Mualliflar

  • Davronova Rashidaxon Qahramon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89158

Kalit so‘zlar:

Qo’qon xonligi tarixida qarindosh - urug’ taxt merosxo’rlari o’rtasida amaldor feodallar o’rtasida tez-tez urushlar bo’lib xalq qoni bekordan - bekorga to’kilib turar edi. Rossiya hukumronligi o’rnatilishi bilan o’lkada xayot tinch taraqqiyot yo’liga tushdi.

Annotasiya

Chor hukumati umuman O’rta Osiyoni o’z mustamlakasiga aylantirib olar ekan, uning tuzgan tartibi albatta mahalliy mehnatkashlarni ezishga, ularning huquqlarini poymol qilishga qaratilgan edi. Biroq, chorizmning mustamlakachilik siyosati reaksion xudbinlik maqsadlarini ko’zda tutgan bo’lsa ham, taraqqiyot nuqtai nazaridan o’lkaning Rossiyaga qo’shib olinishi progressive ahamiyatga ega bo’ldi. Avvalo o’zaro qirg’inlik keltiruvchi feadal urushlar, janjallarga barham berildi. 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 154

ANDIJONNING CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDAGI

IJTIMOIY- SIYOSIY XAYOTINI MATBUOTDA YORITILISHI

Davronova Rashidaxon Qahramon qizi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani

MMTBga qarashli 29- maktabning Tarix fani o'qituvchisi

Chor hukumati umuman O’rta Osiyoni o’z mustamlakasiga aylantirib olar ekan,

uning tuzgan tartibi albatta mahalliy mehnatkashlarni ezishga, ularning huquqlarini

poymol qilishga qaratilgan edi. Biroq, chorizmning mustamlakachilik siyosati reaksion

xudbinlik maqsadlarini ko’zda tutgan bo’lsa ham, taraqqiyot nuqtai nazaridan o’lkaning

Rossiyaga qo’shib olinishi progressive ahamiyatga ega bo’ldi. Avvalo o’zaro qirg’inlik

keltiruvchi feadal urushlar, janjallarga barham berildi. Qo’qon xonligi tarixida qarindosh -

urug’, taxt merosxo’rlari o’rtasida, amaldor, feodallar o’rtasida tez-tez urushlar bo’lib, xalq

qoni bekordan - bekorga to’kilib turar edi. Rossiya hukumronligi o’rnatilishi bilan o’lkada

xayot tinch taraqqiyot yo’liga tushdi. Andijonlikda XIX asr oxirida xalq orasida : “o’ris

keldi-yu, urush yo’qoldi”, degan gap tarqalgan edi

1

. Tinchlik o’rnatilib, o’lka, xususan

shaharlar kapitalizm taraqqiyoti girdobiga tortildi. Yangi sanoat korxonalari paydo bo’ldi.

Telefon, telegraf, temir yo’llar qurildi. Maxalliy aholi sekin - asta yangicha xayot, sanoat,

yangicha savdo ishlari, rus madaniyati sa’nati, urf -odatlari bilan tanisha bordi. Biz buni

Andijon shahri misolida ko’rishimiz mumkin. Avvalo shahar aholisi ko’yapa bordi.

Agarda XIX asrning 60- yillarida Andijonda 40 ming atrofida aholi yashagan bo’lsa, 1880-

yilga kelib 50 mingga yaqinlashdi. 1913- yili esa 76300ga yetdi

2

. 1895 yili Samarqand -

Andijon temir yo’l qurilishi boshlanib, Qo’qon, so’ngra Namangan orqali Andijonga,

undan 1899yili Marg’ilonga yetkazildi. Umuman Andijonda temir yo’l qurilishi 1914-

yilgacha davom etirillib, bu yillar mobaynida yo’l shahobchalari Jalolobodga, Qo’qon

qishloq (Paxtabod rayoni markazi), Shahrixon va O’shgacha olib borildi. Andijonda

1

Andijonliklar olim va shoir Abdulahad Azizov (Anisiy) xotirasidan ( muallif to’plagan xotiralar daftari).

2

Andijon oblast Davlat Arxivi, f. 19, op. 1, yed. Xr.11,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 155

birinchi marta 1886 yili rus-tuzem maktabi, 1897 yilda esa yangi usuldagi maktablar

ochildi. Ochilgan maktabga ko’lab o’quvchilar maktabga borishni boshladilar, lekin ko’lab

xonadonlar o’z farzandlarini rus – tuzem maktabiga yubormaganligini ham bilishimiz

mumkin. Bundan tashqari paxta zavodlari qoshida uchta, boylarning xovlisida yettita

maktab ochilgan edi. Yangi ochilgan maktablarga o’quvchilar borib darslarga qatnashib

kelganlaridan so’ng ko’chilikni fikrlari o’zgara boshladi. Chunki maktab yorig’ stol -

stullarda o’tirib dars qilishlari ularni qiziqishlarini oshirib yuboradi bundan tashqari

maktablarda oshxona tashkil etilib u yerda o’quvchilar ovqatlanishi uchun sharoit

yaratilgan edi. 1878-yildan shaharning janubiy qismida “Yangi shahar” rayonini barpo

etishga boshlandi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad insonlar ko’z oldida viloyatimizning

tashqi ko’rinishiga alohida e’tiborda bo’layotganday tutardilar o’zlarini, lekin har bir

narsaga to’g’ri hulosa berishimiz kerak o’sha davrlarda juda katta o’zgarishlar yuz berdi.

Ko’lab yangi inshotlar, ko’riklar, magistral yo’llar zamonaviy ko’rinishga keltirildi.

Xozirgi vokzal maydonidan Krasnoarmeysk ko’chasigacha bo’lgan yerlar Xokan

volostidan olinib, shaharga o’tkazildi va rus injenerilari tomonidan yangi ko’chalar

chiqarildi. Yangi shahar shunday planlashtirildiki, asosiy yangi ko’chalarga vokzal

maydonidan panjasimon (veer) shaklda yo’nalish berildi. Hamma ko’chalarga tosh

yotkazildi. Bu ko’chalarning barchasini o’z navbatida yana ko’ndalang ko’chalar kesib

o’tganini ko’rishimiz mumkin. Oblast meditsina va sanitariya bo’limi boshlig’I V.I.

Kushelevskiy tavsiyasi va maslahati bilan “yangi bozor” planlashtiriladi. Asosiy maqsad

zamonaviy bozorlar orqali insonlar tez va oson bozor qilishlari mumkin edilar. Bozor tartib

bilan tushganligi mahsulotlarni tartib bilan joylashgani quvonarli natija bo’lgan. Ko’cha

bo’ylarida pochta, telegraf, savdo do’konlari va turli ko’ngil ochish maskanlari paydo bo’la

boshladi. Bir qavatli bo’lsa ham yevropacha tipdagi yangi binolar qad ko’taradi, daraxtlar

o’tkaziladi va yangi maydonlar barpo qilinadi. Xususan paxtachilikning rivojlanishiva

temir yo’l kelishi munosabati bilan ko’plab paxta tozalash zavodlari, turli savdo firmalari,

banklari va boshqa firma, kompaniyalar tashkil topadi bu voqealar insonlar hayotini tub

ma’noda o’zgartirib yubordi. 1914- yilda Andijonda hammasi bo’lib 37 ta kichik-kichik

paxta tozalash zavodi, 10 ta turli xususiy banklar 13 ta paxta xarid qilish savdo kontorasi

mavjud edi. Shuningdek, shaharda “nafis san’at xavoskorlari”, “Mahalliy ayollarga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 156

yordam” nomli ko’nggili jamiyatlar tashkil topadi. Bu jamiyat orqali ayollarga jamiyatdagi

o’zgarishlar, yangi uslubda taom tayyorlashni, kiyinish madaniyatini shakllantirishga,

kitob o’qish savodxonligini rivojlantirishga yordam berganlar. Shaharda birinchi marta

kichikroq kasalxona ochiladi. Kasalxona ochilishi insonlarni medsavodxonligi oshishiga

sabab bo’lganligi, kasalxonalarda be’mor bo’lgan insonlar davolanishi uchun sharoit

yaratilganligi, chekka qishlog’u ovullarda ham medunkitlar tashkil etila boshladi. Yangi

paxta tozalash zavodlarida, temir yo’llarda va depoda yerli aholiga hali notanish bo’lgan

“ishchi”nomli kasb - hunar egalari ishlardi. Ular dastlab ruslar, keyinroq eronlik

muhojirlardan iborat edi. Mahalliy hunarmandlar bilan bu “g’ayri din” ishchilari o’rtasida,

ruslar bilan o’zbeklar o’rtasida maxsus tatar “tilmochlar” orqali sekin-asta aloqalar

o’rnatila boshlanadi. Badavlat boy, savdogarlarning bolalari rus-tuzem va yangi usul

maktablarida o’qib, savdokompaniyalariga ishga kiradilar, o’sha davrda rus -tuzem

maktablarda taxsil olmagan bo’lsa yuqori tashkilotlarda ishlashi juda qiyin edi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Karimov I.A. O‘zbekistonning erkin va obod kelajagi uchun. – Toshkent:

O‘zbekiston, 1999.

2.

Ziyo K. Jadidlar matbuoti va milliy uyg‘onish harakati. – Toshkent: Ma’naviyat,

2011.

3.

Nurmonov A. Mahmudxo‘ja Behbudiy va o‘zbek matbuoti tarixida. – Toshkent:

Fan, 1992.

4.

Ahmedov M. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Andijon vohasining

ijtimoiy-siyosiy ahvoli. – Andijon: AndDU, 2016.

5.

G‘aniyeva Z. Jadid matbuoti va ijtimoiy-siyosiy fikrlar evolyutsiyasi. // Sharq

yulduzi, 2007, №1.

6.

Rajabov A. Milliy matbuot tarixidan lavhalar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.

7.

Qodirov M. Jadidlar va ularning matbuotdagi faoliyati. // O‘zbekiston tarixi,

2013, №2.

8.

Kenjaev X. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkiston ijtimoiy hayoti

va jadidchilik. – Toshkent: Fan, 2009.