati maqsadi axloq
masalalaridan xabardorlik hisoblanadi. Ularning axloqiy talablarga mos ravishda harakat
qilish qobiliyatlari va majburiyatlari ijtimoiy ish xizmatlaridan foydalanayotganlarga taklif
etilayotgan xizmat sifatining muhim jihatlaridan hisoblanadi. IXXF va IIMXUlarning
asosiy prinsipi butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlarni ular har
bir alohida holatda duch keladigan murakkab vazifalar va ikkilanishlar ustida axloq
masalalaridagi bilimlariga asoslangan holda fikr yuritishga rag‘batlantirishdan iborat.
Ijtimoiy xodimlarning milliy uyushmalari. Ijtimoiy xodimlarning britaniya
uyushmasi (BASW) - Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ish va ijtimoiy xodimlarni aks
ettiruvchi eng katta uyushmalardan biri hisoblanadi.
Britaniya Uyushmasi 30 yildan buyon mavjud. Ushbu yillar davomida u murakkab
yo‘lni bosib o‘tdi, amaliy tajribaga ega bo‘ldi. Uyushmada ko‘p qismi Angliyada
yashovchi ijtimoiy xodimlar bo‘lgan 8.500 ortiq a'zolari mavjud.
Britaniya Uyushmasi ish beruvchilar bilan keliShuvlar tuzadi. Bu kabi shartnomalar
ijtimoiy xususiy agentliklarning manfaatlarini himoya qiladilar, Uyushma a'zolariga
ijtimoiy ish bilan Shug‘ullanish va uyushma faoliyati yo‘nalishlarini targ‘ib qilish bilan
Shug‘ullanish imkonini beradi. Ijtimoiy xodimlarning Britaniya Uyushmasi o‘z ustaviga
ega. Unda Uyushma a'zolarining majburiyatlari, asosiy axloqiy prinsiplari yozilgan.
Uyushmaga a'zolik ijtimoiy xodimlar tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 28
sohasini kengaytiradi. Ijtimoiy xodim litsenziyaga ega va uning kasbiy tayyorgarlik
darajasi Uyushma a'zolarigaqo‘yilganbarchatalablargajavobberishitalabetiladi.
Uyushmaning asosiy vazifasi himoya qilishdan iborat. Bunda mijoz huquqlari kabi,
turli darajadagi ijtimoiy xodimlar huquqlari ham himoya qilinadi. Vazifa barcha
tomonlarning: xizmatlar iste'molchilari, ish beruvchilar, ijro qiluvchilarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashdan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ambrosino R., Ambrosino R., Heffernan J., Shuttlesworth G. Social Work and Social
Welfare: An Introduction. Sixth Edition. - Thomson Brooks/Cole, 2008.
2. Bauman 3. GloballaShuv. Inson va jamiyat uchun oqibatlar. Ingliz tilidan tarjima. —
M.: “VesMir” nashriyoti, 2004. http://yanko.lib.ru (http://yanko.lib.ru/)
3. Amnesty International. (2003). Amnesty International report 2003. New York: Author.
Available: http://www.amnesty.org/shop/index/ISBN_0862103290
4. Association of World Citizens. (2006a). A human manifesto. San
Francisco:
Author.
Available:
http://
www.worldcitizens.org/manifesto.html
(http://www.worldcitizens.org/manifesto.html)
5. Raykert E. Ijtimoiy ish va inson huquqlari. Siyosat va amaliy faoliyat asoslari.
Kolumbiya universiteti nashriyoti, Nyu-York.
