Mualliflar

  • Kurbanov Baxtiyor Baxodirovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89166

Kalit so‘zlar:

ta’lim integratsiya estetik tarbiya strategiya ijtimoiy soha inventar ko’pfanli yondashuv

Annotasiya

Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllanishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyos ekanligi, buning uchun esa musiqa va san’at yo’nalishidagi darslarni qiziqarli va mazmunli o‘tishda fanlararo integratsiyalashuvini kuchaytirish lozimligi haqida fikr boradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 119

“MUSIQA VA SAN’AT FANLARINI BOSHQA FANLAR BILAN

INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA O‘QITISHNING TA’LIMDAGI O‘RNI”

Toshkent shahar 14-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

Kurbanov Baxtiyor Baxodirovich

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil va

yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllanishida musiqa va san’atning o‘rni beqiyos ekanligi,

buning uchun esa musiqa va san’at yo’nalishidagi darslarni qiziqarli va mazmunli o‘tishda

fanlararo integratsiyalashuvini kuchaytirish lozimligi haqida fikr boradi.

Kalit so’zlar

: ta’lim, integratsiya, estetik tarbiya, strategiya, ijtimoiy soha, inventar,

ko’pfanli yondashuv

Ma`lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar

musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning

faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi

to‘g‘risida”gi pq-910 son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20

noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish

bo‘yicha 2016 — 2020 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2435-son

qarorlarini amalga oshirilishi natijasida respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy

o‘quv uskunalari va musiqa asboblari bilan jihozlangan 320 dan ortiq bolalar musiqa va

san’at maktablari ishga tushirildi.

2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son “Madaniyat va san’at sohasini yanada

rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini insoniyat qadim

– qadimdan kuy va qo‘shiqni insonni ezgulik, yaxshilik kabi fazilatlar olamiga

yetaklaydigan, insonga najot va taskin beruvchi, uni darddan, iztiroblardan halos qiluvchi,

inson qalbini to‘g‘ri yo‘lga chorlaydigan: – xudbinlik, xiyonotkorlik, yovuzlik, ikki

yuzlamachilik, yolg‘onchilik, xasadgo‘ylik, takabburlik, buzg‘unchilik, qo‘ying-ki barcha

shaytonniy illatlardan insonlarni asraydigan qudrat deb tan olingan. Kuy va qo‘shiq tarbiya

manbai bo‘lib, inson odobi, axloqi, sharm, ibo va hayosini tarbiyalaydi, millatning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 120

qiyofasi, ruhiyati va shakl-u shamoyilini belgilaydi, deb qaralgan . Musiqiy madaniyat xalq

ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo'lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda

qondirgan va har doim hamdard bo'lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi

mustaqillik davrimizda ham o'zining ma'naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat

qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod

maydoniga aylandi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Kuy, qo‘shiq ilhombaxsh, shifobaxsh hamda

hayotbaxsh kuch” deb ta’kidlagan. Mashhur rus olim – pedagoglardan D.B.Kobalevskiy:

“Musiqa tarbiyasi – bu faqat insonnni musiqachi qilib tarbiyalash emas, eng avvalo, yosh

murg‘ak bola, so‘ngra shaxsni barkamol xislat va fazilatlar bilan kamol toptirish vazifasini

o‘z burchi deb biladi. Musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyati uning tovushlar obrazi

orqali kishilarning ichki dunyosini, his-tuyg‘ularni, fikr va kayfiyatlarini ifodalay

olishdadir. Musiqa san’atining har xil vaziyatlari orqali ayniqsa, kishining his-tuyg‘ulariga

chuqur ta’sir etadi. Uni tushunishda badiiy asarlarning mazmunini ongli idrok etish bilan

bir qatorda emotsional ruhiy idrok etish qobiliyatiga ega bo‘lish ham muhim rol o‘ynaydi.

Bilamiz-ki, musiqa asari ham ongli, ham hissiy idrok etilgandagina tinglovchilarda chuqur

tassurot qoldiradi, estetik kechinma paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda buyuk sharq mutafakkiri

Abu Nasr Forobiyning musiqa ilmini keltirib chiqargan sabablar haqidagi fikrlarinini qayd

etish maqsadga muvofiqdir, -“Men tasdiqlayman-ki, substansiya harakatiga ega

bo‘lgandan so‘ng, ovozga ham ega bo‘ldi va bu ovoz uch turga bo‘linadi; xususan, baland,

past va o‘rtacha. Ovozlar to‘g‘risidagi ilm shu ma’noda foydali-ki, u o‘z muvozanatini

yo‘qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi va muvozanatda bo‘lgan (odamlar)

xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligini uchun ham

foydalidir”.

Bu turli fanlar va bilim sohalarini birlashtirish orqali o'quv jarayonini samarali

va mazmunli qilish usulidir. Ushbu usul o'quvchilarga yanada kengroq va chuqurroq bilim

olish imkonini beradi, shuningdek, turli ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Aynan shu sababli ham musiqa va san’at fanlarini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan

holda o’qitish muhim.

Zamonaviy ta’lim tizimi fanlararo integratsiyani zarurat sifatida ilgari surmoqda.

Xususan, musiqa va san’at fanlari o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, madaniy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 121

merosni anglash hamda boshqa fanlardagi bilimlarni mustahkamlash vositasidir. Shu

sababli, bu fanlarning boshqa o‘quv predmetlari bilan uyg‘unlashuvi o‘quv jarayonining

samaradorligini oshiradi.

O’zi “integratsiya nima?” degan savolga qisqacha javob bersak. Integratsiya

tushunchasi N.I.Kondakovning mantiqiy lug‘at ma’lumotnomasida shunday talqin

qilingan: “Integratsiya – har qanday qismlar, elementlarning yaxlitligi sifatida

birlashishidir”. Falsafiy lug‘atda quyidagi ta’rif berilgan: “Integratsiya – rivojlanish

jarayonining bir tomoni. Oldin bir-biriga o'xshash bo'lmagan qismlarga, elementlarga

birlashish bilan bog'liq ". Biroq, yuqoridagi ta'riflarda kontseptsiyaning faqat umumiy

tavsiflari berilgan.

Ta'lim tizimiga fanlarning integratsiyalashuvining joriy etilishi hozirgi kunda

maktab va butun jamiyat oldiga qo'yilgan vazifalarni hal qilish imkonini beradi.

Integratsiyalashgan darslar bolalarda dunyoning yaxlit rasmini shakllantirishga, tabiatdagi,

jamiyatdagi va butun dunyodagi hodisalar o'rtasidagi aloqalarni tushunishga yordam

beradi. Integratsiyalashgan darsda didaktik maqsadlarga yaxshiroq erishiladi: kognitiv,

rivojlantiruvchi va tarbiyaviy. Estetik sikl ob'yektlarining integratsiyasi bu aloqaning

axloqiy va axloqiy tomoniga ta'sir qiluvchi inson - jamiyat - tabiat munosabatlariga

erishishga imkon beradi. Tabiiy ravishda paydo bo'ladigan yo'llar mavjud. Bu shunchaki

bir-birini to'ldiradigan tasviriy san'at va badiiy mehnat, tasviriy san'at va adabiyot, tasviriy

san'at va musiqa kabi kurslarni birlashtirish haqida. Misol uchun, Shishkin va Levitanning

lirik rasmlari Rossiyaning kengligi, qudrati, ulug'vorligini ochib beruvchi Chaykovskiy

musiqasi ostida yaxshiroq idrok etilgan. Aivazovskiyning san'at asarlari Shostakovich va

Betxoven musiqasi bilan to'ldiriladi, bu halokatga uchragan odamlarning fojiasini va

kemani parcha-parcha qilib tashlagan elementlarning to'liq kuchini his qilish imkonini

beradi. Musiqa va tasviriy san'atning integratsiyasi esa o'quvchilarga darsda nafaqat

tinglash, tasavvur va his-tuyg'ularni rivojlantirish, balki o'zlari ham ijodkorlik bilan

shug'ullanishlari uchun imkon beradi.

Musiqa va san’at darslarida integratsion ta'lim — bu musiqa ta'limini boshqa fanlar

bilan birlashtirish orqali o'quv jarayonini boyitish va o'quvchilarning umumiy

rivojlanishini ta'minlash usulidir. Ushbu yondashuv o'quvchilarga musiqa orqali boshqa


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 122

bilim sohalarini tushunishga yordam beradi va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini

rivojlantiradi. Musiqa va san’at darslarini boshqa fanlar bilan integratsiya qilib

o’qitilganda o'quvchilar bir fan doirasida olingan bilimlarni boshqa fanlar bilan bog'lab,

yanada kengroq tushuncha hosil qilishlari, amaliy vaziyatlarda qo'llash orqali

o'quvchilarning bilimlari yanada mustahkamlanishi, integratsiya orqali o'quvchilar

muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni rivojlantirishi mumkin. Quyida ushbu ijobiy

yondashuvlardan bir nechtasini keltirib o’tamiz.

Musiqa va san’at darslarida mavzu asosida integratsiya: O'xshash mavzularni

birlashtirish orqali o'quvchilar bir vaqtning o'zida bir nechta fanlardan bilim olishadi.

Musiqa darslarida integratsiya qilishning afzalliklari:

1.

Ko'p qirrali o'qitish

: Musiqa darslari boshqa fanlar (matematika, tarix,

san'at, til) bilan bog'lanishi orqali o'quvchilarning umumiy bilim doirasini kengaytiradi.

2.

Ijodiy yondashuv

: Musiqa orqali o'quvchilar o'z fikrlarini ifoda etish, ijodiy

loyiha yaratish va guruhda ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar.

3.

Tuyg'u va hissiyotlarni rivojlantirish

: Musiqa darslari orqali o'quvchilar o'z

his-tuyg'ularini tushunish va ifoda etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Musiqa va san’at darslarini

boshqa fanlar bilan integratsiyalash badiiy faoliyatni

ijodiy jalb qilishni matematika, tabiatshunoslik, til san'ati, ijtimoiy tadqiqotlar va

texnologiya kabi boshqa fanlar mazmuni bilan birlashtiradi. San'atni muayyan tarkib

sohalari bilan birlashtirishning ko'plab usullari mavjud. Masalan, sayyoralararo sayohat

risolasida ilm-fan mazmuni badiiy mahorat bilan birlashtiriladi.

Musiqa va san’at

darslarini tarix

fani bilan integratsiyalaganda o'quvchilar tarixiy davrlarni o'rganish

jarayonida o'sha davrning musiqa uslublarini va mashhur kompozitorlarini kiritish orqali

tarixiy kontekstni yanada chuqurroq anglashlari mumkin. Shuningdek,

har bir davr o‘z

musiqasiga ega – bu musiqiy namunalar orqali tarixiy voqealar, madaniyat va davr ruhini

o‘rganish imkoni bo’ladi. Masalan, jadid davrining musiqiy merosi orqali o‘sha davrdagi

ijtimoiy-siyosiy holatni tahlil qilish mumkin.

Matematika

fanida esa musiqa ritmlari,

interval va akordlar orqali matematik tushunchalarni (masalan, nisbati, vaqt o'lchovlari)

o'rgatish, vizual san'at o'rtasidagi bog'lanishlarni o'rganish, masalan, musiqiy asarlarni

tinglash va shu asarga mos keladigan rasm chizish kabi xususiyatlar shakllanadi.

Musiqiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 123

ritm, taktmeterlar va notalar tizimi matematik ifoda va sanash qobiliyatini rivojlantiradi.

Notalarning davomiyligi (butun nota, yarmi, choragi) ulardagi fraksiyalar orqali

ifodalanadi – bu o‘quvchilarning matematik tushunchalarini mustahkamlashga yordam

beradi. Ovozning balandligi, tovush to‘lqinlari va rezonans hodisalari fizik qonuniyatlar

asosida tushuntiriladi. O‘quvchilar asboblar tovushini tahlil qilib, fizik hodisalarni real

hayotda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumki, musiqa darslarining o‘ziga xos tomonlari ko‘p bo‘lib, shulardan xor

bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash va nota bilan kuylash kabi asosiy qismlarni

o‘z ichiga oladi. Albatta, mazkur dars bosqichlarini mutaxassis bo‘lmagan kishilar bajara

olmaydilar. Natijada dars zerikarli bo‘lib, bolalarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlari

susayadi va ular qo‘shiq kuylashdan yiroqlashib qoladilar. Shuni nazarda tutib, bolalarning

badiiy tarbiya sohasidagi faoliyatini e’tibordan chetda qoldirmay, har bir fanni o‘z

mutaxassisiga topshirish kerak. Bolalarni musiqa san’atiga qiziqtirish uchun badiiy

havaskorlar to‘garagining kamida 3 ta sho‘basini mutaxassis rahbar bilan ta’minlab ishga

solish maqsadga muvofiqdir. Masalan, xor, xalq cholg‘u asboblari dastasi, ashula va raqs

kabi sho‘balar belgilangan vaqtda ishlab tursa, unga qatnashayotgan bolalarning qalblari

quvonchga to‘lib, maktab ularning sevimli maskaniga aylanib boradi. Umuman olib

qaraganda maktabdagi musiqiy tarbiya o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitish bilan

birga, ularning ijodiy qobiliyatini ham o‘stirib boradi. Musiqaning sehrli tovushlari hayotni

yangi bir bo‘yoqlarda ko‘rsatib, yosh avlodni estetik jihatdan barkamol bo‘lgan kishilar

idealiga yaqinlashtirib boradi. Estetik tarbiyaning samaradorligini oshirish maqsadida

pedagogika institutlarining hamma fakultetlarida, ayniqsa o‘zbek filologiyasi fakultetida

musiqa san’ati va folklori hamda boshqa san’at turlari ham o‘qitilishi kerak deb

hisoblaymiz. Adabiyot hamisha musiqa bilan birga yashagan. Shu sababli ham adabiyot

fakultetlariga hissiyotli va dardli o‘quvchilarni qabul qilish zarur. Ularning, eng avvalo

she’riyatidan, biroz bo‘lsada musiqadan ham xabari bo‘lishi kerak. Shundagina u kelgusida

yetuk adabiyotchi bo‘la oladi.

Musiqa fanlarida

integratsion ta'limning asosiy tamoyillari:

a) Fanlararo bog'lanish

: Musiqa darslari tarix, san'at, matematika va til kabi

boshqa fanlar bilan bog'lanishi orqali o'quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 124

b) Amaliyotga yo'naltirilgan yondashuv

: O'quvchilar musiqa orqali o'rganilgan

nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

c) Ijodiy yondashuv

: Musiqa darslari o'quvchilarning ijodiy fikrlashini

rag'batlantiradi va yangi g'oyalar ishlab chiqishlariga yordam beradi.

O'quvchilar musiqa orqali boshqa fanlardan (tarix, matematika, san'at, til)

ko'nikmalarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu, o'z navbatida, ularning

umumiy bilim doirasini kengaytiradi.

Musiqa darslari orqali o'quvchilar o'z qobiliyatlarini va qiziqishlarini aniqlash

imkoniyatiga ega bo'lishadi, bu esa ularni kelajakdagi kasbiy yo'nalishlarini tanlashda

yordam beradi.

Musiqa, she'riyat, tarix, tasviriy san'atning uyg'unligi o'qituvchiga darslarni

o'quvchilar uchun qiziqarli qilish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi. Ammo ma'lum

miqdordagi rasmlarni tomosha qilish, ma'lum miqdordagi musiqa qismlarini tinglash va

biz ko'rgan va tinglayotgan narsalarga aralashish o'rtasida juda katta farq bor. Va muammo

qanchalik eshitish, ko'rish yoki bajarish emas, balki qanday bajarish - ovoz bilan emas,

balki yurak bilan, ko'z bilan emas, balki qalb bilan ko'rishda namoyon bo’ladi.

O’quvchi yoshlarni musiqa va san’atning beqiyos va maftunkor namunalaridan

bahramand etish maqsadida, ularni shu asosda tarbiyalash va bu sohada mahoratlarini

yanada rivojlantirish uchun dunyo miqyosida bir qancha respublika va xalqaro tanlovlarda

ishtirok etishlari zarur. Va yoshlarimiz bu borada ancha ko’zga ko’rinarli yutuqlarga

erishib kelmoqdalar desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Misol tariqasida, Rossiya, Ispaniya, Kuba, Qozog’iston, Germaniya, Latviya, Litva,

Italiya, Fransiya kabi bir qator dunyoda o’z nufuzi va o’rniga ega bo’lgan davlatlarda

o’zlarining yorqin ijro mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar.

Xulosa qiladigan bo’lsak, Musiqa maktablarida integratsion ta'lim

o'quvchilarga yanada boy va qiziqarli o'qish tajribasini taqdim etadi, ularning ijodiy va

analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi va kelajakda muvaffaqiyatga

erishgan shaxs bo'lishlariga yordam beradi.

Musiqa va san’at O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’yini yanada oshirish,

nufuzini yanada yuksaltirish uchun imkoniyat yaratadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 3 –to’plam May 2025

Sahifa: 125

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, nimaniki o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaylik,

qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha ezgu niyatlarimizning

zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish,

ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam

bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

O’zbekiston respublikasi prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida farmoni. https://lex.uz/docs/-

3107036

2.

A.M.Forobiy. Fozil odamlar shaxri.T, 1993.176-bet

3.

Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari(O‘quv uslubiy

qo‘llanma) Toshkent 2020-yil 186-bet.

4.

A.Jabborov,S.Begmatova, M.Azamova. O‘zbek musiqasi tarixi. Toshkent

2018.

5.

Boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini taxminiy rejalashtirish. (Tuzuvchilar

D.Omonullaev va boshq.) -T., 1995.

6.

Dmitrieva L.G. Chernoivanenko N. Metodika muzo’kalnogo vospitaniya v

shkole.- M., «Prosveshenie», 1989.

7.

Omonullaev D. Bolalar bog’chasida musiqa. -T., «O’qituvchi», 1980.

8.

Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Musiqa,

tasviriy san’at, jismoniy tarbiya. - T., 1999.

9.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha sinov

dasturi (1-7sinflar)- T., 1998.