Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 63
TASVIR ORTIDAGI SO’ZLAR
Namangan viloyati tarixi va madaniyati
davlat muzeyi hodimi:
Qosimjonova Sadoqat
Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi o`zining yangilanish davrini
boshdan o`tkazmoqda. Bir yuz besh mingdan ortiq asori-atiqaga ega bo`lgan muzeyimiz
respublikamiz muzeylari ichida oldingi o`rindan birini egallab turgani albatta bizni
quvontiradi.
Muzeyga kelgan ziyoratchilardan bitta tilagimiz shuki, u muzey eksponatlarida san`at
asarlaridan, o`tmish asori-atiqalaridan , ajdodlarimiz qoldirgan kitoblardan zavq olish ,
undan chuqur mutaassir bo`lish uchun kelsa. Ko`z o`ngida namoyon bo`lgan moziy
darsxonasi ta`sirida mutloqo yangi odatga aylanmasada , ezgu his tuyg`ular to`lqiniga
g`arq bo`lgan xolda muzey zallarini tark etsa deymiz.
Tomoshabin ziyoratchining ham turlicha bo`lgani qiziq. U qadar talabchan bo`lmagan
tomoshabinga ekspozitsiyaga qo`yilgan eksponatlar qanchalik qiziqarli bo`lsa shuncha
yaxshi , lekin talabchan ziyoratchilarning diqqatini jalb etish oson emas. Negaki asori-
atiqalar ekskursiya olib olib borilayotgan ilmiy hodimning ma`ruzasi uning qalbida aks-
sado uyg`otganini sezmasligi kerak. Zero xar qanday eksponat o`zining qiziqarli tarixi
orqaligina kishi diliga chuqur singib, unda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Tomoshabin bunday
ta`sirotni bir necha kun , haft va balki undan ham ko`proq vaqt unitilmaydi. Masalan, o`ng
ming yillar oldin qirilib ketgan sut emizuvchi xayvonlarning vakili karkidonning (ilmiy
nomi Indikateriy) bosh suyagi , yoki, bir necha o`n ming yillar oldin viloyatimiz atrofida
(Pop, Munchoqtepa) yashagan odamlarning qamishdan yasalgan tobut va mayitning
qoldiqlarini ko`rish va uning tarixidan mutaassir bo`lish, bir-biridan ta`sirli tasviriy san`at
asarlarini yutoqib tosha qilib toshosha qilish bir umr esdan chiqmaydi.
Muzeyning tarix bo`limini arxiologiya qismida Qo`qonning oxirgi xoni
Xudoyorxonning surati va tavsifi berilgan. Siz bilasiz bu xonning nomi juda ko`p rivoyatu
voqealarni eslatadi. Zero musulmon xukumdorlaridan kechirgani rost . Birinchi bor o`n
to`rt yoshida (Qaynotasi Musulmonqulning ko`magida) taxtga o`tirgan bu xon o`z
saltanatdan uch bora maxrum etilib, yana qayta tiklangan va oxirida rus podshoxigi
tomonidan taxtdan tushirilib, aldovi firib bilan Orenburgga olib ketilib, nazorat ostida
saqlanadi. Xon u yerda bir amallab qochib Makkaga ketadi va xayotining so`ngi qismini
o`sha yerda o`tkazadi.
(Makkadan biror tadbirkor kelsa aytinglar, mablag`ni berib, o`sha joyda bir takya
(istiqomat joyi) soldiramiz), degan ekan xon davlati juda avjida paytida. Vaqtini shunday
bir odam kelganda xon unga ziyorat qilibdi –yu, xech nima demay jo`natib yuboribdi.
Yaqinlaringni <Xonim>, nega o`sha aytgan xizmatingizni buyurmadingiz buyurmadingiz
?> - degan so`roqlariga; <Ko`p ko`rimsiz kishi ekan, menga uncha pisand bo`lmai>, deb
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 64
javob qilgan ekan xon. Qarangki, u qochib ne azoblar bilan Makkaga yetib borganida o`sha
– o`zi qaytarib yuborgan Makkalik xoji Muhammadboy Konibodomiynikiga tushib, undan
ko`p mehribonliklar ko`ribdi. O`sha voqealarni eslatibdi, xon uni pisand qilmaganidan
ko`p xijolatlar bo`libdi, xaligi xamyurti esa xonga tasalli berib, unga aloxida takya beribdi.
Ittifoqo bir kuni Xudoyorxon ko`chaga chiqqanida biro dam bir payola choy turibdi.
Xon so`riga o`tirib choyni ichib turgan paytida biro dam kelib xonning og`ziga kata tosh
bilan uribdi, xonning og`zi qop-qora qon bo`lib, ikkinchi tishi sinibdi. Qo`riqchilar xaligi
odamni tutib, taxtish qilishganida u : <Aslim Namanganning To`raqo`rg`onidanman, ilgari
sarkor edim, xonga soliq yig`ib berganimdan, xiyonat qilgansan, deb mening xovli joyimni
oldirib qo`ygan edi. Shunda bir kuni xondan qasos olishni ko`nglimga to`yib qo`ygan
edim, alhamdulilloh maqsadimga yetdim> , debdi. Aytishlaricha , xon musofirlikda yegan
bu kaltagidan keyin o`nglanmasdan, kundan kunga zaiflashibdi, yurtiga qaytishni ko`ngli
qo`msab , oxiri yo`lda – Afg`on tuprog`ida , Amudaryoga yetay deganda xor zorlikda
olamdan o`tgan ekan.
Xudoyorxonning qanday xon bo`lganligi – odilmi, zolimmi – bu tarix xukmiga
xavola. Ammo men bosqinchi dastidan o`z taxti-baxtidan judo bo`lib, musofir yurtlarda
sarson sargardonlikda gox mexr ko`rib, gox og`zidan tosh yeb yurgan, o`z vatani, saltanati
davrida olamdan o`tgan bir g`arib xamvatan ajdodimiz ruhiga duo yu fotixa qildim. Bunga
ko`shilish-qo`shilmaslik Sizning ixtiyoringizda.
Xonning qanday vafot etgani yaqin tariximizning kir, qonli qatlamlari orasida
sirligicha qoldi. Bu esa muzeydagi taasurotlarimizdan tug`ilgan bir xotira xolos.Xulosa esa
o`zingizga xavola.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. “Маънавият-асосий тушунчалар луғати”-Ўзбекистон файласуфлари миллий
жамияти,Тошкент 2016 – йил нашри.
2. “Гулистон”-ижтимоий-сиёсий,илмий-бадиий,маданий-маърифий Журнал- 2021-
йил сони.
3. ”Мозийдан садо”-илмий-амалий,маънавий-маърифий журнал.2024 йил.