Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 68
MEHMON KUTISH ODOBI
Namangan Viloyati tarixi va madaniyati
davlat muzeyi ilmiy xodimi:
Yigitaliyeva SH.
Mehmon atamasi fors tilidan olingan bo’lib “tashrif buyuruvchi “ degan ma’noni
anlatadi. O’zga xonadon , mahalla, yurtga samoviy rishtalarni bog’lash, ezgu niyat va
ishlarni amalga oshirish maqsadida tashrif buyuruvchi shaxs . mehmon kelishini xalqimiz
ezgulik , yaxshilik ramzi deb hisoblaydi. Malumki xar qanday jamiyatda yashayotgan
kishilar bir birlari bilan moddiy va manaviy munosabatlarga kirishadi. Ma’naviy
aloqalarning bir qirrasini mehmon mezbonlik munosabatlari tashkil etadi. Odamlarning
bir - biri bilan bordi - keldi qilishi , muloqotda bo’lishi, bo’lishi , bir biriga , mehr-oqibat,
muruvvat ko’rsatishi , mehmonlik va mezbonlik aloqalarini bog’lash lari insoniy fazilat
hisoblanadi. Mehmondo’stlik O’zbek xalqining ming yillar mobaynida tarkib topib ,
tajribasidan o’tib barchaga manzur bo’lgan progressive va demokratik xarakteridagi
an’anasidir.mehmon kutish yuksak odob,axloq, nafosat, umumiy olganda, manaviyat
maktabi hisoblanadi . mehmondo’stlik orqali do’stlik, o’rtoqlik, odamgarchilik,
insonparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi.
Mehmondorchilik odobi – insonlarning yuksak insoniy va samimiy fazilatlari asosida
qurilgan mehmonga borish va mehmon kutish borasidagio’zaro muloqoti va
munosabatlarida amal qilinadigan odob-ahloq talablari, muayyan tartib-qoida va
udumlarni ifodalaydigan tushuncha . Mehmon odobi xalq turmush tarzining g’oyatda
nozik, yuksak madaniyati va ma’naviy qadriyati hisoblanadi. Mehmomdorlik odobini
bilish, unga amal qilish ma’naviyatlilik belgisidir. Halimizga xos mehmondorchilikda
qaysi uyga mehmon kelsa, darhol dasturxon yozib, non ushatiladi. Mehmondorchilik odobi
borasida har bir mintaqaning o’ziga hos xususiyatlari ham mavjud. Farg’ona vodiysi va
Samarqandda mehmonga dastavval iliq ko’k choy beriladi. Toshkentda esa xushbo’y
familchoy damlash odat tusiga kirgan. Surxondaryoliklarga mehmonga borilsa, hushbo’y
ko’k choy bilan birga archa o’tinida pishirilgan tandir kabob keltirilib, mehmon hurmati
joyiga qoyiladi. Farg’ona va Andijonda mehmon kelgan xonadonga qo’shnilar xurmat
yuzasidan dasturxon chiqaradilar. Mehmonning muhimi va nomuhimi, kattasi yo kichigi
bo’lmaydi. Mehmonga sarpo kiydirish odatining ikki ma’nosi bor. Biri- o’zining yaqin
kishiga , qarindoshiga sarpo kiydirganda uzoqlashmaslik , begonalashmaslik, hamjihatlik
istagi bildiriladi. Ikkinchisi – begonaga sarpo kiydirish u bilan do’stlashganlik,
qarindoshga aylanganlik yoki qadrdon bo’lib qolganlikning ramziy ifodasi hisoblanadi.
Shu sababli xotirjam kelib , el-yurt mehmoni bo’lgan kishilarga ham milliy ust – bosh
kiydirish an’anaga aylanib ketgan. Mehmon kelgan uyda baqirib gaplashish , shovqin
solish , uning huzurida adi-badi aytishish , urushib qolish u yoqda tursin hatto kesatib
gapirib ham bo’lmaydi. Mehmonga ozor bermaslikka intilish esa odamlarni
qovushtirib,mehr-oqibatli qiladi, do’stlik va birodarlik keltirib chiqaradi, oilada bir – biriga
mehr-muhabbat, hamjihatlik, hotirjamlikni yanada kuchaytiradi. Mehmondorchilik odobi
avvalo, odamlarni mehmonga taklif etishdan boshlanadi. Taklif etiladigan kishining vaqti
bor yo yo’qligi bilib olinganidan keyingina uni mehmonga chaqirish mimkin. Mehmonlar
keladigan paytda darvoza ochiq turishi kerak. Ularni eshik oldida samimiyat va
ochiqko’ngillik bilan kutib olish lozim. Sovg’a olib kelganlarga ham, samimiy salomi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 69
bilan kelganlarga ham baravar minnatdorlik bildiriladi . mehmon kelish oldidan bolalarni
yuvintirib yaxshi kiyintirib qo’yish muhim. Bu narsa bolalarda ham mehmondorchilik
ahamiyatini anglash hissini uyg’otadi. Mehmon oldida bolalar sho’xlik qilsa bolalarga
tanbeh mermaslik lozim ,chunki bu holat mehmonning izzat-nafsiga tegishi mumkin .
mehmondorchilikni uyushtirishda hisobga olinadigan jihatlar ko’p. Qishloqdan shaxarga
kelgan mehmon shahar aylangisi, do’konlarga kirgisi teatrga borgisi keladi. Shahardan
qishloqqa kelgan mehmon esa tabiatdan bahra olishi va diqqatga sazovor joylarni aziz
mehmonga tanishtirish lozim bo’ladi. Mehmondorchilik odobiga ko’ra, dasturxonni
chiroyli bezatish va mehmonni risoladagiday kutib olish ham bir san’atdir. Mehmon uchun
bezaladigan dasturxon har doimgi uydagi dasturxondan ancha farq qilishi joizdir.to’ylarda
dasturxon boshqacha bezaladi. Bayram dasturxoni ham o’zgacha bezaladi. Dasturxon
bezashda ikki qoida bor :1-qoida moddiy sharoitlarni, ikkinchisi esa ma’naviy sharoitlarni
taminlashdir. Dasturxonga qo’yiladigan taomlar xilma xilligi, miqdiri va sifati ,
ovqatlanish asboblarining yetarli miqdorda mavjudligi,dasturxon tuzaladigan joy pokiza ,
qishda issiq, yozda salqin bo’lishi – bularning hammasi moddiy sharoitlarga kiradi.
Ma’naviy sharoitga mehmonlarni ezozlab kutib olish , do’stlik va samimiylik ko’rsatib ,
ularga sidqi dildan hizmat qilish kiradi. Mehmondorchilik odobi qoidalaridan yana biri
shundaki, bu san’atga oilada o’g’il va qizlar yoshligidanoq o’rganib boriladi. Toki ular
voyaga yetganlarida turli taomlarni tayyorlay bilsin, uyiga keladigan kishilarni
ko’ngildagidek kutib oladigan mehmondosh bo’lib yetishsinlar degan maqsad olg’a
surilgan .
Adabiyotlar:
1. Sadikova N. O‘zbek milliy kiyimlari: XIX–XX asrlar.
– T., 2006.
2. Manaviyat “asosiy tushunchalar izohli lug’ati”
3. Abdullayev N.U. San’at tarixi. 2-tom. – T.: «O‘qituvchi»