Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 161
RUHIY RIVOJLANISHI ORQADA QOLAYOTGAN BOLALAR BILAN
ISHLASHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Sharapova Firuza Amrilloyevna
Buxoro viloyat Peshku tumani 10-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: Ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar bular
maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o‘qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab
dasturini sog’lom tengdoshlari qatori o‘zlashtira olmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o‘qitish talim jarayoniga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni o‘rtacha o‘quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi va alo
o‘zlashtiruvchi o'quvchilarni yetarli darajada o‘stirishga to‘sqinlik qiladi.
Kalit so’zlar:
Tafakkur, obraz, diagnostika, aqli zaiflik, bilish, sezgi, intellektual,
talaffuz, grammatika, ruhiy rivojlanish sustlashgan, hissiy, muvaffaqiyat, differensiatsiya,
xarekter.
KIRISH
Ulgurmovchi o‘quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchrab
turadi. Ularning bilish faoliyati- intellekti mantiqiy tafakkuri, idroki, xotirasi, ixtiyoriy
diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o‘rinda markaziy nerv sistemasining
kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda
sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy rivojlanishni orqada qolishi esa ikkilamchi hodisa
boiib hisoblanadi.
Olimlardan K.S.Lebedinskaya, G.P.Berto‘n, E.M.Dunayeva va boshqalar ruhan sust
rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatdan quyidagi xillarga bo’lishni tavsiya etadilar:
1) konstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4)serebral shakli. Ruhan sust
rivojlanganlikning konstitutsional
shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi:
bolaning gavda tuzilishi sogiom tengdoshlarinikiga nisbatan. 1-2 yosh kichik ko‘rinadi. U
o‘zini bog‘cha yoshidagilarga osxshab tutadi va taiim olish uchun hali “yetilmagan”
bo’ladi. Bunday bola o‘quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda o‘qishga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 162
qiziqish yo‘q, ish qobiliyati past. Mas’uliyatsizlik, motivlaring sustligi, ruhiy
jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli
o‘qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o‘zlashtiradi. Dars
vaqtida tez charchab qolish hollari, bosh og‘rib turishi konstitutsion shakldagi bunday
bolada ish qobiliyati, faollik yanada pasayib ketishiga sabab boiadi.
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon
bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak-tomir kasalliklari sabab bo’lishi mumkin.
Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola
yaxshi o‘sib-unmay qolishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ruhiy jihatdan rivojlanishida
orqada qolishga, kechikishga olib keladi, sust rivojlanganlikning somatik shakli deb
shunga aytiladi. Bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat tug‘ma porok va shu kabi
kasalliklar ayniqsa tez uchrab turadi.
Ruhiy rivojlanishning somatogen sabablarga aloqador sustligi bolada asteniya
holatini vujudga keltiradi. Ayrim bolalarda somatogen
infantilizm kuzatiladi, ya’ni bola
o‘sib-unmagan, go‘dak taxlit bo‘lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o‘xshash
holatlardan o‘z kuchiga ishonmaslik, qo’rqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va
boshqalar kuzatiladi. Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida bola erta
yoshligidan noqulay, noto‘g‘ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari
ruhan rivojlanishiga ta’sir o‘tkazgan boiadi. Shu xildagi kamchiliklaming kelib chiqish
sabablarini 3 guruhga bo’lish mumkin:
Bola tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaslik, uni butunlay o‘z holiga tashlab
qoyish, bunda bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmaydi. Aql-idrokning
rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati, his-tuyg‘u va iroda yetishmasligi ustiga o‘quv
fanlarini o'zlashtirish uchun zarur bilim va taassurotlaming yetishmasligi ham qo‘shiladi.
Ruhan sust rivojlanganlikning psixogen shaklida aql-idrok bilish faoliyatiga
aloqador kamchiliklarga aksari noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo boigan xislatlar ham
qo‘shilib pirovard natijasida shaxsning rivojlanishi izdan chiqadi, unda patologik xislatlar
yuzaga keladi. Ana shunday bolalami pedagogik qarovsiz bolalardan ajrata olish lozim.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 163
Pedagogik qarovsiz bolalarning psixikasi normal boiib, ular noto‘g‘ri tarbiyalanganligi
natijasida ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga o‘tib qoladilar.
Ruhiy sust rivojlanishning serebral shakli miya shikastlari, meningit,
meningoensefalit, gidrotsefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo’lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni o‘qishi pasayib ketadi, biroq bu holat o‘z
vaqtida va to‘g‘ri aniqlansa, bolalarga tegishli yordam tashkil etilsa, ular ommaviy maktab
dasturini o‘zlashtira oladilar. Ruhan rivojlanish kamchiliklarining ba’zi bir shakllarida
bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus psixonevrologik sanatoriylarda davolash foydalidir.
Sanatoriyada bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash
alomatiari paydo boiganda, u o‘quv mashg'ulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga
soddaroq boshqa vazifalar beriladi. Sanatoriyda davolanib kelgandan so‘ng bola o‘qishni
o‘z maktabida davom ettiraveradi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun taiim umumtaiim bog‘cha yoki maktab
dasturi va darsliklari asosida olib boriladi,himoyalaydigan davolovchi maxsus tartib tashkil
etiladi. Talim tarbiyaviy ishlar bolalarning fikrlash qobiliyati, diqqati, ish qobiliyati,
xotirasi, nutqi va tafakkuridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lib, bunday
bolaga bilim berishda o‘qituvchi uning o‘ziga xos individual xususiyatlarini e’tiborga
olgan holda maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi.
Sogiiqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalar va o‘smirlar gigienasi instituti xodimlari,
jumladan N.P.Vayzman va boshqa olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari shuni
ko‘rsatadiki, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘zlashtirish jihatidan olganda sogiom
va yengil darajadagi aqli zaif bolalar o'rtasida oraliq o‘rinda turadi. Bu olimlar tekshirish
vaqtida yengil darajadagi aqli zaif va ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarga bir xildagi
topshiriqlami berib ko‘radilar, shunda normal sogiom bolalar berilgan vazifani to‘g‘ri
tushunib, uni kerakli tartibda bajargan boisalar, yengil darajadagi aqli zaif bolalar vazifani
tushunmay, bajara olmaydilar, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar esa xuddi shunday
vazifani, bajara oladilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkurning o‘ziga xos bo‘lgan va uni aqli
zaiflardan oson ajratishga imkon beradigan xususiyatlari dan biri, so‘z-mantiq tafakkur
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 164
bilan ko‘rgazma-obrazli tafakkur turlarining o‘zaro munosabati va rivojlanish darajalaridir
(G‘.B.Shoumarov).
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilaming so‘z-mantiq tafakkuri yetarli
rivojlanmagan boiib, ba’zi holatlarda ulami yengil darajadagi aqli zaiflardan farqlay
olmaslik mumkin. Ammo, ularning ko‘rgazma-harakat va ko‘rgazma-obrazli tafakkur
turlari aqli zaiflardan keskin farq qilib, normal tengdoshlariga yaqinlashib boradi. Bu esa
ularning bilish faolyatlarida katta rivojlanish imkoniyatlari mavjudligi va ularning bir
qismi ma’lum ta’lim-yillaridan keyin, maxsus ta’lim-tarbiya va davolash ishlari natijasida
o‘z normal tengdoshlariga yetib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tafakkur turlarining
bunday munosabati va notekisligi katta differensial diagnostik ahamiyatga egadir. Ma’lum
obyektlami tahlil qilganda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar normal tenqurlariga
nisbatan kamroq, lekin aqli zaif bolalarga nisbatan ko‘proq belgilami aniqlaydilar. Lekin,
shu bilan birga ularning tahlil jarayoni rejasiz ravishda bajarilganligi sababli obyektning
ko‘pgina qismlari tushirib qoldiriladi. Ammo, ularga o‘qituvchi tomonidan ma’lum
yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o‘zgarish bo‘lib, normal tengdoshlariga
yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda, tahlil natijalarida keskin o'zgarish
bo‘lib, normal tengdoshlariga yaqinlashadi. O‘qituvchi tomonidan yordam berilganda aqli
zaif bolalarda ham ijobiy o‘zgarishlar bo’lishi mumkin, ammo, bu o‘zgarish
ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o'quvchilardagidek katta bo‘lmaydi.Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilarda tafakkur jarayonlari: tahlil - tavsifdan tashqari umumlashtirish,
tasniflash, sistemalashtirish, taqqoslash darajalari jihatdan normal va aqli zaif o'quvchilar
tafakkur jarayonlari orasida bo‘ladi, Berilayotgan vazifa murakkablashgan sari ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilaming tafakkur qilish saviyasi aqli zaif bolalarnikiga
yaqinlashib boradi. Tafakkurning boshlang'ich sinflardagi taraqqiyot dinamikasini
o‘rgangan, kuzatgan T.V.Egorova boshlang‘ich sinf oxiriga kelib, aksariyat holda ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar tafakkuri normal bolalar tafakkuri saviyasiga
yaqinlashganligini ko‘rsatadi. Bu yaqinlashish ayniqsa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
o‘quvchilar tomonidan umumlashtirish va tasniflash jarayonlarida o‘z ifodasini topadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 165
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki: Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga
bormasdan bog‘chada qolishni xohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga nisbatan, o‘yinga
bo’lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘yinga bo’lgan qiziqishining ustunlik qilganligi va
o‘qishda doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda
o‘qishga nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi.
O‘z-o‘ziga ishonmaslik hislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini baholashda
haddan tashqari past baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining
shakllanib yetishmasligi, hissiyot - iroda faoliyatlarida o‘quv faoliyati uchun zarur bo’lgan
bilish ehtiyojlarining shakllanmaganligida o‘z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarda
intellektual faollik,
qiziqishlar yetarli
bo’lmaydi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar faoliyati
o‘rganilganda;
ularning o‘z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi, xatti- harakatlarning normal
bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanigi, o‘z-o‘zini
nazorat
qilish
saviyasining
pastligi,
o‘z imkoniyatlarini yetarli baholay olmasligi
va
faoliyatlarini
maqsad
sari yo'naltirishning yetarli emasligi ma’lum bo’ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
“Maxsus pedagogika” M.U. Xamidova Toshkent-2018
2.
“Maxsus pedagogika” P.M. Po’latova, L.Sh. Nurmuxamedova, D.B.
Yakubjonova, Z.N. Mamarajabova, Sh.M. Amirsaidova, A.D. Sultanova.
3.
Po’latxo’jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil
4.
L.R. Mo’minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U. Xamidova,
D.B. Yakubjanova, Z.M. Djalolova, N.Z. Abidova, Maxsus psixologiya-T. 2013 yil
5.
M. Ayupova “Logopediya” 2007 yil