Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 111
MUSTAQILLIK SHAROFATI BILAN OQLANGAN JADIDLAR.
MARYAM SULTONMURODOVA (1905–1971 yilda)
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat
muzeyi ilmiy xodimi
: Madaliyeva Aziza
Maryam Sultonmurodova 1919 yildan Toshkentdagi maorif maktab gimnaziyasida
o‘qiydi. Shundan so‘ng oliy maʼlumot olish maqsadida 1920-21 yillarda Orenburg tatar
pedagogika institutida o‘qiydi. 1921 yil yozgi taʼtilda Xorazmga kelgan Maryam
Xorazm kompartiyasi Markaziy Kengashida avval adabiy bo‘limga, so‘ng ayollar
bo‘limiga rahbarlikka tayinlanadi. Maryam bu vazifaga kirishadi. Biroq, og‘ir tarixiy
sharoit va qiyinchiliklar unga ko‘nglidagidek ishlash imkonini bermadi. Natijada 1922
yil iyulda Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo davlat universitetining Ishchi fakultetiga hujjat
topshiradi. 1922 yil oktyabrida Maryam Sultonmurodova Buxoro hukumati tomonidan
Germaniyaga o‘qish uchun yuborilayotgan talabalar safiga kiritiladi. Xorazm Xalq
Respublikaning Moskvadagi muxtor vakilligi xodimi Karim Safayev yordamida
Maryam xorij uchun pasport olib, Leningradga boradi. Leningrad portidan Xayrinisa
Majidxonova, To‘lagan Mo‘minovlar bo‘lgan guruh bilan paroxodda Germaniyaning
Shtetsin shahriga yetib boradilar. Hech qachon ochiq dengizni ko‘rmagan sahro qizi
paraxodga tushishi bilan u yerga yetib borguncha betob bo‘ladi.Maryam
Sultonmurodova 1922-23 yillarda Berlin universiteti qoshidagi olti oylik tayyorlov
kursida o‘qiydi. 1924 yil Darmshtadt shahridagi “Viktoriya” o‘qituvchilar
seminariyasiga imtixon topshiradi. Darhaqiqat, xorij taʼlimi Maryamxonga oson
kechmadi. Germaniyada tahsil olgan Sattor Jabborning Ertoy nomi bilan “Turkiston”
gazetasining 1924 yil 2 sentyabr sonida eʼlon qilingan maqolasida bu to‘g‘rida shunday
yoziladi: “...Xivalik Maryamxon moddiy tomondan yaxshi taʼmin qilinmagani uchun
yo‘llarida ko‘p chatoqliklar ko‘radir. Chindan hayot xotini bo‘lmoq va Turkistonda
qolg‘on opa-singillarimizning istiqboli uchun hech kim ko‘rsatmas qahramonlik qilib
kelgan qimmatlik qizimizga Xorazm jumhuriyatimizning shunday sovuqqonlik bilan
qarashig‘a Turkiston yoshlari taassuf etolmay turolmaydurlar”.
Maryam 1924-26 yillar Darmshtadt oliy seminariyasida taʼlim oldi. 1926-27
yillarda esa Berlin yaqinida Potsdamdagi “Fraunshulle” maktabida amaliyot o‘taydi.
1927 yil yozgi taʼtil vaqtida Xayriniso Majidxonova bilan birga 29 iyuldan 18
avgustgacha Parij shahrida bo‘ladilar. Ularning Parij opera teatri oshxonasida Ahmad
Naim va Mustafo Cho‘qaylar bilan 2-3 daqiqalik uchrashuvi keyinchalik qatag‘on
etilishi uchun asosiy bahona bo‘lgan edi. 1927 yil kuzidan Mariyam Berlin shahrining
Vedding tumanidagi professor Finkelshteynning olti oylik hamshiralik kursini o‘qib
bitiradi va 1928 yil SSSRga qaytadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 112
Bu haqsizliklar ham Maryamning irodasini sindira olmadi, o‘zini bir lahza bo‘lsin
aybdor deb bilmadi. Haqiqatga ishondi, insoniyligini yo‘qotmadi. Bu bilan sho‘rolar
tuzumining sharmandali tarixida inson matonati timsoli sifatida qoldi. Maryam
Sultonmurodova qalamiga mansub ko‘plab maqola va ocherklar, “Mehr ko‘zda”,
“Kutilmagan baxt”, “Qalbim nidosi”, “Rahmat desinlar”, “Majnuntol”, “Karvonlar
kelganda”, “Betamiz yigit” sarlavhali hikoyalar bu ayolning yuksak iqtidoridan darak
beradi. Maryam Sultonmurodova ilm-maʼrifat fidoiysi, bardoshli jurnalist, mehrli
hamshira edi.
Abduvahhob Murodiy
(1901 – nomaʼlum)
Abduvahhob Murodiy 1901 yilning 29 mayida kuni Toshkentning Egarchi
mahallasida tuzilgan. Qashshoq oilada farzandi Abduvahhob go‘dakligidanoq o‘zidagi
cheksiz g‘ayrat va iqtidori bilan Toshkent taraqqiyparvarlarining yetakchisi Munavvar
qori Abdurashidxonovning nazariga tushadi. Shundan keyin, uning taʼlim va tarbiya
olishiga Munavvar qori to‘liq homiylik qiladi. U 1913 yili Eshonxo‘ja Xoniyning
“Xoniy” maktabini, 1914 yili esa Munavvar qorining “Namuna” maktablarini bitiradi.
1915 yil Munavvar qori tavsiyasi bilan Namangan shahridagi jadid maktabiga
o‘qituvchi sifatida yo‘llanib, bir yil u yerda ishlaydi. 1916-1917 yillar Toshkentdagi
“Hayot” maktabida dars beradi. 1917-19 yillarda esa.U Ozarbayjonning Boku
shahridagi ziroat bilim yurtida o‘qiydi. So‘ng Toshkentga qaytib, 1919-20 yillar
“Mashrab” maktabida dars beradi, mudirlik ham qiladi. Shu bilan birga Said
Ahroriyning «Izchilar to‘dasi», Fitratning «Chig‘atoy gurungi» tashkilotlari tadbirlarida
faol ishtirok etadi. Abduvahhob Murodiy 1930 yil 25 aprel kuni Munavvarqori
Abdurashidxonov rahbarligidagi «Milliy ittihod» tashkiloti aʼzosi sifatida OGPU
tomonidan qamoqqa olinadi. U bir yildan ortiq vaqt davom etgan qiynoq va tahqirlar
ostida so‘roq qilinadi. Bu tergov materiallari mazmuni bugun Murodiyning jinoyatchi
emas, aksincha haqiqiy millat qahramoni ekanligini isbotlovchi dalillardir. Jumladan, u
tergovchining Germaniyada tahsil olgan Turkiston yoshlarining maqsadi haqidagi
savoliga quyidagicha javob beradi: «... Biz Germaniyada faqat bir narsa haqida o‘ylar
edik. Avvalo, xorijiy tillarni o‘rganib, Ovro‘po ilm-fani yutuqlarini mamlakatimizga
olib kiramiz der edik. Shu maqsadda til kurslarini tugatish bilan tezdan eng iqtidorli
yigitlarni imkon qadar turli-tuman sanoat va ilm-fan jabhalariga kengroq taqsimladik.
Shu bilan birga o‘sha ilmlarning asoslarini mukammal egallash, turkiy tilda ularning
terminologik lug‘atlarini tayyorlash, kerak bo‘lganida o‘zimizda yangi avlodni
yetishtirish uchun o‘sha fan va hunarlarning o‘qitish usullarini o‘zlashtirdik. Kitoblarini
to‘plab kengroq maʼlumotlarni o‘zlashtirishga, tarjimalar qilishga intildik. Maqsad
Vatanga katta ilm bilan qaytish edi. Biroq, bizga nisbatan tayziqni kun sayin kuchaytirib
borishdi. Hatto, bir qism yoshlar mamlakatga qaytib borish fikridan qaytish darajasida
qo‘rqib qoldilar... Men Turkiyada ko‘plab tanishlar orttirganman, menga u
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 113
mamlakatning pasporti ham berilgan edi. Biroq, Ovro‘poga Vatanim ravnaqi uchun
xizmat qilaman deb yo‘l olgan edim. Meni Vatanga ham faqat unga foydam tegadi
degan maqsad yetaklab keldi. Vatanimda oson bo‘lmasligini bilganim holda qaytdim.
Tirik qolsam Vatanimda yashayman, aks holda unga xizmat qilib o‘laman.1931 yilning
25 aprel kuni OGPU kollegiyasi qarori bilan Abduvahhob Murodiyga otuv hukmi 10
yillik konslager bilan almashtirildi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda u jazoni Oq
dengizdagi orollarda joylashgan dahshatli Solovki lagerida o‘tagan va shu joyda halok
bo‘lgan. 1932 yil uni Toshkentda intizorlik bilan kutayotgan va allaqachon o‘zbek tilini
o‘rganib olgan turmush o‘rtog‘i – olmon qizi Marta xonim va qizalog‘i Potye
(o‘zbekcha ismi Maryam)lar sho‘rolar mamlakatidan chiqarib yuboriladi. Xullas,
mustabid tuzum hech biri o‘z isbotini topmagan bo‘htonlar bilan endigina 30 yoshni
qarshilagan yetuk mutaxassisning hayotiga zomin bo‘ladi.Taassufki, endigina 30
bahorni qarshilagan, millat qayg‘usi bilan yongan olov qalbli millat farzandi notanish
o‘lkalarda, sovuqning qahraton bag‘rida Ona zamini va oilasi sog‘inchi bilan jon beradi.
Balki uning so‘nggi so‘zi «Alvido Vatan» bo‘lgandir, balki bo‘g‘zida qolgan armoni
suyukli yori, aziz qizi diydoriga yetmoq bo‘lgandir. Balki, so‘nggi daqiqalarga qadar
Vatanga qaytmoq umidi uni o‘limga, mustabid tuzum adolatsizliklariga bo‘yin egmagan
ruhi, olov nigohida so‘nggi tomchi yosh bo‘lib oqqandir.
XAYRINISO MAJIDXONOVA
(1905 – 1938 )
Xayriniso Majidxonova 1905 yil 25 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning
otasi el hurmat qilgan mahalla oqsoqol Majidxon Jalilov ilmli, maʼrifatparvar inson
bo‘lgan. U Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg kabi qator shaharlariga safar qilib, jadid
g‘oyalari bilan tanishgan. Shu bois, oila aʼzolari, xususan, qizlarining ham yevropada
taʼlim olishiga to‘sqinlik qilmaydi. Xayriniso dastlab Miroboddagi yangi maktabda tahsil
olib, rus va nemis tillarini o‘rgandi. Undagi dunyoqarashining shakllanishida Turkiston
jadid matbuotining, shuningdek, bu vaqtda birinchi o‘zbek xotin-qizlar bilim yurtida
o‘qiyotgan opasi Oyposhshaxonning ham taʼsiri katta bo‘lgan. Uning 1922 yili
“Turkiston” gazetasida chop etilgan maqolasida endigina 17 yoshni qarshilagan qizning
vatan istiqboli haqidagi orzu-istaklari o‘rin olgan edi.Maqolani o‘qir ekansiz, o‘tgan
asrning boshida yashagan bir o‘zbek qizining tarixiy tafakkuri naqadar kengligi, Vatan
taqdiri oldida o‘zini qanchalik daxldor sezishidan, jasorati, millatiga bo‘lgan mehri,
sevgisidan hayratga tushasiz. Maqolada aks etgan davrga yuz yil bo‘lganiga qaramay, unda
ilgari surilgan fikrlarning baʼzilari ayni paytda ham dolzarb ekani, aksar orzularining esa
amalga oshganidan taajjubga tushamiz. Quyida Xayriniso Majidovaning maqolasidan
iqtibos keltiramiz.“Turkistonning dunyo savdo maydonida tutqon vaziyati XVII asrdan
beri tuban darajada qolib keldi. Bu asr umuman musulmon mamlakatlarining tanazzul
davri bo‘lib, tanazzulning ham ko‘p sababi karvon yo‘llarining ahamiyati ketib, g‘arblilar
tarafidan dengiz yo‘llarining yuksaltirilishi edi. XIX asrda ham Turkiston G‘arbiy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 114
Ovrupodan uzoq bo‘lg‘onlig‘i uchun, taraqqiyot tomonidan boshqa musulmon
mamlakatlaridan ham tuban darajada turdi. XX asrning boshida ham qo‘shnimiz bo‘lgan
Eron xalqi siyosiy fikrlar bilan sug‘orilib, o‘z elida sanoat turg‘izish va chetlarning
taʼsiridan qutulish yo‘lida qon to‘kkani muddatda bizning Turkiston tinch uxlamoqda edi...
Faqat Russiyadan temir yo‘l kelib, savdo maydoni kengaydi... Bundan ochiq
anglashiladirki bizning moziyimizni porloq qilg‘on - elimizdan o‘tgan karvon yo‘li bo‘lsa,
istiqbolimizni porloq qilg‘uchi, elimizni jahon savdo maydonig‘a tutoshdirg‘uvchi ulug‘
temir yo‘ldir. Ular bizning savdomizni kengaytur, bizga boyliq va obodliq berur va
o‘zimizga katta sanoat turg‘azishga imkon ochar”.Shuningdek maqolada uning uzoqni
ko‘ra olgan teran fikr, bugunning taʼbiri bilan aytganda siyosiy-iqtisodiy tahlilchi ekani
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xayriniso Majidxonova maqolada Turkiston jamiyatining maʼnaviy qiyofasiga ham
to‘xtalib: «... bizning bu dardimizning ham buyuk qurollari matbuot, maktab va teatrdir.
Bizda bularning har qaysisi bor. Lokin, ular o‘zlarining tarixiy vazifalarini yeriga yetkaza
oladirg‘on darajada emasdirlar. Bizning yangi maktablarimizdan shul vaqtg‘acha xalq
hurkib keldi. Matbuotdan uzoq turdi. Teatrni anglamadi. Chunki, bularning har qaysisi
o‘zining asosiy vazifasining haykal mujassami bo‘la olmadi. Xalqning ruhiga ehtiyot bilan
yaqinlashib, unga taʼsir ijro qila olmadi. Har bir xalqning uyg‘onish davrida g‘oyat muhim
o‘rin tutadirg‘on bu uch buyuk qurolni o‘z vazifalarining ruhi bilan sug‘orish bizning
navbatdagi ishimizdir... Bizning tadrijiy taraqqiyotimiz shul yo‘llar bilan borsa kerak. Aks
holda, biz o‘z moziyimizdan uzulib xalqning g‘urbatda qolishiga sabab bo‘lurmiz», – deb
xulosalaydi.Xayriniso Majidxonova 1928 yili O‘zbekistonga qaytib, Toshkentdagi Kasaba
uyushmalari Markaziy Qo‘mitasi xodimlari jumhuriyat boshlang‘ich va umumtaʼlim
o‘qituvchilarining dam olish uyida shifokor bo‘lib ishlay boshladi. 1935 yili Toshkent
tibbiyot institutini bitirgan Xayriniso o‘qituvchilar dam olish uyida vrach-terapevt hamda
Fayzulla Xo‘jayev nomidagi O‘zbek poyabzal tresti ambulatoriyasida shifokor-vrach
bo‘lib ishlaydi.Oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlar yo‘lidan borayotgan Xayriniso
Majidxonova navqiron 32 yoshida totalitar tuzumning qonli qatag‘oni girdobiga tortiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ma'naviyat-asosiy tushunchalar lugʻati”-Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati,
Toshkent 2016 – yil nashri.
2.
“Guliston”-ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma'rifiy Jurnal- 2021-yil soni.
3.
“Moziydan sado”-ilmiy-amaliy,ma'naviy-ma'rifiy jurnal.2024 yil.
4.
https://telegra.ph/Jadidlar-taqvim