Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 331
BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH
Xoshimov Xasan Shokirjon o‘g‘li
Bank moliya akademiyasi magistranti
Annotatsiya
. Ushbu maqolada banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash
amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar keltrilgan bo’lib. Tijorat banklari
tomonidan berilgan kreditlar bilan ishlashning bank tizimining barqarorligiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi va muammoli kreditlar esa jiddiy tahdid soluvchi omil hisoblanadi. Ushbu
tadqiqotda tijorat banklarida, muammoli kreditlarni boshqarishning zamonaviy usullari va
ularni takomillashtirish yoʻllari oʻrganilgan. Ishda kredit portfelini tahlil qilish, risklarni
baholash, kredit monitoringi tizimini takomillashtirish va qayta tuzilish mexanizmlarini
ishlab chiqish masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: Muammoli kredit, kredit portfeli, risk boshqaruvi, diversifikatsiya,
innovatsion yechimlar, raqamli texnologiyalar, tijorat banki, iqtisodiy samaradorlik.
kreditlash, sanoat korxonalari, moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanish, risk boshqaruvi,
innovatsion yechimlar, bank kreditlari.
Respublikamiz bank amaliyotida soʻnggi yillarda berilayotgan kreditlar dinamikasi
va ularni qaytarishda yuzaga kelayotgan qarzdorlik muammosi, uni yuzaga keltirayotgan
omillar hamda yuzaga kelgan qarzdorlik boʻyicha tijorat banklarida shakllantirilayotgan
zahiralar holati haqida biroz toʻxtalib oʻtish lozim. Soʻnggi yillarda kreditning
iqtisodiyotdagi oʻrni va roligina emas, balki kredit munosabatlarini tashkil etish jarayoni
ham sifat jihatidan ancha oʻzgardi. Mijozlarni pul oqimi nobarqaror boʻlgan sharoitda
tijorat banklari kredit berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda asosiy eʻtiborni yuqori
likvidli obyektlarni garovga olishga qaratadi. Bu esa, amaliy jihatdan toʻgʻri qabul qilingan
qaror hisoblanadi. Chunki, kreditni qaytarish vaqti kelganda mijozning joriy
hisobraqamida pul mablagʻlarini boʻlmay qolish ehtimoli yuqori boʻladi. Ayniqsa,
iqtisodiyotni pul mablagʻlari bilan taʻminlanganlik darajasi past boʻlgan mamlakatlarda
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni pul oqimi nobarqarorlik darajasini yuqori boʻlishi
kuzatiladi. Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 332
darajalarda ikkita xolis mansabdor shaxs tomonidan tekshirilishi lozim. Avvalo joriy
nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni amalga oshirgan yoki ushbu kreditni ishini
yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari,
har bir kredit ishining ma‘lum davriy oraliqlarda tahlil qilib borish, kredit operatsiyalarini
amalga oshirib borish ustidan nazorat qilish topshirilgan shaxs tomonidan amalga
oshirilishi lozim. Muammoli kreditlar bank tizimining barqarorligiga jiddiy tahdid soladi,
ayniqsa makroiqtisodiy inqirozlar davrida. O‘zbekistonda bank sektorining rivoji bilan
birga kredit riskini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish zarurati ortib
bormoqda“
Sh.Z.Abdullayevaning fikriga koʻra “Bank resurslarini shakllantirish bilan bogʻliq
boʻlgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar
yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablagʻlarining
salmogʻi oshib boradi”. “Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil
qilishda katta rol oʻynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash
uchun zarur boʻlgan-kredit resurslarini tashkil qiladi” deb yozib qoldirgan. Iqtisodchi
olimlar U. Azizov, T. Karaliyev va T. Boboqulovlar bank kapitali tijorat banki faoliyatida
vujudga keladigan iqtisodiy tanglik hamda ziddiyatli vaziyatlar sharoitida xavfsiz
“moliyaviy yostiq” vazifasini bajarishi bilan birga, bank kutilmaganda moliyaviy
qiyinchilik va yoʻqotishlarga duch kelganda unga toʻlovga qobiliyati darajasini saqlab
qolish va faoliyatini davom ettirish imkoniyatini beradigan moliyaviy manba hisoblanadi.
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki
kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga,
uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlarni berish va qaytarish bo’yicha tarixan
shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq
bo`ladi. Kreditning asosiy turlari: 1. Bank krediti. 2. Davlat krediti. 3. Iste`mol krediti. 4.
Tijorat krediti. 5. Lizing. 6. Xalqaro kredit.
Kredit haqida ma’lumotlarni ko‘rib chiqanimizdan kegin adabiyotlarda muammoli
kreditlarning asosiy sababi sifatida kredit riskini baholashdagi kamchiliklar ham ayttib
o‘tish joyiz deb bildim. Zaif kredit anderrayting standartlari va noto‘g‘ri tekshirish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 333
jarayonlari yuqori muammoli kreditga olib kelishi mumkin. Normativ me’yoriy-huquqiy
baza muammoli kreditning tarqalishiga ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar tartibga
soluvchi o‘zgarishlarning muammoli kredit darajasiga ta’sirini o‘rganib chiqdi, bu esa
sekin tartibga solish muammoli kreditlarning yuqori darajalariga olib kelishi
mumkinligini ko‘rsatdi. Muammoli kreditlarning oqibatlari quyidagilarga olib kelishi
mumkin. Muammoli kredit to‘planishi alohida banklarning barqarorligiga va kengroq
moliyaviy tizimga tahdid solishi mumkin. Olimlar muammoli kredit va moliyaviy
inqirozlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishdi . Xorijiy amaliyotda “muammoli kredit”
tushunchasi “ishlamaydigan kredit” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u
Xalqaro valyuta jamg‘armasining ishlamaydigan kreditlar bilan ishlash bo‘yicha hujjatida
ko‘rsatilgan. U quyidagicha talqin qilinadi: ishlamaydigan kredit mavjud bo‘lgan kredit
asosiy qarz yoki foizlarni 90 kun yoki undan ko‘proq muddatga kechiktirish yoki unga
tenglashtirilgan foizlarni to‘lash 90 kun yoki undan ko‘proq, kapitallashtirilgan, qayta
moliyalashtirilgan yoki shartnoma bo‘yicha kechiktirilgan yoki to‘lovlar 90 kundan
kamroq muddatga kechiktirilgan, ammo kreditni to‘lash mumkin emasligini tasdiqlash
uchun jiddiyroq sabablar mavjud masalan, qarzdor bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan
bo‘lishi kerak. Muammoli kreditlarning paydo bo‘lishi asosiy sabablari 1 – jadvalda
ko‘rishimiz mumkin
.
Muammoli kreditlarni boshqarishning quyidagi usullari mavjud:
Kreditni qayta ishlash strategiyalari;
Risklarni boshqarish amaliyoti;
Tartibga solish chora-tadbirlari.
Muammoli kreditning belgilari:
muntazam to‘lovlarni kechiktirish asoslarsiz;
qarz oluvchining moliyaviy hisoboti yetishmasligi yoki ularni taqdim etishdan
bosh tortishi;
qarz oluvchi bilan uzoq vaqt aloqa qilmaslik;
faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish.
1 jadval – Muammoli kreditlarning paydo bo‘lishi asosiy sabablari.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 334
Iqtisodiy
omillar
Iqtisodiy tanazzul yoki retsessiya qarz oluvchilarning
moliyaviy
imkoniyatlari
yomonlashishiga,
ularning
kreditlarni qaytarish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi
mumkin. Inflatsiya va narxlar darajasining o‘zgarishi qarz
oluvchilarning moliyaviy majburiyatlarini oshirishi va kredit
majburiyatlarini bajarishni qiyinlashtirishi mumkin
Ishsizlik
va daromadning
yomonlashishi
Ish joylarini yo‘qotish va qarz oluvchilarning
daromadlarini
kamaytirish
kreditlarni
to‘lashni
qiyinlashtirishi mumkin. Iqtisodiy qiyinchiliklar va
korxonalarning
moliyaviy
yo‘qotishlari
korporativ
mijozlarning to‘lovga qodir emasligiga olib kelishi mum
Qarz
oluvchining
moliyaviy
holatidagi
o‘zgarishlar
Tibbiy to‘lovlar yoki baxtsiz hodisalar kabi
kutilmagan xarajatlar qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga
ta’sir qilishi mumkin. Qarz yukining ortishi yoki kredit
tarixining yomonlashuvi tufayli qarz oluvchining kredit
layoqatining yomonlashishi mumkin
Foiz
stavkalarining
o‘zgarishi
Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining oshishi qarzga
xizmat ko‘rsatishni qimmatroq va qarz oluvchilar uchun
qiyinlashtirishi mumkin. O‘zgaruvchan foiz stavkalari kredit
to‘lovlarida kutilmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin
Kredit
reytingi
yetarli
emasligi
Kredit
berishda
qarz
oluvchining
moliyaviy
barqarorligi va to‘lov qobiliyatini yetarli darajada
baholamaslik noto‘g‘ri mijozlarga kredit berilishiga olib
kelishi mumkin
Tizimli
xavflar
Boshqarib bo‘lmaydigan tizimli xavflar, masalan,
moliyaviy inqirozlar yoki siyosiy voqealar moliyaviy
bozorlarga ta’sir qilishi va mijozlarning kredit qobiliyati
yomonlashishiga olib kelishi mumkin
Kredit
Xavflarni yetarli darajada boshqarish va bankning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 335
Bank ushbu turdagi muammolarni bir necha usul bilan hal qiladi: Foiz stavkasini
va doimiy to‘lov miqdorini o‘zgartirish maqsadida kredit shartnomasini qayta ko‘rib
chiqish, yoki qarzning holatini muddati o‘tgan o‘rniga hozirgi holatiga o‘zgartirish
(banklar ushbu chorani, ko‘pincha qarz oluvchi bilan hamkorlikni davom ettirishni
xohlaganida amalga oshiradi). garov asosida tuzilgan kredit shartnomasini bekor qilish.
Shu bilan birga, bank qarzdorning aktivlari bir qismini kreditni to‘lash uchun sotadi va
qarz oluvchining o‘zi buni ixtiyoriy ravishda amalga oshiradi; garovni sotish. Bu holda,
qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi barcha munosabatlar to‘xtatiladi, chunki bu chora ancha
radikaldir.
1-rasm. Muammoli kreditlarni samarali boshqarish yo‘llari
Muammoli kreditlarni samarali boshqarish
yo‘llari
Kapitalni
saqlanish
Yuqori
rentabellik
Yuqoridagi 1-rasmga ko‘ra tijorat banklarida muammoli kreditlarni samarali
boshqarish usullari keltirilgan bo’lib unga ko‘ra bugungi kunda tijorat banklarida o‘z
kapitalini saqlash, yuqori likvidlik, risklarni yumshatish hamda normativ muvofiqlik kabi
omillar nafaqat muammoli kreditlarni boshqarishda, balki bank moliyaviy samaradorlik
ko‘rsatkichlarini pozitiv holatiga olib kelishda aks etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 13-iyundagi 14/5-sonli
qaroriga ilova “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan
portfelini
samarasiz
boshqarish
kredit portfelini yetarlicha monitoring qilmaslik muammoli
kreditlarning ko‘payishiga olib kelishi mumkin
Normativ
muvofiqlik
Risklarni
yumshatish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 336
foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan bank aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”,
“substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi va sifati
“qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar
sanaladi. Ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy
zaxiralar maxsus zaxira deb ataladi. Banklar kredit portfelidagi bank kreditlarining sifati
“standart” tasnifidagi qaytarilmagan kreditlar qoldig‘i uchun 1 foiz, “substandart”
tasnifidagi qaytarilmagan kreditlar qoldig‘i uchun 10 foiz, “qoniqarsiz” tasnifidagi
qaytarilmagan kreditlar qoldig‘i uchun 25 foiz, “shubhali” tasnifidagi qaytarilmagan
kreditlar qoldig‘i uchun 50 foiz va “umidsiz” tasnifidagi qaytarilmagan kreditlar qoldig‘i
uchun 100 foiz maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Markaziy bankda tijorat banki
aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun majburiy zaxira depoziti tashkil
qilingan hamda ushbu majburiy zaxira depozitiga tijorat banklari o‘z aktivlari bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan maxsus zaxiralar summasiga teng
miqdordagi mablag‘larni vakillik hisobvaraqlaridan o‘tkazib borish talabi qo‘yilgan.
2 jadval Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to`g`risida
2024-yil 1-mart holatiga ma'lumot
mlrd. so`m
№
Bank nomi
Kreditl
ar
Muamm
oli
kreditlar
(NPL)
Muammoli
kreditlarning jami
kreditlardagi
ulushi
Jami
472
407
20 850
4,4%
Davlat ulushi mavjud
banklar
331
151
16 142
4,9%
1
O‘zmilliybank
98 797
3 400
3,4%
2
O‘zsanoatqurilishba
nk
57 397
2 489
4,3%
3
Agrobank
54 498
2 020
3,7%
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 337
4
Asaka bank
38 398
1 875
4,9%
5
Xalq banki
24 666
1 841
7,5%
6
Biznesni
rivojlantirish banki
21 104
2 905
13,8%
7
Mikrokreditbank
14 199
912
6,4%
8
Turon bank
12 073
305
2,5%
9
Aloqa bank
9 938
394
4,0%
1
0
Poytaxt bank
81
0,1
0,1%
Boshqa banklar
141
256
4 709
3,3%
1
1
Ipoteka-bank
37 488
3 019
8,1%
1
2
Kapital bank
26 978
490
1,8%
1
3
Hamkorbank
16 445
120
0,7%
1
4
Ipak yo‘li bank
11 962
111
0,9%
Mazkur jadvalda ko‘rishimiz mumkin tijorat banklarining muammoli kreditlari
(NPL) to`g`risida 2024-yil 1-mart holatiga ma'lumotiga ko‘ra Hamkorbankning kreditlar
soni 16 445 tani, muammoli kreditlari (NPL) 120 ta Muammoli kreditlarning jami
kreditlardagi ulushi 0,7 % ni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin. Respublikada
muammoli kreditlar miqdori 2024-yil boshidan beri 3,3 trillion so‘mga o‘sdi. Bir yil
davomida esa bu miqdor 8,5 trillion so‘mdan ko‘proq oshdigani ma’lum qilindi. Markaziy
bank hisobotiga ko‘ra, aprelda O‘zbekiston banklaridagi jami kredit qo‘yilmalari miqdori
martdagiga nisbatan 5,4 trillion so‘mga oshib, 483,6 trillion so‘mga yetgan bo’lib.
Shundan jismoniy shaxslarga 156,1 trillion so‘m, yuridik shaxslarga 327,5 trillion so‘m
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 338
kredit ajratilgan. O‘tgan oyda ipoteka kreditlarining umumiy ulushi 60,7 trillion so‘mni,
mikroqarzlar 28 trillion so‘mni, isteʼmol kreditlari 45,4 trillion so‘mni tashkil etgdn edi.
Hisobot davrida yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning eng yuqori ulushi sanoat (29
foiz) hamda qishloq xo‘jaligi (11 foiz) sohalariga to‘g‘ri
jami kredit qo‘yilmalaridagi muammoli kreditlar ulushi martdagiga nisbatan 1,7 trillion
so‘mga oshib, 23,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunda “O‘zsanoatqurilishbank” muammoli
kreditlari bir oyda 674 milliard so‘mga (umumiy 3 trillion so‘m), “Ipotekabank”niki 482
milliard so‘mga (3,2 trillion so‘m), “Milliy bank”niki 333 milliard so‘mga (4,2 trillion
so‘m) oshdi va boshqa banklardagiga qaraganda eng yuqori o‘sishni qayd etdi. Markaziy
bank maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yil apreldagi muammoli kreditlar
. Keyingi yillarning aprel oylarida bu ko‘rsatkich sezilarli
o‘sish tendensiyasiga o‘tgan. Xususan, 2021-yil aprelida muammoli kreditlar ulushi 12,9
, 2022-yilda 18 trillion so‘mga
. 2023-yil aprel yakunida muammoli
kreditlar miqdori 14,8 trillion so‘m
. Yaʼni bir yil davomida qaytarilmagan kreditlar
ulushi 3,2 trillion so‘mga kamaygan. Biroq 2024-yil aprelida muammoli kreditlar
miqdoridagi o‘sish rekord darajani qayd etgan va bir yilda 8,5 trillion so‘mdan ortiq o‘sgan.
[17]
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar.
1. B.O.Tursunov, Sh.T.Ergasheva, (2021) Biznes qiymatini baholash. O‘quv
qo‘llanma.
2. Abdullayeva Sh.Z. Kredit va kreditlash amaliyoti. T.: Iqtisod-moliya, 2017-y. –
368 b.
3. U. Azizov, T. Karaliyev, T. Boboqulov va boshqalar. “Bank ishi” darslik. T.: “Fan
va texnologiya”. 2016.
4. Bektemirov A., Omonov A.A., Xaydarov Z.Sh., Niyozov Z.D. “Tijorat banklari
aktiv va passivlarini boshqarish” fanidan oʻquv qoʻllanma. –Samarqand: SamISI, 2020.
7. Kulliev I.Y. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jismoniy shaxslarni
kreditlash metodologiyasini takomollashtirish. I.f.d.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. -TMI, 2023. – 83 b.;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 339
8. Tuxtaboev U.A. Muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Iqtisod
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati, 2007. 20-
b.; Qodirov A. Kredit berish mexanizmini takomillashtirish // Bozor, pul va kredit. 2004
№ 6. 10-13b.;
.
10. Maxmudov R.H “Tijorat banklarida muammoliy kreditlar bilan ishlash
mexaanizmlari’’ PhD dissertatsiya 2024 yil.
11.
O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi rekord darajada o‘sdi
12.
Maxmudov R.H “Tijorat banklarida muammoliy kreditlar bilan ishlash
mexaanizmlari’’ PhD dissertatsiya 2024 yil.
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining (2015) 13-iyundagi
14/5-sonli qaroriga ilova “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom
14. Xoshimov Xasan Shokirjon O’g’li
“Banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash
amaliyotini takomillashtirish (“Hamkorbank” misolidа)” magistr akademik darajasini
olish uchun yozilgan dissertatsiya 2025 yil.
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining (2023) 7-martdagi
4/11-sonli qaroriga 1-ilova “Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni
boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risida”gi nizom.
16.
https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/1649288