Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 50
МUSIQA CHOLG’U ASBOBLARI TARIXI
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Fond bo’limi ilmiy hodimi:
G. Nazarova
Nay
O’zbek halq cholg’u asboblaridan yana biri naydir. Nay asbobining paydo bo’lishi
ham qadim o’tmishga borib taqaladi. Qadimgi Sharq madaniyati quchog’ida o’zbek halq
cholg’ulari shakllandi. Ular ko’p asrli taraqqiyot davomida, o’ziga xos xususityalarini,
tovush tusini saqlab qoldi. Tuzilishlari o’zgarmagan holda nay, surnay, karnay, bo’lamon
va boshqa puflab chalinadigan musiqa asboblari an’anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi.
Nay cholg’usi nafaqat O’zbekiston va Tojikistonda, balki Buryati, Mangoliya
Respublikasi, Xitoyda ham keng tarqalgan. Bu cholg’u turli mamlakatlarda turlicha
nomlanadi. Masalan: O’zbekiston va Tojikitonda
nay,
Buryat va Mangoliyada
limba,
Xitoyda
li
deb yuritiladi. Nay musiqa asbobi yakka cholg’u, ansambl va orkestrlarda
chalinadi. Ovoz hajmi kengligidan, xalq kuylarida, maqomlarda, ansamblda ko’proq
yetakchi vazifasini bajaradi. Tuzilishiga ko’ra barmoqlar bilan berkitiladigan olti
teshikcha, diotonik tovushqatorga ega bo’lib, umumiy ovoz hajmi birinchi oktava
lya
dan
to’rtinchi oktava
re
gacha. Notalar skripka kalitida yoziladi. Barmoqlar bilan
teshikchalarni to’la yoki yarim berkitish, yarim yoki butun tonlikni tashkil etadi. Turlicha
puflash yo’li bilan esa, baland-past tovushlar chiqaziladi. Nayni puflaydigan teshigi va
barmoqlar bilan yopadigan birinchi teshikcha o’rtasida yana bir teshikcha bo’lib, bunga
yupqa qog’oz yopishtiriladi (bu asosan Xitoyda qo’llaniladi). Bu uslub tovushni
to’lqinlantirib chiqarishga yordam beradi. Nayning ikkinchi uchida doimiy ochiq turadigan
to’rtta teshikcha (ikkisi ikki yonda va qolgan ikkisi ort tomonda) ayrim pardalardagi
tovushlarni yumshatib berish uchun xizmat qiladi. Nayning umumiy uzunligi 500-600 mm
bo’lib, yog’ochdan, g’arovdan, qamish va misdan yasaladi. Shunga ko’ra
«Yog’och nay»,
«Mis nay», «G’arov nay»
deb ataladi. So’ngi yillarda nayni kichraytirilib ishlangan turi
qo’llanila boshladikim, bu kichik nay
«Nay pikkola»
deb ataladi. Nayning ovozi juda
yoqimli. Bu asbob ikki holatda, ya’ni o’tirib va tik turgan holatda ijro etiladi. Nay
fortepianoning yoki chang asbobining
lya
notasiga sozlanadi.
Nay asbobida o’zining mohirona ijrosi bilan shinavandalar qalbidan chuqur o’rin
olgan marhum ijrochilar: Abduqodir Ismoilov, Saidjon Kalonov, Dadaali Soatqulov,
Jamil Kamolov, Isoq Qodirov, Mahmud Muhamedov, Rabbim Hamdamov, Yusufjon
Dadajonov, Uzoq Mahmudov va Yashin Haqqulovlar. Nay chalish sabog’ini olayotgan
har bir yosh talabalarimiz yuqorida nomlari tilga olingan ustozlar hayotini va ular ijro
etgan dilrabo ohanglardan bahramand bo’lishlari lozim. Hozirgi kunda xizmat qilib
kelayotgan mashhur naychilar: Mirza Toyirov, Halimjon Jo’rayev, Shukrullo
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 51
Ahmadjonov, Ahmadjon Sobirov, Abdulahad Ergashev, Ilhomjon Javdotov, Halimjon
Sharipov, Mansur Jomurodov va boshqalar.
Surnay
Surnayning paydo bo’lishi ham eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. IX asr
oxirida samoniylar mahalliy feodal sulolasi O’rta Osiyoni katta qismini birlashtirishga
erishdi. Davlatning poytaxti Buxoro yirik madaniy markazga aylandi. O’sha paytlardayoq
yakka navoz, ansambl musiqa ijrochiligi mavjud edi. Saroy a’yonlari tantanali
marosimlarida ijro etilgan musiqa alohida o’rin tutgan. Odatda bir necha damli karnay,
surnay va nog’ora asboblarining birgalikda chalinishi ansamblni hosil qilgan. Surnayni
asosan saroy tadbirlarida, sayillarda va to’y-hashamlarda ijro etganlar. Surnay ko’p
hollarda karnay, nog’ora va doira bilan birgalikda ijro etilgan.
XIX asrga kelib nay, surnay, bo’lamon musiqa asboblari ijrochilik amaliyotida
mustahkam o’rin oldi. Musiqa ijrochiligida bir qancha musiqashunoslar yetib chiqdilar.
Ijrochilikda yetuk bo’lgan ustoz Qurbon Sa’diy, ustoz Poyanda surnay va nog’orachilar
bo’lganlar.
Darvish Alining guvohligi shuni ko’rsatadiki, o’sha paytda ham saroyda bo’ladigan
bazmlar karnay, surnaysiz o’tmagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Avgust Fedorovich Eyxgorn (1844 yil tug’ilgan)
o’zbek halq cholg’ularini to’plagan, muallif surnayni qamish puflagichli qadimiy cholg’u,
qo’shnayni qo’sh qamishli cholg’uga o’xshatgan. Bunday qo’shnay, surnaylarga ham
o’zbeklar, qo’shiqqa mohirona jo’r bo’lganidek, jo’r bo’lishgan.
To’rt damli va urma cholg’udan ya’ni karnay, surnay, doira, nog’oralardan tuzilgan
ansambllar Toshkent, Qo’qon, Farg’ona, Andijon, Buxoro, Xorazm va O’zbekistonnnng
boshqa shaharlarida turmushga keng qo’llanilgan. Ular, ya’ni surnaychilar halqning
ijtimoiy hayotida, umumhalq, an’anaviy bayramlarda va oilaviy hayotda faol ishtirok etib
kelmoqdalar.
Ayni paytda yakka cholg’u asbobi-surnayning imkoniyatlarini hisobga olib, maxsus
ijrochilik dasturlari ("Surnay Irog’i", "Surnay Dugohi", "Surnay Qalandariy", “Surnay
Navosi”, "Shodiyona" “Miskin") kabi o’zbek xalq kuylari anchagina o’rin olgan. Mashhur
karnay-surnaychilardan Qo’qonda qo’shnay va surnaychi Ashurali Mahram, Ahmadjon
Umurzoqov, Xudoyberdi surnay Xorazmdan bo’lganlar.
1927 yilga kelib surnaychilar soni anchaga ortdi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib,
o’zbek halq cholg’ularida ijrochilikning rivojlanishi bilan bir qatorda halq cholg’ulariga
ham qiziqish kuchaydi. Shunga qaramay surnay sinfini takomillashtirish yo’lidagi
o’rinishlar hali davom etmoqda.
Surnayning tuzilishi
Surnay o’zbek va tojik halqlari o’rtasida keng tarqalgan qadimiy puflama yog’och
cholg’u asbobi. Unda ham chap va o’ng qo’l barmoqlari bilan yopiladigan oltita teshikchasi
bor. Yettinchi teshik esa, pastki tomonda bo’lib, buni chap qo’lning bosh barmog’i bilan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 52
berkitiladi. Ovoz hajmi kichik oktava
lya
dan ikkinchi oktavadagi
mi
ga qadar cho’zilgan.
Notalar eshitilganicha skripka kalitida yoziladi. Surnay ovozi baland bo’lganligi uchun
ochiq havoda, turli tantanalarda (mikrafonsiz) chalinadi. Surnayning yasashda o’rik
daraxtidan foydalanadilar va qamishdan tilchaga o’xshash maxsus puflagich o’rnatiladi.
Qo’shnay
Qo’shnayning paydo bo’lish tarixi ham uzoq o’tmishga borib taqaladi.
Qo’shnayning ilk namunalari to’g’risida Al-Forobiy o’zining musiqiy risolasida ta’riflab
o’tgan. Qo’shnay iborasi, fors tilidan olingan bo’lib, qo’sh-juft yoki ikki nay degan
ma’noni bildiradi. Qo’shnay musiqa cholg’usini yakka tartibda, ansambl jo’rligida va
orkestr jo’rligida ijro etadilar.
XIX asr boshlarida o’zbek xalq cholg’u ansambllari tarkibiga g’ijjak, tanbur,
dutor, chang, rubob, nay, qo’shnay, va doyralar kiritilgan. 1926 yilda tuzilgan 21 ijrochidan
iborat bo’lgan truppani atoqli Davlat arbobi Muhiddin Qoriyoqubov tuzgan va bevosita
unga rahbarlik qilgan. Truppada Ahmadjon Umurzoqov qo’shnay chalgan.
Qo’shnayda xromatik tovush qatordan foydalanish va muayyan diapozonni
aniqlash imkonini beradigan aplikatura ishlab chiqilishi bilan konservatoriyada qo’shnay
ixtisosligi bo’yicha ta’lim berish zarurati tug’ildi.
Toshkent Davlat konservatoriyasida 1948 yil qo’shnay sinfi ochilgan bo’lib, uning
ilk bor bitiruvchilari N.Nig’matov va K.Odilovlar bo’lganlar.
1970 yildan boshlab qo’shnay sinfini avval A.Odilov (changchi) boshqardi,
endilikda esa M.Toyirov (naychi) boshqarib kelmoqda.
Qo’shnayning tuzilishi
Qo’shnayning tuzilishiga kelsak: ikki qamish naychadan iborat bo’lib, ularga
maxsus tilcha o’rnatiladi. Qo’shnayni chalish uchun ikkita naychaga bir xil puflanadi va
har ikkala naychada yondosh joylashgan yettita teshikchaning tegishlilari barmoq bilan
bosiladi. Ovoz hajmi birinchi oktavadagi
re
dan ikkinchi oktavadagi
sol
gacha (ayrim
mashhur qo’shnaychilar ikkinchi oktava
lya
,
si
hatto bundan ham yuqori tovushlar hosil
qiladilar). Qo’shnayda o’zbek musiqasi uchun xos bo’lgan musiqiy bezaklar (melizmlar)
ni chalish juda qulaydir. Qo’shnayda kuy ijro etuvchi sozandani xalq orasida
«Qo’shnaychi»
deb yuritiladi.
O'zbekistonda mashhur qo’shnaychilardan Ahmadjon Umurzoqov, Ashurali
Yusupov (rahmatli bo’lishganlar) iste’dodli yoshlardan Matrasul Matyoqubov (1958 yil
tug’ilgan Urgench musiqa bilim yurtida o’qituvchi, ikkinchi respublika maqom ijrochilari
konkursining sovrundori birinchi mukofot), Bahrom Sobirov (1945 yil tug’ilgan «Bahor»
ansamblining sozandasi) Yo’ldosh Tojiyev (1960 yil) Urgenchda o’qituvchi va boshqalar.
Karnay
Karnay-qadimiy damli ya’ni puflab chalinadigan musiqa cholg’ular guruhiga kiradi.
Karnayning tuzilishi asosan ikki, uch bo’lakdan iborat bo’ladi. Uzunligi esa ikki metrdan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
77-son 1–to’plam Avgust-2025
Sahifa: 53
ortiqroq, puflab chalinadigan qismi oxirida mayda teshikcha bor. Karnay cholg’u ijrosida
tovushlar sekunda intervaliga o’xshaydi va ikki xil intervaldan hosil bo’lgan tuvushlar
chiqadi. Karnayda asosiy tovushdan yuqori sof kvinta yoki kichik septima intervali
chalinadi. Karnay ijrosi asosan bayramlarda, tantanali marosimlar, sayillarda, to’y-
hashamlarda, surnay va nog’ora ba’zan esa doyra jo’rligida chalinadi. Karnayning ovozi
juda baland bo’ladi, shu sababli bo’lsa kerak,
«Navro’z»
bayramlari va har xil mavsumiy
sayillarda xalqni yig’ilishlarga chorlaydi. Karnay musiqa asbobida kuy ijro etadigan
sozanda
«Karnaychi»
deb yuritiladi.
Balabon.
Bo’laman balabon, bolaman-qadimiy o’zbek halq cholg’u asboblaridan hisoblanadi.
Ushbu cholg’uning ham paydo bo’lish tarixi uzoq qadimiy davrlarga borib taqaladi. O’rta
Osiyoning qadimiy Xorazm vohasida ilk bor paydo bo’lgan degan taxminlar ham bor.
Chunki uning ko’proq ijrochilari, Xorazm xalqining aholisi va ularning musiqa
ijrochilaridir. Balabon cholg’u asbobi ham odatda tut yoki o’rik daraxtining yog’ochidan
yasaladi. Uni boshdan-oxiriga qadar parmalab ishlab chiqadilar. Shakli surnayga o’xshash,
lekin undan bir oz kichikroq, nomi ham shundan kelib chiqqan bo’lsa ajab emas. Bolaman-
ya’ni surnayning bolasiman degan ma’noni ham anglatadi. Balabonning uzunligi 300 mm
bo’lib, yuqori qismiga o’rnatilgan (tili) qamishdan yasalib, tayyorlanib P shaklida
qirqiladi. Balabonda sakkizta teshik mavjud, uning yettitasi ustki va biri orqa tomonida
joylashgan bo’ladi. Orqa tomondagi teshik yuqorida bo’lib, chap qo’lning bosh barmog’i
bilan berkitiladi. Tovush qatori diatonik bo’lib, kichik oktavadagi
re
,
re
bemol
dan boshlab
uch oktavagacha yaqinlashib boradi.
Balabonda yakka navoz ijro etish mumkin, shuningdek, ansambl va orkestrlarda ham
chalinadi. Ikkinchi tarafdan balabon cholg’usi Arman, Gruzin, Dog’iston halq musiqa
cholg’uchiligida ham ijro etiladi. Xuddi biznnng balabondek, lekin nomlanishi har xil.
Muhammad Rahimxon Feruz zamonida eng yaxshi bo’lamonchi bo’lgan cholg’uchi
Yoqub balabonchi, uning do’stlari Muhammad Yoqub Xarrat g’ijjakchi, Abdurahmonbek
g’ijjakchi bo’lganlar. Bu cholg’uchilar Xorazm musiqasini rivojlantirilishiga o’zlarining
ulkan hissalarini qo’shgan cholg’uchilardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayev K. «Nodir topilma» O’zbekiston madaniyati, 23 oktyabr
1973 y.
2.
Abdullayeva S. «Zamonaviy Ozarbayjon musiqa cholg’ulari» Boku 1960 y.
3.
Abdullayev S. «Qonun» darslik, A. Qodiriy nashriyoti, T., 2004 y.
4.
Avedova N.A. «Iskusstvo oformleniya uzbekskix
muzkalnix instrumentov» Toshkent «San’at» nashriyoti., 1959 y.
5.
Архив.уз