Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 70
MUZEYLAR – TARIX VA MADANIYAT XAZINASI
Namangan viloyati tarixi va madaniyati
davlat muzeyi ilmiy xodimi:
Mamadaliyeva Z.
Muzeylar insoniyat sivilizatsiyasi rivojida muhim o‘rin tutadigan muassasalardan
biridir. Ular qadimiy yodgorliklar, san’at asarlari, tarixiy hujjatlar va madaniy boyliklarni
to‘plab, saqlab, keyingi avlodlarga yetkazadi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab millionlab
odamlar muzeylarga tashrif buyurib, o‘tmish bilan yuzma-yuz kelish imkoniga ega
bo‘lishmoqda.
Muzeylarning asosiy vazifasi – ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyat olib borishdir.
Har bir eksponat – bu o‘ziga xos tarixiy guvoh, o‘tmishdan hozirgi kungacha yetib kelgan
nodir bir xazina. Masalan, qadimiy qurollar, arxeologik topilmalar yoki milliy liboslar
orqali ajdodlarimizning hayot tarzi, urf-odatlari va dunyoqarashi haqida muhim
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. O‘zbekiston hududida joylashgan muzeylar, jumladan,
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Samarqanddagi Afrasiyob muzeyi yoki Xivada
joylashgan Ichan qal’a muzeyi, yurtimizning boy tarixiy merosini namoyon etuvchi muhim
maskanlardir. Bu muzeylar orqali yosh avlod vatanga bo‘lgan mehrini kuchaytiradi, tarixni
anglab yetadi va uni qadrlashga o‘rganadi.So‘nggi yillarda muzeylar zamonaviy
texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Virtual ekskursiyalar, multimedia ko‘rgazmalari va
interaktiv dasturlar orqali muzeylar yanada jozibali va tushunarli bo‘lib bormoqda. Bu esa,
ayniqsa, yoshlar orasida tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda."Muzey" so‘zi qadimgi
yunoncha "mouseion" so‘zidan olingan bo‘lib, "ilhom parilari maskani" degan ma’noni
anglatadi. Dastlabki muzeylar qadimgi Gretsiyada tashkil etilgan bo‘lib, u yerda asosan
ilm-fan, san’at va adabiyotga oid asarlar jamlangan. O‘rta asrlarda esa ko‘proq qirollar va
boy zodagonlar o‘z kolleksiyalarini yig‘ib, shaxsiy galereyalar sifatida saqlaganlar. Ammo
XVIII-XIX asrlarda bu kolleksiyalar ommaga ochila boshladi va hozirgi zamonaviy davlat
muzeylari paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda muzeylar turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
1.
Tarixiy muzeylar
– qadimiy davrlar, arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar
va buyumlarni saqlaydi.
2.
San’at muzeylari
– rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy san’at namunalarini
taqdim etadi.
3.
Tabiiy fanlar muzeylari
– geologiya, biologiya, zoologiya, paleontologiyaga
oid eksponatlarni jamlagan.
4.
Texnika va sanoat muzeylari
– texnologik taraqqiyot, mashinasozlik,
transport tarixi bilan tanishtiradi.
5.
Madaniyat va etnografiya muzeylari
– milliy liboslar, an’analar, urf-
odatlar, xalq hunarmandchiligi namunalarini ko‘rsatadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 71
6.
Yodgorlik muzeylari
– mashhur shaxslar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan
(masalan, Alisher Navoiy uy-muzeyi).
Muzeylar faqat tarixni ko‘rsatmaydi, ular jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotining
ajralmas qismidir. Ular yosh avlodga: Vatanga sadoqatni o‘rgatadi; Madaniyat va tarixga
hurmat uyg‘otadi; O‘rganish va ilmiy izlanishga undaydi; Estetik did va bilim saviyasini
oshiradi. Ko‘plab muzeylarda ekskursiyalar, ilmiy seminarlar, bolalar uchun interaktiv
darslar, ma’rifiy loyihalar tashkil etiladi. Bu esa muzeylarning nafaqat ko‘rgazma joyi,
balki ta’lim maskani sifatidagi ahamiyatini oshiradi.
O‘zbekistonda 100 dan ortiq muzey faoliyat yuritmoqda. Ularning ayrimlari:
O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi (Toshkent) – Sharq va G‘arb san’at asarlari, milliy
rassomlar ijodi jamlangan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi (Toshkent) – Amir Temur va
temuriylar sulolasining boy tarixini yoritadi, Samarqanddagi Afrasiyob muzeyi
–
qadimiy
shaharning tarixi, arxeologik topilmalari bilan tanishtiradi.Ichan Qal’a davlat muzey-
qo‘riqxonasi (Xiva) – ochiq osmon ostidagi muzey sifatida dunyoga mashhur. Navoiy
viloyati tarixiy muzeyi – hududning tarixiy rivoji va madaniyati haqida ma’lumot beradi.
So‘nggi yillarda muzeylar raqamli texnologiyalar asosida rivojlanmoqda:
Virtual ekskursiyalar (onlayn ko‘rgazmalar)
QR-kod orqali eksponat haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyati
Raqamli arxivlar va interaktiv xaritalar
Multimedia ekranlar orqali vizual hikoyalar
Bu yangiliklar muzeylarni zamonaviy avlod uchun yanada qiziqarli va tushunarli
qiladi. Ayniqsa, yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini hisobga olib, ta’lim va
madaniyatni uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muzeylar – bu xalq xotirasi,
tarixiy haqiqatni saqlovchi va tarbiyaviy kuchga ega maskanlardir. Ular nafaqat ilmiy-
tarixiy manba, balki inson qalbini tarbiyalovchi ma’naviy maktabdir. Har bir yosh avlod
o‘z yurtining muzeylariga tashrif buyurib, ajdodlar merosidan saboq olishi, uni qadrlashi
va asrashi lozim. Muzeylar – bu tirik tarix. Ular faqatgina o‘tmishni emas, balki bugungi
kundagi madaniy taraqqiyotimizni ham aks ettiradi. Har bir fuqarodan muzeylarga hurmat
bilan qarash, ularni asrab-avaylash va targ‘ib qilish talab etiladi. Zero, o‘z tarixini bilgan
va uni qadrlagan xalqgina porloq kelajak sari dadil odimlay oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.2022-2023-yillar sonlari.
2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” I.Yusupov, I.Karimov.
2022-yil, O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.
3.”Moziy soboqlari” – Alijon Azizov. Namangan- 2021-yil.
4.”San’at” jurnali- 2013-yil.
5.”Guliston” –ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal. 2021-2022-yil.