Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 157
YOSHLARDA BILISH JARAYONLARI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Atavullayeva Maxsuda Axadilloyevna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani MMTB
ga qarashli 64-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og’zaki va yozma nutning
mavjud bo’lishi ham kuchli vosita hisoblanadi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu
o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish bo’lib
hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
tafakkur,idrok, xotira, nutq, intelekt, diqqat, mustaqil fikrlash.
KIRISH
Oʻsmirlik yoshi (10-11yoshdan 14-15 yoshgacha) inson hayotining eng muhim
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda nafaqat jismoniy oʻzgarishlar, balki psixologik
va intellektual oʻsish ham sodir boʻladi. Bilish jarayonlari - idrok, xotira, tafakkur, diqqat
va nutq oʻsmirlik davrida ancha faollashadi va murakkablashadi. Ushbu maqolada
oʻsmirlarda bilish jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari va ularga taʼsir etuvchi
omillarni tahlil qilamiz.
Oʻsmirlik davrida idrok ancha tezkor va aniq boʻla boshlaydi. O’smirlar
atrofmuhitdagi oʻzgarishlarni tez ilgʻay olishadi, lekin baʼzan idrok subyektiv boʻlishi
mumkin bo’ladi. Masalan, ularning dunyoqarashi va shaxsiy tajribalariga bogʻliq holda,
turli hodisalarni har xil qabul qilishlari mumkin. Aynan bu davrga kelib bolalar ilmiy
bilimlardan tashqari hayotiy bilimlarni o’rganishga ehtiyoj seza boshlaydilar. Bu bilimlar
bevosita o’smirga ijobiy quvonch bag’ishlabgina qolmasdan uning tafakkur qilish
layoqatini rivojlantiradi. M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan
holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U
tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira
olishni ta’kidlaydi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 158
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og’zaki va yozma nutning mavjud
bo’lishi ham kuchli vosita hisoblanadi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning
muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish bo’lib hisoblanadi.
U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so’zlarni tanlab
ishlatishga harakat qiladi. Bunda o’qituvchining o’rni juda muhimdir. Chunki o’qituvchi
nutqi o’quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Aynan maktab ta’limi o’smir
bilish jarayonlarining to’g’ri rivojlanishi uchun muhim omil bo’lim hisoblanadi. 5-sinfdan
9-sinfga qadar og’zaki va yozma nutqlar tobora mustahkamlanib rivojlanib boradi.
Xususan bu jarayonni o’quvchilarning kichik bir parchani so’zlab berishidan, mustaqil
ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, mulohaza yuritish hamda ularni asoslab
berishigacha o’zgargani orqali bilishimiz mumkin. Yozma nutqining rivojlanganligini
esa bemalol erkin mavzulardan insho yoza olishi kabi misollar orqali ko’rishimiz
mumkin. Bu davrda nutqning rivojlanishi tezlashadi. Oʻsmirlar yangi soʻzlar oʻrganadi,
murakkab jumlalarni shakllantirish qobiliyatiga ega boʻladi va oʻz fikrlarini ifodalashda
ancha erkin boʻlishadi. Shuningdek, ular muayyan mavzularda bahslashish va dalillar
keltirishni o‘rganadilar. Demak, o’smirlarning nutqi to’la tafakkur bilan bog’liq holatida
amalga oshiriladi. Bu yoshda xotira hajmi va sifati oshadi. Ayniqsa, mantiqiy xotira
(tushunchalar va sabab-oqibat aloqalarini eslab qolish) rivojlanadi. Oʻsmirlar faktlarni
mexanik eslab qolish oʻrniga, ularni tushunib, mazmunli bogʻlay olishga harakat qilishadi.
Oʻsmirlik davrida abstrakt va mantiqiy tafakkur shakllanadi. Agar maktab yoshidagi
bolalar asosan konkret tafakkur orqali fikrlashsa, oʻsmirlar umumlashtirish, taxmin qilish
va sababoqibat munosabatlarini tahlil qilishni o‘rganadilar. Shu sababli, ular falsafiy va
ijtimoiy mavzularga qiziqa boshlaydi. Oʻsmirlarda ixtiyoriy diqqat rivojlanadi, lekin u hali
ham beqaror boʻlishi mumkin. Ular qiziqarli va mazmunli topshiriqlarga diqqatini uzoq
muddat jamlay olishadi, lekin zerikarli yoki majburiy ishlar ularning diqqatini tez
chalgʻitishi mumkin.
Oʻsmirlikda bilish jarayonlariga taʼsir etuvchi omillar: ijtimoiy muhit, hozirgi
zamonaviy texnologiyalar, o’qitish metodlar,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 159
Oila, maktab va doʻstlar bilish jarayonlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Ijobiy muhitda ulgʻaygan oʻsmirlar yangi bilimlarni tez va samarali oʻzlashtirishadi.
Zamonaviy texnologiyalar oʻsmirlarning bilish jarayonlariga ikki tomonlama taʼsir
koʻrsatadi. Bir tomondan, internet va raqamli texnologiyalar ularning bilim olish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Boshqa tomondan esa, doimiy axborot oqimi diqqatni
beqarorlashtirishi va xotirani zaiflashtirishi mumkin. Oʻsmirlar anʼanaviy yodlash
usullaridan koʻra, interfaol va amaliy oʻrganish usullariga yaxshiroq moslashadilar. Shu
sababli, zamonaviy ta’lim metodlari, masalan, muammoli ta’lim, loyiha asosida oʻqitish
va tajriba oʻtkazish, bilish jarayonlarini samarali rivojlantirishga yordam beradi.
Bilish jarayonlarini rivojlantirish yoʻllari
1.
Mustaqil fikrlashni ragʻbatlantirish – oʻsmirlarni mustaqil izlanishga undash
va ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish lozim. Bu esa onggini yanada rivojlanishiga
yordam beradi.
2.
Mantiqiy va ijodiy tafakkurni shakllantirish – turli masalalar yechish,
muammoli topshiriqlar bajarish va ijodiy yozuv mashqlari bajarish tafakkurni
rivijlanishiga foydalidir.
3.
Xotirani mustahkamlash – assotsiativ va vizualizatsiya usullari orqali xotira
rivojlantirilishi mumkin. Xotirada bo’liqli, jonlantirish usulida xotirada saqlab qolishiga
yordam beradi.
4.
Diqqatni jamlashni o‘rgatish – diqqat mashqlari va rejali ishlash
koʻnikmalarini rivojlantirish tavsiya etiladi.
5.
Oʻqish va muloqot madaniyatini oshirish – kitob oʻqish, munozaralarda
qatnashish va yozma nutqni rivojlantirish orqali nutq qobiliyatini oshirish mumkin.
XULOSA
Oʻsmirlik davrida bilish jarayonlari ancha jadallashib, insonning kelajakdagi
intellektual rivojlanishiga zamin yaratadi. Idrok, tafakkur, xotira, diqqat va nutq kabi
asosiy bilish jarayonlari atrof-muhit, texnologiyalar va ta’lim metodlariga bog‘liq holda
shakllanadi. Shu sababli, ushbu jarayonlarni ongli ravishda rivojlantirish oʻsmirlarning
intellektual va shaxsiy oʻsishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 160
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Pedagogik mahorat. A.Xoliqov. Toshkent 2011.
2.
Isroilova Malikaxon. O’smirlarda tafakkurni rivojlantirishning psixologik
xususiyatlari
3.
Melibayeva, R. N., Khashimova, M. K., Narmetova Yu, K., Komilova, M. O.,
& Bekmirov, T. R. (2020). Psychological mechanisms of development students' creative
thinking. International journal of scientific & technology research, 9(03).
4.
Karimovna, N. Y., Nasirovna, M. R., Tursunaliyevna, A. M., Abduvaliyevna,
A. N., & Ravshanovna, U. S. (2023). Psychodiagnostics of psychosomatic diseases.
Journal of survey in fisheries sciences, 10, 2903-2911.
5.
Мелибаева,
Р.
(2018).
ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.
6.
Karimovna, N. Y. (2023). COGNITIVE DISORDERS. American Journal of
Interdisciplinary Research and Development, 12, 126-131.