Mualliflar

  • X. Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133885

Annotasiya

Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan.  Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.  Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 104

AVESTONING MUQADDAS YOZUVI

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Adabiyot bo’limi ilmiy hodimi:

X. Yuldasheva

Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak,

Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo,
Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy
qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda
muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida
vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini
rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida
tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb
hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular
Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy
qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha
to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday
yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida
[Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar
otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib
yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi».
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn
haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik
adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»;
IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas`udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va
boshqalarda) ma`lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari,
ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib
ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning
yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar
(zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko`ra,
haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-avlodga, og`izdan-og`izga olib o`tib, asrlar
osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari)
yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar.
Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash
boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur
(243-273) davrida atsrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib,
hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning
ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi – biri


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 105

Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda,
ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida
Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma`lumot berilgan. Unda
aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar,
baland tog`lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa
muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z
to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar
yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto
tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida
joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni
va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb – Xorazm-
Marg`iyona-Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha,
Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht
vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi
Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada
qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan so`ng bu
ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi
Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib,
otashkadaga topshirilgan.

Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U – murakkab to`plam.

Avestoning saqlanib qolgan to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-
dayevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo`lib, boblari
fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha:
birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani
to`g`risida bo`lib, ular orasida Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar
bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o`lim, azob-uqubatlar bo`lmagan
zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard
dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa
fragardlaridan Zardusht bilan Axura-Mazdaning savol-javoblari va muloqotlari ham o`rin
olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna –
yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan
iborat bo`lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda,
ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna
kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot she`rlari ham kirgan. Ular
Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht
she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning
35-42-halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna – «Yetti bob


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 106

Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib,
zardushtiylik urf-odatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa «otashparatslik» deb
atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov Axura-Mazda nurining quyoshda namoyonligi va
uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan.
Olov haqni nohaqdan, eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan.
Yolg`on esa chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab
atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» deb
nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb atalib, ma`budlar
sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar hamda olamni bilishga doir
pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda
u Yasnaga qo`shimcha hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U
Avestoning eng qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan
boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar sha`niga aytilgan
madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan kitoblaridan ba`zi qismlari
uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan,
Exrpatatsan kitobidan mo`badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv
tizimiga xos ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy
marosimlar tartib-qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi
va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid
«Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu
ta`riflar savobli ishlar yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi;
zardushtiylik ta`limoti asoslari; dunyoning Axura-Mazda tomonidan yaratilishi; oxirat
kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning
tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar
kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.
Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil-Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar
qoldirgan. Masalan, Anketil-Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi
zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o`rgangan
va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni
paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa,
Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar
aksariyat hollarda asliga to`g`ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.
Zartushtiylikni o`rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki,
bu sohadagi tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni
beqiyosdir.Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, dehqonchilik
ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech
bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa
farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 107

Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; bularni asrash,

avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib,
har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi,
energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni
iflos qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni esa pokiza
saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz.

Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo bulishi

va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining
qadimiy markazlaridan biri bo`lgan Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va
rivojlanishi sug`orma dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish
joizki O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun madaniyati
bo`lib melodgacha bo`lgan 6-4 ming yilliklarda shakllanganligidan dalolat beradi.

Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida halqlarning ijtimoiy-

iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishini xujalik-madaniy tiplar tarixi
muammolarini ilmiy tahlil qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati,
an`anaviy dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar tarixchi,
arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli muammolardan biri bo`lib
kelgan va bu borada mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum
amaliy natijalarga ham erishilgan.

Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va dehqonchilik

madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan
xisoblangan. Inchunun Vatanimiz xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi,
dexqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda hamda
halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi qadimgi urbanistik
jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o`rganixda muhim ahamiyatga ega.

Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis folklorshunosi V.

Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli afsonalar va obrazlarda usimliklar
olamining jonlaniish sirlari namoyon bulishi muammosi ilgari surilgan. V. Mannxardtning
ta`kidlashicha, marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning fikricha, ruxning
usimlikka evrilishi tug`risidagi mifologiya quyi mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi
mifologiyaga asos bo`lgan va aynan quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan
hamda uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan.

Mashxur ingliz tadkikotchisi J. Frezer Mannxardt materiallariga suyangan xolda

qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta tiklagan va uning rivojlanish
boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar madaniyatning turli rivojlanish boskichlarida
oralik bug`in tarzida ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiy-


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 108

taqqoslash usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat kilgan .

Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi bilan birga

o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik mavsumida aynan bir vakt
takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf-odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan.

Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik madaniyatining ilk ko`rinishlari va

rasm-rusumlarini yozma manbalar, jumladan, zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto"
malumotlari asosida taxlil kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik
marosimlari bilan uyrunligini kursatishga xarakat kilamiz4.

Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati bilan bog`liq

ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turli-tuman marosimlarga ham keng urin
berilgan. Jumladan, mazkur manbada dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot
Axura Mazda nazdida eng ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid
mexnatni xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va chorvadorlar axlokiy
dunyoqarashini aks ettiradi.

Dehqonchilikning yaxshi tomonlari Zardushtning ikkinchi farzandi Arvatatnara

obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga va ijtimoiy tartibga itoat
kilishlik hamda sabr-bardoshlilik kirgan. Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura
olamdagi birinchi dehqon Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2-fargard, 42-bandida
qayd etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht va
Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: "Arvatatnara
dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning buyugiga aylandi5. Shu
urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga
kirgan.

"Avesto"ning juda kup urinlarida xosildorlikni oshirishdagi asosiy omillardan biri

yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir
agromadaniyat yaratish uchun maxsus irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari
o`rtasida tartibli taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat
uchun odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan ishlatish
chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu davrda yer jamoa mulki
bo`lgan bulsa-da chorva xususiy mulk bo`lganligini "Avesto"dan kurishimiz mumkin.

"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning etimologiyasiga

nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy kuchmanchi mashg`uloti —
chorvachilik bilan bog`lik juda qiziq bir manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim
A. O. Makovelskiyning yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab
so`z bo`lib uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi esa
mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki so`zning kushilishidan
keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 109

"Vendidod" va "Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish, ekin ekish,

yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yul-yurikdar bayon qilingan. Jumladan,
"Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4-bandida Zardushtning Axura Mazdaga qarata
"zamini hammadan kura baxtiyorrok bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" — degan
savoliga javob tariqasida Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar kuruk yerlarga
suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb javob bergan. Shuningdek
"Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt ekilmagan va omoch tegmagan zamin
baxtsizdir. U omochni orzu kiladi. Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol
qizdir. Bu oila kurish, kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham
kushchini kutadi"8.

Halqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik mashg`ulotida

xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar saqlanib qolgan bo`lib buni
bevosita etnografik ma`lumotlar ham tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash,
uni ekishga tayyorlash, suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish
savob, dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX asrning birinchi
choragigacha respublikamizning kator mintakalarida baxorgi shudgor oldidan "is
chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada ayollar bug`irsoq cho`zma ("is")
pishirishgan. Qozonda moy yaxshi kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki,
marxumlar shu moy kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindosh-urug`larga omad
tilashadi. Yerni xaydashdan oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini yog` bilan
moylaganlar15.

Xukizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning

ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat bo`lgan xukiz
yil buyi xormay-tolmay ishlasin, - degan magik niyat mujassamlashgan. Dastlabki egat
olish yoki urug` sepishni oila yoki qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan.

"Avesto"da yozilishicha, "kimda-kim bug`doy eksa, u Ashaxni (Haqiqat) ekadi. U

Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini yuzlab hamdu sano, nazru niyoz
va o`n minglab kurbonliklar kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug`
yetilsa, devlar urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola chekadilar.
Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar. Qay bir xonadonda bug`doy
bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy
ombori bulsa guyo qizdirilgan temir devlar buynini chirmab tashlaydi"9. Ko`rinadiki,
"Avesto" paydo bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan.

Biz o`zbek halqining an`anaviy turmush tarzi bilan bog`liq qarashlar va

marosimlarni ko`zatar ekanmiz, yer, don va nonga bo`lgan o`ziga xos xurmat-extiromni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

77-son 1–to’plam Avgust-2025

Sahifa: 110

turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib kelayotganligini kurishimiz
mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi halqona qarashga kura bug`doy, olma,
kovun, anjir va rayxon dastlab jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar
doimo e`zozlangan. Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh xisoblangan. Kolaversa
bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida kadrlangan. Jumladan, baxorda
iliko`zildi paytida ayollar tomonidan namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash
va qolaversa bir marta sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta
sumalak pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda halqimizning
nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz lozim. Asosiy xujalik
mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek halqida non azaldan asosiy va tansik
iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urf-
odatlar shakllangan. Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish
og`ir gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda boshiga non
quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy odatga kura g`alla somonini
xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. Chunki donni-nonni yokish og`ir gunoh
deyiladi 10. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli ins-jinslar va
yovo`z kuchlar yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning yostigi ostiga
boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non quyilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.

2.

"Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2-

3.

Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969

4.

H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001

5.

N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26.

6.

N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi" 2001, 25
sentabr.

7.

www.e-tarix.uz

8.

www.ziyonet.uz



Bibliografik manbalar

Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.

"Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2-

Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969

H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001

N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26.

N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi" 2001, 25 sentabr.

www.e-tarix.uz

www.ziyonet.uz