Mualliflar

  • Kuziyeva Umida Komuljonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89123

Kalit so‘zlar:

O’yin tarbiya rivojlanish bolalar bilish jarayoni.

Annotasiya

Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 345

BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYIN

FAOLIYATINING O’RNI

Kuziyeva Umida Komuljonovna

Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumani 4-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi.

Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan

bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak

bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi.

Kalit so’zlar:

O’yin, tarbiya, rivojlanish, bolalar, bilish jarayoni.

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya

ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi

yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini

pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga

keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy

tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar qilib tarbiyalashimiz zarur.

Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning bilimdonligi, ma’naviy kamoloti, g’oyaviy

yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir. O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy

merosga ega bo’lib, avlodlarga insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik

birodarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma’lumki,

bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har

tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi.

O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O’yin o’zoq

davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar,

etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan. O’yin bolalarni

jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasiga, maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-

tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o’rin tutadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 346

O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik

ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni

jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. O’yin ta’lim va

mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta

ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni

yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni,

xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi,

o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z

bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi. O’yinda aks ettirilayotgan

narsani bilib olishga qiziqish o’yg’onadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va

ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning

mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda

bo’lajak mutaxassislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki orzular

paydo bo’ladi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi

bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola

odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi;

2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin xistuyg’uli

jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona

zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 4) kattalar

hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham,

umuman uning chinakkam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. Maktabgacha yosh

davrida o’yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o’yin faoliyati

syujet va mazmundan tashkil topadi. Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda

oz o’zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini

yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko’g’irchoq bilan birga har xil rangli

qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o’z ko’g’irchoqlarini har xil

rangli matolarga o’rab, ro’mol qilib o’ratib mashq qiladilar. O’g’il bolalarga esa, har xil

rangli, bir-birining ichiga sig’adigan quticha o’yinchoklarni berish foydalidir.

Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan harakatlar qilishni egallaydi o’yin bolaning

harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam qiladi. Shuni ham aytib o’tish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 347

kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan,

xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go’yo bir mo’jizadek ko’rinadi. Natijada ular ham

o’zlarining turli o’yinlari jarayonida o’xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni o’ylab

chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari,

bolalarning turli hayoliy narsalarni o’ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular

o’zlarining har turli o’yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni

chog’da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar. Bolalarning o’yin

faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa

chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va

xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy,

yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o’yin faoliyatlarining yana bir ajoyib

hususiyati shundan iboratki, o’yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va

bajaradigan rollari ko’pincha umumiylik harakteriga ega bo’ladi. Bunda bola o’zining

turli-tuman o’yinlarida faqat o’ziga tanish bo’lgan yolg’iz bir shofyorning, shifokorning,

militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman

shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini

aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik

yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o’zlarining o’yinlarida konkret

odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, onasini, dadasini, akasini,

tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta maktabgacha yoshidagi bolalarning o’yinlarida esa

bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo’la boshlaydi. O’yin bola uchun haqiqiy

hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o’yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga

erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri

tashkil etish - ularni to’g’ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shakli

shuning uchun ham samarali natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki

o’z hayoti bilan yashaydi». O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta

bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar

ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini O’yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi

bolalar o’yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin.

A.P.Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil etish - ularni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 348

to’g’ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o’yin shakli shuning uchun ham

samarali natija beradiki, o’yinda bola yashashni o’rganmaydi, balki o’z hayoti bilan

yashaydi. O’yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot

o’rtasida bolalar o’yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval

boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat1

soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar

o’yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’proq syujetli-rolli o’yinlarni, qurilish materiallari,

qo’g’irchoqlar bilan, stol usti o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. SHu bilan birga ermak

o’yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik bola

ulg’aygan sari o’zgarib boradi. Kichik guruhda o’yin ta’lim berishning asosiy shakli

hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg’ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov

guruhiga borganda bolalarning o’zlarida maktabdagi o’qishga ishtiyoq o’yg’onib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nishonova Z.T. «Bolalar psixologiyasi» ukuv kullanma. - T., 2006 y

2. Leventuev P., A.Askarxujaev, B.CHudnovskiy, M.Voxidov «Bolalar

psixologiyasi ocherklari».

3. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality

and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

4. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ

ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and

Culture, (V).

5. Sohibaxon, Y. (2021). O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK

SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

6. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the

formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control

Systems, 12(2), 2925-2927.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 349

7.

Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда

кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62. 8. Yuldasheva, S.,

& Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS.

European Journal of Arts, (1), 148-152.

8. Асқарова, М. (2020). ЎЗБЕК АДАБИЙ ТАНҚИДИ ТАРАҚҚИЁТИ. Oriental

Art and Culture, (V). 10. Мирзаева, Н., & Асқарова, М. (2020). ЧЎЛПОН ИЖОДИДА

МИЛЛИЙ УЙҒОНИШ ҲАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V). 11. Асқарова, М.

(2021). Адабий жараённинг зукко тадқиқотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.