Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 281
O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA URG`UNING AHAMIYATI
Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti
1-bosqich talabasi
Sotvoldiyeva Latofatxon Iqboljon qizi
Ilmiy rahbar:
Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna
FDU, f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida urg‘u hodisasining
lingvistik mohiyati va uning kommunikativ jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ingliz
tilida urg‘u so‘z ma’nosini farqlash, axborotni ajratib ko‘rsatish va nutqning fonetik
strukturasi orqali tinglovchiga muhim ma’lumot yetkazish vositasi sifatida qaraladi.
O‘zbek tilida esa urg‘u ko‘proq fonetik xususiyatga ega bo‘lib, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga
tushishi bilan tavsiflanadi hamda gapning intonatsion tuzilmasida muhim o‘rin egallaydi.
Kalit so`zlar:
urg‘u, fonetika, intonatsiya, bo‘g‘in urg‘usi, so‘z urg‘usi, gap urg‘usi,
fonologiya, talaffuz, qiyosiy tahlil, ma’no farqlanishi, nutq ohangi, kommunikativ
funksiya, fonetik tafovut.
Til fonetik jihatdan boy bo‘lishi uchun undagi urg‘u, intonatsiya va talaffuz tizimi
muhim rol o‘ynaydi. Har bir til o‘z urg‘u qonuniyatlariga ega. Ingliz va o‘zbek tillarida
urg‘uning o‘rni va funksiyasi turlicha bo‘lib, ularning o‘zaro farqlarini o‘rganish fonetika
va tilshunoslik nuqtayi nazaridan dolzarb masalalardan biridir.
Urg‘u — bu so‘z yoki gapdagi ayrim bo‘g‘in yoki so‘zning boshqalariga nisbatan
kuchliroq talaffuz qilinishi orqali ajratilishi. Fonetik jihatdan urg‘u tovushning balandligi,
kuchi yoki davomiyligi orqali yuzaga chiqadi. Urg‘u tilda so‘zning ma’nosini ajratish,
muhim axborotni ta’kidlash, nutq ohangini aniqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 282
O`zbek tilida urg`uni 2 turga ajratish mumkin: a) so`z urg`usi (lug`aviy urg`u); b)
fraza urg`usi (mantiqiy urg`u).
Ikki va undan ortiq boʻgʻinli so`zlarda shu bogʻinlardan
birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi so`z urg`usi deyiladi. So`z urg`usi oʻz navbatida,
soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga biriktirilganligiga koʻra 2 turga ga
boʻlinadi: bogʻliq urg`u va koʻchma (erkin) urg`u. Bogʻliq urg`u so`zda bo`gʻinlar soni
oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan urg`ulardir (masalan, rus tilida ham).
Ko`chma urg`u affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini
oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan urg`udir. Masalan, oʻzbek
tilida soʻz urg`usi shunday: oʻqit — oʻqituv — oʻqituvchi — oʻqituvchilik. Ayrim
holatlarda soʻz urg`usi maʼno farqlash vazifasini ham bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot:
meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning, boʻlishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot
anjomi). Bu holatlarda ot so`z turkumida bo`lishi uchun urg`u birinchi bo`g`inga, fe`l so`z
turkumida bo`lishi uchun esa ikkinchi bo`g`inga tushishi zarur. Bundan tashqari, urg`u soʻz
shaklini farqlashda ham xizmat qiladi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz —
ishchi); otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi.
Fraza urg`usi (mantiqiy urg`u) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror boʻlakni — maʼno
jihatidan muhim boʻlgan nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib koʻrsatadi. Fraza
urg`usi qaysi boʻlakka tushsa, oʻsha boʻlak axborot tashishdagi eng ahamiyatli boʻlak
hisoblanadi. Masalan : Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok
etdilar. Bu yerda
oʻzbek sportchilari
ga alohida urg`u beriladi. — Oʻzbek sportchilari
olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Bu qismida esa
olimpiada oʻyinlari
diqqat markaziga olingan. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli
ishtirok etdilar.
Muvaffaqiyatli ishtirok etdilar
so`z birikmasiga urg`u qaratilgan.
Ingliz tilida urg`u (stress) muloqot jarayonida to`g`ri tushunish va talaffuzning
ravshanligi va tabiiyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ba`zi so`zlardagi urg`uga e`tibor
beraylik: fast (tez) – 1 syllable (bo`g`in);
person (inson) – 2 syllables -
urg`u birinchi bo`g`inga tushadi;
beautiful (chiroyli) – 3 syllables – urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 283
information (ma`lumot) – 4 syllables - urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi.
Ingliz tilida so`z urg`usi bilan bog`liq ba`zi qoidalar mavjud va bu qoidalar so`z
urg`usini topishda foydali asos bo`lishi mumkin. Ammo ushbu qoidalarning istisno
holatlari ham mavjud.
1.
Ko`pchilik 2 bo`g`inli ot va sifatlarda urg`u birinchi bo`g`inga tushadi.
Masalan: picture (rasm), clever (aqlli)
2.
Ko`pchilik 2 bo`g`inli fe`llarda esa urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi.
Masalan: decide (qaror qilmoq), arrive (yetib kelmoq)
3.
3 yoki undan ortiq so`zlarda urg`u har qanday joyda kelishi mumkin, bunda
aniq qoidaga rioya qilish kerak emas
E`tibor beraylik:
present
va boshqa shu kabi
so`zlarning ot va fe`l shakllari mavjud.
Bu holatlarda yuqorida aytib o`tilgan qoidaga asoslanib ish ko`riladi.
Pre
-sent (sovg`a) – pre-
sent
(ko`rsatmoq)
Re
-cord (qaydnoma) – re-
cord
(yozib olmoq)
In
-crease (oshirish) – in-
crease
(oshmoq)
Ko`p bo`g`inli so`zlarda urg`uni aniqlash biroz mushkul. Bu holatlarda ham ba`zi
bir qoidalar mavjud:
1.
Agar so`z -tion,-sion, -cian, -cial bilan tugasa, urg`u bu qo`shimchalardan
oldingi bo`g`inga tushadi.
Masalan: col-
lec-
tion,
ten
-sion, mu-
si
-cian, fi-
nan
-cial
2.
Agar so`z -ic, -ical, -al,-ally bilan tugasa, urg`u bu qo`shimchalardan oldingi
bo`g`inga tushadi.
Masalan: ec-o-
nom
-ic, his-
tor
-i-cal
3.
Bir so`z o`zagidan hosil qilingan so`zlarda urg`u saqlanib qolishi mumkin.
Masalan: ec-o-
nom
-ic, ec-o-
nom
-ical, ec-o-
nom
-ical-ly.
Xulosa qilib aytganda, urg‘u har ikkala – o‘zbek va ingliz – tillarida so‘zlarning
to‘g‘ri talaffuzi va tushunilishi uchun muhim fonetik hodisa hisoblanadi. Ingliz tilida urg‘u
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 284
ayniqsa muhim bo‘lib, u so‘zning ma’nosini, turini (masalan, ot yoki fe’l) farqlashi va
noto‘g‘ri urg‘u butunlay boshqa so‘z sifatida qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. O‘zbek
tilida esa urg‘u odatda so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi va ma’noga kuchli ta’sir
ko‘rsatmaydi, lekin talaffuz ohangini belgilaydi. Demak, ingliz tilida urg‘uni to‘g‘ri
ishlatish nutqning aniqligi va ravonligini ta’minlasa, o‘zbek tilida esa urg‘u nisbatan erkin
bo‘lib, ma’no o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahmatullayev, G‘. G‘. (2006). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan.
2. Sulaymonova, T. Y. (2007). O‘zbek tilining fonetikasidan ma’ruzalar matni.
Toshkent: O‘zMU nashriyoti.
3. Yoqubov, O‘. (1999). O‘zbek tilshunosligi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.
4. Roach, P. (2009). English phonetics and phonology (4th ed.). Cambridge:
Cambridge University Press.
5. Kenworthy, J. (1987). Teaching English pronunciation. London: Longman.