Mualliflar

  • Atajonov Alisher Nurmotjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89142

Kalit so‘zlar:

Aktiv passiv kapital tahlil statistik matematik modellash empirik tahlil risklarni boshqarish moliyaviy barqarorlikni tijorat banklari boshqarish strategiyalari metod ilg’or tajriba.

Annotasiya

Ushbu tadqiqotning maqsadi banklarning aktiv va passivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rganishdir. Tadqiqotda banklar faoliyatini optimallashtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, xususan, risklarni boshqarish, kapitalni va likvidlikni optimallashtirish usullari, hamda chet el banklarining ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi. Banklarning aktiv va passivlarini boshqarishda uchraydigan asosiy muammolar va ularni hal qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 275

BANKLARNING AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH AMALIYOTINI

TAKOMILLASHTIRISH

Atajonov Alisher Nurmotjon o’g’li

Bank moliya akademiyasi magistranti

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqotning maqsadi banklarning aktiv va passivlarini

boshqarish amaliyotini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan

yondashuvlarni o‘rganishdir. Tadqiqotda banklar faoliyatini optimallashtirishda

qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, xususan, risklarni boshqarish, kapitalni va

likvidlikni optimallashtirish usullari, hamda chet el banklarining ilg‘or tajribalari tahlil

qilinadi. Banklarning aktiv va passivlarini boshqarishda uchraydigan asosiy muammolar

va ularni hal qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar

: Aktiv, passiv, kapital, tahlil, statistik, matematik modellash, empirik

tahlil, risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlikni, tijorat banklari, boshqarish

strategiyalari, metod, ilg’or tajriba.

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyati samaradorligini toʻxtovsiz

oshirib borish jarayonini boshqarish amaliyotini takomillashtirish borasida bir qator

dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy

tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining

dunyo mamlakatlari tijorat banklarining daromad bazasiga kuchli salbiy ta’siri yuzaga

kelgan. Bank resurslarini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar banklarning

passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va

aktiv - passiv schetidagi pul mablagʻlarining salmogʻi oshib boradi. Banklarning passiv

operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol oʻynaydi. Passiv operatsiyalar

yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur boʻlgan-kredit resurslarini tashkil qiladi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida xalqaro

talablar va standartlarni hisobga olgan holda tijorat banklarining aktivlari va passivlarini

boshqarish muammolari ortib bormoqda. Ushbu xalqaro koʻrsatkichlarni samarali joriy

etish bank faoliyati holatining oʻziga xos xususiyatlarini va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi

omillarni aniqlash va hisobga olishda mumkin. Oʻzbekistonda moliya-bank tizimi faoliyati


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 276

samadorligini ta’minlash, banklarda aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish masalasida

ijobiy oʻzgarishlarga erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib, maqolamizda bankning

moliyaviy faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalalarini tadqiq etish, uni rivojlanishi

bilan bogʻliq shart-sharoitlarni oʻrganish maqolamizning dolzarbligidan dalolat beradi.

Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning zamonaviy vositalarini aniqlanishi

va bank amaliyotiga tatbiq etilishi ularning faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatini

beradi. Ammo keyingi yillarda bu sohada hali yechilishi lozim boʻlgan masalalar talaygina.

Buning asosiy sabablari, xalqaro va mahalliy banklar amaliyotida tijorat banklarning

resurslarini boshqarish masalasi yetarlicha oʻrganilmaganligidadir. Bunga qator obyektiv

va subyektiv sabablar mavjud.

Respublikamiz bank-moliya tizimini isloh qilish va mustahkamlash boʻyicha

koʻrilayotgan chora-tadbirlar banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotni

kreditlash koʻlamini kengaytirish, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari turlarini koʻpaytirish

va shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini

oshirishini koʻzda tutilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019

yildagi Sh.Mirziyoyev moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga

Murojaatnomasida «...Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular

kapitalining asosiy qismi, yaʻni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank

sektorida sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʻsir qilmoqda.

Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya tizimini

rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga

xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-

bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari

faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi...» 1

,- degan dolzarb masalalarni qoʻydi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklari faoliyatidagi holat,

ularning aktiv va passivlarini qay darajada samarali boshqarilayotganligini oʻrganish, tahlil

qilish va boshqarish usullarini takomillashtirishni taqozo etadi. Soha mutaxassisi tijorat

banklarining aktiv va passivlarini boshqarish usullarini mukammal bilagandagina bank

faoliyatini samarali boshqara oladi. Bu borada «Tijorat banklari aktiv va passivlarini

boshqarish» fani soha mutaxassislari uchun dasturulamal vazifasini bajaradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 277

Adabiyotlar sharhi F.Owusu va A.Alhassan kabi iqtisodchilar Ganadagi 27 ta

banklarning 2007-2015 yillar amaliy ma’lumotlari asosida aktiv passivlarni boshqarish

bilan foyda o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish uchun Statistik xarajatlar hisobi

(Statistical Cost Accounting (SCA)) modelidan foydalangan. Olingan ilmiy natijalar

statistik xarajatlar hisobi modelining to’g’ri qo’llanilganligini hamda Gana banklari

foydasi banklar balans moddalariga bog’liqligini ifodalaydi. Shuningdek, olingan natijalar

mahalliy banklar xorijiy banklarga qaraganda yuqori aktivlar qaytimiga ega bo’lmoqda.

Bundan tashqari, yuqori aktivlar qaytimiga ega bo’lgan mahalliy banklarda passivlarning

ham yuqori tannarxi mavjudligi va bu umumiy aktivlar rentabelligini pasaytirib yuborishi

aniqlangan. Ularning fikricha yuqoridagi modelni qo’llash orqali bank rentabelligini

oshirishda o’rni yuqori bo’lgan aktivlarni aniqlash va aktiv-passivni samarali boshqarishda

qo’l kelishi taklif qilingan.

Lorella Fatone va Francesca Mariani kabi Italiyalik iqtisodchilar bankda tizimli risk

muammosini bank aktiv-passiv dinamik modelida ko’rib chiqqan. Modelning asosiy

xususiyatlari banklar o’rtasidagi hamkorlik mexanizmi va pul-kredit organining bank

tizimi dinamikasiga ularning fikricha, bank tizimining dinamikasi mustaqil o’zgaruvchisi

vaqt bo’lgan va bog’liq o’zgaruvchisi banklarning aktivlari va passivlari bo’lgan stoxastik

differentsial tenglamalar tizimi uchun boshlang’ich qiymat muammosi bilan belgilanadi

(to’g’ridan-to’g’ri) aralashuvi imkoniyatini beradi. Cheklangan vaqt oralig’ida tizimli risk

ehtimoli statistik simulyatsiya yordamida baholanadi. Tizimli risklarni boshqarish ikki

berilgan chegaralar orasidagi cheklangan vaqt oralig’ida tizimli risk ehtimolini ushlab

turish maqsadini ko’zlaydi. Pul-kredit organi risklarni tizimli boshqarish uchun

javobgardir va boshqaruv o’ziga xos "ideal bank"ning aktivlari va passivlarini vaqt

funktsiyalari sifatida tanlash va banklar o’rtasidagi hamkorlik mexanizmini tartibga

soluvchi qoidalarni tanlashdan iborat. Boshqaruv tizim banklarini o’zini "ideal bank" kabi

tutishga undaydi. Banklarning aktivlari yoki passivlariga ta’sir etuvchi shoklar

simulyatsiya qilinadi. Bank tizimiga ta’sir yetuvchi shok mavjud bo’lganda va

bo’lmaganda tizimli risklarni boshqarishning raqamli misollari o’rganilgan.

Passivlar va aktivlar bo‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 278

vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan bog‘liq

operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ularni

samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bank

resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu bois bank resurslarini

shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul

mablag‘larini ko‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari

deyiladi.

Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:

1.Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni yig‘ish; 2.Bank

foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;

3.Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag‘lar jalb qilish;

4.Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.

Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog‘liq aktiv

operatsiyalarining risklik darajasini aniqlash va bu jarayonlarni boshqarib borish muhim

ahamiyatga ega. Respublikamiz tijorat banklarining aktivlari O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qaroriga ilova qilingan

“Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni

qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi

nizomga asosan ta’riflanadi va tasniflanadi. Mazkur nizomda aktivlar – kredit, overdraft,

lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar,

bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib

olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar,

kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha boshqa talablar sifatida ta’riflanadi.

Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar

salmog‘i tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan to‘rt kategoriyaga bo‘lib o‘rganish

mumkin. Bular:

- kassadagi pul mablag‘lari va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar;

-investitsiya va qimmatli qog‘ozlar;

-kredit va ssudalar; -binolar va asbob-uskunalar.

Bank aktivlari – bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 279

naqd mablag‘lar, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi.

Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy

shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank

aktivlari tarkibining to‘g‘ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanish banklarning

samarali faoliyat olib borishiga asos hisoblanadi. Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos

belgilariga ko‘ra likvidlik va risk darajasiga qarab hamda daromad keltirishiga qarab bir

necha guruhlarga bo‘linadi.

1 jadval Bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma'lumot

Manba: Markaziy bank rasmiy manbalaridan olingan.

Keltirilgan jadvalda bank tizimi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

ma'lumot berib o‘tilgan bo‘lib 2024 yilda bank aktivlari, jami 652,387 ta, kredit

qo‘yilmalari, jami 469,600, jami depozitlar 242,119, jami kapital 98,482 ta tashkil etgan

Ko‘rsatkichl

ar nomi

01.02.2024 y.

01.02.2025 y.

Nomina

l

o‘sishi,

foizda

Haqiqiy

o‘sishi,

(devalvat

siyani

hisobga

olmagan

holda)

foizda

jami

shunda

n,

xorijiy

valyuta

da

ulushi

,

foizda

jami

shunda

n,

xorijiy

valyuta

da

ulushi

,

foizda

Bank aktivlari,

jami

652,38

7

44%

767,99

6

315,36

6

41%

18%

16%

Kredit

qo‘yilmalari,

jami

469,60

0

209,62

8

45%

533,98

9

227,32

6

43%

14%

12%

Jami depozitlar

242,11

9

73,435 30%

310,21

5

78,202 25%

28%

27%

Jami kapital

98,48

2

398

0.4%

116,11

1

415

0.4%

18%

18%


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 280

bo‘lib 2025 yil fevral oyida bank aktivlari, jami 767,996, kredit qo‘yilmalari, jami 533,989,

jami kapital 116,111 tashkil etganini ko‘rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

Bektemirov A., Omonov A.A., Xaydarov Z.Sh., Niyozov Z.D. (2020 )Tijorat

Banklari Aktiv Va Passiv

2.

Sh.Mirziyayevning (2019) uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar

haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T.

3.

Owusu, F. B., & Alhassan, A. L. (2021). Asset‐Liability Management and bank

profitability: Statistical cost accounting analysis from an emerging market.International

Journal of Finance & Economics,26(1), 1488-1502.

4.

. Fatone, L., & Mariani, F. (2019). An assets-liabilities dynamical model of

banking system and systemic risk governance.arXiv preprint arXiv:1905.12431.

5.

Berrospide, J.M., & Edge, R. M. (2019). The Effects of Bank Capital Buffers on

Bank Lending and Firm Activity: What Can We Learn from Five Years of Stress-Test

Results

6.

Zokirov, S. I., Sobirov, M. N., Tursunov, H. K., & Sobirov, M. M. (2019).

Development of a hybrid model of a thermophotogenerator and an empirical analysis of

the dependence of the efficiency of a photocell on temperature. Journal of Tashkent

Institute of Railway Engineers,

7.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi

14/5-son qaroriga ilova qilingan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar

bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan

foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

8.

Bektemirov A., Omonov A.A., Xaydarov Z.Sh., Niyozov Z.D. (2020 )Tijorat

Banklari Aktiv Va Passiv

9.

https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/2203303/

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари