Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 378
CHATGPT: SUN’IY INTELLEKTNING YANGI BOSQICHI. DASTURNING
CHEKLANMAGAN IMKONIYATLARI VA JIDDIY SALBIY TAʼSIRLARI
Salimova Oltinoy
TDTU 1-kurs talabasi.
Tursunmetov Ibodulla
TDTU gistologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kunda barchamiz uchun eng yaxshi "ustoz"
ga aylangan sunʼiy intellekt dasturi - ChatGPTning imkoniyatlari, va jiddiy xavflari haqida
gap boradi. U inson hayotiga qay darajada xavf tugʻdirmoqda? Undan foydalanishda
nimalarga eʼtibor qaratishimiz lozim? Undan oqilona foydalanib bilimimizni oshirishimiz,
ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkinligini juda yaxshi bilamiz. Shu bilan bir
qatorda undan shunchaki bemaqsad foydalanib vaqtni befoyda sarflayotganlar ham kam
emas. Ammo eng yomoni dasturdan o’zi istamagan holda zarar ko’rayotganlar ham yo’q
emas!
Kalit so’zlar
.
Sun'iy intellekt (AI), ChatGPT, OpenAI, ijodiy fikrlash, xohishga
qarab javoblar, noto‘g‘ri tashxislar, sun'iy intellektning salbiy ta'sirlari
Kirish
. Bugungi kunda sun’iy intellekt inson hayotining turli jabhalarida
mustahkam o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, OpenAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan
ChatGPT kabi til modellari o‘quv, tibbiyot, turli kasblar, dasturlash va boshqa sohalarda
katta yordam bermoqda. ChatGPT OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, uning birinchi versiyasi 2018-yilda GPT-1 sifatida taqdim etilgan. 2019-yilda GPT-
2, 2020-yilda GPT-3, 2023-yilda esa GPT-4 versiyalari chiqdi. Har bir yangi model o‘zidan
oldingisiga qaraganda ancha kuchliroq va tushunish qobiliyati yuqoriroq.
Asosiy qism.
Bugungi kunda ChatGPT turli tillarda gaplasha oladi va juda
murakkab vazifalarni bajarishga qodir. ChatGPT ko‘p sohalarda yordam berishi mumkin:
Talimda u istalgan savollarga javob berishi, insholar yozishi, ilmiy tushunchalarni
soddalashtirishi mumkin. Tibbiyotda simptomlar bo‘yicha umumiy ma’lumot berish
qobiliyatiga ega.Dasturlash tizimlarida kod yozish, xatoliklarni topish, algoritmlarni
tushuntirish ishlarini amalga oshiradi. Ijodkorlikda she’r, hikoya, ssenariy yozish,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 379
suhbatlar yaratishi mumkin. Matnlarni bir tildsn boshqasiga tarjima qila oladi. Shaxsiy
yordamchi sifatida reja tuzish, maslahat berish, muammolarni yechishga qodir. Uning
foydali tomonlariga keladigan boʻlsak, tez va oson javoblar beradi. Talim va o‘qishga katta
ko‘mak beradi, ko‘p tilda ishlay oladi. Doimiy charchamaydi, 24/7 ishlaydi. Ijodiy
fikrlashni rivojlantiradi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor!
ChatGPT ayrim hollarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, uydirma yoki noto‘liq
ma’lumotlarni ham aniq ishonch bilan taqdim etishi mumkin.
Bu ayniqsa, tibbiyot, huquq, tarix yoki ilmiy izlanish kabi aniqlik talab qilinadigan
sohalarda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Inson fikriga o‘xshab ko‘rinsa-da, u his
qilmaydi va mas’uliyat olmaydi. Koʻpgina insonlar kasallikni boshlangʻich simptomlarida
shifokorga murojaat qilishdan koʻra ChatGPT dan yordam soʻrashni maʼqulroq
koʻrmoqdalar. Lekin ushbu sunʼiy intellekt har doim ham toʻgʻri javob bermasligini
inobatga olish zarur. Mutaxassislar tomonidan u shunday programmalashtirilganki, u
bilmagan narsasini taxminiy javoblar orqali taqdim etadi, kasallik simptomlariga qarab
notoʻgʻri dori vositalarini qatʼiy ravishda ishonch bilan tavsiya qilishi mumkin. Agar bu
haqida bir necha bor takroran soʻralsa , u yana bir necha xilda turlicha javoblar berishi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 380
mumkin. Shunday qilib noto’gri qoʻllanilgan dori vositalari, nooʻrin tashxislar , va
kechiktirilgan muolajalar inson hayotiga jiddiy xavf solishi turgan gap. Ayniqsa, ongologik
kasalliklarda bu yanada yaqqol namoyon boʻladi. Afsuski bu hali hammasi emas.
Qalampir.uz saytining xabar berishicha Amerikalik Sharlotta ismli ayol, chatGPT ni
yoqtirib qolib, eri bilan ajrashishga qaror qildi. Ha, ha toʻgʻri eshitdingiz, ChatGPT ni
yoqtirib qolib! Buning asosiy sababi ChatGPT ga insonning fikri, xohishiga qarab
javoblarni taqdim etish qobiliyatidir. Vaholanki bu xato fikr boʻlsa ham u oʻz
foydalanuvchilarini saqlab qolish uchun ularning xohishiga ko’ra maslahat va ma’lumotlar
beradi.
...Bundan tashqari koʻplab maktab oʻquvchilari, talabalar har bir jabha, har bir savol
va topshiriqlarda undan yordam soʻrayotgani, va vazifalarni u orqali bajarayotgani uchun
ularning mustaqil fikrlash qobiliyati pasayishi yuz bermoqda . Hattoki juda oddiy
vaziyatlarda ham fikrlashni istashmayapti. Chunki ularning oʻrnida tezroq fikrlaydigan
sunʼiy intellekt mavjud…
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, OpenAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan uchbu
sun'iy intellekt cheklanmagan miqdordagi imkoniyatlarga ega, u biz uchun ustoz,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 381
koʻmakchi, motivator, bilim manbayi payti kelganda yaxshi maslahatchi bola olishi
mumkin, shunchaki undan toʻgʻri va oqilona foydalanish zarur. Turmushda ishlatiladigan
pichoq orqali meva sabzavotlarni toʻgʻrab shirin ovqatlar, shirinliklar tayyorlash mumkin.
Lekin shu bilan birga undan notoʻgʻri foydalanish qotilliklar, va turli jinoyatlar yoʻlida
qurbon boʻlishga sabab boʻlishi mumkin. Shunday ekan har bir narsadan toʻgʻri
foydalanaylik!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vaswani, A. et al. (2017). Attention is All You Need. NeurIPS Conference Paper.
2. Radford, A. et al. (2018). Improving Language Understanding by Generative Pre-
Training. OpenAI.
3. Brown, T. et al. (2020). Language Models are Few-Shot Learners.
arXiv:2005.14165.
4. OpenAI (2023). GPT-4 Technical Report.
5. Goodfellow, I., Bengio, Y., & Courville, A. (2016). Deep Learning. MIT Press.
6. Qalampir.uz
7. UzEdu.uz
8. Wikipedia.org