Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 43
DOIRA CHOLG`USINING TARIXI
Mamatkulov Abdulxamid
Mamatkulov Mahfuza
Mamatkulov Oybek
Guliston davlat universiteti “San’atshunoslik” fakulteti
“An’anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari” kafedrasi
Annotatsiya
: Ushbu ishda o‘zbek xalqining milliy musiqa asboblaridan biri bo‘lgan
doira
cholg‘usi tarixi o‘rganilgan. Doiraning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, xalq
orasida tutgan o‘rni va undan foydalanish anʼanalari tahlil qilingan. Shuningdek, doira
cholg‘usining turli mintaqa va davrlardagi shakllari, yaratilish materiallari hamda ijrochilik
uslublari haqida maʼlumot berilgan. Asarda doira nafaqat musiqa asbobi, balki madaniy va
maʼnaviy meros sifatida ham qaralgan. Ushbu tadqiqot doira cholg‘usining sanʼatdagi
ahamiyatini yoritish va yosh avlod orasida milliy musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
doira, milliy cholg‘u asbobi, musiqa tarixi, o‘zbek sanʼati, anʼanaviy
musiqa, ijrochilik, madaniy meros.
Kirish
Asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlari musiqa madaniyatining sarchashmalari
uzoq o‘tmishdan boshlanadi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikdayoq Markaziy Osiyo
xalqlari hayotida musiqa va raqs san'ati alohida ahamiyat kasb etgan. Markaziy Osiyo va ayrim
Sharq xalqlari ko‘hna musiqa madaniyatining o'ziga xos belgilaridan biri - ommaviy xalq
qo‘shiqlari va cholg‘u kuylari bilan bir qatorda, an'anaviy hisoblangan og‘zaki uslubdagi musiqa
san'ati vujudga keldi va rivojlandi. Markaziy Osiyo xalqlarining, jumladan, o‘zbek xalqining
qadimiy kuy va qo'shiqlari to‘g‘risidagi dastlabki malumotlarni Sharq musiqa madaniyati haqida
fikr yuritgan Olrta asr olimlarining risolalaridan ham bilib olsak bo'ladi. Musiqa ilmi va amaliyotiga
oid turli muammolar ustida birinchilar qatorida fikr yuritgan mutafakkirlardan biri mashhur
faylasuf, qomusiy alloma Abu Nasr Forobiydir (IX-X asr). Uning musiqaga oid “Kitob al-musiqiy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 44
al-kabir” nomli ulkan kitobi (“Musiqa haqidagi katta kitob”) keyingi avlodlar ijodi uchun dastur
sifatida xizmat qilib kelmoqda desak, hech mubolag'a bo‘lmaydi.
Markaziy Osiyoda tanbur, ud, nay, chang, rubob, qo‘biz, g‘ijjak, surnay, bulamon,
nog'ora va doira kabi musiqa cholg‘ulari keng qo'llanilib kelingan. Bizgacha yetib kelgan
ma'lumotlarga ko‘ra, jo'rnavoz zarbli soz sifatida ommalashgan doira ham o'zining rivojlanib
kelayotgan, milliy ohanglarga boy zarb va usullari bilan xalq orasida shuhrat qozonib kelgan.
Eramizdan avvalgi ikki minginchi yillikka oid Saymalitosh arxeologik qazilmalaridan topilgan
doirasimon sozlarda ijro etilayotgan tasviriar juda qadim paytlardayoq vujudga kelgan cholg'u
ekanligidan guvohlik beradi. Turli tasvirlarda aks ettirilgan bu cholg'u zamonaviy o‘zbek va
tojik doiralariga aynan o'xshab ketadi. Ayrim qadimiy tasvirlardagiga nisbatan doiraning hozirgi
tuzilishida ba’zi o‘zgarishlar mavjud. Masalan, doira gardishida teshiklar o‘yilmaydi, hozir esa
ularning o‘rnini gardishning ichki tomonidan osiladigan metall halqachalar egallaydi.
Bu cholg‘u o‘zbek va tojiklarda “doira”, “chirmanda”, “childirma”, armanlarda “dapp”,
eron va misrliklarda “daff”, ozarbayjonlarda “deff, “doyre”, “gaval”, ayrim sharq mamlakatlarida
“dabu” va boshqa nomlar bilan keng tarqalganligi ma'lum. Umuman, doira turlari bir-biridan katta-
kichikligi, tarkibiy qismlarining tuzilishi, ijrochilik uslublari bilan farq qiladi.
Markaziy Osiyo yerlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida olingan
ma’lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi zamonlarda doira cholg'usida, asosan, ayollar
jo‘r bo'lgan. Ularning doira usullariga mos qo'shiq aytishi va raqsga tushishi o'sha davrlarda
shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Hujjatlarning dalolatiga ko‘ra, doira - zarbli sozlar qayroq,
zang va boshqalar bilan bir qatorda, oymoma marosimlarida kohinlar tomonidan keng qo'llanilgan.
Xalqimizning ma'naviy boyligi, xalq ijodida asrlar osha shakllanib, rivojlanib kelgan maqomlarda
esa, asosiy negiz lad va usuldir. Shuning uchun milliy musiqamizning shoh asarlari bo‘lmish
maqomlar ijrochiligini doirasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Maqomlarning Nasr va Mushkulot ijro
yo'llarini yuqori malakali ijrochi sozandalar-u hofizlar doira bilan hamkorlikda ijro etishgan.
Ma'lumki, doira va barcha zarbli cholg‘ular ijrochiligi vujudga kelishi va ravnaqi jarayonida
Markaziy Osiyo miqyosida har bir vohada o‘ziga xos mahalliy ijrochilik uslublari shakllangan. Bu
uslublarda har bir vohaning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyat kasb etuvchi tomonlari hamon o‘z
mohiyatini saqlab kelmoqda. Bularga Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg'ona-Toshkent doira
ijrochiligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Doira yakkanavozligining tarkib topishida raqs
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 45
san'atining ta'siri katta. Chunki, bu jarayon raqslarda bo'lgan harakat, joziba, lutf, imo-ishora kabi
xalqimizga xos go‘zal an'analarni doira usullarida to‘la ifodalash bilan bog‘liqdir.
XVIII va XIX asrlarda O‘zbekistonda doira soziga xassos san'atkor O‘zbekiston xalq artisti
Usta Olim Komilov asos soldi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonda doira
ijrochiligining yangi uslubi, ya'ni uning yakka soz sifatida qo‘llanishi rivojlana boshladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Forobiy, Abu Nasr.
Kitob al-musiqiy al-kabir
("Musiqa haqidagi katta kitob"). –
IX-X asrlar.
2.
Sharq musiqa madaniyati tarixiga oid o‘rta asr olimlari risolalari. – Qo‘lyozmalar
asosida.
3.
Karimov, H.
O‘zbek musiqasi tarixi
. – Toshkent: Fan, 1998.
4.
Qodirov, A.
Musiqa sanʼatining ildizlari
. – Samarqand: Maʼnaviyat, 2003.
5.
Jo‘raev, M.
Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy merosi
. – Buxoro: Istiqlol, 2005.
6.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, turli
jildlar.
7.
Arxeologik tadqiqotlar to‘plami:
Saymalitosh yodgorliklari
. – Toshkent: Fan,
1995.
8.
Madrahimov, S.
Doira san’ati va ijrochilik uslublari
. – Farg‘ona, 2010.