Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 212
MAGNOLIYASIMONLAR SINFI (MAGNOLIOPSIDA) GA KIRUVCHI BA’ZI
DORIVOR O‘SIMLIKLARNING BOTANIK TAVSIFI VA MASHG‘ULOT
JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING
AHAMIYATI
Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich
Nizomiy nomidagi TDPU Botanika va ekologiya kafedrasi professori,
Ro‘ziyeva Nazira Ochilovna
Nizomiy nomidagi TDPU tadqiqotchisi,
Jo’rayeva Jasmina Javlon qizi
Hamraqulova Dilrux Mansurovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlalat pedagogika universtiteti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada gulli o‘simliklar sistematikasida alohida o‘rin
tutuvchi Magnoliyasimonlar sinfi va uning vakili bo‘lgan Magnoliyalar tartibi haqida
batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur tartib qadimgi angiosperma (gulli o‘simliklar)
vakillaridan biri bo‘lib, o‘zida birlamchi belgilarni saqlab qolgan. Magnoliyalar asosan
tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi doimiy yashil yoki
barg to‘kuvchi daraxtlar hamda butalardir. Maqolada ularning morfologik va anatomik
tuzilishi, ekologik moslanishlari, ko‘payish usullari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan.
Maqolada, shuningdek, magnoliyalarning ekologik ahamiyatiga ham alohida e’tibor
qaratilgan. Ular kislorod ishlab chiqarish, tuproqni mustahkamlash, changlatuvchilarni jalb
qilish orqali tabiiy ekotizimni muvozanatda saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek,
yangi pedagogik texnologiyalar ham ushbu maqolada aks ettirilgan.
Kalit so’zlar:
Magnoliya, oila, turkum, tur, qazilma tur, morfologik tuzilish,
ekologiya, dorivor o‘simliklar, manzarali daraxt, botanika, o‘simliklar sistematikasi.
Annotation.
This paper involves detailed information about the class Magnoliaceae,
which occupies a special place in the systematics of flowering plants, and its representative
order Magnolia. This order is one of the ancient representatives of angiosperms (flowering
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 213
plants), which has preserved its primary characteristics. Magnolias are mainly distributed
in tropical and subtropical regions, most of which are evergreen or deciduous trees and
shrubs. The article covers their morphological and anatomical structure, ecological
adaptations, methods of reproduction, and practical significance. The article also pays
special attention to the ecological significance of magnolias. They play an important role
in maintaining the balance of the natural ecosystem by producing oxygen, strengthening
the soil, and attracting pollinators. New pedagogical technologies are also reflected in this
article.
Keywords:
Magnolia, family, genus, species, fossil species, morphological
structure, ecology, medicinal plants, ornamental tree, botany, plant systematics.
Аннотация.
В статье даны подробные сведения о классе Magnoliaceae,
занимающем особое место в систематике цветковых растений, и его представителе
— порядке Magnolia. Этот порядок является одним из древних представителей
покрытосеменных (цветковых растений), сохранившим свои основные признаки.
Магнолии в основном распространены в тропических и субтропических регионах,
большинство из которых — вечнозеленые или листопадные деревья и кустарники.
В статье рассматриваются их морфологическое и анатомическое строение,
экологические адаптации, способы размножения и практическое значение. В статье
также уделено особое внимание экологическому значению магнолий. Они играют
важную роль в поддержании равновесия природной экосистемы, вырабатывая
кислород, укрепляя почву и привлекая опылителей. В статье также отражены новые
педагогические технологии.
Ключевые слова
: Magnolia, семейство, род, вид, ископаемый вид,
морфологическая структура, экология, лекарственные растения, декоративное
дерево, ботаника, систематика растений.
Kirish.
Magnoliyalar tartibiga (Magnoliales) faqat daraxt va buta shakllari mansub.
Barglari ketma-ket joylashgan, ular oddiy, yaproqlari butun, patsimon tomirlangan.
Poyalarida traxeidlardan tashqari shotisimon yoki oddiy perforastiyali naylar bor.
Ko’pchilik vakillarida asosan poya va barglarning parenxima to’qimalarda yoki shira
hujayralari bor. Gullari to’p gullarda joylashgan yoki ular yakka-yakka yoki ikki jinsli,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 214
entomofil. Changchilari ko’p, yapaloq-tasmasimon. Chang donachalari erkin, ikki
hujayrali, genetsiylari apokarp, ko’p (cheksiz) urug’chili, ba’zida urug’chi bitta meva
bargdan iborat. Urug’larning murtagi mayda, ser endospermli.
Magnoliyadoshlar oilasi
(Magnoliaceae).
Oilaning 12 turkumga mansub 340 ga
yaqin turi asosan Janubiy– Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik
o‘lkalarda tarqalgan. Ularning ko‘pchiligi daraxt va buta o‘simliklardir. Barglari oddiy,
novdada ketma–ket joylashgan. Ayrim o‘simliklarning ikkilamchi o‘tkazuvchi naychalari
o‘rnida ochiq urug‘lilar kabi teshikchalar bilan o‘ralgan traxeidlar bo‘ladi. Gullari
ko‘pincha ikki jinsli, aktinomorf bo‘lib, gul o‘rni cho‘ziq. Gul qismlari spiral joylashgan,
hasharotlar yordamida changlanadi. Changchi va urug‘chisi cheksiz, mevasi ko‘p urug‘li
bargak meva. Magnoliya – Magnoliaceae oilasining Magnolioideae oilachasiga mansub
gullaydigan o‘simliklarning 210 dan 340 tagacha turini o‘z ichiga olgan yirik turkumdir.
U fransuz botanigi Per Magnol nomi bilan atalgan. Magnoliya qadimiy turkum
hisoblanadi. Magnolia acuminata turiga oid toshqotgan namunalar 20 million yil oldin
mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, Magnoliaceae oilasiga oid
o‘simliklarning toshqotganlari 95 million yil avvalgi davrga taalluqli. Magnoliya
turlarining tabiiy tarqalgan hududi uzilgan shaklda bo‘lib, asosiy markazi Sharqiy va
Janubi-Sharqiy Osiyo, ikkinchi markazi esa Sharqiy-shimoliy Amerika, Markaziy
Amerika, Karib orollari va Janubiy Amerikaning baʼzi hududlarida joylashgan. Magnolia
qadimiy turkum hisoblanadi. M. acuminata turiga mansub qazilma namunalar 20 million
yil oldingi davrga tegishlidir.
Nazariy tahlil va metodlar. Magnolia grandiflora –
bu doim yashil, yirik gullarga
ega bo‘lgan chiroyli daraxt bo‘lib, asosan issiq va nam iqlimli hududlarda o‘sadi. U
Magnoliya turkumiga kiradi va o‘zining katta oq gullari bilan ajralib turadi. Gullari 20–30
santimetrgacha yetadi va yoqimli hid taratadi. Magnolia grandiflora tabiiy holda AQSh
ning janubiy shtatlarida, xususan Florida va Texasda uchraydi, biroq bugungi kunda uni
butun dunyo bo‘ylab bog‘ va xiyobonlarda manzarali daraxt sifatida keng ekishadi. Uning
balandligi 30 metrgacha yetishi mumkin bo‘lgan kuchli tanali daraxt bo‘lib, barglari yirik,
ustki tomoni yaltiroq yashil, pastki tomoni esa jigar rangli tukli bo‘ladi. Bu daraxt quyoshni
yaxshi ko‘radi va unumdor, nam tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Magnolia grandiflora
nafaqat
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 215
chiroyli ko‘rinishi, balki o‘zining muhim ramziy ahamiyati bilan ham mashhur — masalan,
u AQSh ning Missisipi shtatining rasmiy guli va daraxti hisoblanadi. Bu magnoliya turi
odatda bahor oxiri yoki yoz boshida gullaydi, lekin iliq iqlimda yil davomida gullashi ham
mumkin. Uning xushbo‘y gullari ko‘plab hasharotlarni, ayniqsa changlatuvchilarni o‘ziga
jalb qiladi. Magnolia grandiflora o‘zining go‘zalligi, chidamliligi va qadimiy tarixga ega
bo‘lganligi sababli ko‘plab bog‘bonlar va tabiat ishqibozlari orasida qadrlanadi (1-rasm)
[1,2].
Liriodendron tulipifera
-
Lola daraxti Shimoliy Amerikaning sharqida tabiiy
ravishda o‘sadigan magnoliyadoshlar oilasining baland bo‘yli daraxti. Tez o‘sadigan,
daraxtning o‘rtacha balandligi 25–36 m ni tashkil qiladi. Barglari oddiy, tukli, uzunligi 12–
20 sm, keng, och yashil yoki yashil bo‘ladi. Barglarning shakli biroz g‘ayri oddiy bo‘lib,
biroz lola guliga o‘xshaydi. Gullar uzunligi taxminan 6 sm, och yashil yoki sariq (kamdan–
kam oq) gulbarglari va to‘q sariq rangli gulchambarli lola kurtaklariga o‘xshaydi. Meva 5
sm uzunlikdagi cho‘zilgan konus shaklida, pishganda yerga tushadi (2-rasm) [3,4].
1-rasm: Magnolia grandiflora guli; 2-rasm: Liriodendron tulipifera guli.
Mavzuni talabalarga tushuntirish, Magnoliyadoshlar haqida tasavvur hosil qilish
uchun ba’zi metodlarni qo‘llaymiz.
1
2
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 216
1-Topshiriq:
Mashg‘ulot boshida va oxirida
B.B.B. metodi
asosida berilgan
ma’lumotlar bo‘yicha jadvalni to’ldirish taklif etiladi.
2-Topshiriq
:
Hayotiy safar metodi.
Berilgan ma’lumotlar orqaliy klasterni
yaratish taklif etiladi.
Hayotiy safar metodi
— bu o‘rgatilayotgan mavzuni biror narsa yoki jonli
mavjudotning hayot yo‘li (tug‘ilish, o‘sish, rivojlanish, muammolar, yutuqlar, qarish)
tarzida tasvirlash usulidir. Jumladan quyidagiga e’tibor qaratamiz:
Bilar edim
Bilmoqchiman
Bilib oldim
Magnoliyadoshlar
– ikki pallali o‘simliklar
oilasidir.
Ular
ko‘proq
daraxt
va
butalardan
iborat.
Gullari
yirik,
chiroyli va xushbo‘y
bo‘ladi.
Magnoliyadoshlar
qayerlarda
ko‘p
uchraydi?
Bu oilaga mansub
necha xil tur mavjud?
Ularning
qanday
o‘ziga
xos
biologik
xususiyatlari bor?
Magnoliyadoshlar
asosan
tropik
va
subtropik
hududlarda
o‘sadi.
Bu oilaga 200 dan
ortiq tur kiradi. Gullari
spiral
joylashgan
changchi
va
urug‘chilarga ega bo‘lib,
bu
ularning
qadimgi
o‘simliklar
ekanidan
dalolat beradi.
Ular
ko‘pincha
bezak o‘simlik sifatida
ekiladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 217
3-Topshiriq. Baliq skeleti grafik organayzeri. Oilaning o’ziga xos xususiyatlarini
aniqlash taklif etiladi.
Baliq skeleti metodi — muammoning asosiy sabablarini tarmoqli tarzda ajratib
ko‘rsatishga yordam beradigan vizual metoddir. Bu metod ko‘pincha ta’lim, ilmiy izlanish
va tahliliy ishlar uchun qo‘llanadi.
MAGNOLIYADOSH O’SIMLIKLARNING BIOLIGIK AHAMIYATI
yirik chiroyli
gullar, silliq,
yoki qoplamli
barglar,
daraxt yoki
buta shaklda
spiral
changchi va
urug‘chilar
bor
bezak uchun
ekiladi,
havoni
tozalaydi,
issiq iqlimni
yaxshi
ko‘radi
Osiyo,
Shimoliy
Amerikada,
tropik va
subtropik
mintaqalarda
ikki pallali
o‘simliklar,
qadimgi
o‘simliklar
oilasi
Tashqi
tuzilishi
Guli
Ahamiyati
Tarqalishi
Tasnifi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 218
4-Topshiriq. T-metodi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib topshiriqni
bajaring.
“T” metodi — bu o‘quvchilarning taqqoslash va tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiruvchi, oddiy va samarali metodlardan biri bo‘lib, ikki tushuncha yoki jihatni
yonma-yon taqqoslab ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Magnolia virginiana Magnolia soulangeana
Magnoliyalar oilasiga mansub manzarali daraxt yoki
buta bo‘lib, o‘zining katta, rang-barang va xushbo‘y
gullari bilan mashhur. U dastlab 1820-yilda fransuz
botanigi
Etienne
Soulange-Bodin
tomonidan
yaratilgan bo‘lib,
Magnolia denudata
va
Magnolia
liliiflora
turlarining chatishtirilishi natijasida paydo
bo‘lgan.
Magnolia soulangeana
4 dan 6 metrgacha
o‘sadi, ba’zi hollarda 8 metrgacha yetadi. Uning
barglari yirik, to‘q yashil rangda bo‘lib, tuxumsimon
shaklda bo‘ladi. Gullari esa oq, pushti yoki binafsha
ranglarda bo‘lib, juda katta va xushbo‘y bo‘ladi.
Magnoliyalar oilasiga mansub, asosan
AQShning janubi-sharqiy hududlarida
o‘suvchi daraxt yoki butadir. Uni
“shirin
magnoliya”
yoki
“botqoq
magnoliya” deb ham atashadi. Bu o‘simlik
10–15 metr balandlikka yetishi mumkin,
barglari yirik, yaltiroq va ikki tomoni
turlicha rangda: yuqorisi yashil, pastki
tomoni kulrang. Gullari oq rangda, katta va
juda xushbo‘y bo‘ladi, asosan bahor va yoz
oylarida gullaydi.
NEGA
MAGNOLIYADO
-SHLAR
OILASIGA
MANSUB
O’SIMLIKLAR
QADIMGI
TUZULISHGA
EGA BO’LSADA,
HOZIRGI
EKOLOGIK
SHAROITDA
MUVAFFAQIYA
T-LI YASHAB
QOLGAN?
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 219
Magnolia virginiana
https://www.gardenia.net/plant/magnolia-virginiana-sweet-bay-magnolia
Magnolia x soulangeana.
https://plants.ces.ncsu.edu/plants/magnolia-x-soulangeana/
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, Magnoliyalar tartibi nafaqat evolyutsion nuqtai
nazardan, balki amaliy, ekologik va estetik jihatdan ham muhim hisoblanadi. Demak,
yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash natijasida sinfga oid oila va turkumlar haqidagi
ma’lumotlar talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, shuningdek dars samaradorligi
oshadi. Chunki, o‘simliklar guruhini yanada chuqurroq o‘rganish, dorivorlik xususiyatiga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 220
ega bo‘lgan turlarni asrash va to‘g‘ri foydalanish zarurligi haqidagi qadriytalar talabalarda
shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xo‘janazarov, O‘.E. (2022). Botanika. O‘simliklar sistematikasi / X. Mavlonov,
J.S. Sadinov/. Darslik. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”. 392 b.
2. Kursanov L.I., Komarnitskiy N.A. (1963). Botanika. – Toshkent.
3. Pratov O‘.P., Odilov T.O. (1995). O‘zbekiston yuksak o‘simliklari oilalarining
zamonaviy tizimi va o‘zbekcha nomlari. – Toshkent.
4. Pratov O‘.P., Jumaev Q. (2003). Yuksak o‘simliklar sistematikasi. – Toshkent.
5.
https://www.gardenia.net/plant/magnolia-virginiana-sweet-bay-magnolia
6.
https://plants.ces.ncsu.edu/plants/magnolia-x-soulangeana/