Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 244
KONSTRUKTIV O`YINLAR ( LEGO, BLOKLAR, MOZAIKA) ORQALI TIL
O`RGANISHNI INTEGRATSIYALASH.
Andijon Davlat Chet tillari instituti
Ingliz filogiyasi, o`qitish metodikasi va tarjima nazariyasi fakulteti
Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til yo`nalishi
201- guruh talabasi
Tursunboyeva Shahzoda
Annotatsiya:
Mazkur maqоlada konstruktiv o`yinlarning (Lego, blоklar, mozaika)
til o`rganish jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari o`rganiladi. Tadqiqоt davоmida
kichik yoshdagi bolalarda nutq rivojiga ta`sir etuvchi omillar, ayniqsa, o`yinlar оrqali til
o`rganishning afzalliklari tahlil qilinadi. Tajribalarga asoslangan holda o`yinlar vositasida
kommunikativ ko`nikmalarni shakllantirishning samaradorligi ko`rsatib beriladi.
Annotation :
This article explores the integration of constructive play (Lego, blocks,
mosaics) into language learning. It analyzes how such activities influence speech
development in young children and highlights the benefits of learning through play. Based
on research findings, the paper demonstrates the effectiveness of fostering communication
skills via constructive games.
Аннотация:
В статье рассматриваются возможности интеграции
конструктивных игр (Лего, блоки, мозаика) в процесс изучения языка.
Анализируются факторы, влияющие на развитие речи у детей младшего возраста, а
также преимущества игрового обучения. На основе исследований показана
эффективность формирования коммуникативных навыков с помощью игр.
Kalit So‘zlar:
konstruktiv o‘yinlar, Lego, til o‘rganish, nutq rivoji, kommunikativ
ko‘nikmalar.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 245
Keywords:
constructive play, Lego, language learning, speech development,
communication skills.
Ключевые Слова:
конструктивные игры, Лего, изучение языка, развитие
речи, коммуникативные навыки.
KIRISH
Zamonaviy ta`lim jarayonida bolalarni o`yin orqali o`qitish usullari katta ahamiyat
kasb etmoqda. Ayniqsa, erta yoshda til o`rganish jarayonini o`yinlar bilan uyg`unlashtirish
bola nutqining rivojlanishiga sezilarli ta`sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada konstruktiv
o`yinlarning — Lego, bloklar va mozaikalar — til o`rgatishda qanday foydali vosita
sifatida xizmat qilishi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar orasida konstruktiv o`yinlar orqali ta`lim berish
usuli keng e`tirof etilmoqda. Bu uslub, ayniqsa, til o`rganish jarayonida samarali natijalar
berishi bilan ajralib turadi. Konstruktiv o‘yinlar — Lego, bloklar, mozaikalar —
bolalarning nafaqat mayda motorikasini rivojlantiradi, balki ularning nutqiy faolligini,
muloqotga kirishish istagini va ijodiy fikrlashini ham kuchaytiradi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, o`yin faoliyati bola
psixikasining eng tabiiy va eng samarali rivojlanish manbai hisoblanadi. Piaget, Vygotsky
kabi olimlarning nazariyalarida bolalarning bilish faoliyati aynan o‘yin jarayonida
shakllanishi, til esa bu faoliyatni ifodalovchi eng asosiy vosita sifatida qaraladi.
Konstruktiv o`yinlar esa bu nazariyani amalda qo`llash
uchun ideal vositadir. Masalan, Lego konstruktorlari orqali
bolalar o`z tasavvurlaridagi inshootlarni yaratadilar. Bu
jarayonda ular bir-biri bilan fikr almashadi, buyruqlar beradi,
tushuntiradi va savollar beradi. Bunday ijtimoiy o‘zaro
ta`sirlar esa til birliklarini tabiiy muhitda, kontekstda
o`rganishga imkon yaratadi. Ayniqsa, dars davomida
bolalarga beriladigan topshiriqlar (masalan, “Qizil tomli uy
qur”, “Ko‘k eshik qayerda?”, “Do`sting bilan birga minorani barpo qil”) ularning fe`l, sifat,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 246
son va rang kategoriyalarini amalda ishlatishini talab qiladi. Bu esa passiv so`z boyligini
aktiv nutqqa aylantirishga xizmat qiladi.
Tajribaviy tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, agar til darslari har doim vizual va
kinestetik stimullar bilan boyitilsa, masalan, Lego bilan birgalikda o`tkazilsa, bolalarning
eslab qolish, tushunish va takrorlash darajasi sezilarli oshadi. Masalan, o`tkazilgan
eksperimentda 5-6 yoshli bolalar ikki guruhga bo‘lindi: bir guruh an`anaviy tarzda dars
olib bordi, ikkinchi guruh esa Lego asosidagi topshiriqlar bilan til o`rgandi. Bir oylik
nazoratdan so`ng ikkinchi guruhdagi bolalar yangi so‘zlar va ifodalarni 37% ko‘proq eslab
qolganliklari aniqlangan. Bundan tashqari, Bodrova va Leong (2007) tomonidan
o`tkazilgan tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, o`yin asosidagi topshiriqlar bolalarda kognitiv
jarayonlarni ham rivojlantiradi. Ayniqsa, hikoya tuzish, rolli o`yinlar o`ynash va
topshiriqlarni muloqot orqali bajarish ularning kontekstual tafakkurini shakllantiradi. Bu
holat nutqning tabiiy, erkin va ifodali rivojlanishiga xizmat qiladi. Bolalar nafaqat
o`rganilgan so`zlarni aytadi, balki ularni turli vaziyatlarda qo`llashni ham o`zlashtiradi.
Shuningdek, mozaika orqali ranglar va shakllarni ajratish, ularni nomlash, oddiy
buyruqlarni bajarish kabi mashg`ulotlar til o`rganish bilan bir qatorda estetik tarbiya va
analiz-qiyoslash ko`nikmalarini ham rivojlantiradi. Bloklar bilan ishlash esa konstruktiv
mantiqiy fikrlash va fazoviy tushunchani kengaytirish bilan birga, buyruq va tavsiyalar
asosida harakat qilishni o`rgatadi. Bularning barchasi bolalarning til bilan bog`liq kognitiv
mexanizmlarini rivojlantiradi. Eng muhimi, konstruktiv o`yinlar orqali o`rgatish — bu
bolalarga bosimsiz, qiziqarli, tabiiy muhitda til o`rganish imkonini yaratadi. Ta`limning bu
turi bolalarning o`z-o`zini ifoda etish, muloqotga kirishish, savol berish va javob topish,
vazifalarni ijodiy hal etish kabi kompetensiyalarini ham rivojlantiradi. Demak, bu
yondashuv nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-emotsional jihatdan ham katta foyda keltiradi.
Konstruktiv o`yinlarning til o`rganish jarayoniga integratsiyalashgan holda qo`llanilishi,
ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq va kommunikativ ko`nikmalarni
rivojlantirishda o`zining yuqori samaradorligini namoyon qilishini men o`z tajibalarimda
ham kuzatdim. Men Farg`ona viloyatidagi bir maktabgacha ta`lim muassasasida o`tkazgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 247
amaliyot darslarim davomida bu yondashuvning samaradorligini bevosita kuzatdim va
sinovdan o`tkazdim.
Dastlabki darslarda men 5-6 yoshli bolalarga ingliz tilida shakllarga oid so`zlarni:
“circle”, “square”, “rectangle”
kabi atamalarni an`anaviy usulda — ya`ni rasmlar orqali
tushuntirishga harakat qildim. Ammo kuzatishlarim shuni ko`rsatdiki, bolalar bu so`zlarni
eslab qolishda qiynalayapti, ba`zilar esa ularni chalkashtirib yubormoqda. Bu esa meni
darsga yangicha yondashuv kiritishga undadi.
Keyingi darslarimda men
Lego konstruktorlaridan
foydalanishga qaror qildim. Lego`lar rang-barangligi, shakl
va o`lchamlarining xilma-xilligi sababli bolalarda diqqatni
jalb qilish, faol qatnashish istagini uyg`otadi. Dars
davomida men har bir Lego`ni qo‘limda ko‘rsatib, uning
shakli bilan tanishtirdim: “This is a red circle”, “Look, a
green square”, “What shape is this?”. Bolalar nafaqat
ko‘rdi, balki o`zlari ham shu shakldagi Lego`larni topib,
ularni takror ayta boshladilar.
Shundan so`ng
o`yin elementlari bilan boyitilgan interaktiv metodlar
ni
qo`lladim. Masalan,
“Find What’s Missing”
o`yinida bolalar ko`zlarini yumadi, men esa
stol ustidagi Lego`lardan birini yashirdim. Keyin ular ko`zlarini ochib, qaysi shakldagi
Lego yo`qolganini topishga harakat qildilar. Bu o`yin bolalarda nafaqat eslab qolish, balki
e`tibor, analiz qilish va nomlash qobiliyatini ham rivojlantirdi. Yana bir samarali o`yin
“Rearrange”
deb nomlangan bo‘lib, unda men shakllarni ma`lum tartibda joylashtiraman,
so`ng bolalar ko`zlarini yumganda ularning o`rnini almashtiraman. Bolalar ko`zlarini
ochgach, shakllarni dastlabki tartibga qaytarishlari kerak bo`ladi. Bu o`yin ham bolalarda
shakllarni anglashi, nomlashi va xotirada mustahkamlashlariga xizmat qiladi. Ushbu
metodik yondashuv ikki dars davomida qo`llanildi. Yakuniy natijalarni tahlil qilganimda
quyidagilar aniqlandi:
20 nafar boladan 11 nafari
(ya’ni 55%) asosiy shakllarni to`g`ri
nomlay oldi, qolganlar esa kamida bitta shaklni eslab qolgan edi. Bolalar darsga faol
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 248
qatnashdi, o`z fikrlarini ifodalashga urinib ko`rishdi va o`yin orqali o`zaro muloqot
qilishdi. Eng muhimi, ular bu darslarni kutadigan bo`lib qolishdi, bu esa o`qishga bo`lgan
motivatsiyaning oshganini
ko`rsatadi.
Bu tajribadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, konstruktiv o`yinlar bolalarda:
Kuzatuvchanlik va diqqat
ni kuchaytiradi;
Til birliklarini kontekstda ishlatish
imkonini beradi;
So`z boyligini kengaytiradi
va ularni faol nutqqa aylantiradi;
Ijodiy va mantiqiy fikrlash
ni shakllantiradi;
Til o‘rganish jarayonini
qiziqarli, ijobiy hissiyotlar bilan boyitilgan
faoliyat
ga aylantiradi.
Xulosa:
Konstruktiv o`yinlarni til o`rganish jarayoniga integratsiyalash, ayniqsa
maktabgacha ta`lim bosqichida, juda samarali yondashuvdir. Bu usul bolalarda nutq
rivojini qo`llab-quvvatlaydi, muloqot ko`nikmalarini mustahkamlaydi va ularning
o`qishga bo`lgan motivatsiyasini oshiradi. Shunday ekan, o`yinlar asosida darslarni tashkil
etish — zamonaviy til o`qitish metodikasining ajralmas qismiga aylanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Piaget, J. (1952). The Origins of Intelligence in Children.
2. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher
Psychological Processes.
3. Whitebread, D., Basilio, M., Kuvalja, M., & Verma, M. (2012). The Importance
of Play.
4. Bodrova, E., & Leong, D. J. (2007). Tools of the Mind: The Vygotskian Approach
to Early Childhood Education.
5. Wood, E., & Attfield, J. (2005). Play, Learning and the Early Childhood
Curriculum.